Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun

28.09.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
O‘zbek matbuoti
Durdona to‘plamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
O‘zbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
O‘zbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
O‘zbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
O‘zbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 

• Agar it boqsang, o‘zing hurima.
• It bilan yotgan burga bilan uyg‘onadi.
• Bukrining ustidan kulgan o‘zi doim to‘g‘ri yurishi lozim.
• O’ylamasdan gapirish, nishonga olmay o‘q otishga o‘xshaydi.
Ingliz maqollari
 
 
Murod Mansur (1941-yili tug‘ilgan)
Murodjon Mansurov toshkentlik, Cho‘lpon otaning yonbag‘ridagi Qatortolda bog‘bon oilasida 1941 yilda tavallud topgan. Otasi Mansurxo‘ja To‘raxo‘ja o‘g‘li mirishkor bog‘bon bo‘lgan. U o‘g‘li Murodjon bolaligida olamdan o‘tgan. Bo‘lajak yozuvchi onasi Karomatxon Umarxo‘ja qizining tarbiyasida voyaga yetgan. O‘rta maktabdan so‘ng Toshkent politexnika institutining qurilish fakultetiga o‘qishga kirgan. Uni tugatgach, injener-loyihachi bo‘lib ishlagan. Shu yillardan boshlab unda ijodga mayl uyg‘onib, ocherk, lavha, hikoyalar yoza boshlagan. «Qalamimni ko‘rib, respublika markaziy gazetasi «Qizil O‘zbekiston»ga (hozirgi «O‘zbekiston ovozi») chaqirib olishdi», - deya yozadi muallif o‘z tarjimai holida.
Shundan so‘ng o‘sha gazetaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha muxbiri bo‘lib ishlaydi. Keyin «Yoshlik» jurnali bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib xizmat qiladi. So‘ng esa «Sharq yulduzi» jurnalida faoliyat ko‘rsatadi.
Murodjon Mansurovning birinchi asari «Aziz inson» (1963) deb atalgan bo‘lib, u yozuvchining mushtipar, mehribon va zahmatkash onasi haqida edi. Asar ma’lum sabablarga ko‘ra bosilmay qolgan.
Shundan buyon adibning o‘ndan ortiq qissa va romanlari chop etilgan.
Uning «Sadarayhon» (1965), «Umr chorrahalari» (1972), «Qirg‘oqlar» (1975), «Hammaning yashagisi keladi» (1980), «Yombi» (1988) kabi qissalari, «Mangu jang» (1985), «Gunohi azim» (1995) kabi romanlari talabchan kitobxon tomonidan iliq qarshi olingan.
Uning uch jildlik «Judolik diyori» romanining I-II-III kitoblari nashr etilib, kitobxonga taqdim etilgan. Asar ma’lum ma’noda sarguzasht xarakterida bo‘lib, unda o‘z diyoridan adashib, hamon to‘zib yurgan qavm hayoti va kechinmalari islomiy bir ma’rifat, ma’naviyat yog‘dulariga omuxta tarzda ifoda etiladi. Murodjon Mansurov yaratgan qissalar va ayniqsa, «Mangu jang» romani o‘zining hayotiyligi va samimiyligi, tilining sodda va shiraliligi bilan ajralib turadi. «Judolik diyori» (2001-2003) esa hali ko‘p bahslarga yo‘l ochsa ajab emas.
Tanlash     Tartib     sahifa bo'yicha 
Mavzu Ko'rilgan
Murod Mansur. Judolik diyori (1-kitob) 2936
Murod Mansur. Judolik diyori (2-kitob) 3560
Murod Mansur. Judolik diyori (3-kitob) 4124
 
<<  1  >  >>
Natijalar 1 - 3 3

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 91433977

Yandex