OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Mustay Karim (taxallusi; asl ism-sharifi Karimov Mustafo Safig) (1919.20.10, Boshqirdiston, Chishmin tumani Klyashevo qishlog‘i – 2005.21.09, Ufa) — boshqird yozuvchisi. Boshqirdiston xalq shoiri (1963). Boshqirdiston pedagogika institutining adabiyot fakultetini tugatgan (1941). 2-jahon urushi qatnashchisi. «Bahor sadolari» (1940), «Mening tulporim» (1943), «She’rlar» (1944), «Qaytish» (1947), «Tanlangan asarlar», «Yevropa— Osiyo» (1954) va boshqa she’riy to‘plamlar muallifi. Mustay Karimning «To‘y davom etadi» (1947), «Yolg‘iz qayin» (1950), «Qiz o‘g‘irlash» (1959), «Aytilmagan qo‘shiq» (1961), «Oy tutilgan tunda» (1964), «Oygul Vatani» (1969) kabi pesalari zamonaviy va tarixiy mavzularda yozilgan bo‘lib, ularda boshqird xalqining turmush tarzi uz ifodasini topgan. «Uzundan-uzoq bolalik» (1974—78) avtobiografik qissasi va «Olovni tashlama, Prometey» (1976) tragediyasi bor. Alisher Navoiy, Oybek, H. Olimjon, Zulfiya haqida bir qancha maqolalar yozgan. «Oy tutilgan tunda» asari Zulfiya tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib (1972), O‘zbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.