OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Lafonten (La Fontaine) Jan de (1621.8.7, Shato—Terri, Shampan — 1695.13.4, Parij) — Fransuz shoiri, masalchi. Fransiya akademiyasi a’zosi (1684 y.dan). Mashhur «Psixeya va Kupidonning muhabbati» (1669) qissasiga «Ming bir kecha» ertaklari hamda Apuley (mil. av. 2-a.) ning «Metamorfozalar» asari asos bo‘lgan. Lafontenning masal janridagi asarlari ko‘proq shuhrat qozongan. «She’riy ertak va hikoyalar» (1—5-kitoblar,1665—85), «Masallar» (1 — 12-kitoblar,1668—94) to‘plamlarida o‘tkir hajvchi, yirik mutafakkir, adabiyotda Uyg‘onish davri an’analarining davomchisi sifatida maydonga chiqdi.
Uning antik davr, Yevropa hamda Sharq adabiyoti («Kalila va Dimna» va b.), shuningdek, xalq donishmandligidan ruhlanib yaratgan masallari zamonaviyligi, o‘tkir hajvi, tavsiflarning yorqinligi b-n jahon satirik adabiyoti xazinasini boyitdi. O‘zbek va rus masalchiligi rivojida ham Lafonten ijodining muhim o‘rni bor. «Kosib va do‘kondor» masali o‘zbek tiliga tarjima qilingan (1984).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.