OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

Taniqli uyg‘ur shoiri, adibi va tarjimon Aziziy 1962 yili Xo‘tan viloyati, Chiryo tumanining Mozorko‘l kentida tavallud topgan. 1985 yili Shinjong universitetining adabiyot kulliyotini tamomlagan. Uning ijodiy ishlari o‘rta maktab o‘quvchiligi davridayoq boshlangan. Hozirgacha mingdan ziyod nazmlari, 50 dan ortiq badialari, 20 dan ziyod maqolalari, 200 ga yaqin tarjima asarlari kitobxonlar qo‘liga yetib borgan. Ba’zi asarlari xitoy va o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Bir necha bor Xitoy va Shinjong mukofotlariga sazovor bo‘lgan. “Oshiq rivoyati”, “Alangali tilaklar”, “Farididdin Attor” “Donolar durdonalaridan” kabi o‘ndan ziyod kitoblari nashr qilingan va kitobxonlarning samimiy olqishlariga muyassar bo‘lgan.

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.