OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Roziya Tujjor 1947 yilda Tehron shahrida dunyoga kelgan. Uning bolalik davri Tehron shahrining mahallalaridan birida o‘tdi. O‘rta maktabni tugatgach, universitetning psixologiya fakultetida tahsil oladi. 1985 yildan boshlab hikoyanavislik bilan shug‘ullana boshlaydi. Uning ilk hikoyalar to‘plami “Hikoya taqvimi to‘g‘risida sura” nomi bilan bosilib chiqqan. Bugungacha adibaning bir nechta asari kitobxonlar hukmiga havola etilgan. Jumladan, «Oynali ayol», «Yetti tugun», «Nargislar», «Ildizlarga sayohat», «Ishqdagi shu’la», «Sabr toshi», «Akatsiya ko‘chasi», «Xayrli tun», «Shu’la va tun» kabi badiiy asarlar yozuvchining ijodida alohida o‘rin tutadi. Adibaning hikoyalari insonning ichki dunyosiga qilingan safarning bayonidan iboratdir.
Roziya Tujjor bir necha yillardan buyon uch oylik “Nasriy adabiyot” jurnali tahrir hay’atining a’zosi. Shuningdek, u Eron “Qalam” jamiyatining ta’sischilaridan va boshqaruv kengashining a’zolaridan biri ham hisoblanadi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.