OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Mustafo Qutlu (6 mart 1945, Erzinjon, Turkiya) – turk yozuvchisi. Erzinjon litseyi (1964) va Erzurum universiteti adabiyot fakulteti turk tili va adabiyoti bo‘limini (1968) bitirgan. 1974 yildan Dergah nashriyotida ishlagan. Turk tili va adabiyoti entsiklopediyasini tayyorlashda qatnashgan. Shundan so‘ng turli nashriyotlarda, gazeta va jurnallarda,  televidenieda ishlagan.  
Ilk hikoyasi 1968 yili «U» nomi bilan chiqdi.
Kitoblari: «O‘rtadagi odam» (Ortadaki Adam, 1970), «Ko‘ngil ishi» (Gönül İşi, 1974), «Tepalikka oqqan suvlar» (Yokuşa Akan Sular, 1979), «Yo‘qsillik ichimizda» (Yoksulluk İçimizde, 1981), «Yo tahammul, yo safar» (Ya Tahammül Ya Sefer, 1983), «Bu shundaydir» (Bu Böyledir, 1987), «Sir» (Sır, 1990), «Arkakapak hikoyalari» (Arkakapak Yazıları, 1995), «Huzun va tasodif» (Hüzün ve Tesadüf, 1995), «Uzun hikoya» (Uzun Hikaye, 2000), «Behuda umrim» (Beyhude Ömrüm, 2001), «Moviy qush» (Mavi Kuş, 2002), «To‘fondan oldin» (Tufandan Önce, 2003), «Shamolli yakshanba» (Rüzgarlı Pazar, 2004), «Shef» (Chef, 2005), «Gunafshali maktub» (Menekşeli Mektup, 2006), «Eshiklarni ochish» (Kapıları Açmak, 2007), «Huzursiz oyoq» (Huzursuz Bacak, 2008), «Tohir Sami beyning shaxsiy hayoti» (Tahir Sami Bey'in Özel Hayatı, 2009), «Zafar yoxud hech» (Zafer yahut Hiç, 2010), «Hayot go‘zaldir» (Hayat Güzeldir, 2011), «Onado‘lu tarafda» (Anadolu Yakası, 2012).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.