OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Tadeush Dolenga-Mostovich (polyakcha Tadeusz Dołęga-Mostowicz, 10 avgust 1898, Okunevo  — 20 sentyabr 1939) — polyak yozuvchisi, jurnalist, stsenarist.
Kiev universitetida ta’lim olgan. 1922 yildan Varshavada yashagan, 1922—1926 «Rzecz Pospolita» gazetasida muharrir bo‘lib ishlagan. 1925 yildan T. M. taxallusi bilan hikoya va feletonlar yoza boshlagan. 
Uni mashhur qilgan asar «Nikodim Dizmaning martabasi» (o‘zbek tiliga «Muttahamning parvozi nomi bilan tarjima qilingan») romanidir. Asarda oddiy muttaham, yalqov va kaltabin Nikodim Dizma Varshavaga ish qidirib kelishi va tasodif tufayli yirik davlat arbobi bo‘lib qolishi voqealari tasvirlanadi.
1932 yili uning «Kivonlar», «To‘lanmagan cheklar», «Alitsiya prokurori Gorn» qissalari chop etiladi. Mostovichning «Aka-uka Dalch va Ko» (1933), «Malinovskaya xonimning dunyosi» (1934), «Tabib» (1937), «Professor Vilchur» va «Pan Gankaning kundaligi» (1939) asarlari ham mashhur.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.