OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Prishvin Mixail Mixaylovich [1873.23.1(4.2), Lipetsk viloyati Yelets tumani — 1954. 16. 1, Moskva] — rus yozuvchisi. Leyptsig universiteti falsafa fakultetini tugatgan (1902). Qrim va Qozog‘istonga qilgan safari natijasida esa «Odam Ato va Momo Havo» (1909), «Qora arab» (1910) singari ocherklarini yozgan. «Berendey buloqlari» (1923) ocherki, «Kashchey zanjiri» (1923) va «Turnalar o‘lkasi» (1929) romanlari muallifi.
Prishvin butun umri davomida tabiat, ov va o‘lkashunoslik bilan qiziqqani, o‘z hayoti mazmunini tabiat bilan uyg‘unlikda ko‘rgani uchun tabiatga mexr motivi uning butun ijodi bo‘ylab «kizil ip» yanglig‘ o‘tib turadi. Uning hatto katta epik asarlarida ham tabiatga bo‘lgan mehr, u bilan uyg‘unlikda yashash va tabiatni asrash g‘oyasi yotadi. 
Prishvin 40—50-yillar «Kiyinmagan ko‘klam» qissasi, «Fatseliya» nasriy dostoni (1940), «Quyosh xazinasi» (1945) ertak-rivoyati kabi asarlarini yozgan. Yozuvchi vafotidan keyin uning «Zamin ko‘zlari» kundaliklari, «Osudar yo‘li» (1957) roman-ertagi e’lon qilingan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.