OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Ingliz yozuvchisi. Fransiyadagi Britaniya elchixonasida xizmat qilgan. Geydelberg universitetida, keyin Londondagi tibbiyot institutida tahsil ko‘rgan. Moemning shu yillarda kechirgan hayoti materiallari asosida yozilgan «Lambetlik Liza» (1897) romani mashhur. Shundan keyin Moem vrachlik ixtisosidan voz kechib, yozuvchilik bilan shug‘ullangan. U asosan Fransiyaning janubiy tomonlarida yashab, 60 yillik adabiy faoliyati davomida ko‘plab roman, hikoya, pyesa, adabiy-tanqidiy etyud va memuar asarlar yozgan.
Moem 1-jahon urushi yillarida Britaniya razvedkasining xodimi sifatida bir qancha mamlakatlar, shu jumladan, Rossiyada ham bo‘lgan va «Eshenden yoki Britaniya agenti» (1928) hikoyalar to‘plamida shu haqda naql qiladi. 
Moem 1-pyesasi — «Ledi Frederik» (1907) ning katta muvaffaqiyat qozonganidan rag‘batlanib, «Noma’lumlik» (1920), «Sadoqatli xizmati uchun» (1932) va «Sheppi» (1933) pyesalarini yozgan. M. pyesalarida 20-a.ning 1-yarmidagi ingliz jamiyati hayoti manzaralari aks etgan. 
«Oy va choychaqa» (1919), «Shirin kulcha va pivo» (1930), «Teatr» (1937) va boshqa asarlar muallifi. 
Moemning «Insoniy ehtiroslar zalvori» (1915) avtobiografiy romani, ayniqsa, mashhur bo‘lib, unda roman qahramoni — yosh yigit va u bilan to‘qnashgan kishilar talqinidagi nozik psixologizm hayot manzaralarining keng tasviri bilan tutashgan holda asarga o‘zgacha badiiy latofat bag‘ishlagan. «Notanish odam Parijda» romani o‘zbek tiliga tarjima qilingan (2002).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.