OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Mashhur turk yozuvchisi Yashar Kamol (Yaşar Kemal) (taxallusi; asl ismi Kamol Sodiq Go‘kcheli (Kemal Sadık Göğceli) 1923 yili Turkiyaning Adana viloyatida tug‘ilgan. Ijodni 1939 yildan she’r yozish bilan boshladi. 1951 yili Istambulga ko‘chib kelib, Jumhuriyat gazetasida ishladi.
Ilk romani «Ozg‘in Memed»da (1955) usmoniylar saltanatining fojiaviy kunlarini tasvirlaydi. «Tayanch» (1960), «Yer — temir, osmon — mis» (1963), «Chakirjalik Efe» (1972) romanlari ham mashhur. 
1955-1984 yillar orasida Yashar Kamol hikoya, roman, maqolalardan iborat 33 ta kitob chiqardi. 
Kitoblari dunyoning 29 tiliga tarjima qilingan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.