OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Mashhur rus adibasi Viktoriya Tokareva 1937 yili Leningradda tug‘ilgan. Bolaligida u shifokor bo‘lishni orzu qilgan bo‘lsa-da, maktabni tamomlagach, fikri o‘zgarib, Leningrad konservatoriyasiga hujjat topshiradi. To‘rt yil davomida musiqiy ta’lim olgan Viktoriya bir muddat Moskva yaqinidagi qishloq maktablarining birida musiqadan dars beradi. 1963 yili u aktrisalikka havas qilib, VGIKka o‘qishga kiradi. Aynan shu davrda Viktoriya Tokarevada ijodkorlik qobiliyati yuz ko‘rsatib, ikkinchi kursdaligida “Yolg‘onsiz kun” degan dastlabki hikoyasi chop etilgan. Adibaning “Xeppi end”, “Mening o‘rnimga”, “Qanotli otlar” kabi asarlari kitobxonlarga ayniqsa ma’qul bo‘lgan.
V.Tokareva asarlari ko‘pincha A.P.Chexov ijodiga qiyos etiladi. Adibaning o‘zi ham bu buyuk yozuvchi ijodidan barakali saboq olganini e’tirof etadi. Shuningdek, u Sergey Davlatov ijodiga alohida hurmat bilan qarashini ta’kidlaydi.
V.Tokareva kino sohasida ham salmoqli faoliyat yuritgan. Bugungi kungacha uning stsenariylari hamda hammuallifligida o‘n to‘rtta film suratga olingan. Ular orasida “Dadil bo‘lmoq uchun yuz gramm”, “Tumor”, “Mimino” va “Omadli jentlmenlar” kino shinavandalari o‘rtasida juda mashhur.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.