OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Hozirgi zamon Eron bolalar adabiyotining taniqli vakillaridan biri Faridun Amuzoda Xaliliy 1959 yili Semnon viloyatida tug‘ildi. 1979 yili Tehron universitetining Matematika va kompyuter texnologiyalari yo‘nalishida o‘qishga kiradi. 1980 yildan boshlab badiiy adabiyot bilan shug‘ullana boshlaydi.
Faridun Amuzoda Xaliliyning hikoyalardan iborat  «Tog‘ faryodi» nomli birinchi kitobi 1981 yili dunyo yuzini ko‘radi. Shundan so‘ng uning bolalarga atab yozilgan «O‘tin», «Imtihon kunlari», «Uch oy kanikul», «Buvim biznikida mehmon bo‘lgan kecha», «Dadamning velosipedi», «Buloqchaning safari», «Sulaymon shahriga safar», «Ikki dona pishmagan xurmo», «Qarag‘ayzorlardan narida» va katta yoshdagilar uchun yozilgan «Eski qilich» to‘plamlari yosh hikoyanavisga shuhrat keltiradi. Faridun Amuzoda Xaliliy turli mukofotlar sohibi. Jumladan, uning «Buloqchaning safari» nomli hikoyalar to‘plami «Surushi javonon» hamda «Kayhoni bachagon» jurnallari tomonidan «Yil kitobi» hamda «Inqilobdan keyingi birinchi o‘n yillikning eng yaxshi o‘n kitobi» dan biri sifatida tan olingan. Bundan tashqari, Faridun Amuzoda Xaliliy «O‘tin» hikoyalar to‘plami uchun YuNISYeF tashkilotining maxsus sovriniga, turli tashkilotlarning «Oltin oy», «Inqilobdan keyingi yigirma yilning eng yaxshi yigirmata yozuvchisi», «Oltin lavha» mukofotlariga sazovor bo‘ldi.
Faridun Amuzoda Xaliliy 2008 yili adabiy va madaniy sohalardagi faoliyati uchun Eron Islom Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan «Birinchi darajali san’at ordeni» bilan mukofotlandi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.