OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Genrix Teodor Bell (21 dekabr 1917 – 16 iyul 1985) – nemis yozuvchisi va romannavisi. Kelnda tug‘ilgan. Maktabni tugatgandan so‘ng gitleryugend tarkibiga qo‘shiladi. 1939 yili xizmatga chaqirilgan yosh Bell Sharqiy va G‘arbiy frontda kapral lavozimida xizmat qiladi. 1945 yili amerikaliklar tomonidan asirga olinadi.
Urushdan so‘ng Keln universitetida o‘qiydi. 1949 yili ilk qissasi «Poezd o‘z vaqtida keldi» («Der Zug war punktlich») nomi bilan chop etiladi.
U 1972 yili u adabiyotdagi xizmatlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ladi.
Uning «Pichoqli odam» (Der Mann mit den Messern, 1948), «Mening aziz oyog‘im» (Mein teures Bein, 1950), «Qinchang‘i qo‘ylar» (Die schwarzen Schafe, 1951), «Qaerda eding Adam» (Wo warst du, Adam?, 1951), «Baleklar tarozisi» (Die Waage der Baleks, 1952), «Bir askar qopchasining tarixi» (Abenteuer eines Brotbeutels, 1953), «Pochta otkritkasi» (Die Postkarte, 1953), «Xo‘jasiz uy» (Haus ohne Hüter, 1954), «Yomon romanlardagidek» (Wie in schlechten Romanen, 1956), «Irland kundaligi» (Irisches Tagebuch, 1957), «Tutqich bermaslar» (Die Spurlosen, 1957), «Doktor Murkening sukuti» (Doktor Murkes gesammeltes Schweigen, 1955), «Katarina Blyumning yo‘qotilgan obro‘si» (Die verlorene Ehre der Katharina Blum, 1974), «Minalashtirilgan hudud» (Vermintes Gelände, 1982) kabi asarlari mashhur.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.