OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Xorxe Luis Borxes (Jorge Luis Borges) – argentinalik mashhur yozuvchi, shoir, ajabiy tanqidchi. O‘zining ruhiy va falsafiy novellarai bilan mashhur. Lotin Amerikasining eng mashhur yozuvchilaridan biri.
Xorxe Luis Borxes Buenos-Ayresda tug‘ilgan, o‘smirligi Yevropada o‘tgan, shu yerda ta’lim olgan. 1920-yillarda o‘z yurtiga qaytgan adib dastlab shoir sifatida mashhur bo‘ladi. 1955 yildan milliy kutubxona direktori bo‘lib ishlaydi. Ko‘zi ko‘rmay qolgach, 1973 yili ishdan bo‘shaydi. Bir qancha milliy adabiy mukofotlar sohibi; Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniyaning oliy mukofotlari sovrindori; Sorbonna, Oksford, Kolumbiya (Nyu-York) universitetlarining faxriy doktori.
Kitoblari: «Buenos-Ayres jaziramasi» (Fervor de Buenos Aires, 1923), «Qarshi tomondagi oy» (Luna de enfrente, 1925), «Tekshiruv» (Inquisiciones, 1925), «Mening umidimdagi hajmlar» (El tamaño de mi esperanza, 1926), «Argentinaliklar tili» (El idioma de los argentines, 1928), «San-Martin maydoni daftari» (Cuaderno San Martín, 1929), «Evaristo Karrego» (Evaristo Carriego (1930), «Muhokama» (Discusión, 1932), «Sharmandalikning umumiy tarixi» (Historia universal de la infamia, 1935), «Mangulik tarixi» (Historia de la eternidad, 1936), «To‘qimalar» (Ficciones, 1944), «Kashfiyot» (Artificios, 1944), «Alef» (El Aleph, 1949), «Yangi tekshiruvlar» (Otras inquisiciones, 1952), «Bajaruvchi» (El Hacedor, 1960), «Boshqa, xuddi o‘zi» (El otro, el mismo, 1964), «Soya maqtovi» (Elogio de la sombra, 1969), «Broudining xabari» (El informe de Brodie, 1970), «Yo‘lbarslar oltini» (El oro de los tigres, 1972), «Qum kitobi» (El libro de arena, 1975), «Ko‘ngildagi atirgul» (La rosa profunda, 1975), «Temir tanga» (La moneda de hierro, 1976), «Tun ertagi» (Historia de la noche, 1977), «Yetti kecha» (Siete noches, 1980), «Sirli xat» (La cifra, 1981), «Dante haqida to‘qqiz esse» (Nueve ensayos dantescos, 1982), «Shekspir xotirasi» (La memoria de Shakespeare, 1983), «Atlas» (Atlas, 1984), «Fitnachilar» (Los conjurados, 1985).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.