|
Yoshlar muammolari
|
Soat ertalabki olti. Telefonim musiqa chalyapti. «Tur o‘rningdan. Tura qolgin. Seni buyuk ishlar kutyapti. Tur o‘rningdan. Ko‘zlaringni och!». Erinibgina uni o‘chirib, o‘rnimdan turaman. Bugun kun iliq shekilli, ko‘chada mashq qilsam ham bo‘ladi. Pastga tushguncha hali tong u qadar yorishmagani sababli telefonimning fonarini yoqaman. Tongda hamma narsada o‘zgacha joziba bordek. |
|
davomi...
|
|
|
Yoshlar muammolari
|
"Agar televidenie xuddi hozirgidek rivojlanishda davom etsa, bugun tug‘ilgan bola 18 yoshga to‘lgach, eng ko‘p vaqtini uyquda va televizor qarshisida o‘tkazadi", deb yozgan edi Entoni Giddens "Sotsiologiya" asarida. Olimning qanchalik haq ekanligi vaqt o‘tgach ma'lum bo‘ladi. Umuman olganda, kutishga hojat ham yo‘q, negaki Grabovskiy kashf etgan "qora quti" o‘zining nimalarga qodirligini ancha ilgariroq ko‘rsata boshladi. |
|
davomi...
|
|
|
Yoshlar muammolari
|
Aslida ushbu texnologik jamiyatda insonlarga foyda keltirish uchun yaratilgan buyumlar ayrim paytlarda muammo keltirib chiqaruvchi omilga ham aylanib qolayotganday, go‘yo. Darsda biroz zerikkan o‘quvchi uchun "sotka"dan yaxshi ovunchoq yo‘q. O‘qituvchi o‘ziga-o‘zi gapiravermaydimi? Nima qilibdi, uy ishlaridan ortib, kechasi bilan dars rejasini tuzib kelgan bo‘lsa?! Telefondagi o‘yinlar, videokliplar, qo‘shiq va rasmlar matematika, geografiya yoki fizikaning «tushunarsiz» formula va masalalariga qaraganda qiziqarliroq... |
|
davomi...
|
|
|
Yoshlar muammolari
|
... Suhbatlarimizning birida u: "Bolamni g‘arbcha tarbiyalayapman!", deb qoldi maqtangannamo. O‘shanda xayolimga nima keldi, aytaymi?! Pingvinlar haqidagi eski multfilm yodimga tushib ketdi: kichkintoy Lolo uzoq qarindoshlari bo‘lmish - qushlarga o‘xshab uchishga jon-jahdi bilan tirishadi, ammo u baribir ucholmaydi. Hech qachon ucholmaydi. Qushlar esa pingvinlardek chuqur suzolmaydi. Hech qachon. |
|
davomi...
|
|
|
Taqdir bitiklari
|
Beshik ko‘p asrlar avval hunarmandlarning aql-zakovati bilan ixtiro etilgan bo‘lib, u haqidagi ma'lumotlar o‘rta asr manbalarida, xususan, Mahmud Koshg‘ariyning "Devoni lug‘atit-turk" asarida, shuningdek, Alisher Navoiyning "Layli va Majnun" dostonida ham ta'riflangan. Uning kelib chiqishi haqida turli farazlar mavjud. Ko‘chmanchi xalqlarga tegishli bu kashfiyot, ko‘chib yurgan paytda onalarga ancha-muncha qulayligi bilan afzal sanalgan. |
|
davomi...
|
|
|
Yoshlar muammolari
|
Hozirgi kunda yurtimizning deyarli barcha tuman va shaharlarida choyxona va pivaxonalar, turli spirtli ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi kafe, restoranlarni uchratishimiz mumkin. Yaqin do‘st va qadrdonlarning bir piyola choy ustida diydorlashishi, shirin suhbatlar qurishiga nima yetsin! Dunyoda ko‘pdan beri yuz ko‘rishmagan qadrdonlarning uchrashuvidan ham yoqimliroq uchrashuv bo‘lmasak kerak. Ammo shunisi ham borki, bu kabi maskanlarga yig‘ilayotgan yosh-yalang har doim ham me'yor deb atalgan oltin qoidaga amal qilavermaydi... |
|
davomi...
|
|
|
Muammo va tanqid
|
|
u kim - shuhratparastmi yoki buyurtmani bajaruvchi? Turli bayramlarni bilamiz: Navro‘z, Xotira va qadrlash kuni, Ustoz va murabbiylar kuni... Yilda 2 marta jurnalistlarga bevosita aloqador bo‘lgan bayram ham nishonlanadi. Birinchisi - 3 may - Xalqaro so‘z erkinligi kuni, ikkinchisi - 27 iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Qarang-a, bir necha kasb bayramlarida dam olish kuni berilar ekanu, bu ikki bayram taqvimda qizil bilan ajratilmagan: bu kunlari doimgidek ishlayveramiz, o‘qiyveramiz. |
|
davomi...
|
|
|
Muammo va tanqid
|
Ayonki, texnik taraqqiyotni to‘xtatish mumkin emas: biz buni xohlaymizmi-yo‘qmi, kompyuter texnologiyalari hayotimizda mustahkam o‘ringa ega, kompyuter savodxonligi ko‘rsatkichi esa ko‘p hollarda insonning yuqori saviyasini belgilab beruvchi omilga aylanib bormoqda. Bugun kompyuterda ishlashni bilmaydigan xodimni yaxshi mutaxassis deyish qiyin. Agar o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalarida yoshlarning eng sevimli mashg‘ulotlari musiqa tinglash va teleko‘rsatuvlar ko‘rish bo‘lsa, ayni kunda esa kompyuter va internet avvalgi qiziqishlarni yosh avlod hayotidan siqib chiqardi. |
|
davomi...
|
|
|
Yoshlar muammolari
|
O‘zaro suhbatlarda, gurunglarda tez-tez tilga olinayotgan mavzulardan biri - "ommaviy madaniyat" bo‘lib qoldi. Davrning shiddat bilan o‘zgarib, fan-texnikaning jadallik bilan taraqqiy etishi, tabiiyki, ko‘plab muvaffaqiyatlarga zamin yaratdi va bu jarayon uzluksiz davom etmoqda. Ammo tanganing ikkinchi tomoni ham borki, u bashariyatni fikrlashga, chuqurroq mushohada yuritishga majbur qiladi. |
|
davomi...
|
|
|
Taqdir bitiklari
|
"Kiyimlarning ochiq va tarangini tanlang. Sevgi mojarolari bilan band bo‘lishingiz mumkin". Bu radio orqali berilayotgan "munajjimlar bashorati"dan parcha. Muhtaram munajjimlar mazkur so‘zlari bilan nimani targ‘ib qilayotganlari tahlilini biroz keyinga qo‘yib turaylik-da, avvalo, hozirda alohida ilm sifatida e'tirof etilayotgan bu sohaning aslida qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekaniga e'tibor qarataylik. |
|
davomi...
|
|
|
Muammo va tanqid
|
Irina Sazonova - o‘ttiz yillik ish tajribasiga ega shifokor. "VICh-SPID: virtual virus yoki asr ig‘vogarligi" va «SPID: hukm bekor qilinadi» kitoblari muallifi. U yana Piter Dyusbergning «O‘ylab chiqarilgan SPID virusi», «Yuqumli SPID: hammamizni chalg‘itishdimi?» kitoblarini rus tiliga tarjima qilgan. Sazonova ushbu muammo bo‘yicha juda ko‘p ma'lumotlar, shu jumladan, venger olimi Antal Makk taklif qilgan «XX asr vabosi» nazariyasini rad etuvchi ilmiy ma'lumotlarni to‘plagan. |
|
davomi...
|
|
|
Muammo va tanqid
|
Klonlashtirish atamasi ingliz tilidagi «clone», «cloning» so‘zlaridan kelib chiqqan va u hozirgi kunga kelib o‘z yozilishi, o‘qilishini biroz o‘zgartirgan. Ingliz tilida bu so‘z biologik termin sifatida yuz yillar oldin qo‘llanila boshlagan. Biroq shu qisqa davr ichida o‘z ma'nosini bir necha marta o‘zgartirishga ham ulgurgan. |
|
davomi...
|
|
|
Taqdir bitiklari
|
Rivoyat qilishlaricha, Imomi A'zam Abu Hanifaning otalari Sobit bir kuni tahorat olmoqchi bo‘lib, ariq bo‘yiga kelibdilar. Shu payt ariqdan oqib kelayotgan bir qirmizi olmaga ko‘zlari tushibdi. Sobit olmani olib, bir tishlabdilar. Tishlabdilar-u, "Ie, bu qaysi bog‘ning olmasi ekan, egasini rozi qilmay yeb qo‘yibman-ku! Oxiratda buning javobini qanday beraman?" deya o‘ylanib qolibdilar. |
|
davomi...
|
|
|
Yoshlar muammolari
|
Yer yuzida g‘ayritabiiy qobiliyatli bolalarning tug‘ilishi tobora ko‘p kuzatilmoqda. Frantsiyada ularga umumqabul qilingan o‘zini tutish qoidalari «yopishmagan»ligi uchun bu kichkintoylarni «teflonli», Britaniya orollarida «mingyillik bolalari», Rossiyada esa «nur farzandlari» deb atashadi. Yana ularga indigo bolalar nomi ham berilgan. E'tiborlisi, kimdir ular yangi insoniyat davri farzandlari deb jar solsa, qolganlar bu bolalarda izohlab bo‘lmas xavfni ko‘radi. |
|
davomi...
|
|
|
Yoshlar muammolari
|
Bugun o‘qib, o‘rganib hayotning oq-qorasini birmuncha taniganimda uyat tushunchasining qadr-qimmati nechog‘lik baland ekanligini, aynan mana shu xislatni unutib qo‘yayotganimiz tengdoshlarimning (ayrim kattalarning ham) xatti-harakatlariga qarab teranroq anglagandekman go‘yo. Magistrlik ilmiy ishim yozuvchilar ijodidagi fiqra janriga oid asarlarni tahlil qilish bo‘lgani uchun juda ko‘p adabiyotlarga murojaat etishga to‘g‘ri keldi. |
|
davomi...
|
|
|
Muammo va tanqid
|
Kunlar isigach, yubkalardan birinchi tizzalar yorib chiqa boshlaydi. Bu hol kurtaklar oftobga intilganidek odatiy bo‘lsa-da, u qadar yoqimli emas. Mini yubkalarning kelib chiqishi o‘tgan asrning boshlariga borib taqaladi. Eng avval ularni jamiyatning qaysi qatlami iste'molga kiritganini anglash qiyin emas. Mini yubkalar e'tiborni jalb etish vositasi hisoblangan. Kiyim inson haqida biz o‘ylagandan ham ko‘proq ma'lumot berishi mumkin. |
|
davomi...
|
|
|
Yoshlar muammolari
|
Talabaning karmoni - bu buyum gohida to‘ladi, gohida bo‘m-bo‘sh qolishi mumkin. Biroq, har oyning boshida talaba karmoni to‘lishi aniq. Chunki, u bilim darajasiga qarab stipendiya oladi. Ya'ni «qoniqarli» o‘qib, 56-70 foizgacha ball to‘plagan talaba 44.600 so‘m, «yaxshi» o‘qib, 71-85 foizgacha fanlar so‘rog‘iga javob berganlar 67.700 so‘m, savollardan «a'lo» (86-100 foiz) o‘tganlar esa 89.900 so‘m stipendiyaga egalik qiladi. |
|
davomi...
|
|
|
Yoshlar muammolari
|
Zamon taraqqiy etgani sari ko‘p yumushlar oson hal bo‘layapti. Ilgari uzoqdagi do‘stlar bilan xat orqali xabarlashgan bo‘lsak, hozir internet tarmog‘i dunyoning u burchagidagi kishi bilan ham suhbatlashish imkonini beradi. Borgan sari aloqa sohasida barcha narsalar osonlashib borayotgandek. Bugungi kunda uyali aloqa vositasi ham hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Uy bekasidan tortib, kasalxonadagi bemorgacha o‘zining beminnat do‘stiga suyanib qoldi. |
|
davomi...
|
|
|
Muammo va tanqid
|
Bolalikda u biz uchun eng aqlli, bilimdon va hammadan yaxshi inson timsoli bo‘lgan bo‘lsa, ulg‘ayganimizda ba'zi kamchiliklarini sezib qolamiz. Aslida farzand otasining kamchiligidan norozi bo‘lishi biroz mentalitetimizga zid bo‘lgan holat. Ammo oilalarimizda sog‘lom muhit shakllanishi uchun ular farzandlariga ibrat ko‘rsata olishi kerak. Otalar esa farzandining o‘zi haqidagi fikrlarini bilishni va unga manzur bo‘lishni istarmikan? |
|
davomi...
|
|
|
Taqdir bitiklari
|
|
Ayollarni e'zozlash, jamiyatda ularga o‘zlarining mos o‘rinlarini berish bizning nafaqat farzandlik, balki insoniylik burchimiz hamdir. Yurtimizda, Sharq musulmon xalqlarida ayollarni hurmat qilish, ularni nafaqat moddiy-jismoniy, balki ma'naviy himoyalash an'anasi chuqur ildiz otgan. Ularga ko‘rsatish lozim bo‘lgan oliy hurmat namunasi payg‘ambarimizning «Jannat - onalar oyog‘i ostidadir» hadisida o‘zining yuksak e'tirofini topgan. |
|
davomi...
|
|