OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Buyuk adib Stefan Sveyg (Stefan Zweig) 1881 yilning 28 noyarida Vena shahridagi badavlat xonadonda, to‘qimachi korxona egasi Morits Sveyg oilasida dunyoga keldi. 1900 yilda gimnaziyani tamomlab,Vena universitetining falsafa fakultetiga tahsil ola boshladi.Talabalik chog‘idayoq “Kumush torlar” deb nomlangan ilk she’riy kitobchasini nashr ettirdi va uni pochta orqali taniqli shoir Rayner Mariya Rilkega yubordi. Mana shu ilk kitobchadan boshlab Stefvn Sveyg bilan Rayner Mariya Rilke o‘rtasida juda uzoq davom etgan do‘stlik rishtalari bog‘landi.
Universitetni tamomlagan Stefan Sveyg dunyo bo‘ylab sayohatga otlandi. Dastlab Yevropa shaharlarini, keyinchalik Osiyo va Amerika qit’asidagi ko‘plab shaharlarni tomosha qildi. Birinchi jahon urushi oxirlab qolgan 1917 yildan boshlab u Shveytsariyada istiqomat qiladi. Ayni shu paytlari u buyuk fransuz adibi Romen Rollan bilan do‘stlashadi.
1922 yildan boshlab Stefan Sveyg nomini mashhur qilgan kitoblar birin-ketin nashr etildi. Ayniqsa, adibning tarixiy-biografik yo‘nalishda yozilgan “Erazm Rotterdamusning shukuhi va fojiasi” (1934), «Mariya Styuart» (1935) asarlari yangilanayotgan Yevropa adabiyotida katta o‘zgarish yasadi.
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi Stefan Sveygni Yevropadan Amerika qit’asiga bosh olib ketishga majbur qildi. Fashizmning ashaddiy dushmani bo‘lgan adib natsistlarning Yevropa bo‘ylab g‘olibona yurishlariga toqat qilolmadi va ruhiy tushkunlik natijasida 1942 yilning 22 fevralida o‘z joniga qasd qilib, hayotdan ko‘z yumdi. Stefan Sveygning fojiali o‘limi haqida Erix Mariya Remark o‘zining “Jannatdagi soyalar” romanida shunday satrlarni bitgan edi: “Agar olis Braziliyada o‘z jonlariga qasd qilgan Stefan Sveyg va uning xotini o‘sha fojiali oqshom biror bir kishiga o‘z his-tuyg‘ularini to‘kib solish imkoniga ega bo‘lganlarida edi, bu dahshatli o‘lim yuz bermagan bo‘lardi. Afsuski Sveyg begona yurtda va begona odamlar orasida yashayotgan edi”.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.