Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun

21.09.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
O‘zbek matbuoti
Durdona to‘plamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
O‘zbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
O‘zbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
O‘zbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
O‘zbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 

• Odam yig‘lab tug‘ilib, ingrab o‘ladi.
• Odamning tug‘ilishi — birinchi kun, uylanishi — ikkinchi kun, o‘lim — uchinchi kun.
• Bitta taqa topib olgan aytarmish: "Bitta ot va uchta taqa yetishmayapti, xolos".
• To‘q yashab cho‘chqaga aylangandan nochor yashab odam bo‘lgan afzal.
• Sherni qarilik yengganda uni eshak ham tepadi.
Gruzin xalq maqollari
 
 
Xurshid Davron (1952-yili tug‘ilgan)
Iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davron 1952 yil 20 yanvar kuni Samarqand viloyati Samarqand tumanidagi Chordara qishlog‘ida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.
O‘rta maktabni tugatgach, 1969 yili Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetining kechki bo‘limiga kirib, kunduzi Toshkent qurilishlarida ishlaydi.
1971 - 1973 yillar davomida harbiy xizmatni o‘tab qaytgach, o‘qishni davom ettiradi. 1974 yildan 1992 yilgacha turli nashriyotlarda ishlaydi.
Xurshid Davron she’riy tarjima bilan ham shug‘ullanib keladi.
Hozirgi kunda shoir tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band.
Unga «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni berilgan.
Xurshid Davronning ilk she’rlari 1976-1977 yillardan boshlab tuman va viloyat gazetalarida bosilgan. 1976-1978 yillar davomida uning bir qator she’rlari chop etiladi. 1979 yili birinchi va ikkinchi kitoblari: «Qadrdon quyosh», «Shahardagi olma daraxti» bosilib chiqadi. Shundan so‘ng shoirning quyidagi kitoblari nashr etiladi: «Tungi bog‘lar» (1981), «Uchib boraman qushlar bilan» (1983), «To‘marisning ko‘zlari» (1984), «Bolalikning ovozi» (1986), «Qaqnus» (1987), «Samarqand xayoli» (1991). So‘nggi to‘plam o‘zbek xalqi tarixiga oid ko‘rkam qissalardan iborat.
Uning istiqlolimizni ardoqlovchi yangi she’rlar kitobi «Bahordan bir kun oldin» nomi bilan nashr etildi.
Sharq va G'arb shoirlarining asarlaridan iborat 'Qirq bir oshiq daftari' (1989) va yapon shoirlarining she'rlaridan tarkib topgan 'Dengiz yaproqlari' (1988) to'plamlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan.
Bundan tashqari, Xurshid Davron «Sohibqiron nabirasi» (1995), «Shahidlar shohi» (1997) kabi tarixiy qissalar ham yozgan. Dramaturg sifatida «Mirzo Ulug‘bek», «Bobur shoh», «Avrangzeb» kabi tarixiy mavzudagi dramalarini yaratgan.
Adib ayni paytda Samarqandda bo'lib o'tgan Amir Temurning 660, Ulug'bekning 600 yilligiga, Parijda YUNESKO qarorgohida, 'Odeon' teatrida namoyish etilgan Buxoro va Xivaning 2500 yilligiga bag'ishlab o'tkazilgan teatrlashtirilgan tomoshalar va 21 qismli 'Temurnoma', 2 qismli 'Buxoroyi Sharif' videofilmlari ssenariylari muallifi.
Tanlash     Tartib     sahifa bo'yicha 
Mavzu Ko'rilgan
Xurshid Davron. Alg‘ul (Mirzo Ulug‘bek) 5113
Xurshid Davron. Bibixonim qissasi yoxud tugamagan doston 11537
Xurshid Davron. Sohibqiron nabirasi (qissa) 4514
Xurshid Davron. Shahidlar shohi (qissa) 3213
Xurshid Davron. Osmonda quyosh yo‘q edi (hikoya) 5088
Xurshid Davron. Navoiy armoni (hikoya) 6240
Xurshid Davron. Iskandar Maqduniy va sak cho’poni (hikoya) 5735
Xurshid Davron. Amir Temur o‘g‘lining o‘limi haqida rivoyat (hikoya) 14084
 
<<  1  >  >>
Natijalar 1 - 8 8

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 91274483

Yandex