OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/mustafa_manfaluti.pngMashhur arab yozuvchisi Mustafo Lutfiy Manfalutiy (1876–1924) XX asr Misr adabiyotining yetuk vakillaridan biridir. Uning ijodida Sharq va G‘arb adabiy an’analarining o‘ziga xos mushtarakligi aks etgan. Yuqori Misrda tug‘ilgan yozuvchi o‘sha davrda an’anaviy bo‘lgan diniy bilimlarni Qohiradagi al-Azhar universitetida oldi. O‘sha davrning ko‘zga ko‘ringan ma’rifatchilaridan biri bo‘lgan, al-Azhar universitetining rektori Muhammad Abduning qarashlarini o‘ziga singdirgan Manfalutiy arab romantizmi janriga poydevor qo‘ydi. U ko‘proq Sharq adabiyoti targ‘ibotchisi bo‘lsa-da, ammo G‘arb adabiyoti namunalariga ham qiziqish bilan qarar edi. Ayniqsa, fransuz ma’rifatparvarlari asarlariga muhabbati katta edi. O‘zi g‘arb tillarini yaxshi bilmasa-da, o‘z do‘stlari yordamida ko‘pgina asarlar tarjimasini tayyorladi. Fransuz adiblari Bernarden de Sen-Perning “Pol va Virjiniya”, E.Rostanning “Sirano de Berjerak” asarlarini tarjima qildi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.