OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Amerikalik fantast yozuvchi, fan targ‘ibotchisi. Belorussiyaning Petrovichi qishlog‘ida tug‘ilgan. 1923 yilda ota-onasi bilan Nyu-York shahriga ko‘chib ketgan. O‘sha yerda Kolumbiya universitetini tugatgan. Mutaxassisligi bioximik. Ilmiy tadqiqotlari uchun falsafa doktori unvonini olgan. 
Birinchi qissasi 1939 yili e’lon qilingan. Shundan so‘ng «Poydevor va Imperiya» (1952), «Men robotman», «Mangulik intihosi» (1955), «Neytrino», «Darbadar» (1966), «Koinot oqimlari» (1972), «Poydevor qirralari» (1982), «Poydevor va Yer» (1986) asarlarini e’lon qildi. Azimov fantastikaga intellektual nasr unsurlarini kiritdi va uni badiiy nasrga yaqinlashtirdi. Bundan tashkari asarlaridan ijtimoiy muammolar ham o‘rin olgan. Azimov ilmiy fantastika asoschilaridan biri. 
Azimov ning bir qancha hikoyalari va «Koinot oqimlari» romani o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.