|
Aforizmlar
|
"Yangi yer"dan ("Shohi so‘zana") — Rahmatli pochchangiz "Soat — uyning so‘fisi" der edi. "Hoy, so‘fini buradingmi; hoy, so‘fi nega jiringlamayapti?" deb turar edi. Soatni burash esdan chiqsa, xudo esdan chiqadi-ya, jon quda! Aytganim yo‘q, ma’lumot berdim, xolos. |
|
davomi...
|
|
|
Aforizmlar
|
|
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila. Alisher Navoiy Bilim qaytarish va takrorlash mevasidir. Abu Rayhon Beruniy |
|
davomi...
|
|
|
Aforizmlar
|
Xitoy maqollari - Daraxt qanchalik yuksak bo'lsa bo'lsin, baribir yaproqlari yana yerga to'kiladi. - Boshqalarga ta'na qilgandek o'zingga ta'na qil, o'zingni kechirganing kabi boshqalarni kechir. - Muvaffaqiyatsizlik insonga ko'p narsalar o'rgatadi. - Bir onlik g'azabingizni bossang, yuz kun hotirjam yashaysan. |
|
davomi...
|
|
|
Aforizmlar
|
|
- Og'rigan bosh, yig'lagan ko'z yashirilmas. - Yig'lasa onam yig'lar, boshqasi yolg'on yig'lar. - Og'ir qozon kech qaynar. - Og'riqsiz bosh mozorda bo'ladi. - Ochiq yaraga qurt tushmas. - Odam eshagidan, xotin to'shagidan ma'lum. |
|
davomi...
|
|
|
Aforizmlar
|
Olmon shoiri va mutafakkiri Iogann Volfgang Gyote (1749-1832)ning shajarasida bir tomchi turk qoni ham bo‘lganligi to‘g‘risida Niels Hansenning tadqiqiy maqolasi da o’qigan bo’lsangiz kerak. Endi uning ayrim ijod namunalari bilan tanishib chiqishimiz foydadan xoli emas. |
|
davomi...
|
|
|
Aforizmlar
|
|
Chuqur bilim, haqiqiy talant egasi o‘z kuchiga, oldinda ketayotganlarga yetib olishiga, bir safda ketayotib, hech qachon orqada qolmasligiga ishonadi. Ma'rifatsiz, talantsiz yozuvchi (yozuvchi emas) esa, birovga yetib olishga ojizlik qiladi-yu, uni chalib yiqitishga, loaqal bo‘yniga kir latta ilib ta'bini xira qilishga, yurgani xalal berishga urinadi. Haqiqiy talant egasi bir-biriga hasad emas, havas qiladi, bir-birining g‘ayratini keltiradi. Bular orasida raqobat emas, jamiyatimizni olg‘a siljitadigan kuch-musobaqa bo‘ladi. |
|
davomi...
|
|
|
Aforizmlar
|
Hayotdan va o‘zidan o‘zish uchun odam ideal qidiradi. O‘zishni istamagan odam o‘ziga o‘zi ideal bo‘lib ko‘rinadi. *** Kishilar ko‘pincha idealni o‘tmishdan qidiradilar, chunki tirik ideallar o‘zlarining qusurlari va illatlarini oshkor qiladi. |
|
davomi...
|
|
|
Aforizmlar
|
Nodonlikdan yomonlik keladi faqat, Nodonga yondashma, bosmasin g‘aflat.
* * *
Shon-shavkat yuksak maqsad sari intilganning mulkidir. |
|
davomi...
|
|
|
Aforizmlar
|
|
Odamgarchiligi bor mard kishi o‘zidan va o‘ziniki ekanligiga hech kim tortishib o‘tirmaydigan narsadan boshqasiga egalik qilmaydi.
* * * Ne’matning qadri u yo‘qolgandagina bilinadi.
|
|
davomi...
|
|
|
Aforizmlar
|
«Tulku o‘z iniga ursa, ujuz bo‘lur» («Tulki o‘z uyasiga qarab ulisa qo‘tir bo‘ladi»). Mahmud Koshg‘ariy izohlashicha, «bu maqol o‘z elini, urug‘ini va mamlakatini yomonlovchilarga qarata aytiladi». |
|
davomi...
|
|
|
Aforizmlar
|
Ustoz aytardi: — Ota-onangizning xizmatini ado etayotganda, ularga ohista so’ylang. Agar ular sizning aytganlaringizni qilishni istamayotganliklarini ko’rsangiz, bari bir tavozeda turavering va odob qoidalarini buzmang. Hatto qon yutib turgan bo’lsangiz ham, koyinganingizni bildirmang. |
|
davomi...
|
|
|
Aforizmlar
|
Adabiyot — fikr, tuyg’ularimizdagi to’lqinlarni so’zlar, gaplar yordami bilan tasvir qilib, boshqalarda ham xuddi shu to’lqinlarni yaratmoqdir. Bu ta'rif adabiyotning to’g’ri ta'rifidir. Shu bilan yozilgan asarlarga adabiy asar deyiladir. FITRAT |
|
davomi...
|
|
|
Aforizmlar
|
Hilm inson vujudining xushmanzara bog’idir va odamiylik olamining javohirga boy tog’idir. Yumshoq ko’ngillik hodisalar to’la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo’ladi va insoniyat qadrini o’lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirsa ham bo’ladi. |
|
davomi...
|
|
|
Aforizmlar
|
Bilim tomon yo'l qisqa emas. (Yapon xalq maqoli) Ko'pchilik g'ozni oqqush, deb o'ylaydi. (Ingliz xalq maqoli) O'ylamay gapirish- mo'ljalga olmay o'q uzishdir. (Ispan xalq maqoli) Sukut saqlab ham xato qilish mumkin. (Ingliz xalq maqoli) |
|
davomi...
|
|
|
Aforizmlar
|
|
Hamma vaqt o‘zingning nimani hohlayotganingni aniq bil. Sahro ichkarisiga kirganingdan so‘ng tamom orqaga yo‘l yo‘q, faqat oldinga yurish kerak. Qolgani Ollohning qo‘lida. |
|
davomi...
|
|
|
Aforizmlar
|
Biz hech qachon o‘zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko‘rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo‘lsak shundayligimizcha ko‘rinadigan bo‘lsak, borligimizcha namoyon bo‘lsak, odamlarning nazarida ko‘p narsa yutgan bo‘lardik. |
|
davomi...
|
|
|
Aforizmlar
|
Ozodlik-ozodlik... Yaratganning o‘zi bizni mazkur so‘z bag‘riga topshirdi. Biz mazkur so‘z bag‘rida... chaqaloq bo‘lib yotibmiz! Biz hali otamiz kim bilmaymiz, onamiz kim bilmaymiz. Eng fojiali joy...do‘st-dushmanimiz kim—bilmaymiz.
|
|
davomi...
|
|
|
Aforizmlar
|
Iymon bir muazzam saroy desak, uning ichiga kirmoq uchun yurib borish kerak, balki tikanzorni yalangoyoq bosib o‘tishga to‘g‘ri kelar. |
|
davomi...
|
|
|
Aforizmlar
|
|
Odam o`z qilmishini oqlash uchun bir sababdan boshqa har qanday sababni topadi, o`z jinoyatlarini oqlash uchun bir bahonadan boshqa har qanday bahonani topadi, o`z tinchini ta’minlash uchun bir vajdan boshqa har qanday vajni topadi-yu, faqat o`zining QO`RQOQligini o`ylamaydi. Shou |
|
davomi...
|
|
|
Aforizmlar
|
“Men dunyo tarixini o‘qib shunday xulosaga keldim: dunyo podshohlari to‘plagan jami saltanatu boylik, qasrlaru saroylar Muhammadning (alayhissalom) yamoq yaktaklariga ham arzimas ekan... Biz Ovrupa millatlari madaniy imkonimiz yuqori bo‘lishiga qaramay, Hazrati Muhammad so‘nggi pog‘onasiga qadar chiqa olgan zinaning birinchi pillapoyasidamiz, xolos. Hech shubha yo‘qki, biron kimsa u zotdan yuqoriroqqa o‘ta olmaydi”. Gyote, nemis shoiri |
|
davomi...
|
|