OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Li Xo Chul 1932 yili hozirgi Shimoliy Koreyaning Veonsan shahrida dunyoga keldi. Hibsga olinguniga qadar Koreya jangida, Shimoliy Koreya Armiyasida xizmat qildi. 
1950 yilda suv yo‘li orqali janubga yo‘l oldi va 50-yillarning o‘rtalariga qadar Qo‘shma Shtatlar Armiyasi zahirasida soqchi bo‘lib ishlay boshladi. 
U 1955 yili “Uydan yiroqda” nomli kichik hikoyasi bilan adabiyot maydoniga kirib keldi. Mazkur asar yozuvchining haqiqiy badiiy iste’dod egasi ekanligini isbotlab berdi va kitobxonlarda katta taassurot qoldirdi. 
Li Xo Chul Korea Respublikasi Milliy Madaniyat Akademiyasining a’zosi, bir qancha mukofotlar sovrindori. U eng nufuzli “Zamonaviy adabiyot” (“Panmunjon” asari uchun) “Dongin” (“Horg‘inlik” asari uchun) mukofotlari sovrindori. 
Li Xo Chul qariyb 50 yildan beri yaqinlaridan yiroqda, Janubiy Koreyada yashab kelmoqda. Yozuvchining “Shimolliklar va janubliklar” deb nomlangan mashhur romani uning boshidan kechirgan og‘ir o‘tmishi, iztiroblari, Shimol va janub o‘rtasidagi ziddiyatlar, shuningdek umumbashariy muammolar haqida hikoya qiladi. Roman bir necha tillarga tarjima qilingan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.