OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/yasunari.jpgKavabata Yasunari (1899.11.6, Osaka sh. — 1972.16.4, Dzusi) — yapon yozuvchisi. Yapon san’at akademiyasi a’zosi (1953). 20-yillarda yangi sensualistlarning modernistik guruhiga yaqinlashgan. Birinchi asari — «Idzunlik o‘yinchi» (1926)da bolalik xotiralari lirik hikoya qilingan. Kavabataning o‘ziga xos badiiy uslubi shoirona his-tuyg‘ulardan iborat «Qorli o‘lka» (1937) qissasida namoyon bo‘lgan. San’at darajasiga ko‘tarilgan qadimiy urf-odatlar — choy bilan bog‘liq udum «Ming qanotli turna» (1951) qissasining asosiy mavzuini tashkil etadi. «Tog‘lar nolasi» (1953), «Eski poytaxt» (1961) romanlari ichki lirizm bilan sug‘orilgan, «Uyqudagi nozaninlar» (1961) qissasi yolg‘iz qolgan keksa inson hayoti haqida. Kavabata bir qator esselar («Go‘zallikning yaratilishi va mavjudligi» va b.) muallifi. «Uyqudagi nozaninlar» qissasi o‘zbek tiliga tarjima qilingan (2001 yil, tarjimon Uchqun Nazarov). Nobel mukofoti laureati (1968).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.