OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

http://www.ziyouz.uz/images/stories/jahon_adab/chon_myon_kvan.jpgYozuvchi Chon Myong Kvan koreys nasrining kenja avlod namoyondalaridan biri hisoblanadi. U 1964 yili Koreyaning Kyongido viloyati Yong-in shahrida tug’ilgan. 
U dastlab kinostsenariychi sifatida faoliyat yuritgan bo’lsa, 2003 yili “Frenk” nomli hikoyasi bilan adabiyotga kirib keldi. Shu yili Koreyadagi nufuzli “Munhak dongne” nashriyotining “Eng yaxshi nasriy debyut” yo’nalishi sohibi bo’ldi. 2004 yili esa ushbu mukofotning “Adabiyot yuzi” yo’nalishida g’olib bo’ldi. 
2004 yili koreys kitobxonlarining sevimli romaniga aylangan “Dengiz kiti” asari nashr qilingan bo’lsa, 2010 yili Chon Myong Kvan stsenariysi asosida “Qo’shni uydagi erkak” filmi ekranga chiqdi. 
2010 yili ham Chon Myong Kvan ijodida barakali bo’ldi: uning “Qarigan oila” qissasi ham qo’lma-qo’l bo’ldi. 2012 yil mart oyida esa uning “Bryus Li –mening tog’am” nomli qissasi nashrdan chiqdi.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.