OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Stiven Edvin King 1947 yilning 21 sentyabrida Men shtatining Portlend shahrida tug’ilgan. Otasi uni ikki yoshligida tashlab ketgan. Stiven va uning akasi Devidni onasi tarbiyalaydi. 
Stiven yozishni boshlaganida yetti yoshda edi. 1959 yilda u akasi bilan gazeta chiqara boshlaydi. Dave's Rag deb nomlangan bu gazetani ular 5 sentdan sotishadi.
1963 yilda u do’sti Kris Chesli bilan «Odamlar, joylar va maxluqlar» deb nomlangan 18 ta hikoyadan iborat kitobni nashr etishadi. Bir yildan so’ng kitobning ikkinchi qismi chop etiladi.
1971 yilda u Kerri ismli qiz haqida roman yozishni boshlaydi. Bir necha sahifa yozgach, u roman yaxshi chiqmadi degan o’yda sahifalarni axlat qutisiga uloqtiradi. Kingning xotini Tabita bu sahifalarni o’qib ko’radi va eriga romanni davom ettirishni aytadi. U rozi bo’ladi va 1973 yilda «Kerri»ni nashriyotga jo’natadi.1974 yilda kitob chop etiladi va King 200 ming dollar gonorar oladi.
Stiven Kingning quyidagi kitoblari ekranlashtirilgan: «Kerri», «O’lik hudud», «Nur», «Kristina», «Kujo», «Uy hayvonlari qabristoni», «Uyquda yuruvchilar», «Bo’ri-odam davri».
Triller janrida ijod qiluvchi Stiven Kingni Dahshatlar qiroli deb atashadi. Kingning boyligi 40 million dollarni tashkil etadi va u dunyoning eng boy yozuvchilari qatoriga kiradi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.