|
Mashhur san'atkorlar haqida
|
Lutfixonim Sarimsoqova haqida shingil hikoyalarni onamdan - kompozitor Xafiyaxon Muhamedovadan eshitib, u kishi bilan uchrashishni, suhbatini olishni orzu qilib yurardim. Toshkentning "Oq machit" dahasidagi mahallalarga elektr quvvati yetmay qolar, ko‘p qatori bizning bolaxonali xonadonimizda ham lampa chiroq yoqilar, yarim tunga qadar sandal atrofida o‘tirib hikoya, latifa, musiqa eshitardik. |
|
davomi...
|
|
|
Mashhur san'atkorlar haqida
|
Berta opa xonish qilgan kuylaridek go‘zal, qo‘shiq qilib aytadigan yuzlab she'riy satrlaridek teran fikrli inson edi. U hech qachon turmush ikir-chikirlariga o‘ralashib qolmagan. Navqiron yoshidanoq o‘zi qanot bergan "Munojot", "Talqini bayot", "Samarqand ushshog‘i" darajasida bo‘lish ishtiyoqi bilan yashadi. Xonanda bozor-o‘charda ham, miltillab qaynayotgan dekcha yonida ham, mehnatlarga iltifot qilayotgan damlarida ham kundalik hayot tarziga shoirona ruh berish qobiliyatiga ega edi. |
|
davomi...
|
|
|
Mashhur san'atkorlar haqida
|
Turob To‘laning asarlarini o‘qib, sahnada ko‘rib, ta'sirlanib yurardim. Ayniqsa, "Maftuningman" musiqali komediyasining qahramoni Yulduzxon ko‘l bo‘yidagi majnuntol tagida "Go‘zal Toshkent, qulog‘ingga gapim bor!" deb xonish qilishi, shahrimizni sirdosh dugonasiga tenglashtirishi, serjilo ranglari ko‘zni oladigan do‘ppisini ko‘z-ko‘z qilib, "Do‘ppi tikdim, ipaklari tillodan" deb charx urib aylanishi ko‘p qatori bizni ham maftun etgan edi. |
|
davomi...
|
|
|
Mashhur san'atkorlar haqida
|
|
«Tong oldidan» filmi ijodkori izlarini izlab... Milliy kinematografiyamiz mahsuloti bo‘lgan «Tong oldidan» (ekranda birinchi va so‘nggi marta 1933 yilning 5 iyul kuni ko‘rsatilgan) tarixiy kinodramasining rasmiy premerasi hali-hanuz o‘tkazilganicha yo‘q. Asar chor Rossiyasining zulmini ayovsiz fosh etgani uchun sho‘rolarga ma'qul bo‘lmadi. O‘sha kolonial siyosatni yangi sharoitda tadrijiy rivojida hayotga tatbiq etib kelgan qizil imperiya homiylari filmni hamda uning muallifi, rejissyori, bosh obraz ijrochisi Sulaymon Xo‘jaevni dastlabki norasmiy namoyishdan keyin hibsga oldilar. |
|
davomi...
|
|
|
Mashhur san'atkorlar haqida
|
Endilikda ilmiy doiralarda keng qo‘llanilayotgan, o‘quv-metodik kengashlarda izohlanayotgan, ma'ruzalar, mashg‘ulotlarda muayyan misollar ila ta'riflanayotgan ayrim atamalar borki, ularning tub mohiyatini Navoiy va Bobur, Cho‘lpon, Qodiriy, akademik yozuvchilar - Oybek, G‘afur G‘ulom, Uyg‘un, Izzat Sultonov matni tahlilida ko‘rsatish, zukko talabaga yetkazish mumkin. Chunonchi, intertekstuallik, paradigma, mediamaydon, kommunikativlik kabi keng qamrovli tushunchalar nazarda tutilib, mumtoz she'riyat hamda nomachilik san'ati, Qodiriy boshlab bergan nasr tajribasi, bir vaqtning o‘zida badiiy va ilmiy faoliyati jo‘sh urgan allomalar asarlari o‘rganilsa, ijod nashidasiga to‘lib-toshgan damlar vujudga keladi. |
|
davomi...
|
|
|
Mashhur san'atkorlar haqida
|
Yulduz Rizaeva bilan ko‘p suhbatlashganmiz. Suhbat damlari uning anhor bo‘yidagi uyida, aktrisa ishtirok etgan filmlar suratga olingan joylarda, kinostudiya hamda telestudiyada o‘tardi. Durdona asarlar yaratilishi jarayoni, ulkan san'atkorlar gurungi, raqs, ashulaning paydo bo‘lishi, so‘ngra film to‘qimasiga kiritilishi - bizning muloqot mavzularimizga aylanardi. Suhbati shirin edi bu kamtarin ayolning. O‘n yetti yoshida shuhrati olamga taralgan, milliy kinematografiyamizning shoh asarlari - «Tohir va Zuhra», «Nasriddin sarguzashtlari» hamda dogmatik tanqidchilik qurboni bo‘lgan «Farg‘ona qizi»da bosh rollarni o‘ynagan, |
|
davomi...
|
|
|
Mashhur san'atkorlar haqida
|
Qahqaha darg‘asi. Rahim Pirmuhamedovni shunday atashardi. Lekin u chuqur psixologik rollarni o‘ynab («Tohir va Zuhra»dagi soqchi, Tohirning fikrdosh do‘sti rolini eslang), tomoshabinni chuqur mushohadaga undar ham edi. U ekranda va sahnada o‘z qahramonlarining xushfe'lligini, hazil-mutoyibaga o‘chligini ko‘rsatib, millionlab kishining dilini xushnud etgan edi. Shu bilan birga lirik qahramonining ishq o‘tida yonishini («Oddiy voqea» kinonovellasi, oshiq yigit), katta dramatik kuchga ega bo‘lgan obrazni namoyon etib («Hamza» filmidagi G‘iyosxo‘ja roli), tomoshabinni ham, kino ahlini ham lol qoldirganini bilamiz. |
|
davomi...
|
|
|
Mashhur san'atkorlar haqida
|
Necha avlodning bolaligi Saodat Qobulovaning «Alla»sini eshitish bilan o‘tgan. Xonanda ijro etgan «Dugoh», «Ko‘ngil», «Qalamlar» esa hanuz muhabbat ahlining yurak so‘zlari bo‘lib yangrab kelmoqda. Saodatxon qo‘llariga likopcha olib ochiq chehra bilan «Dugonalar»ni ayta boshlaganlarida esa xonadonlari, dala shiyponi, mehmonlarga yozilgan dasturxon atrofi bir-biridan go‘zal, bir-biridan sho‘x raqqosalar, xonandalar va san'at shaydolari - mehr-oqibatli dugonalar bilan jamuljam bo‘lgan. |
|
davomi...
|
|
|
Mashhur san'atkorlar haqida
|
|
O‘zbekiston xalq artisti Po‘lat Saidqosimov psixologik murakkab rollar ustasi sifatida nom qozongan. O‘ziga xos ovoz egasi bo‘lgan san'atkor yarim asrdan oshiq vaqt mobaynida kino va teatrda yuzlab rollarni maromiga yetkazib ijro etdi. U talqin etgan obrazlar sodda va samimiyligi, hayotiyligi, betakror nutqi bilan ajralib turadi. Aktyor ijrosidagi Abu Rayhon Beruniy, Abdullatif, Avrangzeb, Mirzakarimboy, Muhammad chatoq kabi rollar kino va teatrimizning yorqin obrazlari deya e'tirof etiladi. |
|
davomi...
|
|
|
Mashhur san'atkorlar haqida
|
Shukur Burhonovning Qorabayiridan («Tohir va Zuhra» filmi), G‘ofiriyu («Boy ila xizmatchi» spektakli) Yo‘lchisidan («Qutlug‘ qon») hayratga kelib, u kishi bilan tanishish, suhbat qurish orzusida yurardik. Moskvada aspiranturada o‘qib yurgan kezlarim u bir qo‘ng‘iroq bilan menga yordam bergandek bo‘ldi. |
|
davomi...
|
|
|
Mashhur san'atkorlar haqida
|
Botir Zokirov!... Qiyosi yo‘q va hech qachon bo‘linmaydigan, yaxlit olam... Qaniydi san'atkorning haqiqat ro‘parasida qanchalik xoksor bo‘lsa, jaholat qarshisida o‘shanchalik mag‘rur qalbini tushunolsang... Xayolparast "Kichkina shahzoda"cining orzularini, dardlarini his qilgan ko‘ngli haqida o‘ylab, unga hech qachon xiyonat qilmagan, har qanday og‘ir daqiqalarda ham uni tark etmagan, hech kimnikiga o‘xshamagan yuragiga quloq solgim keladi. |
|
davomi...
|
|
|
Mashhur san'atkorlar haqida
|
Bahodir Yo‘ldoshev siyratiga bir nazar I 1974 yili yigirma sakkiz yoshli yigit O'zbekistonning eng nufuzli teatri - Hamza nomidagi O'zbek davlat akademik drama teatriga bosh rejissyor etib tayinlaganida ko‘pchilik bu holga xiylagina istehzo bilan qaragan edi. |
|
davomi...
|
|
|
Mashhur san'atkorlar haqida
|
Yaqinlik Ko‘pchilik biladigan bu odam haqida sirtdan eshitib yurgan yosh aktyor u bilan ro‘para kelishga qandaydir tortinardi. Shukur akadagi vazminlik qorishiq salobat uncha-muncha odamni dovdiratib qo‘yar, keng peshonasi, quyuq qoshlari, kulganda qisilib ketadigan ko‘zlaridan g‘ij-g‘ij ma'no yog‘ilib turardi. Teatrning yetakchi aktyorlari-Olim Xo‘jaev, Nabi Rahimov, Abror Hidoyatov, Sora Eshonto‘raeva teatr va rassomchilik san'ati (o‘sha vaqtda) institutidan bu yerga kelib-ketib yuradigan talabalarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishar, ayrimlarini epizodik rollarga ham taklif qilishardi. |
|
davomi...
|
|
|
Mashhur san'atkorlar haqida
|
Xorij jurnallaridan birida chop etilgan yangilik e’tiborimni tortdi. Unda aytilishicha, olimlar yurak xastaliklarini davolashning antiqa yo‘lini topishibdi. Mazkur muolajaga ko‘ra, har kuni ikki-uch soat anhor yoki daryo bo‘yida, umuman, suv shildirashi eshitiladigan joyda o‘tirish yurak bezovtaliklarini aritarkan. Suv ovozi yurakka koni foyda ekan. |
|
davomi...
|
|
|
Mashhur san'atkorlar haqida
|
Darvoqe, zamonasining o‘ziga xos afsonaviy shaxsga aylangan Raj Kapur-Mukesh jilarning bir-birini to‘ldiruvchi ijodiy hamkorligi ularni o‘zaro bog‘lab turgan. Bu bog‘liqliklar Kapurlar xonadoni hamda bizning oila farzandlari bilan og‘a-inilar kabi yaqinlik rishtalarini bog‘lanishiga sabab bo‘lgan. |
|
davomi...
|
|
|
Mashhur san'atkorlar haqida
|
|
...Asl qo‘shiq, haqiqiy qo‘shiq insonga behisob huzur-halovat berib, jonning firog‘ini yozadi, dilning g‘uborini yuvadi. Shunday qo‘shiqlarni ijro etish masalasida qoraqalpog‘istonlik san’atkor — to‘rt respublika xalq artisti rahmatli hofiz Otajon Xudoyshukurovning oldiga tushadiganlar kam edi. Taqdir ekan, bevaqt o‘lim bu insonni oramizdan juda erta olib ketdi. |
|
davomi...
|
| |
|
|
Mashhur san'atkorlar haqida
|
|
“El ardog‘idagi odamlar” turkumidan  |
|
davomi...
|
|
|
Maqolalar
|
|
Ikkinchi jahon urushidan insoniyatga yadro bombasi “meros” qoldi. Dunyoda undan kuchliroq qirg‘in quroli yo‘q. Lekin odamzod uchun bugungi mafkuraviy tahdidlar ham hazilakam qutqu hisoblanmaydi. Shuning uchun “Mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchli” degan iqror mavjud. |
|
davomi...
|
|
|
Zamonaviy estrada
|
Kuyga, qo‘shiqqa ishtiyoqmand xalqmiz. Ashula, ohangsiz kunimiz o‘tmaydi. Ba’zan qo‘shiq aytib yoki ijrochiga jo‘r bo‘lib dardimizni to‘kib olamiz. Ilgarilari musiqa, qo‘shiq shinavandalari hozirgi tinglovchilarday istaganini eshitib, rohat qilishavermagan. Radio yoki televizordan qaysi qo‘shiqni qo‘yishsa, shuni tinglagan. Harholda, u vaqtda televidenieda ham, radioda ham juda yaxshi qo‘shiqlar berilardi-da. Shundanmi, ular sog‘inch bilan kutilardi. |
|
davomi...
|
|
|