|
Maqolalar
|
Kitobga insonni shaxs sifatida shakllantiruvchi asosiy vositalardan biri sifatida qaraladi. Lekin negadir so‘nggi paytlarda uning ahamiyati biroz kamayayotgandek. |
|
davomi...
|
|
|
Maqolalar
|
|
kelajak tibbiyoti imkoniyatlarini kengaytira oladimi?
«Sayns» jurnalining bir sonida quyidagilar bayon etilgan: «1995 yili AQSh Ilmiy Kengashi a’zolari qarshisida 8 yoshli Ashanti de Silva ismli yoqimtoygina qizaloq paydo bo‘ldi. |
|
davomi...
|
|
|
Maqolalar
|
O‘rta asrlardagi buyuk Sharq mutafakkiri, o‘z ijodi bilan ijtimoiy falsafa, tilshunoslik, mantiq, adabiyotshunoslik, she'riyat, ijtimoiy lingvistika, tabiat-shunoslik rivojiga ulkan hissa qo‘shgan, boy merosi jahon fani taraqqiyotiga jiddiy ta'sir ko‘rsatgan Mahmud Qoshg‘ariy tavallud topganiga ming yil to‘ldi. Favqulodda iqtidor sohibi Mahmud Qoshg‘ariyning hayoti va ijodi haqida ko‘plab asarlar va maqolalar yozilgan. |
|
davomi...
|
|
|
Maqolalar
|
Madrasalar qadimdan oliy o‘quv yurti maqomida bo‘lgan. Ularning paydo bo‘lishi o‘qitishda yangi usullarning vujudga kelishi bilan uzviy bog‘liqdir. VIII-IX asrlarda talabalar, asosan, masjidlarda o‘qitilar, ularda musulmon dini aqidalari, islomiy ilmlar (naqliy ilmlar) bilan bir qatorda, aniq fanlar (aqliy ilmlar) o‘qitilar edi. Talabalarga o‘qitish jarayonida aytib turilgan, ular yozganlar. Bu «imlo» usuli deb yuritilgan. X asrdan boshlab o‘quv muassasalarida «imlo» usulidan voz kechildi. |
|
davomi...
|
|
|
Maqolalar
|
"O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari"ning 2003 yilda nashr etilgan birinchi jildi (tuzuvchilar - professorlar Nasimxon Rahmon va Hamidulla Boltaboev) so‘zboshisida o‘zbek adabiyotining (umuman, qadimgi turkiy adabiyotning) ilk davri to‘g‘risida fikr yuritilib, milodning V asridan boshlab adabiyotda alohida burilish yuz bergani ta'kidlanadi va shu sababli o‘zbek yozma adabiyotini X asrdan - "Qutadg‘u bilig"dan boshlab emas, balki milodning boshlaridan o‘rganish lozim, degan mulohaza bildiriladi. |
|
davomi...
|
|
|
Maqolalar
|
Ashurali Zohiriy XX asrning boshlari va 20-yillarda Turkistondagi madaniy va ma'rifiy hayotning taniqli namoyandalaridan biri edi. Lekin u 30-yillar oxirida qatag‘onga uchrab, hayoti va faoliyati, merosi uzoq yillar o‘rganilmay kelindi. 50-yillar oxirlarida rasman oqlangandan keyingina Ashurali Zohiriy biografiyasiga doir ma'lumotlar ko‘rina boshladi. |
|
davomi...
|
|
|
Maqolalar
|
Yolg‘on gapirish, munofiqlik keng tarqalgan salbiy ko‘nikmalardan biridir. Ba'zan sochlariga oq oralagan insonlar ham, hali dunyoqarashi to‘la shakllanib ulgurmagan bolalar ham birdek yolg‘on gapirishlari mumkin. Aldov maqsadli ravishda yoki shunchaki, biron-bir sababsiz ham amalga oshirilishi kuzatiladi. Qiziq, ba'zi hollarda yolg‘on to‘g‘rirog‘i lof, mutlaqo zararsiz bo‘lib, odatiy kundalik hayotga biroz bo‘lsa-da o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi. |
|
davomi...
|
|
|
Maqolalar
|
Delfinlar bo‘yicha izlanishlar olib boradigan taniqli tadqiqotchi Jek Kassevits va uning turmush o‘rtog‘i Donna bir necha yillar ilgari «Global Heart» - «Global yurak» notijorat tashkilotiga asos solishgan bo‘lib, hozirgi kunda SpeakDolphin - «Delfin bilan so‘zlashamiz» loyihasi ustida ish olib borishmoqda. Tashkilot sayti globalheart.org.da keltirilishicha, loyihaning maqsadi uning nomidan ham o‘z ifodasini topgan. |
|
davomi...
|
|
|
Maqolalar
|
Kelajak o‘ziga ehtiyotkor munosabat talab qiladi. O.Toffler Insoniyat uni ertaga nima kutayotganini bilishni xohlaydi. Bu qiziqish tafakkur paydo bo‘lgandan beri mavjud. Shu yo‘lda ular yulduzlarni kuzatib ertangi ob-havoni, kuzning qanday kelishiga qarab qishning qanday bo‘lishini bilishga, jonivorlar harakatlariga qarab falokatlardan ogoh bo‘lishga uringanlar. Kelajakka bo‘lgan intilish nafaqat tabiatga nisbatan, balki insonlar taqdirini bilishga ham qaratilgan edi. |
|
davomi...
|
|
|
Maqolalar
|
 Ketma-ketlikda hisoblasak, u Quyoshdan olti sayyora narida "suzib yuradi". Kattaligi bo‘yicha Yupiterdan keyingi o‘rinda turadi. U yerda yashashning, biologik tiriklikning mutlaqo imkoni yo‘q: u qatori Yupiter, Uran va Neptun gazli gigantlar sanaladi. Saturn qadimgi Rim xudosi sharafiga nomlangan, ramzi esa o‘roq - mehnat asbobi. |
|
davomi...
|
|
|
Maqolalar
|
Agar shifokor xatoga yo‘l qo‘ysa, majburiyatlariga mas'uliyatsizlik bilan yondashsa, uni Gippokrat qasamyodiga zid ravishda ish tutganlikda ayblashadi. Barcha xabardor bo‘lgan, ammo uning to‘liq mazmuni haqida ozchilik biladigan o‘sha mashhur qasamyod aslida qanday, uning paydo bo‘lish tarixi nima bilan bog‘liq? Umuman, antik davr ilm-fanining darg‘alaridan biri - Gippokrat nomi bilan ataladigan shifokorlar qasamyodi hozirda ham o‘z ta'sir kuchiga egami? |
|
davomi...
|
|
|
Maqolalar
|
 Nima sababdan odamlar qush kabi ucha olmaydilar? Mazkur savol insoniyatni uzoq davrlardan beri qiziqtirib keladi. Shu sabab bo‘lsa kerak, insonlar endigina texnikani o‘zlashtirayotgan paytlardanoq qushlarday parvoz qilish imkonini beradigan uskunalar yaratish harakatlarini boshlaganlar. Moziy ustalari dastavval qushlarning qanotlariga o‘xshash biror narsa yasalsa bo‘lgani, shundan so‘ng osonlik bilan bir hududdan ikkinchisiga ko‘chib yurish mumkin, degan fikrda edilar. |
|
davomi...
|
|
|
Maqolalar
|
Boburpodshohning opasi Xonzodabegim va uning o‘g‘li, ya'ni Boburning shayboniyzoda jiyani Xurramshoh taqdiri haqidagi ma'lumotlar talqini tarixiy manbalar hamda hozirgi zamon badiiy adabiyoti, ilmiy tadqiqotlarda turli-tumanligini ko‘ramiz. Shu sababli, goho o‘quvchilarimizni "Boburnoma" yoki Gulbadanbegimning "Humoyunnoma" kabi o‘zbek tilida nashr qilingan asarlardan tashqari, hozircha chop etilmagan boshqa yozma manbalarda Boburning bu qarindoshlari to‘g‘risida yana qanday xabarlar borligi qiziqtirishi tabiiy hol. |
|
davomi...
|
|
|
Maqolalar
|
Amerika adabiyotiga va shu orqali mahalliy siyosat ahli shuuriga "tinchlik" degan bebaho so‘zni olib kirgan yozuvchi Ernest Xemingueyning mashhur hikmatlari ko‘p. Masalan, o‘z hayotidan xulosa qilib: "Buyuk yozuvchi bo‘lish uchun ijodkorning buyuk bolaligi bo‘lishi kerak", degandi u. Yasunari Kavabata ham, ta'bir joiz bo‘lsa, bolaligi yozuvchi qilib tarbiyalagan yuksak ijodkorlardan biri hisoblanadi. |
|
davomi...
|
|
|
Maqolalar
|
XXI asr ko‘plab kutilmagan voqealar, qator yangi kashfiyotlarga boy bo‘lishi bilan birgalikda bir haqiqatni yana bir marotaba tasdiqladi. U ham bo‘lsa, zamonaviy ilm-fan yutuqlari aslida insoniyat qachonlardir ega bo‘lgan qadimiy va deyarli unutilgan bilimlarining qaysidir jihatdan takomillashgan aksi ekanligidir. Mazkur fikrga darhol e'tiroz bildirishdan avval biroz shoshilmang. |
|
davomi...
|
|
|
Maqolalar
|
Mantiqiy masalalar, intellektual o‘yinlar aqlni charxlash, fikrlashni yanada teranlashtirishga xizmat qiladi. Shaxmat, shashka, Rubikning kubiklari, sonlarni ketma-ket yig‘ish, aralash parchalardan yaxlit tasvir hosil qilish kabi ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar odamlarni mudom o‘ziga tortib kelgan. Yaqinda britaniyalik olimlardan biri tafakkur olamiga yana bir oddiy buyum va unga yashiringan ajoyib o‘yinni taqdim etdi. |
|
davomi...
|
|
|
Maqolalar
|
Bugun mashina haydovchisi kutilmaganda benzin tugab qolishidan u qadar ham cho‘chimaydi. Sababi, yoqilg‘i quyish shaxobchalarini topish unchalik muammo emas. Shunday bo‘lsa-da, haydovchilar yaqinginasida otini o‘ynatib ketayotgan chavandozga bir jihatdan havas qilishi tabiiy. Sababi, jonivorga bir g‘aram o‘t yoki yem berish ham arzon, ham oson. |
|
davomi...
|
|
|
Maqolalar
|
«Yer yuzidagi barcha tirik mavjudotlar vaqtdan qo‘rqadi, vaqtning o‘zi esa - piramidalardan», degan ibora bor. Darhaqiqat, qancha suvlar oqib o‘tmasin, qancha asrlar hukmronlik qilmasin, bahaybat toshli osori atiqalar hali hamon ilk davridagiday Yer yuzida savlat to‘kib turibdi. Va hanuzgacha ular insoniyat uchun jumboqligicha qolmoqda. Ba'zilar ularni o‘tmish tsivilizatsiyalarining yashirin nomalari, yana birlari piramidalarni o‘zga sayyoraliklarning «ijod mahsuli» deyishsa, qolganlar ushbu ulkan mo‘jizalarning paydo bo‘lish tarixini afsonaviy Atlantida bilan bog‘lashga harakat qilishadi. |
|
davomi...
|
|
|
Maqolalar
|
Odatda yaqinlaringizni uzoq vaqt ko‘rmay turib uchrashganingizda ular bilan qanday salomlashasiz? To‘g‘ri, ko‘pincha qo‘l berib, quchoqlashib, ba'zi hollarda hatto yengilgina o‘pib ham. Salomlashishning mazkur turlari shu darajada ommalashib, odat tusiga kirganki, agar kimsasiz orolda bo‘lmasangiz, bundan qochib qutulishning hech iloji yo‘q. Lekin dunyo bo‘ylab turli epidemiyalar keng tarqalgan ayni kunda tibbiyot mutaxassislari biz, beparvo insonlarga ikkita - biri yaxshi, biri noxush bo‘lgan yangiliklarni e'lon qilishdi. |
|
davomi...
|
|
|
Maqolalar
|
Insoniyat tamaddunida fazoni zabt etish tarixi siru sinoatlarga shunchalik to‘laki, haligacha bu bilan bog‘liq ma'lumotlar va hujjatlarning yuqori qismidan «Maxfiy» degan yozuv tushmaydi. Mana, yaqinda o‘tgan asrning 50-yillarida orbitaga chiqarilgan itlar u yerda uzoq azobli o‘lim topganligi ma'lum bo‘ldi. O‘tmishning yana bir fosh etilgan sirlaridan biri bu Yuriy Gagarinning fazoga parvozini maxsus tushish apparatida emas, balki oddiy parashyutda yakunlaganidir. |
|
davomi...
|
|