OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Evan Xanter (ing. Evan Hunter, asl ismi — Salvatore Albert Lombino, 15 oktyabr 1926, Nyu-York — 6 iyul 2005, Ueston) – amerikalik yozuvchi, stsenarist. Ed Makbeyn (Ed McBain) taxallusi bilan mashhur.
1951 yildan adabiyot agenti  va muharrir sifatida  Artur Klark, Pol Uilyam Anderson, Pelem Grenvil Vudxauz kabi yozuvchilar bilan ishladi. Shu yili «Marsliklar, xush kelibsiz» deb nomlangan birinchi ilmiy-fantastik hikoyasi chop etiladi. Hikoyaga u «S. A. Lombino» deb imzo chekadi. Shundan so‘ng yozuvchi Evan Xanter va Xant Kollinz taxalluslari bilan ijod qiladi.  U o‘zining detektiv romanlarini Kurt Kennon, Richard Marsten taxalluslari bilan taqdim etadi.
Evan Xanter o‘zining eng mashhur taxallusi Ed Makbeynni ilk bor 1956 yili «Nafratli politsiyachi» romanida qo‘llaydi
Uning asarlari asosida 41 ta film ishlangan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.