OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Mehmon Baxtiy 1940 yilning 25 martida Tojikistonda, G‘arm (hozirgi Rasht) tumanining Shul qishlog‘ida dunyoga kelgan. 1963 yilda Tojikiston Davlat pedagogika oliy o‘quv yurtining tarix-filologiya kulliyotini bitirgan. 1973-1975 yillarda Moskvadagi Adabiyot oliy o‘quv yurtida ta’lim olgan.
U «Tojikfilm»da muharrir, bosh muharrir muovini, Tojikiston televidenie-sida bo‘lim mudiri, Lohutiy nomli Davlat teatrida adabiy bo‘lim mudiri, Mirzo Tursunzoda nomli adabiyot uyida mudir, yosh ijodkorlar bilan ishlash kengashi raisi, Tojikiston Yozuvchilar Ittifoqi adabiyotni targ‘ib etish kengashi raisi vazifalarida ishladi. 
Hozirda Tojikiston Yozuvchilari Ittifoqining raisi. Ittifoq a’zolari uni ikkinchi marta shu vazifaga saylashdi.
Mehmon Baxtiy sermahsul ijodkor sifatida tanilgan. U adabiyotning turli janrlarida mahorat bilan ijod qiladi. «Eh,yoshlik!» dramasi umumittifoq ko‘rigida qatnashib, SSSR Yozuvchilar Uyushmasi va Madaniyat vazirligining mukofotiga sazovor bo‘lgan. Mazkur asar va ijodkor qalamiga mansub «Qaroqchi va ko‘za yasovchi» dramasi Tojikiston, Ӯzbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya teatrlarida sahnalashtirilgan. 
Ayni paytda ijodkorning «Ko‘klam hidi», «Shirin xayol» she’riy kitoblari nashr etilgan. 
 Mehmon Baxtiy nasrda ham barakali ijod qilib kelayotir. Uning «Yengil oh», «Xubon», «Qariya» kabi qissalari kitobxonlarga yaxshi tanish. Ayniqsa, «Xubon» qissasi muvaffaqiyat qozongan va dunyoning bir necha tiliga o‘girilgan.
Ijodkor sobiq Sho‘rolar paytida Tojikiston komsomoli mukofoti (1986 yil), Tojikiston mustaqilligi davrida esa, Rudakiy nomli Davlat mukofotiga (1998 yil) sazovor bo‘ldi.
 Mehmon Baxtiy adabiyotdagi katta xizmatlari uchun Tojikiston Xalq Yozuvchisi unvoniga musharraf bo‘ldi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.