Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun

21.09.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
O‘zbek matbuoti
Durdona to‘plamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
O‘zbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
O‘zbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
O‘zbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
O‘zbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 

Iymonning uchdan biri hayo, uchdan biri aql, uchdan biri jo'mardlikdir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.
 
 
Saida Zunnunova (1926-1977)
Iste’dodli shoira, jozibali nasriy asarlar muallifi Saida Zunnunova 1926 yili Andijon shahrida xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Otadan erta yetim qolgan Saida 1941-1943 yillarda Andijon pedagogika institutida tahsil oldi. Andijon maktablarida muallima, gazeta tahririyatlarida adabiy xodim bo‘lib ishladi. Saida Zunnunovaning birinchi she’ri 1945 yili «Paxta fronti» gazetasida bosilgan.
Adabiyotta muhabbat yosh shoirani O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universitet)ning filologiya fakultetiga yetakladi. U o‘qishni tamomlab, «Gulxan» jurnali, «O‘zbekiston madaniyati» gazetasi va Badiiy adabiyot nashriyotida, shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi bo‘lib xizmat qildi.
Saida Zunnunova ayni kamolot yoshida 1977 yili og‘ir xastalikdan keyin vafot etgan.
U yozuvchi Said Ahmadning sevimli rafiqasi edi. Ularning yolg‘iz qizlari va nabiralari bor.
Shoiraning yoshlik sururi, Vatan shukuhi va mehnat nashidasini tarannum etuvchi «Qizingiz yozdi» (1948), «Yangi she’rlar» (1950), «Gullar vodiysi» (1954), «Qizlarjon», «Bir yil o‘ylari» (1967) she’riy to‘plamlari kitobxonlar tomonidan katta quvonch bilan qabul qilindi.
Saida Zunnunova nasrda ham sermahsul ijod etgan adibadir. Uning «Gulbahor» hikoyalar to‘plamida (1956) ishchilar hayoti, oila va muhabbat mavzulari aks etgan bo‘lsa, «Gulxan» (1958) qissasining asosiy qahramoni ayollar bo‘lib, ularning yigirmanchi yillardagi kurashi o‘ziga xos badiiy bo‘yoqlarda ifodalangan. Adiba yozgan «Olov» (1962), «Bo‘ylaringdan o‘rgilay» (1972), «Direktor» kabi asarlarining qahramonlari ham ayollardir.
Tanlash     Tartib     sahifa bo'yicha 
Mavzu Ko'rilgan
Saida Zunnunova. So'qmoqlar (qissa) 2303
Saida Zunnunova. Olov (qissa) 2388
Saida Zunnunova. Kechikish (hikoya) 3842
Saida Zunnunova. Qarz (hikoya) 3697
Saida Zunnunova. Yo‘l boshida (hikoya) 3775
Saida Zunnunova. O‘kinch (hikoya) 3727
Saida Zunnunova. Ikki o‘t orasida (hikoya) 3547
Saida Zunnunova. Xotiralar uyg‘onganda (hikoya) 3650
Saida Zunnunova. Shu uyning bekasi (hikoya) 3373
Saida Zunnunova. O‘shanda ham kuz edi (hikoya) 3599
Saida Zunnunova. Buvi (hikoya) 3441
Saida Zunnunova. Yolg‘izlik (hikoya) 4692
Saida Zunnunova. Qo‘llar (hikoya) 3779
 
<<  1  >  >>
Natijalar 1 - 13 13

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 91276360

Yandex