|
Dilrabo Mingboyeva Samarqand viloyati Payariq tumanida tug'ilgan. O'zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika fakultetini bakalavriatini (2003), magistraturasini (2008) tamomlagan. Oliy adabiyot kursida ta'lim olgan. "Yomg'irzor" she'riy to'plami, "Timsollar tilsimi" ilmiy-ommabop kitobi chop etilgan. Hozirda "Akademnashr" nashriyotida Bosh muharrir lavozimida ishlamoqda. |