OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Xuan Karlos Onetti (isp. Juan Carlos Onetti, 1 iyul 1909, Montevideo – 30 may 1994, Madrid) – urugvay yozuvchisi. 1930-1955 yillarda Buenos-Ayresda yashagan. So‘ng Montevideoga qaytgan. 1974 yili hibsga olingan, jahon hamjamiyatining aralashuvi bilan ozod etilgan. 1975 yili Ispaniyaga ko‘chib, umrining oxirigacha shu yerda yashagan.
Urugvay adabiy mukofoti laureati (1962), «Migel de Servantes» mukofoti (1980) sohibi. Shu yili Nobel mukofotiga nomzodi ko‘rsatilgan. 1985 yili Urugvayning eng katta adabiy mukofotini olgan. Lekin o‘z yurtiga borishni istamagan.
«Tubsiz jar», «Nomsiz bir qabr uchun», «Qisqa hayot», «Kemasozlik korxonasi» kabi roman va qissalari mashhur.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.