OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Tinimboy Nurmag‘ambetov (10.6.1945, Qizilo‘rda viloyati) – qozoq yozuvchisi. Qizilo‘rda pedagogik institutini (1968), Moskvadagi M.Gorkiy nomidagi oliy adabiyot kursini bitirgan (1981). 
Qizilo‘rda viloyati radio komitetida, “Yozuvchi” nashriyotida muharrir, “Qazaqfilm” kinostudiyasi stsenariylar kollegiyasida turli xizmatlarda ishlagan. 1996 yildan “Qozoq eli” gazetasi muharririning o‘rinbosari. 
Birinchi hikoyalar to‘plami 1971 yili “Qovun hidi” nomi bilan chop etilgan. 
U “Yo‘qolgan ko‘l”, “Kampirlar hukmi” pesalari, “Turnalar uchib boradi” telefilmi stsenariysi muallifi.
Kitoblari: «Xayr, ota». Qissa va hikoyalar (1972); «Qaldirg‘och uyasi». Qissa va hikoyalar (1975); «Ota hovlisi». Hikoyalar (1980); «Daryoning narigi tomoni». Qissa va hikoyalar (1981); «Boyteraklar». Qissa va hikoyalar (1986); «Ovul tutuni». Roman. (1989); «Tanlangan asarlar» (1997); Ikki jildlik saylanma (2005–2006); «Afg‘on qushlari» (2009).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.