|
Barcha reytinglar
|
Qo‘shma Shtatlarning The Forbes nashri dunyoning eng toza davlatlari ro‘yxatini chop etdi. Bunda Kolumbiya va Yels universitetlari tomonidan ishlab chiqilgan The Environmental Performance Index metodiga amal qilingan holda 140 davlat o‘rganib chiqildi. Ushbu baholash mezoni ekologiyaning 25 jabhasini qamragan (havo tozaligi va ichimlik suvi sifatidan tortib, biologik o‘zgarishlaru pestitsid - zararkunandalarga qarshi qo‘llanuvchi dori vositasidan foydalanish darajasigacha). |
|
davomi...
|
|
|
Barcha reytinglar
|
Butun dunyoga o‘z reytinglari bilan mashhur «Forbes» jurnali AQShning 2008 yildagi inqirozga uchragan milliarderlari ro‘yxatini e'lon qildi. Bunda milliarderlarning bir yil davomida qancha puldan mahrum bo‘lganliklari hisobga olingan. Ro‘yxatning birinchi pog‘onasini kazinolar xo‘jayini Sheldon Adelson egallagan. 2007 yilning sentyabrida AQShning 400 nafar boylari ro‘yxati e'lon qilinganda u 28 milliard dollar egasi edi. |
|
davomi...
|
|
|
Barcha reytinglar
|
Forbes iqtisodiy jurnali tadqiqotlariga ko'ra, Janubiy Koreyaliklar dunyoning eng mehnatsevar kishilari deb e'lon qilindi. Janubiy Koreyaliklarga birinchilikni taqdim etgan holat ularning yiliga 2 ming 357 soat ish vaqtiga ega bo'lganliklaridir. Bu yerda 6 kunlik ish haftasi ko'pchilik kompaniyalar uchun normadir. Ko'pchlik tashkilotlarda esa ta'til muddati yiliga atigi 3 kundir. |
|
davomi...
|
|
|
Barcha reytinglar
|
Amerikaning Forbes iqtisodiy jurnali Amerika qo'shma shtatlarining eng boy 400 ta milliarderi ro'yxatini e'lon qildi (17.09.2008). Bu ro'yxatni ko'p yillardan beri Microsoft korporatsiyasi tashkilotchisi 52 yoshli Bill Geyts boshqarib bormoqda. Uning mablag'i 57 milliard $ deya baholanmoqda. |
|
davomi...
|
|
|
Barcha reytinglar
|
Foreign Policy jurnali qotillik jinoyati salmog'i yuqori bo'lgan dunyoning 5 ta shahrini e'lon qildi. Bu borada eng ayanchli holat Venesuela poytaxti Karakasda (aholisi 3,2 mln) bo'lib, shaharda 100 000 aholi hisobiga 130 ta qotillik to'g'ri keladi. Bu birgina Karakas shahrida yiliga 4000 dan ortiq qotillik yuz beradi deganidir. |
|
davomi...
|
|
|
Barcha reytinglar
|
Amerikaning Forbes jurnali Eurostat agentligining reytingi asosida Yevropaning eng kriminal poytaxt va shaharlari ro'yxatini e'lon qildi. Yevropa Ittifoqiga kirish uchun harakat qilayotgan Turkiyaning eng katta shaharlaridan biri Istambul ushbu ro'yxatda yetakchilik qilmoqda. |
|
davomi...
|
|
|
Barcha reytinglar
|
13 yillik birinchilikdan so’ng Microsoft korporatsiyasi rahbari Bill Geyts endi dunyoning eng boy kishisi emas. Geytsning o’rnini uning do’sti va ko’p yillik hamkori Uorren Baffet egalladi. Berkshire Hathaway kompaniyasi sohibi Baffetning aksiyalari qiymati 25% ga o’sganligi sabab uning mablag’i 10 milliardga oshib, 62 milliard $ga yetgan. |
|
davomi...
|
|
|
Barcha reytinglar
|
Buyuk Britaniyada chop etiluvchi Prospect jurnali hamda AQShning rasmiy nashri Foreign Policy jurnallari tomonidan dunyoning eng aqlli, intellektual kishilarini aniqlash maqsadida o'tkazilgan so'rovnoma natijalari e'lon qilindi. So'rovda 500000 dan ortiq kishi ishtirok etgan. Eng aqllilar ro'yxtining dastlabki 10 pog'onasini musulmon olimlari egallashgan. |
|
davomi...
|
|
|
Barcha reytinglar
|
Davlat va hukumat boshliqlarning siyosiy faoliyati, shaxsiy hayoti keng omma nigohi va kuzatuvida bo‘lishi tabiiy. Xususan, siyosiy arboblarning moliyaviy imkoniyatlari, qancha daromad topishiyu nimalarga sarf etishi to‘g‘risidagi ma'lumotlar ham jamiyatdagi turli toifa vakillarini birday qiziqtiradi, e'tiborini jalb etadi. |
|
davomi...
|
|
|
Barcha reytinglar
|
Osiyo davlatlaridagi iqtisodiy holat tufayli butun jahonda benzin va neft mahsulotlari narhi oshib borishi davom etmoqda. Neft ishlab chiqaruvchi davlatlardagi iqtisodiy va siyosiy vaziyat bevosita neft narhi va ishlab chiqarish jarayoniga bog'liq bo'ladi. The Oil Drum internet portali dunyo davlatlaridagi benzin narhlari ko'rsatkichini o'rganib chiqib, o'z reytingini e'lon qildi. Bu reytingga eng qimmat benzin markasi - "Super Yevro" (bizning AI-95 benzin markasiga mos tushadi) narhi asos qilib olingan. |
|
davomi...
|
|
|
Barcha reytinglar
|
BMTning iqtisodiy va ijtimoiy muammolar bo'limi dunyo aholisining 2050 yildagi holati haqida o'z tahminlarini e'lon qildi. Ekspertlar fikriga ko'ra, 3,3 mlrd. erkak va 3,2 mlrd.lik ayolga ega bo'lgan sayyoramizning aholisi 2050 yilga borib, 1,5 baravarga oshadi va 9,1 mlrd. kishini tashkil etadi. Yarim asrdan so'ng sayyoramizda uchta holat kuzatiladi: aholining umumiy qarishi, tug'ilishning pasayishi va SPID epidemiyasi. |
|
davomi...
|
|
|
Barcha reytinglar
|
2007 yilning Nobel mukofoti natijalari yaqinda e’lon qilinganidan xabaringiz bor. 1901 yildan beri e’lon qilingan mukofotlarning asosiy qismi AQSh fuqarolariga berilgan. Buyuk Britaniya fuqarolari 94 ta Nobel medali va diplomi bilan ikkinchi o’rinda turibdilar. Nemis olimlaridan 76 nafari ushbu mukofot sohibi bo’lishgan (3-o’rin). |
|
davomi...
|
|
|
Barcha reytinglar
|
Eng qimmat brend (savdo markasi) qancha turadi? Dunyodagi eng qimmat brend qaysi? Kimning firma logotipi yiliga milliardlab dollar daromad keltiradi? Yaqin kelajakda qaysi brend muvaffaqiyat qozonadi? Ushbu savollarga quyidagi reytingdan javob olishingiz mumkin. |
|
davomi...
|
|
|
Barcha reytinglar
|
Amerikaning Forbes jurnali Gollivudning voyaga yetmagan eng boy o'spirin-aktorlari reytingini e'lon qildi. Reytingni mashhur kino-egizaklar Meri Keyt va Eshli Olsen boshqarib turibdi. Ular 2006 yili 40 million dollar daromad qilganlar. Shuningdek ular dunyoning eng boy ayollari reytingida ham munosib o'rin egalladilar. |
|
davomi...
|
|
|
Barcha reytinglar
|
2007 yil noyabr oyi ma'lumotlariga ko'ra Rossiya, shu jumladan rus spamchilari zarbasiga duchor bo'layotgan o'zbek pochta foydalanuvchilariga yuborilgan umumiy maktublarning 75-80 foizini spam tashkil etgan. Eng ommabop spam maktublari mavzusi medikamentlar (salomatlik bilan bog'liq tovar va hizmatlar) bo'lib, 20,8 %ni tashkil etgan. |
|
davomi...
|
|
|
Barcha reytinglar
|
Angliyaning Swiftcover.com sug'urta kompaniyasi britaniyalik boylar orasida qaysi avtomobil rusumlari sevimli ekanligini aniqladi. Bir vaqtning o'zida ularning eng yoqtirmagan avtomobillari reytingi ham e'lon qilindi. |
|
davomi...
|
|
|
Barcha reytinglar
|
ArtReview jurnali 2007 yilgi dunyoning san'at sohasidagi eng nufuzli kishilari ro'yxatini e'lon qildi. Ro'yxatni fransuz milliarderi, Christie's uyi egasi Fransua Pino boshqarib turibdi. Ikkinchi o'rinni esa nyu-yorklik galereyachi Larri Gagosyan egallagan bo'lsa, uchunchi o'rin Londondagi Tate Modern galereyasi rahbari ser Nikolas Serotaga nasib etdi. Nyu-Yorkdagi zamonaviy san'at muzeyi direktori Glen Lauri 4-o'rinda, kolleksioner va moliyachi Eli Brod esa 5-o'rindadir. |
|
davomi...
|
|
|
Barcha reytinglar
|
Synetics konsalting kompaniyasi zamonaviy dunyoning eng aqlli 100 ta kishisi ro'yxatini tuzib chiqdi. Ushbu ro'yxat Buyuk Britaniyada 2007 yilning yozida o'tkazilgan so'rov asosida tuzilgan bo'lib, unda 4000 kishi ishtirok etgan. Natijalarga ko'ra eng aqlli kishilarning ko'pi AQSh (44 ta) va Buyuk Britaniya (34 ta) fuqarolaridir. |
|
davomi...
|
|
|
Barcha reytinglar
|
AQShda chop etiladigan The Fortune jurnali dunyodagi eng nufuzli 50 ta kompaniya ro‘yxatini e'lon qildi. Yillik ro‘yxatni tuzish uchun dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidagi 1500 dan ziyod top-menejerlar fikrlari o‘rganilgan. Respondentlar yangi texnologiyalardan foydalanish, boshqaruv samaradorligi, moliyaviy xavfsizlik, mahsulot va xizmatlar sifati kabi jihatlarga ko‘ra kompaniyalarga baho berishgan. |
|
davomi...
|
|
|
Barcha reytinglar
|
“Chegara bilmas muxbirlar” (Reporters without borders) xalqaro tashkiloti dunyo mamlakatlarining 2006-yildagi matbuot erkinligi bo‘yicha o‘rinlarini belgilab chiqdi. Bunga ko‘ra, har yilgidek Shimoliy va G`arbiy Yevropaning Finlyandiya, Islandiya, Irlandiya, Niderlandiya davlatlari sayyoramizning matbuot erkinligi borasida yetakchi hududlari sifatida e’tirof etildi. Eritreya (Afrika), Turkmaniston va Shimoliy Koreya davlatlari esa jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakatlar deb topildi. |
|
davomi...
|
|