|
|
Muhlisbek
|
Qo'shildi: Sat Aug 21 17:20:43 2010
Assalomu alaykum , hurmatlik sayt hodimlari , men o'zim Ingliz tiliga qiziqib o'rganayotganim uchun menda Ingliz tilini o'rganuvchilar uchun , yahshi qo'llanmalar, audiohikoyalar+ Pdf ko'rinishida , hullas ko'p foydalansa bo'ladigan imkoniyatlar bor , agar imkoniyati bo'lsa bir saytingizni bir yerida shularni joylasak beminnat istovchilar foydalanishsa, bu malumot bu ingliz tili o'rganadigan manbalarni , uzoq vaqt turli internet saytlaridan yig'ganman , shoyod boshqalargayam nafi tegib qolsa? javobingizni kutaman?
AbdulAziz: Va alaykum assalom! Bunday imkon mavjud. Forumimizga a'zo bo'ling va quyida keltirilgan bo'limda faoliyatingizni boshlashingiz mumkin: Chet tillari bo'limi
|
|
|
Muhlisbek
|
Qo'shildi: Wed Aug 18 17:07:37 2010
Assalomu Alaykum , iltmoslarimni e'tiborga olib javob yozganingiz uchun rahmat , Alloh shu ulug' kunlarda duolarimizni ijobat qilsin , yani barcha hayrli duolarimizni!
|
|
|
Muhlisbek
|
Qo'shildi: Wed Aug 18 08:43:55 2010
Har bir iltmos-taklifim uchun alohida javob kutib qolaman Alloh hayrli ishlaringizda yordam bersin!
AbdulAziz: Tashakkur.
|
|
|
Muhlisbek
|
Qo'shildi: Wed Aug 18 08:43:22 2010
Uzr ketma-ket iltmoslar yozib tashlaganimni aybga sanamaysiz , hammasi sizni saytingizga qiziqish va talab kattaligidan , yana bir iltmosim shu ediki, albatta buniyam imkoni bo'lsa ,Islom sahifangizdagi Mp3 bo'limiga yanada kengroq va ko'proq manbalar kiritsangiz hurmat bilan Muhlisbek!
AbdulAziz: Inshaalloh, harakat qilamiz.
|
|
|
Muhlisbek
|
Qo'shildi: Wed Aug 18 08:42:08 2010
Keyingi iltmosim , imkoniyat bo'lsa albatta radio uylaridan olishni imkoni bo'lsa yahshi , hikoyalar , piessalar radiopostanovkasini , profesional aktyorlar tarafidan ovozlashtirilgan radiopostanovkalardan ham joylasangiz Iltmos?
AbdulAziz: Hozircha bunga imkoniyatimiz yo'q. Lekin Ziyouz.com audiokutubxonasida o'zimiz tayyorlagan birqancha audio hikoya va kitoblar mavjud.
|
|
|
Muhlisbek
|
Qo'shildi: Wed Aug 18 08:39:45 2010
Assalomu alaykum, sayt hodimlari sizdan iltmoslarim bor edi, avvalambor biz kabi til o'rganuvchi toliblarga, Ingliz tili o'rganish uchun qo'llanmalar va ayniqasa eng muhimrog'i arab alifbosini to'g'ri o'qish uchun biron bir o'quv programmani bersangiz iltmos!
AbdulAziz: Va alaykum assalom! Chet tillari boyicha qo'llanmalar, mavzular shu yerda. Arab tili saboqlari, darsliklar, qo'llanmalar - shu yerda.
|
|
|
Sherzod Shermukhamed
|
Qo'shildi: Sat Jul 24 12:10:40 2010
Assalomu Alaykum! Fotogalereyadagi masjid rasmlarini ko'rib, to'g'risi hayron bo'lib qolgandim. Chunki bu rasmlar mani yaqin do'stim va sobiq hamkasbim bo'lgan Muhiddin Alimbaev ijodlariga tegishli edi va ular bilan birgalikda sayt ochib usha saytga joylashtirgandik. Yo'q hammasi joyida ekan. Rasm muallifining ism-sharifini bo'lmasa ham taxallusi A_Lee ni ko'rsatib qo'yibsiz. Hammasi joyida. Agar malol kelmasa taxallusni to'liq ism-familiyalari Muhiddin Alimbaev ga o'zgartirib qo'ysangiz. Hurmat bilan, Sherzod Shermukhamedov P.S. Muallifning o'zlari ijod namunalari bu yerga joylashtirilganidan bexabar bo'lsalar kerak.
AbdulAziz: Va alaykum assalom! Sherzodbek, tashakkur! Bizga rasmlarni Muhiddin Alimbaevning o'zlari jo' natganlar.
|
|
|
Ulug'bek
|
Qo'shildi: Thu Jul 22 13:59:13 2010
Salom saytga omat
|
|
|
Oddiy
Qayerdan: Sankt-Peterburg
|
Qo'shildi: Thu Jul 22 12:15:04 2010
Assalomu aleykum sayt Adminiga. Saytingiz anchagina boylikka ega (ma'daniy va ma'naviy boylikni nazarda tutdim) buni tan olish kerak. Lekin shuncha qidirib bir kitobni topa olmadim. O'tkir Xoshimovning ''Ikki eshik orasi'' kitobini topa olmadim. Balkim saytingizda bordir. Oldindan katta raxmat! Saytingizga omas!
AbdulAziz: Va alaykum assalom! O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asari bizda mavjud emas. Agar muallif ruxsat bersalar, inshaalloh joylaymiz.
|
|
|
Akrom MALIK
|
Qo'shildi: Thu Jul 22 12:13:56 2010
Assalomu alaykum! Sayt ajoyib. Alloh madadkor bolsin.
AbdulAziz: Va alaykum assalom! Tashakkur
|
|
|
MISS_independent
|
Qo'shildi: Thu Jul 22 12:01:12 2010
Assalomu alaykum hurmatli admin Meni sev digan hikoya o'qigandim saytizdan Gi De Mopassan qaysi hikoyasida Sevdi, sevildi digan jumla bor? iloji bosa o'sha hikoyani topishga yordam bersez judayam qiziq... oldindan kotta rahmat!
AbdulAziz: Va alaykum assalom! Ushbu jumlalar bor Mopassanning hiko9yasini topa olmadium. Bizda Gi de Mopassanning ushbu hikoyasi bor ekan: Murdaning qo'li
|
|
|
Hayitjon
|
Qo'shildi: Sat Jul 17 13:08:43 2010
Assalomu alaykum Davron aka man ziyouz.com saytini doimiy o`qib boraman, Sayitingiz menga juda yoqadi Sizda iltimos menga Mirzakarim Norbekovni "Tentakni hayot tajribasi " nomli kitobini kirinsangiz juda ham hursand bo`lar edim, hich bir joydan topa olmayapman
AbdulAziz: Va alaykum assalom! Mirzakarim Norbekovning ushbu kitobi o'zbekchaga tarjima qilinibdi. Lekin uni hali joylashga ruxsat olganimiz yo'q. M.Norbekovning shaxsiy saytida siz so'ragan kitobning ruschasi bor ekan: Îïûò äóðàêà, èëè Êëþ÷ ê ïðîçðåíèþ. Êàê èçáàâèòüñÿ îò î÷êîâ.
|
|
|
Gulshoda
|
Qo'shildi: Thu Jul 15 11:56:20 2010
Assalomu alaykum! Ziyo uz uchun ming bor tashakkur bildiraman, umringiz ziyoda bolsin!!!
AbdulAziz: Va alaykum assalom! Siz ham sog'-omon bo'ling.
|
|
|
Mustafo Mahmud
|
Qo'shildi: Fri Jun 18 09:56:38 2010
Assalomu alaykum Davron aka man ziyouz.com saytini doimiy o'quvchilaridanman. Manga ko'proq sheriyat bo'limi yoqadi (!) manda shu yuzasidan bitta iltimos bor edi. Manga ko'proq FUZULIYni sherlari yoqadi, ammo oxtarib topganim 2-3 ta sher bo'ldi internetniku aytmasa xam bo'lovradi. Saytga iloji bo'lsa Fuzuliyni sherlaridan xam joylashtirsangiz. Olloh sizdan rozi bo'lsin juda yaxshi ish bo'lardi! Xurmat bilan M_Mustafo
AbdulAziz: Va alaykum assalom! Inshaalloh, imkoniyat bo'lishi bilan Fuzuliyning she'rlari va devonini saytga joylashga harakat qilaman.
|
|
|
MISS_independent
|
Qo'shildi: Fri Jun 18 10:02:33 2010
Assalomu aleykum HURMATLI admin!!! Iltimos iloji bo'sa ingliz-rus yokida ingliz-o'zbekcha lug'atlarni topishga yordam berin.Oldindan katta rahmat!
AbdulAziz: Va alaykum assalom! Ushbu sahifadan birqancha lug'atlarni olishingiz mumkin.
|
|
|