OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Marchello Venturi (21 aprel 1925, Seravezza - 21 aprel 2008, Grind) – italyan yozuvchisi.
Venturi adabiyotga 40-yillari o‘zining fashizm va urushga qarshi hikoyalari bilan kirib keldi. 1950 yili yosh yozuvchiga "Qaytishning uzoq yo‘li" qissasi uchun "Potstsale" mukofoti, qissalar to‘plami uchun 1952 yili Italiyaning eng katta adabiy mukofoti "Viaredjo" topshirildi.
Venturining " Kefalliniyada oq bayroq" romani gitlerchilarning mash’um jinoyatlari haqida hikoya qiladi. 1965 yili chop etilgan "Yillar va yolg‘onlar" to‘plamida Venturi o‘zi boshidan o‘tkazgan qonli yillar, qiyinchiliklar, Italiyaning oyoqqa turishi va jahonga yuz tutishi haqida yozadi. Ushbu asari uchun Venturi "Puchchini-Sinigalliya" adabiy mukofotiga loyiq ko‘riladi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.