OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Dog‘istondagi kichkinagina avar elining farzandi, XX asr jahon she’riyatning yirik vakili Rasul Hamzatov 1923 yilda tug‘ilib, 13-14 yoshlaridan boshlab she’r yoza boshlagan. 16 yoshida shoir sifatida tanilgan. Otasi - Dog‘istonning mashhur shoiri Hamzat Sadasa unga ijod ishida hamisha haqiqatni kuylashga o‘rgatdi. 18 yoshidan boshlab Rasul o‘qituvchi, artist va muxbir sifatida mexnat qildi, uning buyuk iste’dodi olamga mashhur qildi. 
Shoirning birinchi kitobi 1943 yilda chop etilgan. 1945 yilda Moskvadagi Jahon adabiyoti institutida tahsil olishga kirishdi.
Rasul Hamzatovga og‘ir xasta ayol maktub yo‘llab: «Meni shifokorlardan, ularning muolajalaridan ko‘ra Siz yozgan asarlar ko‘proq davoladi», - degan edi.
Asarlari: «Tog‘ qo‘shig‘i», «Tog‘ qizi», «Mening qalbim tog‘larOa», «Dog‘istonim», «Yuksak yulduzlar», «Tug‘ilgan kunim», «Tog‘likning vatani», «Ovuldan xat» singari she’riy kitoblar, «Ona tilim», «Shu ham erkakm?,», «Do‘stlik haqida qissa» kabi she’rlari va boshq.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.