|
Islomiy yangiliklar
|
Qadimda Iyla nomli qishloq bo‘lib, uning aholisi baliq ovlash bilan tirikchilik qilishardi. Mana shu qishloqda Bani Isroil sulolasidan bo‘lgan bir qavm istiqomat qilar edi. Bani Isroil avlodlari ota-bobolari kabi shanba kunini muqaddas hisoblashar va shu kunni faqat ibodat uchun bag‘ishlashib, boshqa hech bir dunyoviy ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmas edilar. davomi... |
|
|
Islomiy yangiliklar
|
Ramazon hayiti munosabati bilan "Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasining 4-bosqichini e'lon qildik. Viktorinasining 4-bosqichi inshaalloh 2010 yil 10 sentabr, juma kunidan boshlanadi. |
|
davomi...
|
|
|
O'zbekiston yangiliklari
|
YUNISEF tarqatgan xabarlarga ko'ra, ayni paytda Farg'ona vodiysida 100000 dan ortiq Qirg'izisitonlik qochoqlar joylashtirilgan. Ular Andijon, Farg'ona va Namangan viloyatlarining chegaraga yaqin mintaqalaridagi 75 dan ortiq palatkali qochoqlar lagerlari, bolalar dam olish maskanlari, maktablarga joylashtirilyapti. Xabarda aytilishicha, qochoqlarning 90 foizi ayollar va yosh bolalardir. |
|
davomi...
|
|
|
O'zbekiston yangiliklari
|
 "Biz Islomni bilamizmi?" viktorinasi juda ko'p tolibi ilmlarni kitob titkilashga, yaxshi kitoblarni sotib olib, undan ilm hosil qilishga undagani bizni judayam xursand qildi. Qurbon hayiti munosabati bilan viktorinaning 3-bosqichini e'lon qildik. Bu bosqich ham Islom tarixi, payg'ambarimiz Muhammad SAV va u zotdan keyingi salafi solihlar haqida, shuningdek, Islom va iymon, aqida asoslari va dinimizni qamrab olgan asosiy masalalar haqida savol-javob tarzida o'tkaziladi. |
|
davomi...
|
|
|
Ilm-fan yangiliklari
|
Fransiyalik jarroh-oftalmolog Alen Telandro uzoqni ko‘rolmaslik kasalligini davolashda yangi usulni qo‘lladi. Dastlabki to‘rtta operatsiyani u Fransiyaning Kann shahrida bir kunning o‘zidayoq o‘tkazdi. Jarrohlik operatsiyasining tez va oson kechishida tibbiyot lazeridan foydalaniladi. Alen Telandroning xabar berishicha, yangi texnologiya ikki yil davomida AQShda tadqiq etilgan, lekin Yevropa ittifoqi unga uzoq vaqt sertifikat bermagan. Metodni amalda qo‘llashga atigi ikki hafta oldin ruxsat berildi. Operatsiya 20 soniya davom etadi va u hech qanday og‘riqsiz o‘tadi. Shunga qaramay, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida og‘riqsizlantiruvchi vositalardan ham foydalanish mumkin. Muolaja bahosi 1500 yevroni tashkil etadi. |
|
|
Ilm-fan yangiliklari
|
Charlz Darvin dunyo bo‘ylab sayohat qilgan «Bigl» kemasining bort jurnali 151 ming dollarga sotildi. Kimoshdi savdosi Londonda o‘tkazildi. Savdo davomida jurnalning boshlang‘ich narxi deyarli ikki baravarga — 40 ming funtgacha oshdi. Joriy yilda Darvinning tavalludiga 200 yil, u yaratgan «Turlarning kelib chiqishi» ta’limotiga esa 150 yil to‘ladi. Yubiley munosabati bilan dunyo bo‘yicha olimlar yig‘ilishlari va muallifning evolyutsiya nazariyasiga oid buyumlari kimoshdi savdosi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yaqinda olimning «Turlarning kelib chiqishi» ta’limotining asl nusxasi nashrdan chiqarildi. U 52 ming dollarga sotildi. |
|
|
Ilm-fan yangiliklari
|
“Maykrosoft” kompaniyasi juma kuni “Vindovs” kompyuter tizimining yangi avlodini namoyish qilmoqchi, deya xabar beradi “Reyters” axborot agentligi. “Vindovs 7” yoki “RC” (Release candidate) deya nomlanuvchi yangi model unchalik ham shuhrat qozonmagan “Vindovs Vista” dasturining o‘rnini egallashi maqsad qilingan. Kompaniya vakillarining aytishicha, “Vindovs 7” 30 apreldan boshlab dasturchilar va axborot texnologiyalari mutaxassislari ko‘chirib olishi uchun “MSDN” hamda “TechNet” tarmoqlariga qo‘yiladi. 5 maydan boshlab esa boshqa foydalanuvchilar ham kirishi mumkin bo‘lgan global tarmoqlarga yuklanadi. Yangi tizim to‘liq shaklining qachon kompyuterlarga o‘rnatilishi va sotuvga chiqarilishi haqida hali aniq muddat belgilanmagan. Kompaniya bosh moliyachisining aytishicha, dastur savdosi va uning to‘liq amaliyotga tatbiq etilishi uzog‘i bilan iyul oyigacha amalga oshiriladi. “Maykrosoft” kompaniyasi yillik daromadining qariyb yarmi “Vindovs” dasturlari savdosidan keladi. Raqobat oshib borayotgan global dasturlar bozorida o‘z mavqeini boy bermaslik uchun kompaniya “Vindovs”ni yanada mukammallashtirish borasidagi ishlarini muntazam davom ettirib bormoqda. |
|
|
Ilm-fan yangiliklari
|
«Jenerl Motors» (General Motors) va «Seguvey» (Sagway) kompaniyalari ikki g‘ildirakli avtoulov yaratganlarini ma’lum qilishdi. Ushbu yangi ixtiro tez harakatlanishi, xavfsizligi hamda ulovlar tiqilinch bo‘lgan bugungi zamonaviy shaharlarda haydash uchun qulayligi bilan ajralib turadi, deya xabar beradi «AP» axborot agentligi. Elektr tokida ishlaydigan ushbu mitti mashina soatiga 60 km. tezlikda harakatlana oladi. Shuningdek, bir martalik zahira energiyasi bilan u 60 km.dan ziyod yo‘l bosadi. Energiya zahirasi tokka ulanib, qayta-qayta to‘ldirilishi mumkin. Mashinaga ikki g‘ildirak ustida muvozanatni saqlab turishni ta’minlovchi tizim o‘rnatilgan. Yangi ulovning bozordagi narxi hali e’lon qilinmagan. Lekin uning umumiy qiymati oddiy avtomashinalar narxining ko‘pi bilan uchdan birini tashkil etishi aytilmoqda. |
|
|
Ilm-fan yangiliklari
|
Ko‘pchilikni nima uchun ikkincha marta Oyga hech kim uchmayapti, degan savol qiziqtirsa kerak. 1969 yili amerikalik Nil Armstrong rostdan ham Oy sathiga qo‘nganmi? Bundan maqsad nima bo‘lgan? Ma’lumki, insonning Oyga uchishi uchun katta mablag‘ talab etiladi. Hozirda Oyga bormasdan turib ham ushbu Yer yo‘ldoshini tadqiq qilish imkoniyatini beruvchi texnologiyalar mavjudligi bois ikkinchi bor ushbu sovuq maskanga uchish uchun ehtiyoj sezilmayapti. Aslida, insonning Oyga uchishi siyosiy ahamiyatga ham ega bo‘lgan. 1961 yili sobiq Sovet Ittifoqi fazogiri Yuriy Gagarinning samoni zabt etishi olamshumul voqea bo‘lgan edi. Shu voqeadan bir oy o‘tgach, AQSh Prezidenti Jon Kennedi mamlakat Kongressiga murojaat qilib, Oyga qadam qo‘yish Amerika xalqining birdan-bir maqsadi ekanini izhor qiladi. “Ushbu o‘nyillikda insoniyatning Oyga qadam qo‘yish majburiyatini mamlakatimiz o‘z zimmasiga olishiga ishonaman”, deydi u. AQShning Oyga uchish bo‘yicha “Apollon” dasturi shundan so‘ng boshlanadi. Unga 24 mlrd. dollar sarflanadi. Bu AQShdagi mavjud oltin zahiralaridan ikki barobar ortiq mablag‘ edi. “Apollon” loyihasini amalga oshirishda 20 mingdan ziyod firma va korporatsiyalar, ko‘plab sanoat tarmoqlarining 400 mingdan ortiq muhandislari, olimlari va xizmatchilari doimiy band bo‘ladi. Bu uch bosqichli loyihaning “ota”si ikkinchi jahon urushidan so‘ng AQShga ko‘chib ketgan nemis muhandisi Verner fon Braun edi. Ushbu loyiha doirasida o‘sha yili 15 mln. qismdan iborat “Apollon” fazo kemasi ham yaratiladi. |
|
|
Ilm-fan yangiliklari
|
|
Xitoyda dunyodagi eng uzun ko‘prik foydalanishga topshirildi. Uzunligi 36 km.ni tashkil etuvchi mazkur inshoot Xitoyning moliyaviy va tijorat markazi bo‘lmish Shanxayni sanoat shahri Kignboni bilan bog‘laydi. Qurilish o‘z nihoyasiga yetishi uchun besh yildan ziyod vaqt ketgan. |
|
|
Ilm-fan yangiliklari
|
AQShning oziq-ovqat mahsulotlarini tekshiruvchi mutaxassislari yaqinda gigienik jihatdan sog‘liq uchun eng zararli bo‘lgan oziq-ovqatlar ro‘yxatini e’lon qilishdi. Ro‘yxat boshini kutilganidek tuxum egallagan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarda shaftoli, qovun kabi mahsulotlarning ham berilgani ko‘pchilikni taajjublantirdi. Tuxum bilan zaharlanish kam kuzatiladigan hodisa bo‘lsa-da, lekin mutaxassislarning aytishicha, har yili tuxum qobig‘idagi bakteriyalardan 660000 kishi xastalanib, ularning 300 ga yaqini vafot etadi. Zararli oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxatining ikkinchi o‘rnini shaftoli band etgan. Shaftoli mevalari do‘kon peshtaxtalarida uzoq muddat yaxshi saqlanishi uchun turli xil kimyoviy moddalar bilan to‘yintiriladi. Iste’mol qilishdan avval ular tozalab yuvilmasa, inson sog‘lig‘i uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin. Shuningdek, maxsus qadoqlarda saqlanadigan salat mahsulotlari ham o‘zida turli bakteriyalarni tashiydi, deyiladi tadqiqotda. Yana ekspertlar, qovunlarning po‘chog‘ida insondan-insonga yuquvchi «Salmonella», «Shigella» kabi bakteriyalar mavjudligini bildirishgan. Buning oldini olish uchun tilimlashdan avval qovunni sovun bilan iliq suvda yaxshilab yuvish tavsiya etiladi. Ayni maslahat boshqa mahsulotlar uchun ham qo‘l keladi. Tekshiruv ishlari bergan xulosaga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlaridan zaharlanish holatlari, asosan, ularni yaxshilab yuvmasdan iste’mol qilish oqibatida sodir bo‘lishi aytilgan. Shuning uchun, yeguliklarni iste’mol qilishdan oldin tozalab yuvish maqsadga muvofiq. |
|
|
Ilm-fan yangiliklari
|
Ispaniyada bundan taxminan 6 million yil avval yashagan tuya izlari topildi. Bu haqda AFP xabar berdi. Tadqiqotchilar 10-15 turdagi jonivorga mansub 191ta iz topishga muvaffaq bo‘ldilar. Topilmalar “Paracamelichnum Jumillensis“ nomini oldi. Izlar Pireney yarim orolining janubi-sharqiy qismidagi Mursiya avtonom hududidan topildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, moziydan qolgan belgilar bugun mavjud bo‘lgan tuyalarnikiga o‘xshaydi. Olimlar bugungi ko‘rinishdagi “sahro kemalari“ Shimoliy Amerikada taxminan 25-30 million yil oldin paydo bo‘lgan, deb taxmin qiladilar. Bu jonivorlarni xonakilashtirish esa 4 ming yil ilgari boshlangan. Hozirgi vaqtda tuyalarni ko‘paytirish katta daromad keltiruvchi soha sanaladi. Misol uchun, BAA kerakli sifatni saqlab qolish maqsadida bu jonivorlarning sara vakillarini klonlashtirishni mo‘ljallamoqda. |
|
|
Ilm-fan yangiliklari
|
“Toyota“ korporatsiyasi yaponiyalik olimlar bilan hamkorlikda ong yordamida boshqariladigan nogironlar aravachasini yaratdi, deb xabar berdi “Lenta“ elektron manbai. Uni boshqarish uchun signal uzatuvchi maxsus qalpoqchani kiyishning o‘zi kifoya. Bu tizim aravachani istalgan tomonga yo‘naltirish imkonini beradi. Ushbu qurilmaning boshqa muqobillaridan farqi shundaki, unda boshqaruvga kirishish uchun atigi sakkiz soniya yetarli. Shuning uchun ham bu ixtiro dunyodagi eng yaxshi vositalar qatoriga kiritildi. Ayni paytda uning raqibi “Xonda“ kompaniyasi ham miya signallarini mexanik harakatlanish bilan bog‘lovchi tizim ustida ish olib bormoqda. |
|
|
Ilm-fan yangiliklari
|
“Sony PlayStation 2” qurilmasi tufayli kelib chiqqan konfliktda gumon qilingan Kaliforniya universitetining Fresno shahridagi bo‘limining sobiq talabasi ustidan nihoyat sud hukm chiqardi, deb xabar berdi “FresnoBee” nashri. Oliy o‘quv muassasidagi huquq yo‘nalishida ta’lim olgan Jonkel Bruks 2007 yil may oyida xonasiga bostirib kirgan Brent Denielsni otib o‘ldirgani va yana ikki nafar talabani jarohatlagani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. O‘shanda jabrlanuvchilar Bruks o‘yin qurilmasini o‘g‘irlagan deb gumon qilib, xonasining qulfini buzib kirishgandi. 21 yoshli aybdorning advokati Jonkel bosqinchilardan o‘zini himoyalash uchun shunday qilgani, hatto jinoyatga qo‘l urishdan oldin polga qarata bitta ogohlantiruvchi o‘q uzganini ta’kidlagan. Shunga qaramay, hukmda ayblanuvchi o‘zini himoyalashda haddidan oshgani aytib o‘tilgan. Bundan tashqari, prokuror bergan ma’lumotlarda Bruks doim pistolet bilan maqtanib yurishi hamda giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘ullangani ham aytib o‘tilgan. Jonkel Bruks barcha aybini tan olib, marhum va jarohat olganlar bilan yaqin do‘st bo‘lganini aytib o‘tgan. Qotillik qilgani uchun 25 yil, qurol ishlatgani uchun yana 25 yil va uch marta boshqalar hayotiga suiqasd qilgani uchun yana 59 yilu 4 oyga, jami 109 yilu 4 oyga ozodlikdan mahrum qilindi. Buni qarangki, narxi taxminan yuz dollar turadigan o‘yin qurilmasi o‘shanda Bruksning uyidan topilmagandi. |
|
|
Ilm-fan yangiliklari
|
Buyuk Britaniyada eng yaxshi bolalar adabiyotiga beriladigan Karnegi mukofoti egasi aniqlandi. Unga bundan ikki yil oldin vafot etgan yozuvchi Shivan Daud qalamiga mansub “Botqoqlik bola” asari loyiq deb topildi, deb yozadi “The Guardian” nashri. Mazkur adabiy musobaqada birinchi marta marhum adib g‘olib deb topildi. Qissaning bosh qahramoni 16 yoshli Fergyusdir. U orqali Irlandiyadagi qo‘poruvchilik harakatlari, qarama-qarshiliklarning dahshatlari ko‘rsatib berilgan. Bu yil Karnegi medali 72-marta topshirildi. Uning laureatlari orasida Terri Pratchett, Filip Pulman va Klayv Steyps Lyuis singari taniqli ijodkorlar bor. |
|
|
Ilm-fan yangiliklari
|
Illinoys universiteti olimlari akustik superlinza yaratishdi, deb xabar berdi “Physical Review Letters” ilmiy jurnali. Metamaterial, ya’ni o‘ziga xos fizik xossaga ega bo‘lgan kompozit birikmadan yasalgan linzaning asosiy qismini Gelmgolts rezonansi tashkil etadi. Bir tomoni ochiq va suyuqlikka to‘ldirilgan buyum ovoz chastotalarini kuchaytirish yoki susaytirish imkonini beradi. Tadqiqotchilarning fikricha, ushbu kashfiyot tibbiyotda qo‘l kelishi mumkin. Superlinza yordamida ultratovushli diagnostika apparatlarini yaratish imkoni bor. Mazkur qurilma rentgen va magnit-rezonansli tomografiya o‘rnini samarali tarzda bosadi. Bundan tashqari, linzadan suv osti kemalarida akustik ko‘rinmas holatni vujudga keltirish maqsadida foydalanish mumkin. |
|
|
Ilm-fan yangiliklari
|
Shveytsariyalik aeronavt Bertran Pikar quyosh batareyalarida ishlovchi “Solar Impulse” samolyoti prototipini omma e’tiboriga havola qildi, deb xabar berdi AFP. “Ko‘rinishi “Boing-747”ni eslatib yuboruvchi mazkur havo transporti Syurix shahridan uncha uzoq bo‘lmagan aerodromda namoyish etildi”, — deb yozadi agent- lik muxbiri. Ushbu uchish vositasining qanotlariga vazni to‘rt yuz kg. bo‘lgan o‘n ikki mingta quyosh batareyasi o‘rnatilgan. Undagi to‘rtta motor kechasi ham o‘nta ot kuchi bilan ishlay oladi. Samolyot birinchi marta shu yilning so‘nggi oylarida sinovdan o‘tkaziladi. U qo‘nmasdan ikki kunu bir tun ucha oladi. Bertran Pikarning fikricha, 2012 yilga kelib “Solar Impulse” Yer shari bo‘ylab parvozga ko‘tariladi. |
|
|
Ilm-fan yangiliklari
|
Rossiyalik va germaniyalik mikologlar(qo‘ziqorinshunoslar) hamkorlikda Oltoy Respublikasidagi qo‘riqxona hududidan ilgari Rossiyada uchramagan ulkan qo‘ziqorinlarni topishdi, deb ma’lumot tarqatdi «Interfaks». 2008 yil yozidan beri davom etayotgan tadqiqotlar nihoyat o‘z natijasini berdi. O‘n to‘qqiz nafar taniqli mikolog “Qizil kitob”ga kiritilgan Amylolepiota lignicola zamburug‘idan tashqari Entoloma callichroum va Mellitiosporiella pulchella, Mellitiosporium propolidoides, Ionomidotis irregularis kabi kamyob turlarni topishdi. Bundan tashqari, Dasyscyphella pilosissima qo‘ziqorini ilgari dunyoning bor-yo‘g‘i ikki mintaqasida mavjud deb hisoblab kelinardi. Endi ularning qatoriga uchinchi bo‘lib Oltoy o‘lkasi qo‘shildi. Umuman olganda, Telets ko‘lining shimoliy qirg‘oqlari va Kamga qo‘ltig‘i yaqinidan jami bo‘lib 500 dan ko‘proq qo‘ziqorin navlari topildi. |
|
|
Ilm-fan yangiliklari
|
Buffalo universiteti qoshidagi muzeyda mashhur rassom Salvador Dali mo‘yqalamiga mansub va ilgari ommaga ko‘rsatilmagan syurrealistik janrga taalluqli ijodiy ishlar namoyishi tashkil etildi, deb xabar berdi AP. Ekspozitsiya davomida muxlislar rassomni davolagan dermatolog shifokor Edmund Klyaynga bag‘ishlangan o‘n beshta kartinani tomosha qilishlari mumkin. Klyaynlar oilasi Dali sovg‘a qilgan rasmlarni bankda saqlashar edi. 1999 yili Edmund Klyayn vafot etdi va oradan o‘n yil o‘tib uning bevasi ijodiy merosni omma e’tiboriga havola etib, keyinchalik ularni sotishini ma’lum qildi. |
|
|
Ilm-fan yangiliklari
|
Isroilning Xayfa universiteti tadqiqotchilari Ierixon shahriga uyushtirgan ekspeditsiyasi davomida ushbu mamlakatdagi inson qo‘li bilan yaratilgan eng yirik g‘orni topishdi, deb xabar berdi “Gaarets” nashri. Maydoni 4000 kv. metrni o‘z ichiga oluvchi va toshdan qurilgan sun’iy g‘or bundan 400 yoki 500 yil ilgari barpo etilgan, deya taxmin qilinmoqda. |
|