OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Jorj Simenon (1903.13.2, Lej — 1989) — fransuz yozuvchisi. Belgiya qirollik akademiyasi a’zosi (1952 yildan). 1921 yilda Jorj Sim taxallusi bilan «Arkali ko‘prik» dastlabki romanini e’lon qilgan. 1931 yilda «Piterlatish» romani bosilgan. Politsiya komissari Megrening sarguzashtlari haqidagi «Megrening yozishmalari» (1950), «Megre sayohat qiladi» (1958), «Megre va daydi» (1963), «Megre ikkilanmoqda» (1968), «Megre va Sharl» (1972) turkum romanlari chop etila boshlagan. Mazkur romanlar detektiv syujeti bilangina emas, balki, birinchi navbatda, inson xarakterining badiiy tadqiqi, jinoyatni keltirib chiqaruvchi sabablarni ochishi bilan ahamiyatlidir. Simenon bu romanlari bilan jahon detektiv-sarguzasht adabiyotining mashhur vakillari qatoridan o‘rin olgan. Simenon komissar Megre haqidagi romanlaridan tashqari, «Bir qashshoq hayotining to‘rt kuni» (1949), «Prezident» (1958), «Qamoqxona» (1968) singari ijtimoiy-psixologik, mustamlakachilik siyosati va fashizm mafkurasini qoralovchi «Oy zarbasi» (1933), «Habashlar mahallasi» (1935), «Qor ustida g‘ubor» (1948), «Akauka Rikolar» (1952) romanlarini yozgan. Simenon shuningdek, avtobiografik «Xotirlayman» (1945), «Ibtido» (1948), «Onamga xat» (1974) va boshqa kitoblar muallifi. Simenon asarlari jahondagi ko‘plab tillarga tarjima qilingan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.