OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Anna Zegers (nem. Anna Seghers, haqiqiy ismi Netti Radvani (Netty Radvanyi), 19 noyabr 1900, Maynts — 3 iyun 1983, Berlin) — nemis yozuvchisi. Kyoln va Geydelberg universitetlarida ta’lim olgan. 
1933 yili Zegers oz muddat gestapo tomonidan hibsda ushlangan, kitoblari taqiqlangan. Shundan so‘ng u Frantsiyaga ketadi. 1940 yili gitlerchilar qo‘shini Frantsiyani bosib olgach, Anna Zegers Parijdan Marselga qochadi. 1941 yili u Mexikoga ketadi va u yerda antifashistik «Genrix Geyne klubi»ni va «Ozod Germaniya» jurnalini tashkil etadi. Urushdan so‘ng u Berlinga qaytadi.
Zegers Butundunyo Tinchlik sho‘rosi a’zosi, Germaniya yozuvchilar uyushmasi raisi (1958—1978); Nemis san’at akademiyasi a’zosi bo‘lgan.
Uning eng mashhur asarlari: «Uning boshi uchun to‘lov» (1933),  «Yettinchi xoch» (1942), «Tranzit vizasi» (1944), «O‘lik qizlar sayri» (1946), «Barhayot o‘liklar» (1949), «Gaitidagi to‘y» (1949), «Karib lavhalari» (1962), «Gaitilik uch ayol» (1980).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.