OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Erix Mariya Remark (1898.22.6, Osnabryuk — 1970.25.9, Lokarno, Shveytsariya) — nemis yozuvchisi. G‘arbda «Yo‘qotilgan avlod» deb atalgan adabiyotning yirik vakili. 1-jahon urushi qatnashchisi. Asarlarida urush dahshatlari, 2-jahon urushi yillari va undan keyingi davrdagi hayotni, fashizmning mudhish qiyofasi, ma’naviy ezilgan, o‘zini jamiyatdan begonalashgan deb his qiluvchi kishilar qismati aks etgan: «G‘arbiy frontda hech qanday o‘zgarish yo‘q» (1929) asari uchun gitlerchilar Remarkni nemis fuqaroligidan mahrum etgan. 1932 yildan muhojirlikda. 
Urushda ma’naviy shikastlangan avlodning ayanchli hayoti «Qaytish» (1931) romanining asosiy mazmunini tashkil etadi. «Uch do‘st» (1938), «Zafar darvozasi» (1946), «Hayot alangasi» (1952), «Hayot-mamot pallasi» (1954), «Qora haykal» (1956), «Osmon hech qanday seviklini bilmaydi» (1961), «Lissabondagi tun» (1963), «Jannatdagi soyalar» (1971) va boshqa asarlar muallifi. «G‘arbiy frontda hech qanday o‘zgarish yo‘q» va boshqa asarlaridan parchalar o‘zbek tiliga tarjima qilingan. 

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.