OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Arkadiy Averchenko (15 (27) mart 1881, Sevastopol, — 12.3.1925, Praga) – rus yozuvchisi. 1908 yildan «Satirikon» hajviy jurnali xodimi, keyinchalik muharriri, 1913 yildan «Yangi satirikon» jurnali muharriri. 
Hajviy hikoya va feletonlarida o‘sha davr holatini ayovsiz fosh qilgan. 1917 yildan  muhojirlikda yashagan. 
Kitoblari: «Hajviy hikoyalar. 1-2-jild» (1910,1911), «Qabrtoshlar: Hikoyalar» (1911), «Quvnoq ustritsalar» (1911), «Davolovchi hikoyalar» (1912), «Suvdagi aylanalar» (1912), «Qoraga oq bilan» (1913), «Begona o‘tlar» (1914), «Panjaradagi mo‘‘jiza» (1915), «Bo‘ri o‘rasi» (1915), «Shumtakalar» (1915), «Tovonbaliq va cho‘rtanbaliqlar» (1917), «Inqilob beliga pichoqlar» (1920), «Iflos kuch» (1920), «Bolalar» (1922), «Qaynayotgan qozon» (1922), «Rossiyaning eng mashhur kishilarining 20 portreti» (1923), «Chayongulda hordiq», (1924),  «Hayosizning hikoyalari» (1925).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.