Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun

17.02.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
O‘zbek matbuoti
Durdona to‘plamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
O‘zbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
O‘zbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
O‘zbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
O‘zbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 

Biz hech qachon o‘zimiz kirmagan va kirmaydigan qiyofada ko‘rinishga harakat qilmay, hamisha qanday bo‘lsak shundayligimizcha ko‘rinadigan bo‘lsak, borligimizcha namoyon bo‘lsak, odamlarning nazarida ko‘p narsa yutgan bo‘lardik.
Laroshfuko
 
 
Jahon nasri onlayn antologiyasi
  • Epikur (m.a. 341-270; Gretsiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Epikur milloddan avvalgi 341-270 yillarda Afinaning Samos orolida yashab ijod etgan qadimgi yunon faylasufi hamda epikurianizm falsafa maktabining asoschisidir.
    Epikurianizm ta’limotiga ko‘ra, falsafa insonga baxtga erishish, osuda hayotni qo‘lga kiritish, tinch hamda erkin bo‘lish, og‘riqlardan qutilish va qadrdon do‘stlar davrasida o‘z hayotidan qoniqib yashashi uchun yo‘llanmadir. Epikurning qayd etishicha, huzur-halovat va dard ezgulik hamda yovuzlikni aniqlashdagi o‘lchovlar hisoblanadi. O‘lim tana hamda qalb harakatining nihoyasidir. Insonning erishgan yutuqlari yoki uning boshiga yog‘iladigan balolarning xudoga daxli yo‘q. Bular inson harakatining oqibatidir. Borliq – nihoyasiz va abadiydir. Olamda sodir bo‘lguvchi voqealar bo‘sh makondagi atomlarning o‘zaro ta’siri hamda harakatiga bog‘liq.
    Epikurning qarashlari o‘sha zamon olimlarining u qadar diqqatini tortmagan. Ayniqsa, Demokrit uning fikrlariga shubha bilan qaragan. Boisi, determinizm (narsa va hodisalarning sababiy bog‘lanishlari haqidagi materialistik ta’limot) borasidagi bir qator keskin mulohazalari Demokritnikidan farq qilgan.
    Epikur asos solgan maktab kichkina bo‘lsa ham, bu maktab rivoji uchun u butun umrini bag‘ishlagan.
    Epikurning uchtagina xati to‘liq holda, Diogenning “Mashhur faylasuflar” asari hamda Vatikan kutubxonasida saqlanayotgan qo‘lyozmalar orqali, shuningdek, uning papirusga yozilgan “Tabiat xususida” nomli asaridan bir nechta parchalar bizgacha yetib kelgan. 

  • Seneka (m.a. 4-m.65; Rim)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Seneka Lutsiy Anney (taxm. miloddan avvalgi 4, Kordova, Ispaniya — milodning 65 yili, Rim) — Rim faylasufi, yozuvchi, davlat arbobi. Rim imperatori Neronning tarbiyachisi va maslahatchisi; unga suiqasd qilishda ayblangan va o‘zini o‘ldirgan. Seneka stoitsizmning yirik vakillaridan biri. U tabiat va inson mohiyati hakida keng bilimga ega bo‘lgan, adabiy uslubni juda yaxshi egallagan. Senekaning falsafiy qarashlari ziddiyatli. U falsafani hayotda axloqiy-diniy qo‘llanma deb bilgan. «Lutsiliyga xatlar» falsafiy asari, «Himmat haqida», «Rahm-shafqat haqida», «Ruhiy xotirjamlik haqida» va boshqa risolalarida tarkidunyo qilish, o‘lim va taqdirni nazarpisand qilmaslik, ehtiroslardan xoli bo‘lish, kishilarning axloqiy tengligi masalalari yoritilgan.

  • Abu Ali ibn Sino (980-1037; O‘zbekiston)  ( 3 ta sahifa mavjud )

    Buyuk daho Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sino hijriy 370 (milodiy 980) yilda Buxoroning Afshona, hozirgi Isfana qishlog‘ida tug‘ilgan. Ibn Sino 1002 yilda Buxorodan chiqib ketadi, Urganch, Obivard, Naso, Nishopur, Jurjon, Ray, Isfahon, Hamadon kabi shaharlarda bo‘ladi. U 1037 yilda (hijriy 428) 57 yoshida Hamadon shahrida vafot etadi. Mutafakkirning turli fanlarga oid 450 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligi ma’lum. Biroq bizgacha Ibn Sinoning 242 ta asari yetib kelgan. Shulardan 4 tasi adabiyotga, 5 tasi musiqaga, o‘ndan ortig‘i astronomiyaga oid asarlardir va hok.
    Ibn Sino Sharqda «Shayxur-Rais», G‘arbda esa «Avitsenna» nomi bilan mashhur. Uning nasriy asarlari arab tilida yozilgan. «Yusuf qissasi» Qur’on syujeti asosida yozilgan birinchi asar bo‘lib, ramziy-majoziy usuldadir. «Rasolat - at tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik» («Hayy ibn Yaqzon») kabi asarlari ham ramziy-majoziy uslubda, «Salomon va Ibsol» esa ishqiy-sarguzasht asardir. Ibn Sino shoir sifatida doston, qasida, g‘azal, ruboiy, fardlar yaratgan.
    Asarlari: «Kitob ash-shifo», «Donishnoma», «Kitob al-qonun fi-t-tib» («Tib qonunlari kitobi», 5 kitob, 14 jilddan iborat bo‘lgan), «Salomop va Ibsol», «Yusuf qissasi», «Risolat at-tayr» («Qush risolasi»), «Uyg‘oq o‘g‘li Tirik», «Tibbiy urjuza», «Faan ash-she’r» («She’r san’ati», she’r ilmi, yunon she’riyatining tur va shakllari haqida), «Musiqa ilmida katta to‘plam» va boshq.

  • Franchesko Petrarka (1304-1374; Italiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/petrarka.jpgPetrarka (Petrarca) Franchesko (1304.20.7, Aretsso — 1374.19.7, Arkua, Paduya shaxri yaqinida) — italyan shoiri, italyan adabiy tilining asoschilaridan biri, faylasuf. Monpele (1316), Bolonya (1320) universitetlarida xuquqshunoslikdan ta’lim olgan. 1326 yil Avinonga ko‘chib borib, diniy rutbani qabul qilgan va oliy martabali ruhoniylar bilan yaqinlashgan.
    Petrarka o‘rta asr aqidalaridan mutlaqo xoli bo‘lmagan esada, Uyg‘onish davrining gumanizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan madaniyatiga tamal toshini qo‘ygan. Petrarka lotin tilidagi «Dunyoga nafrat to‘g‘risida» (1342—43) falsafiy risola, «Uzlatdagi hayot to‘g‘risida» va «Rohiblar farog‘ati to‘g‘risida» (1346—66) risolalari muallifi. Petrarka she’riyatni o‘rta asr maddoxlari hujumidan himoya qilar ekan, uning katta tarbiyaviy va estetik qimmatga ega ekanligini alohida ta’kidlaydi. Petrarka «O‘zimning va boshqa ko‘plab kishilarning johilligi to‘g‘risida» (1367—70) asarida Aristotel «Etika»sida bayon qilingan mavhum fiqolarni rad etadi qamda amaldagi axloq me’yorlarini va insonni yaxlit holda o‘rganish g‘oyasini afzal, deb hisoblaydi. Petrarkaning «Avlodlarga maktub» (1374) nomli muxtasar avtobiografiyasi ham muayyan axamiyatga molik.
    Petrarka antik dunyoni ideallashtirgan Yevropa shoirlaridan biri sifatida lotin shoirlarining qo‘lyozmalarini to‘plab, ularga sharhlar yozdi, ayni paytda o‘z asarlari bilan klassik lotin tilini tiklashga urindi. Agar uning lotin tilidagi «Afrika» (1339—42, tugallanmagan) dostoni Vergiliyning «Eneida»si uslubida yozilgan bo‘lsa, majoziy mazmundagi «Bukolikalar» (1346—57) asari cho‘ponlar eklog (qo‘shiq)lariga tatabbu tarzida maydonga kelgan. Petrarka italyan tilida xam ijod qilgan. Uning italyan tilidagi lirik asarlarida ishqiy va siyosiy mavzular ustuvorlik qiladi. Petrarkaning «Mening Italiyam» asarida vatan jarohatlangan go‘zal ayol qiyofasida gavdalanadi.
    Petrarka ijodida Lauraga bag‘ishlangan lirik she’rlar turkumi, ayniqsa, katta badiiy qimmatga ega. Shoirning e’tirof etishicha, u Laurani 1327 yil Avinon shahridagi ibodatxonalarning birida uchratib, uni bir umrga sevib qolgan. Petrarkaning Lauraga bag‘ishlangan she’riy turkumi «Kansonere» deb atalgan («Madonna Laura hayotiga» va «Madonna Laura o‘limiga», 2 qism). 317 sonet, 29 kansona, 9 sekstina (to‘qqizlik), 7 ballada va 4 madrigaldan tashkil toptan «Kansonere» o‘ziga xos she’riy kundalikdir. Petrarka, salaflaridan farkdi o‘laroq, sevimli ayol obrazini aniq-tayin va hayotiy belgilar bilan boyitgan. Shu sababdan ham uning lirikasi nafaqat italyan, balki Yevropa lirikasi taraqqiyotida yangi davrni tashkil etadi. Petrarka, lirik she’rlaridan tashqari, tersina (uchlik) bilan yozilgan «Tantanalar» (1354) majoziy dostonini ham Lauraga bag‘ishlagan. Petrarka lirikasi, ayniqsa, sonetlari Yevropa shoirlari ijodiga katta ta’sir ko‘rsatgan. O‘zbek she’riyatida Usmon Nosir, Rauf Parfi va boshqa Boyqobilov singari shoirlar ijodida sonet janrining paydo bo‘lishi va taraqqiyoti ham Petrarka ijodining ta’siri samarasidir. Petrarkaning bir qancha sonetlari uzbek tiliga tarjima qilingan.
    Naim Karimov.
  • Servantes (1547-1616; Ispaniya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Saavedra Migel de Servantes (1547.9.10, Alkalade-Enares — 1616.23.4, Madrid) — ispan yozuvchisi. Iezuitlarning Valyadolida shahridagi kollegiyasida (1557—61), keyin Madridda tahsil ko‘rgan. Papa muridlari bilan birga 1569 yilda Italiyaga borgan. Yevropa flotining Lepanto yaqinida turklarga qarshi olib borgan jangida (1571 yil 7 oktyabr) yaralangan; vataniga qaytishda (1575) dengiz qaroqchilari qo‘liga tushib, Jazoirda 5 yil asirlikda yashagan.
    Servantes 1585 yil Madridda nashr etilgan «Galateya» romani bilan tanilgan. Shundan keyin u garchand 20—30 ta pesa yozgan bo‘lsada, bu asarlar izsiz ketgan. Qalam haqi evaziga turmush tebrata olmagan Servantes 1587 yilda Sevilyaga ko‘chib borib, 1603 yilgacha dastlab harbiy, keyin oddiy fuqaro sifatida xizmat qilgan. Ispaniyaning eng yirik portlarida yashash va turli tabaqadagi kishilar bilan muloqotda bo‘lish uning so‘nggi davr ijodiga katta ta’sir o‘tkazgan. 1602 yil Sevilya qamoqxonasida boshlagan «Don Kixot» romani (1-qismi) nashr etilishi bilanoq (1603) Servantes Yevropa miqyosida mashhur bo‘lib ketadi. Romanning katta shov-shuv qozonganiga havas va hasad qilgan A. Fernandes de Avelyaneda taxallusli qalamkash 1614 yilda «Don Kixot»ning soxta davomini yozib, nashr etadi. Bundan g‘azablangan Servantes 1615 yilda romanning haqiqiy davomi — 2-qismini e’lon qiladi. Servantes «Don Kixot»ning har ikkala qismi orasida «Pandnoma hikoyalar» (1613) va «Parnasga sayohat» dostoni (1614)ni yozgan. «Persiles va Sixizmundaning sarguzashtlari» (1617 yil nashr etilgan) romani esa Servantesning xastalik paytida yozib tugatgan so‘nggi asaridir. Umrining aksar qismi xorlik va zorlikda kechgan Servantes o‘limi oldida rohiblikka o‘tgan.
    Servantesning adabiy merosida hajviy va ishqiy she’rlar, ishqiy qahramonlik va hayotiy-maishiy mavzudagi drama va komediyalar hamda ko‘plab hikoyalar mavjud. Bu asarlarga xos eng muhim holat va vaziyatlar, niyat va g‘oyalar «Don Kixot»da o‘zining yorqin badiiy tajassumini topgan. Asardagi taqdir bilan murosa qila olmaydigan, har qanday adolatsizlikka qarshi kurashga shay bo‘lgan qahramon obrazi o‘z iddizlari bilan 16-asrdagi ispan «yangi ritsar romanlari», shuningdek, Italiyadagi Uyg‘onish davri dostonlari va cho‘ponlar xaqidagi ko‘plab hikoyalarga borib taqaladi. Ammo Servantes bu asarlarga xos qahramon obrazini yaratish an’analarini davom ettirishni emas, balki o‘zi yashagan davrda keng tarqalgan «yangi ritsar romanlari» ustidan kulishni, ularga parodiya qilishni o‘ziga maqsad qilib olgan. Ayni paytda Servantes voqelikka realist yozuvchi sifatida yondashib, insonparvarlik g‘oyalarini tarannum qilgan.
    «Don Kixot» 19—20-asrlarga kelib olamshumul shuhrat qozondi. Xuddi shu davrlarda asarning tragikomik va umuminsoniy ahamiyati ilk bor kashf etildi; unda tasvirlangan ideal va real qodisalar, soxta qahramonlik bilan haqiqiy jasorat, orzu-armon bilan real voqelik o‘rtasidagi keskin farq shu asrlarda kechgan ijtimoiy po‘rtanalar va hayotiy vaziyatlardagi tanazzul mohiyatini o‘zida ifodalash qudratiga ega bo‘ldi. Ushbu roman asosida jahonning ko‘pgina mamlakatlarida sahna (opera, balet, drama), kino (kinofilm, teleserial), musiqa (fantastik variatsiyalar) va tasviriy san’at (haykal va b.) asarlari yaratilgan.
    Naim Karimov.

  • Jonatan Svift (1667-1745; Irlandiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Jonatan Svift (Jonathan Swift) (1667.30.11 Dublin — 1745.19.10) — ingliz yozuvchisi, jamoat arbobi. 1682—88 yillarda Dublin universitetining Triniti kollejida tahsil ko‘rgan.
    Ilk asarlari — «Vilyam Senkroftga qasida» (1690) va «Kongrivga qasida» (1693). «Kitoblar jangi» (1697) pamfletining davomi «Bochka haqida ertak» hajviyasi (1704)da katolik, anglikan va puritan cherkovlari orasidagi kurash parodiya ruhida tasvirlangan. «Movutchining xatlari» (1723—24) va «Kamtarin taklif» (1729) pamfletlarida irland xalqi boshidan kechirayotgan zulm qoralangan. «Dunyoviy suhbatchilar» (1738), «Malaylarga o‘gitlar» (1745) kabi hajviyalari xam bor.
    Svift ijodidagi eng muhim va yagona roman — «Gulliverning sayohatlari» (1—2 jildlar, 1726) ingliz jamiyatidagi illatlarni fosh etuvchi achchiq satira, o‘tkir aybnomadan iborat. Gulliverning xayoliy o‘lkalar — liliputlar (mitti odamlar), brobdingneglar (ulkanlar), aqlli otlar mamlakatlariga qilgan sayohatlari bilan bog‘liq holda adib real voqelikdagi yangicha munosabatlar, bosqinchilik urushlari, davlat idoralaridagi sotqinlik, sudyalarning adolatsizligi va boshqalarda aks ettirgan.

  • Volter (1694-1778; Fransiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Volter (taxallusi; asl nomi Mari Fransua Arue) (1694. 21.11 - Parij - 1778.30.5) -fransuz yozuvchisi, faylasuf, tarixchi. Fransiya Fanlar Akademiyasi (1746), Rossiya Fanlar Akademiyasi faxriy (1746) a’zosi. Erkin fikrlilikda ayblanib qamalgan (1717, 1725). Birinchi fojia asari «Edip» qamoqda yozilgan; sahnalashtirilgan (1718). 1726 yilda Angliyaga surgun qilingan. Umrining ko‘p qismi muhojirlikda kechgan (1726—78). Didro boshchiligidagi «Entsiklopediya»ni nashr etishda faol ishtirok etgan (1751-78).
    Volter o‘z estetik qarashlari va dramatik asarlarida klassitsizm an’anasi yo‘lidan borgan, cherkov mutaassibligiga qarshi kurashgan («Zaira», 1732; «Alzira», 1736). Fransuz ijtimoiy va davlat tuzumini o‘zgartirish g‘oyasini ilgari surgan. U hokimiyatni ozodlik, tenglik va birodarlik qonunlariga qat’iy amal qiluvchi odil gyudshoh boshqarishini orzu qilgan. Uningcha, konstitutsiyali monarxiya eng oqilona davlat tuzumidir.
    Volter falsafada deist. J. Lokk, I. Nyutonning nazariyalari tarafdori. U moddiy dunyo mavjudligini, jamiyat taraqqiyotini tan olsa-da, «uni harakatga keltiruvchi kuch» — Xudo, deb bilgan («Falsafiy maktublar», 1733; «Metafizika to‘g‘risidagi risola», 1734; «Nyuton falsafasining asoslari», 1738 va b.).
    Volter lirikasi Epikur falsafasi ruhida («Lisabon halokati haqida doston», 1756 va b.). Dostonlarida teskarichi guruhlar, absolyutizm tizimi tanqid qilingan («Genriada», 1728; «Orlean qizi», 1735 va b.). Falsafiy qissalari («Zadig», 1748; «Kandid», 1759; «Soddadil», 1767 va b.)da hamma narsa yaxshi deya da’vo qiluvchi mutlaq ishonchni ham, hamma narsa yomon deguvchi mutlaq tushkunlikni ham rad etadi, qirol saroyi, sud ma’muriyati va harbiy amaldorlarni fosh qiladi. Dostonlarida Sharq mavzuidan keng foydalandi. Volter Amir Temur va Ulug‘bek davri tarixini yaxshi bilgan. Ulug‘bekning «Ziji Ko‘ragoniy», D. Yerbeloning «Sharq kutubxonasi» qomusi, Klavixoning «1403 — 1406 yillarda Samarqanddagi Temur saroyiga sayohat kundaligi» (1582) kabi asarlar bilan tanishgan. Tarixiy mavzudagi «Millatlarning holatlari va odatlari haqida» (1753—58) kitobida yer yuzidagi qator davlatlar, monarx hukmdorlar haqida ma’lumot beradi. Asarning 3-jildi Amir Temur va temuriylar xukmdorligiga bag‘ishlangan. Bunda Amir Temurning o‘z davlatini kengaytirish yo‘lida olib borgan yurishlari, turk sultoni Boyazid bilan qilgan jangi, O‘rta Osiyoda yuritgan siyosati, Samarqandning poytaxt bo‘lgani xususida xikoya qiladi. Volter Ulug‘bek haqida, uning podsholigi, Samarqandda ilmu ma’rifatni taraqqiy ettirib, fan rivojiga katta hissa qo‘shganini hurmat bilan ta’kidlab «Ulug‘bekning buyukligi, uning qilgan ishlari bilan belgilanadi. U Samarqandda birinchi Fanlar akademiyasini yaratdi, yer kurrasini o‘rgandi, koinot va yulduzlarni kashf etib mashhur jadval tuzdi...», deb yozadi. Volter ijodi fransuz inqilobini (1783—94) g‘oyaviy tayyorlashda, umuman jahon ijtimoiy-falsafiy tafakkurida muhim o‘rin tutadi. Asarlari jahon xalqlari tillariga, xususan o‘zbek tiliga («Zagid yoki takdir», 1995) tarjima qilingan.

  • Rudolf Erix Raspe (1736-1794; Germaniya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/raspe.pngRudolf Erix Raspe (nem. Rudolf Erich Raspe; mart 1736 — 16 noyabr 1794) — nemis yozuvchisi. «Xermin va Gunilda» ritsar romani (1766), Myunxgauzen haqidagi kitoblar muallifi.
  • Iogann Volfgang Gyote (1749-1832; Germaniya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Yoxann Volfgang Gyote (1749.28.8, Frankfurtmayn — 1832.22.3, Veymar) — nemis yozuvchisi va mutafakkiri. Yangi davr nemis adabiyotining asoschisi. Ijodi 18-asrning 70—80-yillari Germaniyada mavjud bo‘lgan «Bo‘ron va hujum» adabiy harakatida ishtirok etishdan boshlangan. Shu davrda Gyote «Gets fon Berlixingen» (1773), «Prometey» (1773) kabi dramalar va lirik she’rlar yaratdi. Gyote adabiy faoliyatining ilk davriga mansub «Yosh Verterning iztiroblari» (1774) romani o‘sha davr nemis adabiyotida katta voqea bo‘ldi. Asarda ilg‘or nemis yoshlar avlodining ijtimoiy fojiasi o‘z aksini topgan. 1786—88 yillarda Gyote Italiyaga safar qiladi. Shu davrda u «Ifigeniya Tavridda» (1779— 81), «Egmont» (1788), «Torkvato Tasso» (1780—89) kabi dramalar yozadi. «She’riyat va haqiqat» avtobiografik kitobi (1811—33), «Vilxelm Maysterning o‘qish yillari» (1793—96), «Vilxelm Maysterning darbadarlik yillari» (1821—29) romanlarida inson bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabat masalasi aks etgan.
    Gyote Sharq mamlakatlari tarixi, madaniyati, adabiyotini chuqur o‘rganadi, Firdavsiy, Farididdin Attor, Rumiy, Nizomiy, Sa’diy, Hofiz, Jomiy kabi shoirlar ijodi bilan tanishadi. Bu paytda Ibn Sino, Ulug‘bek, Alisher Navoiy ijodlaridan namunalar nemis tiliga tarjima qilingan edi. Gyote «Mag‘ribu mashriq devoni»ni (1814—19) Sharq she’riyatidan ilhomlanib yozgan. Devon «Mug‘anniynoma», «Hofiznoma», «Ishqnoma», «Tafriqnoma», «Ranjnoma», «Hikmatnoma», «Zulayxonoma», «Temurnoma», «Soqiynoma», «Matalnoma», «Forsiynoma», «Xuldnoma» kabi 12 bo‘limdan iborat. Devonda «bulbul»,   «hur», «fatvo», «mug‘anniy», «mufti», «tilsim», «mirzo», «darvesh» kabi so‘zlarni asliyatda qo‘llaydi. Gyotening «Faust» fojiasi (1768—1832) jahon adabiyotidagi shoh asarlardan hisoblanadi. Bu asar Gyotening butun ijodiy faoliyati davomidagi izlanishlarining samarasi bo‘ldi.
    Gyote falsafa, huquqshunoslik, botanika, geologiya, geodeziya sohalariga oid asarlar ham yaratgan.
    Gyote she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish 20-asrning yigirmanchi yillaridan boshlangan (Cho‘lpon, Oybek, Shayxzoda va b.). Keyinchalik Gyotening «Faust» (Erkin Vohidov tarjimasi, 1972—75), «Mag‘ribu mashriq devoni» (S. Salim Buxoriy tarjimasi, 1985—90), «Yosh Verterning iztiroblari» (Ya. Egamova tarjimasi, 1975) kabi asarlari o‘zbek tilida nashr etilgan.
    Gyote ijodi haqida o‘zbek adabiyotshunos va tanqidchilari (V. Zohidov, I. G‘afurov, O. Olloberganov, Ya. Egamova, Poshali Usmon o‘g‘li va b.) adabiy-tanqidiy makrlalar yozishgan. Germaniyaning ma’rifiy-madaniy tadqiqotlar olib boruvchi nufuzli markazi Gyote nomi bilan ataladi. Gyote institutining filiallari jahonning 78 mamlakatida, shu jumladan Toshkentda ham faoliyat ko‘rsatmoqda (1998 yildan).

  • Fridrix Shiller (1759-1805; Germaniya)  ( 3 ta sahifa mavjud )

    Iogann Kristof Fridrix Shiller (1759.10.11, Nekkar bo‘yidagi Marbax — 1805.9.5, Veymar) — nemis shoiri, dramaturg, tarixchi, san’at nazariyotchisi. Nemis mumtoz adabiyotining asoschilaridan. Lyudvigsburgdagi lotin maktabini tugatgach (1772), harbiy maktab (akademiya)ning huquq va tibbiyot bo‘limlarida o‘qigan. Akademiyadagi maslaqdosh do‘stlari bilan birga «muxolif poetik klub» tuzgan. Shillerning o‘zaro insoniy munosabatlardagi nafrat va g‘arazgo‘ylikni tasvirlovchi «Qaroqchilar» (1781) singari dastlabki asarlari shu klubda muhokama etilgan. Mazkur tragediyada uslubiy har xillik (shekspirona tragizm, barokko san’atiga xos istioraviylik, Russo asarlariga xos notiqlik) ka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsada, u nemis dramaturgiyasida siyosiy yo‘nalishga ega bo‘lgan yangi lirik drama janrini boshlab bergan.
    Shiller tibbiy akademiyani tugatgach (1780), Shtutgartga polk feldsheri etib yuborilgan. Ammo «Qaroqchilar»ning Mangeym shahrida namoyish etilishiga ruxsatsiz ketgani uchun hibsga olingan va unga ijod bilan shug‘ullanish man etilgan. Shiller 1782 yil gertsog ta’qibidan qochib ketib, «Luiza Miller» («Makr va muhabbat»ning dastlabki nusxasi) dramasini tugatgan. 1783 yil Mangeymga borib, shahar teatrida dramaturg lavozimini egallagan, dastlabqi pesalarini shu teatr uchun qayta ishlab bergan va «Reyn Taliyasi» jurnalini nashr etgan. Ammo moddiy barqarorlikka erishish niyatida dastlab Leyptsigga, keyin Drezdenga ko‘chib o‘tgan. U shu davrda tarixiy o‘tmish mavzui bilan qiziqib, «Fieskaning Genuyadagi fitnasi» (1783), «Don Karlos» (1783—87) dramalarini, vatanparvarlik g‘oyalari kuylangan she’rlari («Shodlik uchun», «Uzlat», «Yengilmas armada» va boshqalar)ni, «Ruhnazar» (1786) romanini yozgan, «Ajoyib isyonlar va fitnalar tarixi» turkumida kitoblar yaratishga kirishgan (1j., 1787), «Birlashgan Niderlandlarning ispan hukmdorligidan chiqish tarixi» ustida ish olib borgan.
    1787 yil Veymarga ko‘chib borishi hamda Gyote bilan yaqin aloqada bo‘lishi Shiller ijodi va dunyoqarashida yangi davrning boshlanishiga sabab bo‘lgan. U 1789 yilda Gyote yordami bilan Yen universitetida tarix professori lavozimini egallab, «Jahon tarixi nima va u qanday maqsadda o‘rganiladi?» degan mavzuda ma’ruzalar o‘qigan. I.Kant asarlari ta’sirida «San’atdagi fojiaviylik to‘g‘risida» (1792), «Nafosat va qadr-qimmat to‘g‘risida», «Tantanavorlik to‘g‘risida» (1793), «Insonni estetik tarbiyalash to‘g‘risida xatlar» (1795), «Sodda va sentimental she’riyat to‘g‘risida» (1796) singari ilmiy ishlar yaratgan. Shillerning talqiniga ko‘ra, estetik tarbiya kishilar o‘rtasida insoniy munosabatlarning barqarorlashishi, ularda insonparvarlik fazilatlarining shakllanishiga xizmat qilishi zarur. Uning 80—90-yillar lirikasida xuddi shu yo‘nalishdagi histuyg‘u va kechinmalar ifodalangan.
    Erkin dunyoni barpo etish orzuideali bilan real voqelik o‘rtasidagi ziddiyat Shiller ijodidagi yetakchi kolliziyani tashkil etadi. Mazkur kolliziya Shillerning nafaqat tragediyalari, ayni paytda she’riy asarlarining ham zamirida yotadi.
    Shillerning tragediya janridagi eng yaxshi asarlaridan biri «Mariya Styuart» bo‘lib, uning syujeti 16-asrdagi Angliya hayotidan olingan. Shiller bu ruhiy-falsafiy tragediyasida yunon tragediyasiga xos kompozitsiyadan foydalangan. Janna d'Ark jasoratiga bag‘ishlangan «Orlean qizi» (1801), antik tragediya an’analarini rivojlantirish maqsadida yozilgan «Messian kelini» (1803) tragediyalari, shuningdek, milliy ozodlik g‘oyasi bilan yo‘g‘rilgan «Vilgelm Tell» (1804) xalq dramasi ham Shiller ijodida muhim o‘rinni egallaydi.
    Shillerning «Qaroqchilar» (1921, 1955, 1975), «Makr va muhabbat» (1921, 1936, 1951, 1959) va «Mariya Styuart» (1976) tragediyalari hozirgi O‘zbek milliy teatri sahnasida qo‘yilgan.

  • Grigoriy Kvitka-Osnovyanenko (1778-1843; Ukraina)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/kvitka.jpgUkraina mumtoz adabiyotining taniqli vakili Grigoriy Fyodorovich Kvitka-Osnovyanenko (1778–1843) XIX asrning birinchi yarmida ijod qilgan adibdir. U Xarkov shahri yaqindagi Osnova qishlog‘ida tavallud topdi. Adabiy taxallusi Griyenko Osnovyanenkodir.
    1827 yilda Kvitka “Poytaxtdan kelgan janob yoki uyezd shahrida yuz bergan mashmasha” komediyasini yozadi. Bu komediyada jamoatchilik ishlarida bo‘lib turadigan jinoyatlar, shuningdek, mansabdor ma’murlar hamda zamindorlarning qiyofalari hajviy misralarda tasvirlangan edi.
    Shu paytdan boshlab Kvitka-Osnovyanenkoning hayoti va ijodida yangi davr boshlanadi. U Peterburg va Moskvaning taniqli adiblari, adabiyotshunoslari bilan, “Sovremennik” hamda “Otechestvenniye zapisi” jurnallari va boshqa nashriyotlar bilan aloqa bog‘ladi. Uning asarlari jurnallar va nashriyotlarda chop etila boshlaydi. Uning hanuzgacha Ukraina teatrlari sahnalarida namoyish qilinib kelayotgan “Shelmenko bo‘lis mirzasi”, “Shelmenko – denshchik” pesalari, “Goncharovkada sovchilik” komediyasi va ikkita kitobdan iborat “Malorossiya qissalari”da muallifning realistik tasvirga moyilligi yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.
    Kvitka-Osnovyanenko o‘z asarlarida kazak mansabdorlarining aqli noqisligi, fahm-farosatsizligini fosh qilish, badmastlik, mechkaylik va shu singari o‘zga illatlarni qoralash bilan birga (“Konotoplik jodugar”, “O‘liklar pasxasi”, “Yolg‘onchi” qissalari), oddiy xalq namoyandalarini teran hurmat-ehtirom bilan tilga oladi. Jumladan, “Marusya”, “Balo” qiz”, “Sho‘rlik Oksana” qissalarida ularning mashaqqatli turmushlarini yorqin lavhalarda aks ettiradi.
    “Pan Xolyakovskiy” romani adibning eng mashhur asarlaridan biridir. Muallif bu asarida Ukraina dvoryanlarining johillik, nodonlik, tanballik, tekinxo‘rlik illatlarini hajviy yo‘lda zo‘r mahorat bilan tasvirlab beradi.
    V.Belinskiy Kvitka-Osnovyanenkoning hajvchilik iste’dodini e’tirof etgan. T.Shevchenko uning nosirlik ijodini yuksak baholagan.
  • Stendal (1783-1742; Fransiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Stendal (taxallusi; asl ism-sharifi Anri Mari Beyl) (1783.23.1, Grenobl - 1842.23.3, Parij) — fransuz yozuvchisi. Advokat oilasida tug‘ilgan. 1799 yilda harbiy vazirlik xizmatiga kirgan, Napoleon I armiyasida xizmatda bo‘lgan (1806—14). So‘ng Italiyaga kelib, J. Bayron bilan tanishgan. Italyan romantiklarining «Conciliatore» («Yarashtiruvchi») jurnali bilan hamkorlik qilgan. 1815 yildan boshlab Stendalning dastlabki asarlari e’lon qilina boshlagan. Bu asarlardagi respublikachilik ruhi va cherkov sha’niga aytilgan nomunosib so‘zlar Avstriya politsiyasida Stendalga nisbatan shubha uyg‘otadi. Hayoti xavf ostida qolgan Stendal 1821 yilda Parijga qaytib, maqolalar yozadi, romantizm haqidagi munozaralarga kirishadi va publitsistik risolalar e’lon qiladi. 1830 yil Iyul inqilobidan keyin Stendal dastlab Triestda, so‘ngra Rim yaqinidagi bir shaharchada fransuz konsuli lavozimida xizmat qiladi. Stendal hayotining bu shaharchadagi so‘nggi 10 yili qizg‘in ijod bilan kechadi. Stendal ijodi 18—19-asrlarning tutash nuqtasida boshlanganiga qaramay, u imperiya halokatga uchragunga qadar xavaskor yozuvchi darajasidan yuqori ko‘tarilmadi. 1814 yildan Tiklanish (Restavratsiya)ning so‘ngiga qadar bo‘lgan davrda Stendalning ijtimoiy-falsafiy va adabiy-estetik qarashlari uzil-kesil shakllandi. U shu davrda «Gaydn, Motsart va Metastazio hayoti» (1817), «Italiyadagi rang-tasvir tarixi», «Rim, Neapol va Florentsiya» (1817), «Muhabbat to‘g‘risida» (1822), «Rossini hayoti» (1824), «Rasin va Shekspir» (1823—25), «Rim bo‘ylab sayr» (1829) singari publitsistik, falsafiy-psixologik, shuningdek, san’at haqidagi asarlari va yo‘l xotiralarini e’lon qildi. U qariyb 30 yil davom etgan tayyorgarlikdan keyin yirik badiiy asarlar yozishga kirishib, «Armans» (3 jildli, 1927), «Qizil va qora» (1831), «Parma ibodatxonasi» (1939) romanlari, «Vanina Vanini» (1829) xikoyasi, «Vittoriya Akkoramboni», «Chenchi» (1837), «Gertsoginya Palliano» (1838) va «Kastrolik abbatisa» (1839) singari yo‘l xotiralarini yaratdi. Bundan tashkari, Stendal shu davrda «Xudbinning xotiralari» (1832) va «Anri Bryular hayoti» (1835) avtobiografik kissalari, «Lyusen Leven» (1834—36), «Lamel» (1839—42) romanlari, «Minna Vangel» (1829—36) qissasi va boshqa asarlarini yezdi.
    Tanqidiy realizmning shaxsga tarixiylik printsipi asosida yondashish, voqealar va xarakterlarning haqqoniyligiga erishish, xulq-atvorlarni sinchkovlik bilan o‘rganish, ong-shuur harakatini taxlil etish haqidagi talablari Stendal realizmining asosini tashkil etadi. Stendal «Armans» romanida shu printsiplarga amal qilishga uringan bo‘lsada, bu printsiplar yozuvchining shoh asari — «Qizil va qora» romanida o‘zining mukammal ifodasini topgan.
    «Qizil va qora» romani Stendal ning yuksak mahorati bilan 19-asrning taeutiliy xronikasi darajasiga ko‘tarildi. Asarda «salon hayotidan ko‘rinishlar»gina emas, balki Tiklanish davridagi qariyb butun Fransiyaning hayoti o‘z aksini topgan. Stendal Jyulen Sorel obrazini yaratish orqali fransuz jamiyatining ijtimoiy tabiatini va bu jamiyatda kechgan kurashni katta badiiy kuch bilan ko‘rsatgan. Stendalning tugallanmay qolgan «Lyusen Leven» romanida esa Iyul monarxiyasining dastlabki yillaridagi siyosiy-ijtimoiy va xususiy hayotning keng manzarasi tasvirlangan. Stendal ijodi fransuz adabiyotining keyingi taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi va jahon miqyosida shuhrat qozondi. Stendalning tasvirlash maxrrati, jamiyat hayotini badiiy taxlil kilish san’ati romandan romanga o‘sib boradi. Stendal adabiyotshunoslik, san’at tarixi, falsafa va psixologiya masalalariga oid asarlar ham yaratgan. Uning asosiy asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
    Naim Karimov.

  • Artur Shopengauer (1788-1860; Germaniya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Nemis faylasufi Artur Shopengauer o‘ziga to‘q Dantsig savdogarining oilasida dunyoga keldi. Savdo, tabobat, so‘ng falsafadan saboq oldi. Berlin universitetida dotsent bo‘lib dars berdi.
    Aytishlaricha, u o‘zbilarmonlik bilan buyukligi tan olingan Gegel bilan baravar soatlarda o‘z darsini o‘taverdi. Ammo talabalar Gegelni xush ko‘rishardi. Bundan xafsalasi pir bo‘lgan Artur Frankfurtga ketishga majbur bo‘ldi va o‘sha yerda ijod qilib, ijodi namunalarini tinmay ko‘riklarga jo‘natib turdi. Ammo uni tan olishmadi. Faqat o‘limidan so‘ng, 19- asrning yetmishinchi yillariga kelib, uning nomi ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan darajada shuhrat qozondi.
    Asrning so‘nggi o‘ttiz yili davomida u Ovrupodagi eng o‘qimishli nemis muallifiga aylandi. Uni o‘qishar, u haqda gimnazistdan telegrafistgacha hamma gapirardi. To‘g‘ri, bu uncha-muncha janjalli shuhrat edi. Unga yopishtirmagan yorliqlar qolmadi: “irratsionalizm”, “volyuntarizm”, “pessimizm”, “mizantropiya”, “ayollarga nafratli”, “ateizm” va hokazo “...izm”lar, va aytish kerakki, bu da’volarning aksariyati asosli edi.

  • Jeyms Fenimor Kuper (1789-1851; AQSh)  ( 3 ta sahifa mavjud )

    Jeyms Fenimor Kuper (1789.15.9, Berlington, Nyu-York — 1851.14.9, Kuperstaun) — amerika romantik yozuvchisi. Birinchi romani — «Ehtiyotkorlik» (1820). Amerika inqilobi tarixiga oid «Josus» (1821) tarixiy sarguzasht romani unga katta shuhrat keltirgan. Kuperning 32 roman, 10 jilddan ortiq sayohatnomalari hamda bir necha jilddan iborat publitsistik asarlari bor. «So‘nggi mogikan» (1826), «Cho‘l» (1827), «Izquvar» (1840), «Chingachguk — ulkan ilon» (1841) va boshqa romanlarida oq tanlilarga qarshi kurashgan Amerika indeyslarining hayoti, vatanparvarligi tasvirlangan. «Lotsman» (1823), «Boston qamali» (1825) romanlari dengizchilarning sarguzashtlariga bag‘ishlangan. Yevropadagi voqealar tasvirlangan tarixiy romanlar turkumi («Qandingni ur», 1831; «Geydenmauer yoki Benediktliklar», 1832; «Jallod yoki uzumzorlar abbatligi», 1833 va b.) Kuper ijodida muhim ahamiyat kasb etgan. Kuper 30-yillarning 2-yarmidan boshlab Amerika hayotidagi illatlarni fosh etuvchi hajviy asarlar yoza boshlagan. «Monikinlar» (1835) romanida ma’rifatparvarlar va J. Svift ijodiga xos ramziylik, majoziylik an’analarini davom ettirgan. Amerika adabiyotining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan Kuper asarlari jahondagi ko‘plab tillarga tarjima qilingan, ular asosida kinofilmlar ishlangan.

  • Sergey Aksakov (1791-1859; Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Aksakov Sergey Timofeevich 1791 yil 20 sentyabrda (1 oktyabr) Ufada tug‘ilgan. Gimnaziyani bitirgandan so‘ng Qozondagi universitetga o‘qishga kiradi (tugatolmaydi). Bir qancha yil Peterburgda xizmat qiladi, G.R. Derjavin va A.S. Shishkov bilan do‘stlashadi.
    1811 yili Moskvaga ko‘chib kelib, adabiy-teatr doiralariga qo‘shiladi, teatr tarjimonligi bilan shug‘ullanadi (Shiller, Molerdan tarjimalar qiladi). 1826 yildan "Vestnik Yevrop?", "Moskovskiy vestnik", nashrlarida "Molva" gazetalarida qatnashib turadi. 1920-yillarning oxiri Aksakovlar xonadoni Moskvaning eng oldi adabiy markazlaridan biriga aylanadi. Aksakov "shanbalik"lariga aktyor, yozuvchi, filolog, munaqqid, tarjimon va bastakorlardan M.P.Pogodin, S.V. Shev?rev A.N. Verstovskiy, M.S. ?epkin, I.I. Panaev, N.V. Gogol, A.S. Xomyakov, I.V. Kireevskiy, P.V. Kireevskiy, N.V.Stankevich, A.I. Gertsen, M.A. Bakunin, V.G. Belinskiy, T.N. Granovskiy, P.Ya. Chaadaev, N.X. Ketcher, I.S. Turgenev, M.N. Zagoskin, L.N. Tolstoy, T.G. Shevchenko, S.G. Volkonskiy kabilar tashrif buyurardilar.
    Uning "Xotiralar" (1956), "Adabiy va teatr xotiralari" (1858), "Ural kazaklari" (1821), "Ovchi xotiralari" (1855), "Oila yilnomasi" (1856), "M.N. Zagoskinaning tarjimai holi" (1853), " Gogol bilan tanishuvim tarixi" (1890), kabi asarlari mashhur.
    Aksakov Moskvada 1859 yili vafot etgan.

  • Onore de Balzak (1799-1850; Fransiya)  ( 5 ta sahifa mavjud )

    Fransuz realist yozuvchisi. Balzakning ijodiy merosi janr jihatidan ulkan va xilma-xil: romanlar, povestlar, dramalardan iborat.
    Balzakning ko‘pgina romanlari va povestlari umumiy g‘oya asosida birlashtirilgan va «Inson komediyasi» deb nomlangan ko‘p jildli epopeyani tashkil etadi. Unda Balzak o‘z zamonasidagi fransuz jamiyatining haqqoniy, yorqin manzarasini yaratgan. «Inson komediyasi»ni muallif 3 qismga bo‘lgan: «Odatlar haqidagi etyudlar», «Falsafiy etyudlar», «Analitik etyudlar».
    O‘ylangan 143 ta asardan 97 tasi yozilgan. Eng katta qismi «Odatlar haqidagi etyudlar»dir, unga 72 ta roman kirgan bo‘lib, bular orasida — «Gobsek» (1830), «Yevgeniya Grande» (1833), «Gorio ota» (1834), «Yo‘qotilgan orzular» (1837—43) kabi asarlar bor.
    Balzak ijodida fransuz realizmi o‘zining yuksak pog‘onasiga ko‘tarildi. «Inson komediyasi» epopeyasi 19-asrning 1-yarmidagi fransuz jamiyatining realistik manzaralarini keng qamrovda aks ettirganligi, voqealarga, dalillarga boyligi, turli toifadagi kishilar dramasi yaratilganligi, yorqin obrazlari va personajlari bilan katta taassurot qoldiradi.
    Epopeya asarlari bir-biri bilan bog‘langan, qahramonlar taqdiri tutash. Sudxo‘r Gobsek, kommersant Grande, bankir Nusingen, ziyoli Rastinyak kabi obrazlar asardan asarga o‘ta boradi. Balzakning «Inson komediyasi» epopeyasi zamondoshlarining yuksak bahosiga sazovor bo‘lgan.
    Balzakning «Yevgeniya Grande», «Gorio ota», «Gobsek», «Sag‘ri teri tilsimi» asarlari S. Muhammadjonov, M. Mirzoidov, M. Mahmudov va boshqa tarjimasida turli yillarda o‘zbek tilida nashr etilgan.

  • Aleksandr Pushkin (1799-1837; Rossiya)  ( 3 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/pushkin.jpgPushkin Aleksandr Sergeyevich [1799.26.5 (6.6), Moskva - 1837.29.1 (10.2), Peterburg] — rus yozuvchisi, yangi rus adabiyotining asoschisi. Otasi Sergey Lvovich kadimgi dvoryanlar qavmidan, onasi Nadejda Osipovna esa Pyotr I qo‘lida tarbiya ko‘rgan habash — A.P.Gannibalning nabirasi bulgan. Pushkinda nafis so‘zga mehr-muhabbatning paydo bulishida rus xalq qo‘shiqlari hamda ertaklarini yaxshi bilgan enagasi Arina Rodionovnaning ta’siri, ayniqsa, kattadir. O‘sha davrning eng nufuzli o‘quv yurtlaridan biri — Peterburg yaqinidagi Sarskoye selo (hozirgi Pushkin shahri) litseyida o‘qish (1811—17) Pushkinning shoir va erksevar inson sifatida shakllanishida muhim omil bo‘lgan. Pushkin litseyni tugatgach, Peterburgga ko‘chib borgan va tashqi ishlar kollegiyasida kotib lavozimida ishlagan. U Peterburgda xizmat qilgan yillar (1817—20) Rossiyaning tarixiy taraqqiyoti uchun muhim bir davr edi.
    Pushkinning dastlabki she’rlari 1913 yilda matbuot yuzini ko‘rdi. U litseyda o‘qib yurgan kezlarida 120 ga yaqin she’r va 2 doston (tugallanmagan) yozadi. Litsey bilan xayrlashuv kechasiga bag‘ishlangan she’ri esa shu kechada qatnashgan G. R. Derjavinning yuksak bahosiga sazovor bo‘lib, u Pushkinning buyuk shoir bo‘lib yetishishini bashorat qiladi. Keyinchalik Pushkin rus jamiyatida uyg‘onib borayotgan erksevarlik kayfiyati ta’sirida «Erkinlik» (1817), «Chaadayevga» (1818), «Qishloq» (1819) singari she’rlarni yaratadi.
    Pushkinga qadar rus she’riyatida qasida, marsiya, xat singari har bir she’riy janr klassitsizm tomonidan belgilangan qat’iy qonun-qoidalar asosida yozilgan. Pushkin litsey lirikasidan farqli o‘laroq, Peterburg davri ijodida she’riy janrlar o‘rtasidagi chegaralar va uslubiy farqlarni bartaraf etib, rus she’riyati taraqqiyoti uchun yangi badiiy ufqlarni ochib bergan («Ruslan va Lyudmila», 1820).
    Pushkin ijodining tadrijiy yo‘lini shartli ravishda 4 bosqichga ajratish mumkin. Agar 1813—16 yillarni o‘z ichiga olgan l-bosqichda Pushkin o‘z zamondoshlarining badiiy tajribasini o‘zlashtirgan bo‘lsa, 2-bosqich (1817—20)da Pushkin ijodining g‘oya va mavzular olami kengayib, u o‘z uslubiga erishish yo‘lida badiiy izlanishlar olib borib, kitobiy til bilan jonli xalq tilini o‘zaro yaqinlashtirdi. Shoirning 1820—24 yillar ijodida (3-bosqich) romantizm ustuvorlik qildi. Ammo ko‘p o‘tmay, Pushkin qahramonni poetiklashtirish va voqelikni ehtiros bilan tasvirlashda davom etgan holda romantik tasvir metodidan chekindi. Pushkin ijodining 1925 yildan boshlangan 4-bosqichida obrazlar va mavzular ko‘lamini chegaralashning har qanday ko‘rinishini rad etuvchi, fikr bilan tuyg‘uni, haqiqatni tadqiq etish bilan «jonli tasavvur»ni o‘zaro uyg‘unlashtirishga asoslangan realistik tizimni ishlab chiqdi
    Pushkinning rus jamiyatidagi erksevar kuchlar ta’sirida yozilgan zulm va krepostnoylikni fosh etuvchi she’rlari chor hukumatida norozilik kayfiyatini uyg‘otdi. 1819 yilda Pushkinning «Yashil chiroq» to‘garagida ishtirok etishi esa Aleksandr I ni nihoyatda g‘azablantirdi. U 1820 yil mayida Pushkinni Yekaterinoslavga surgun qildi. Shoir Yekaterinoslavga yetib kelishi bilan xastalikka yo‘liqadi va ittifokr shu yerda qo‘noqda bo‘lgan general N.N.Rayevskiyning oilasi bilan birga dastlab Kavkazga, keyin Qrimga yo‘l oladi.
    Rossiyaning janubida yashash Pushkin ijodida yangi davrning boshlanishiga imkon berdi. U dastlab J. Bayron ta’sirida romantik dostonlarini yozdi. Pushkin romantizmining ilk namunasi — «Kavkaz asiri» dostoni (1820—21) 20-yillardagi erksevar yoshlar kayfiyatini ifodalagani uchun ular o‘rtasida katta muvaffaqiyat qozondi. Pushkin voqelikni romantik bo‘yoqlar bilan tasvir etishda davom etib, «Aka-uka qaroqchilar» (1821—22) va «Boqchasaroy fontani» (1923) dostonlarini yaratdi. «Lo‘lilar» dostoni esa Pushkinning ijodiy tadrijida ro‘y bergan jiddiy burilishning samarasi bo‘ldi. Pushkinning romantik dostonlari va shu yillar lirikasi («Demon», «Dengizga» va b.) yagona g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishga ega bo‘lib, ular psixologik tasvirning teranligi, ruhiy olam, tabiat va tevarak-atrofdagi hayotiy hodisalar o‘rtasidagi aloqalarning rang-barangligi bilan ajraladi.
    1824 yil Pushkin xizmat vazifasidan ozod etilib, Mixaylovskoye qishlog‘i (Pskov)ga surgunga yuboriladi. Ikkinchi marta tazyiqqa uchragan shoir qisqa muddatli ruhiy ezilishdan so‘ng mutolaaga berilib, shu atrofdagi aholining ertak va qo‘shiklarini to‘playdi, «Boris Godunov» tragediyasi (1825), «Graf Nulin» dostoni, «Qur’onga tatabbu», «Andrey Shen’e», «19 oktabr» va boshqa mashhur she’rlarini yozadi, «Yevgeniy Onegin» she’riy romani ustidagi ishni davom ettiradi. «Boris Godunov» Pushkinning dramaturgiya sohasidagi dastlabki tajribasi bo‘lsada, shoir unda Shekspir an’analariga tayangan holda dramatik san’atning yangi yo‘llarini kashf etadi, xalq bilan hokimiyat o‘rtasidagi munosabatni asar markaziga olib chiqadi. «Boris Godunov»ni yaratish asnosida ishlab chiqilgan badiiy tamoyillar (tarixiylikka intilish, insoniy kechinmalarni barcha ranglari bilan mujassamlashtirish, xarakterlarga xos hayotiy murakkablikni ochish va b.) Pushkinning keyingi ijodida o‘z samaralarini berdi.
    20-yillar oxiri — 30-yillar boshlarida Pushkin ijodida realizm tantana qilib, u «Graf Nulin»dan tashqari, «Poltava» (1828—9), «Kolomnadagi uy» (1830), «Mis chavandoz» (1833) dostonlari va keyinchalik shoirning «kichik tragediyalar»ini tashkil etgan ba’zi bir pesalari hamda nasriy asarlari («Belkin qissalari», «Kapitan qizi» va b.)ni yaratadi. Pushkin shu davrda lirikada badiiy realizmning yuksak bosqichiga erishadi.
    20-yillarning 2-yarmida Pushkin «Yevgeniy Onegin» ustidagi ijodiy ishini davom ettirdi. She’riy romanning 1833 yilda to‘la holda nashr etilishi rus adabiyoti tarixida ulkan voqea bo‘ldi. Garchand she’riyatning bu janri rus adabiyotida keyinchalik izchil davom ettirilmagan bo‘lsada, bu asarda kashf etilgan yangi realistik tasvir metodi va yangi estetika tamoyillari rus adabiyotining keyingi taraqqiyoti uchun g‘oyat katta ahamiyatga molik bo‘ldi. Pushkin asarda polifonik tasvir usulining shunday yo‘llarini topdiki, ular voqelikni keng qamrab olish, muhim hayotiy muammolarni tasvir doirasiga olib kirish, epik va lirik ibtidolarni uzviylashtirish imkonini berdi. Natijada romanda Pushkin yashagan davrning muhim masalalari o‘z in’ikosini topdi, o‘sha davrda keng tarqalgan kishilar xarakteri tarixiy, ijtimoiy va maishiy sharoit fonida zo‘r mahorat bilan tasvir etildi.
    Pushkin 1830 yil kuzini Boldino qishlog‘ida o‘tkazdi. Rus adabiyoti tarixiga «Boldino kuzi» sifatida kirgan bu davrda shoir «Kolomnadagi uy» dostoni, «Belkin qissalari», shuningdek, boshqa «kichik tragediyalar»ini ijod qildi. Bu asarlarning har biri, ayniqsa, «Xasis ritsar», «O‘lat chog‘idagi bazm», «Tosh mehmon», «Motsart va Saleri» «kichik tragediyalar»i olamshumul ahamiyatga molik masalalarni ko‘targanligi bilan Pushkin ijodida alohida bir sahifani tashkil etadi.
    Pushkin 1831 yil yozida sharoit taqozosi bilan davlat idoralarida ishlashga majbur bo‘ladi. U tashki ishlar kollegiyasida xizmat qilar ekan, davlat arxivida ishlash imkoniyatidan foydalanib, Buyuk Pyotr tarixini yozmoqchi bo‘ladi. Arxivda ishlash Pushkinga Rossiyaning tarixi va hozirgi davridagi murakkab masalalarni to‘g‘ri tushuntirish imkonini beradi. U siyosiy tuzum, «yangi ma’rifat», Yevropa mamlakatlari mohiyati to‘trisida o‘ylab, tanqidiy xulosalarga keladi va feodal tuzumning chiriganiga ishonch hosil qiladi. Pushkinning «Mis chavandoz» dostoni uning dunyoqarashida ro‘y bergan ana shunday o‘zgarishlarning natijasi sifatida maydonga keladi. Rossiyaning yangi, kapitalistik taraqqiyot bosqichiga o‘ta boshlagani Pushkinning «Pikovaya dama» (1833) qissasida o‘z tajassumini topgan.
    Pushkin 30-yillar Rossiya tarixi bilan qiziqib, Pugachyov qo‘zg‘olonining paydo bo‘lish sabablarini qunt bilan o‘rgandi, qo‘zg‘olon sodir bo‘lgan joylarga borib, rus xalq qo‘shiqlari, ertak va rivoyatlarni yozib oldi. Pushkin Pugachyov qo‘zg‘oloni haqida to‘plagan bu materiallardan «Pugachyov tarixi» asari (1833), «Dubrovskiy» (1832—33) va «Kapitan qizi» (1833—36) qissalarida samarali foydalandi. Rus xalq og‘zaki ijodi namunalariga qiziqish natijasida Pushkinning «Pop va uning xizmatkori Balda haqida ertak» (1830), «Shoh Sulton haqida ertak» (1831), «Baliqchi va baliq haqida ertak» (1833), «Oltin xo‘rozcha haqida ertak» (1834) singari folklor motivlari bilan sug‘orilgan asarlari maydonga keldi va bu asarlar Pushkin ijodi dagi xalqchillikning yanada oshishiga sababchi bo‘ldi.
    Pushkin 1831—32 yillarda do‘stlari tomonidan nashr etilgan «Literaturnaya gazeta» («Adabiyot gazetasi»)da faol ishtirok etib, adabiyotda xalqchillik va realizmning tantana qozonishi uchun kurashdi. Uzoq davom etgan sa’y-harakatdan so‘ng 1836 yil aprelida «Sovremennik» («Zamondosh») jurnalining 1-sonini chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. Pushkinning rus adabiyoti oldidagi xizmatlari buyuklashgan va ijodiy faoliyati yangiyangi qirralar kasb etib borgani sayin uning atrofidagi qora kuchlar tobora birlasha va faollasha boshladilar. Shuning natijasi o‘laroq uning J.Dantes bilan dueli uyushtirilib, ulug‘ rus shoiri halok etildi.
    Pushkinning rus madaniyati takdiridagi roli benihoya buyuk. U yangi rus adabiyotiga asos solish bilan birga rus adabiy tilining ham shakllanishiga ulkan hissa qo‘shdi. Rus adabiyotida realizm va xalqchillik tamoyillarining, qator she’riy janrlarning shakllanishi va taraqqiyoti Pushkin nomi bilan chambarchas boglik,. Pushkinning rang-barang ijodi nafaqat keyingi rus adabiyoti, balki musiqa, teatr, balet, rangtasvir singari san’at turlarining ham rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Boshqa qardosh adabiyotlar qatori 20-asr o‘zbek adabiyotining taraqqiyotida ham Pushkin ijodining ta’siri sezilarlidir.
    Toshkentda Pushkin nomida ko‘cha, maydon bor. Pushkinning tug‘ilgan kuniga 170 yil tulishi munosabati bilan 1969 yil Toshkent shahrida shoirga haykal o‘rnatilgan.
    Naim Karimov.
  • Vladimir Dal (1801-1872; Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    Vladimir Ivanovich Dal  [adabiy taxallusi — Kazak Luganskiy; 1801.10 (22).11, Lugansk sh.— 1872.22.9(4.10), Moskva] — rus olimi, yozuvchisi va lug‘atshunosi. Peterburg Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1838),  faxriy akademigi (1863). Derpt (hozirgi Tartu) universiteti tibbiyot fakultetini tugatgan (1829).
    Asosiy asari — «Jonli velikorus tilining izohli lug‘ati» (1—4 jildlar; 1863—66) 200 mingga yaqin so‘zni o‘z ichiga olgan. Dal birinchi bo‘lib rus tili shevalarini tasnifladi («Rus tili lahjalari haqida», 1852). «Rus xalqi maqollari»ni to‘plab nashr etdi (1861—62). Unda 30 mingdan ortiq maqol, matal va qochirim gaplar jamlangan. Bulardan tashqari, Dal qissa, hikoya, ocherk va ertaklar muallifi.
  • Viktor Gyugo (1802-1885; Fransiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Viktor Mari Gyugo (1802.26.2, Bezanson — 1885.22.5, Parij) — fransuz adibi, romantizmning yirik namoyandasi. Dastlabki asari — «Qasidalar» (1821) she’rlar to‘plami monarxiya g‘oyalari ta’sirida bo‘lib, 20-yillarning 2-yarmidan demokratik qarashlari mustahkamlana borgan. Isyonkorlik ruhi bilan sug‘orilgan «Kromvel» (1827), «Sharq motivlari» (1829), «Marion Delorm» (1829), «Ernani» (1830), «Ryui Blaz» (1838) va boshqa she’riy va dramatik asarlarida davrning dolzarb masalalari aks etgan. «Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi» (1831) tarixiy romani voqealari o‘rta asrda bo‘lib o‘tadi, asarda muhabbat fojiasi tasvirlanadi. 1848 yildagi inqilobni olqishlagan. Lui Bonapartning davlat to‘ntarishini (1851) qoralagan. Shundan so‘ng 18 yil surgunda bo‘lib, qator romanlar yozgan. «Pakana Napoleon» (1852), «Xo‘rlanganlar» (1862), «Dengiz zahmatkashlari» (1866), «Kulib turuvchi kishi» (1869), «Bir jinoyat tarixi» (1877—78) romanlarini yozib, ularda oddiy fransuzlarning og‘ir hayoti va kurashini tasvirlaydi. Gyugo romanlaridagi buyuk va olijanob insonlar turmushdagi pastkashliklar va illatlarga qarshi kurashishadi. «Dahshatli yil» (1872) she’rlar to‘plami fransuz-pruss urushi va Parij Kommunasi (1871) voqealariga bag‘ishlangan. So‘nggi «93-yil» romani (1874)da inqilobga xayrixoxlik bilan qaragan. «Dengiz zahmatkashlari» (1938, 1965), «Xo‘rlanganlar»ning «Kozeta» va «Gavrosh» bo‘limlari (1952, 1955), «Byug Jargal» (1982) Q. Mirmuhamedov, Nurbek, E. Obidov tarjimasida o‘zbek tilida nashr qilingan, «Kulib turuvchi kishi» Navoiy teatrida sahnalashtirilgan (1966).

  • Prosper Merime (1803-1870; Fransiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/prosper_merime.jpgMerime (Merimee) Prosper (1803.28.9, Parij — 1870.23.9, Kann) — fransuz yozuvchisi. Novella janrining mohir ustasi. Merimening Ispaniya mavzularida yozilgan «Klara Gasul teatri» (1825) pesalar to‘plami romantik ruh bilan yo‘g‘rilgan. «Jakeriya» (1828) dramasi va «Karl IX saltanati yilnomasi» (1829) romani tarixiy mavzularga bag‘ishlangan. «Mozaika» (1833) to‘plami hamda «Karmen» (1845) novellasida xalq qahramonlarining obrazlari yaratilgan. Shuningdek, uning turli xalqdar vakillari obrazlari tasvirlangan «Mahshargoh ruhlari» qissasi, «Mateo Falkone», «Kolomba», «Tamango», «Lokis» kabi novellalari ham mashhur. «Karl IX saltanati yilnomasi» asari o‘zbek tiliga tarjima qilingan (1986).
  • Hans Kristian Andersen (1805-1875; Daniya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Daniya yozuvchisi, mashhur ertaknavis. Etikdo‘z oilasida tug‘ilgan. «Improvizator» (1835) romanida quyi tabaqadan chiqqan xayolparast shoir va jamiyat ziddiyati tasvirlanadi.
    Andersenning «Qo‘rg‘oshin soldatcha» (1838), «Bulbul» (1843), «Irkit o‘rdakcha» (1843), «Qirolicha» (1844), «Ona» (1848) kabi mashhur ertaklari va «Suratsiz surat kitobi» (1840) shu davrda yaratilgan.
    Andersen «Mulat» (1840) pyesasini, «Shoir bozori» (1842) yo‘l xotiralarini ham yozgan. «Ikki baronessa» (1849) romanida tabaqalashtirishga asoslangan jamiyatni tanqid qiladi.
    Andersenning juda ko‘p ertaklari («Irkit o‘rdakcha», «Qirolicha» va b.) o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

  • Nikolay Gogol (1809-1852; Rossiya)  ( 4 ta sahifa mavjud )
    Nikolay Vasilevich Gogol [1809.20.3(1.4), Poltava gubernyasi, Mirgorod uezdi — 1852.21.2 (4.3), Moskva] — rus yozuvchisi. Rus adabiyotida tanqidiy realizmga asos solgan. Nejin gimnaziyasini tugatib (1828), Peterburgga kelgan. Rassomlik qilgan, drama to‘garaklarida faol qatnashgan, ayrim yumoristik rollarni ijro etib, badiiy ijod bilan ham shug‘ullangan. V. Alov taxallusi bilan yozilgan «Gants Kyuxelgarten» romantik dostoni (1829) salbiy baholangach, chet elga ketgan. Germaniyaning Lyubek, Gamburg shaharlarida bo‘lgan. Peterburgga qaytib, davlat mahkamalarida xizmat qiladi. Mahkamalardagi qog‘ozbozlik, sansalorlik kabi illatlar Gogol uchun boy mavzu bo‘ldi («Peterburg qissalari, 1830). A.S. Pushkin bilan uchrashuvi (1831) Gogol ijodida burilish yasadi. «Dikanka qishlog‘i oqshomlari» (1831—32) to‘plamiga kirgan hikoya va qissalari («Sorochino yarmarkasi», «Dahshatli qasos» va b.) Gogolga shuhrat keltirdi. Bunda Malorossiyadagi turmush tarzi, odamlar ongi, axloqi, xalqning yumorga boy afsonalari, urf-odatlari aks ettirilgan. Gogol Sankt-Peterburg universiteti umumtarix kafedrasida professor bo‘lib ishladi (1834), bu unga tarix bilan chuqurroq tanishish imkonini berdi. «Mirgorod» («Ivan Ivanovich bilan Ivan Nikiforovich oralarida bo‘lib o‘tmish janjallar hikoyati», «Viy» va boshqa qissalar) to‘plami hamda «Arabeskalar» («Neva shoh ko‘chasi», «Portret», «Tentak maktublari» qissalari) to‘plamida (1835) shahar hayoti manzaralari «ko‘zdan yosh chiqquncha» kulgi qo‘zg‘atadigan usulda tasvirlanadi. «Taras Bulba» (1835) qissasi ukrain xalqining chet el bosqinchilariga qarshi kurashiga bag‘ishlangan. Gogol 30-yillar 1-yarmida «3-darajali Vladimir» (tugallanmagan), «Uylanish» (1842 yilda nashr etildi) komediyalari ustida ishladi. «Revizor» (1836) komediyasida Rossiyadagi mansabparastlik, xazinani talon-toroj qilish, poraxo‘rlik va boshqa hajv ostiga olingan. Gogol ijodining cho‘qqisi bo‘lgan «O‘lik jonlar» (1842) doston-romanida Rossiyadagi o‘sha davr hayotiga umumiy tavsif berilgan.
    Gogol o‘z dunyoqarashida sodir bo‘lgan axloqparastlik goyalari ta’sirida «Do‘stlar bilan yozishmalardan tanlangan sahifalar» (1847) asarini e’lon qiladi. Mazkur asar V. G. Belinskiy tomonidan tanqidga uchraydi («N.V. Gogolga xat»).
    Gogolning «Revizor» (1935—52, Kibriyo Qahhorova va Abdulla Qahhor tarjimasi), «Ivan Ivanovich va Ivan Nikiforovich oralarida bo‘lib o‘tmish janjallar hikoyati» (1972, N. Alimuhamedov tarjimasi), «O‘lik jonlar» (1959, Rustam Abdurahmonov tarjimasi) va boshqa asarlari o‘zbek tilida nashr etilgan. «Revizor», «Uylanish» pesalari O‘zbekistan teatrlari sahnasida qo‘yilgan.
    Ozod Sharafiddinov.
  • Edgar Allan Po (1809-1949; AQSh)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/edgarpo.jpgPo Edgar Allan (1809.19.1, Boston — 1849.7.10, Baltimor) — amerika romantik yozuvchisi va adabiy tanqidchisi. Simvolizm boshlovchisi. Aktyorlar oilasida tutilgan. 1815—20 yillarda Buyuk Britaniyada yashagan. 1825 yil Virginiya universitetiga kirgan, Uest-Poynt harbiy akademiyasi (1830—33)da o‘qigan. Asosan, fojiali, «dahshatli» («Qora mushuk», 1943 va b.), fantastik («Voron va boshqa she’rlar», 1845) yoki yumoristik novellalar («Grotesklar va arabeskalar» to‘plami, 1840) klassigi. Po detektiv adabiyotning asoschilaridan («Morg ko‘chasidagi qotillik», 1841; «Mari Roje siri», 1842; «Tilla qo‘ng‘iz», 1843; «O‘g‘irlangan maktub», 1845). Uning yetuk lirikasida mahbubasidan judo bo‘lgan kishining jafolari mavzui o‘z ifodasini topgan («Annabel Li», 1849 va b.). Shafqatsizlik, sadizm Po hikoyalarida inson tabiatidagi hayvoniy hirslarning tantanasi tarzida talqin etilgan. Po jamiyat hayoti, kishilar tabiati va ruhiyatidagi yemirilish hollarini tasvirlar ekan, hajviy va ijtimoiy-tanqidiy pafosdan xam samarali foydalangan. «Ijod falsafasi» (1845), «Poetik prinsip» (1850) falsafiy asarlari bilan amerika estetikasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan. Poning detektiv hikoya janrida orttirgan tajribalari A. K. Doyl, R. L. Stivenson, G. Chesterson singari yozuvchilar ijodida an’ana sifatida foydalanildi; she’riy ijodi fransuz va rus simvolistlariga ta’sir ko‘rsatgan. Asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan («Tilla qo‘ng‘iz», 1962).
  • Mixail Lermontov (1814-1841; Rossiya)  ( 4 ta sahifa mavjud )

    Mixail Yurevich Lermontov [1814.3(15).10, Moskva — 1841.15(27).7, Pyatigorsk] — rus shoiri. Bolalik chog‘lari Penza gubernyasidagi Tarxan (hozirgi Lermontov) qishlog‘ida kechgan. 1827 yilda buvisi Ye.A.Arseneva bilan birga Moskvaga ko‘chib borgan va 1828 yilda Moskva universiteti qoshidagi pansionning 4-kursiga o‘qishga kirgan. Dastlabki she’rlari, «Cherkeslar» (1828) va «Kavkaz asiri» (1929) dostonlari shu yerda yozilgan. Lermontov pansiondagi 2 yillik tahsilidan so‘ng 1830 yilda universitetning ma’naviy-siyosiy bo‘limiga o‘qishga kiradi. Lermontov talabalik yillarida qator lirik she’rlar, doston va dramalar yozgan («Odamlar va ehtiroslar», 1930 va b.). 1832 yilda universitetni tark etadi va Peterburgga borib, gvardiya podpraporshchiklari va kavaleriya yunkerlari maktabiga o‘qishga kiradi. Mazkur maktabni tugatgach, Lermontov Sarskoe Seloda joylashgan gusarlar polkiga yuboriladi (1834). Navqiron gusar ko‘p vaqtini aslzodalarning ko‘ngilochar davralarida o‘tkazib, shu davralardan olgan taassurotlari asosida «Maskarad» dramasi, «Hoji Abrek» romantik dostoni (1835) va boshqa asarlarini yozadi. Lermontov 1837 yilda A.S.Pushkinning fojiali o‘limiga bag‘ishlab «Shoirning o‘limiga» she’rini yozadi. Lermontov bu she’rda shoirning o‘limida aybdor sanalgan hukmron kuchlarni keskin qoralagani uchun Kavkazga surgun qilingan. Lermontovning Kavkazda bo‘lishi uning shoir va rassom sifatidagi ijodiga samarali ta’sir ko‘rsatdi. Kavkaz tabiati va elatlar folkloriga mehr qo‘ygan shoir shu yerda «Oshiq G‘arib» (1837) sharq ertagi, «Zamonamiz qahramoni» (1840) romani va ko‘plab rangtasvir asarlarini yaratdi. Ye.A.Arseneva va shoir V.A.Jukovskiyning sa’y-harakatlari bilan afv etilgan Lermontov 1838 yil yanvarda Peterburgga va aprel oyida esa Sarskoe Seloda joylashgan gusar polkiga kaytib keladi. Peturburgdagi qizg‘in adabiy hayot 30-yillar oxirida Lermontov ijodida erksevarlik yo‘nalishining keng qanot yozishiga imkoniyat tug‘diradi. «O‘ylar», «Shoir», «O‘zingga ishonma...», «Payg‘ambar», «Alvido, Rusiya, ey nopok makon» kabi she’rlari, «Mtsiri», «Demon» («Iblis») kabi dostonlari, «Bela» qissasi (hammasi 1839) Lermontov ijodining kamolot bosqichiga ko‘tarilganidan shahodat beradi. Shu kezlarda Fransiya elchisining o‘g‘li E.Barant bilan bo‘lib o‘tgan duel Lermontovning ikkinchi marta Kavkazga surgun qilinishiga sababchi bo‘ladi. U Kavkazdagi piyodalar polki tarkibida bir necha harbiy yurishlarda ishtirok etadi. Uning shu vaqtda (1840, okt.) «Otechestvenn?e zapiski» jurnalida e’lon qilgan she’r va dostonlari Peterburgda katta aks-sado beradi. Bundan foydalangan Ye.A.Arseneva nabirasining Peterburgga ta’tilga kelishiga erishadi (1841, fevral). Ammo rasmiy doiralardagi o‘ziga bo‘lgan sovuq munosabatni ko‘rgan Lermontov 1841 yil 13 mayda Pyatigorskka qaytib keladi. Shu vaqtda bu yerlarda istirohat qilayotgan bir guruh yoshlar Lermontov bilan zobit N.S.Martinov o‘rtasida janjal chiqishiga erishadilar. 13 iyul kuni shoir duelda vafot etadi. Lermontovning xoki Tarxan qishlog‘iga olib kelinib, Arsenevlar xilxonasida dafn etilgan (1842 yil 23 aprel). Lermontov shoir, nosir va rassom sifatida rus madaniyati tarixida faxriy o‘rinlardan birini egallaydi. U o‘zining eng yaxshi asarlarida erksevarlik va vatanparvarlik g‘oyalarini baland pardalarda kuyladi, mustamlakachilik siyosati ulug‘ rus shovinizmining avj olishiga sabab bo‘lishi haqida rus jamiyatini ogohlantirdi, yuksak fuqarolik ideallarini tasdiqladi. Lermontov ijodi O‘zbekistonda katta e’tibor qozongan. Shoir hayotining yirik sanalari (1941, 1954, 1964, 1989) munosabati bilan o‘zbek matbuoti, teatri va jamoat tashkilotlari Lermontov ijodiga ko‘p bor murojaat etdilar. Asarlari Oybek, Shayxzoda, Mirtemir, Usmon Nosir, Asqad Muxtor va boshqa tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Lermontovning «Maskarad» dramasi O‘zbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan. Toshkent va boshqa shaharlarda Lermontov nomi bilan atalgan maktab va ko‘chalar bor.
    Naim Karimov.

  • Ivan Turgenev (1818-1993; Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/turgenev.jpgTurgenev Ivan Sergeyevich [1818.28.10 (9.11), Oryol — 1883.22.8 (3.9), Parij yaqinidagi Bujival qishlog‘i; Sankt-Peterburgdagi Volkovo qabristoniga dafn etilgan] — rus yozuvchisi. Peterburg universitetining falsafa fakultetini tugatgan (1837). Turgenevning dastlabki romantik she’rlari va «Steno» dramatik dostoni (1834) talabalik yillarida yozilgan. Turgenev Peterburgdagi o‘qishni tugatgach, Berlinga borib (1838), falsafa va klassik filologiya bo‘yicha ma’ruzalar tinglagan. 1841 yil Moskvaga qaytib kelgan, N.V.Gogol, S.T.Aksakov singari yozuvchilar bilan tanishib, badiiy ijod bilan shug‘ullana boshlagan. Turgenevning shu kezlarda yozgan «Parasha» dostoni (1843) yosh yozuvchining romantizmdan uzoqlashib, oddiy xalq hayotiga yaqinlashganidan darak beradi.
    Turgenev 1844 yilda «Andrey Kolosov» qissasini, keyinroq krepostnoylik xulq-atvorini tasvirlovchi «Pomeshchik» dostoni (1846), «g‘ayritabiiy» hisoblangan kishining qipqizil xudbin ekanligini fosh etuvchi «Uch surat» (1846) va «Breter» (1847), shuningdek, gogolona hajviy ruh bilan yo‘g‘rilgan «Petushkov» (1848) qissalarini e’lon qilgan. Turgenev 1847 yildan boshlab Parijda yashaydi. Shu yili «Sovremennik» («Zamondosh») jurnalida chop etila boshlagan «Ovchining maktublari» asari bilan Turgenev ijodida yangi davr boshlangan. Turgenev turkum hikoyalardan iborat bu asarida rus dehqonlariga xos ezgu va olijanob fazilatlarni tasvirlagan. U tasvir etilayotgan qahramon yoki voqeaning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda maishiy ocherk, hikoya, psixologik novella, lirik etyud singari nasriy janr shakllaridan unumli foydalangan. Turgenev ayni paytda dramaturgiya janrlarida ham kalam tebratib, «Sarmoyasizlik» (1846), «Yo‘lboshlovchining nonushtasi» (1849 yilda sahnalashtirilgan) bir pardali hajviy pesalarini, «Bo‘ydoq» komediyasi (1849), «Tekinxo‘r» maishiy dramasi (1849) va «Qishloqda bir oy» liro-psixologik dramasi (1850) ni yozgan. Shundan so‘ng «Mumu» (1855), «Ortiqcha kishining kundaligi» (1850), «Yakov Pasinkov», «Karvonsaroy» (1855) va «Yozishma» (1856) singari qissalarini yaratgan. 1852 yil «Ikki avlod» romani ustida ish olib borgan, ammo asar nihoyasiga yetmagan. Rossiyaga qaytgach (1850), Spassk-Lugovinovo qishlog‘ida yashab, eng yaxshi asarlaridan biri — «Rudin» romani(1856) ni yozib tugatgan. Ushbu romanda Gegel falsafasiga mahliyo bo‘lgan dvoryan ziyolilarining 30—40-yillarda rus jamiyatining ma’naviy hayotida tutgan o‘rni badiiy tahlil etilgan.
    50-yillarning o‘rtalarida yozilgan «Faust» (1856) va «Polese safari» (1857) qissalari Turgenevning «Dvoryanlar uyasi» romani (1859) ning maydonga kelishida etyud vazifasini bajargan. Turgenev bu asarida Pyotr I dan keyingi dvoryanlar Rossiyasidagi tarixiy taraqqiyotning turli davrlariga nazar tashlagan va Lavretskiylar sulolasi tarixi misolida avlodlarning almashinish jarayonini kuzatgan. Shaxsiy baxt va burch o‘rtasidagi ziddiyatlar asarning ma’naviy kolliziyasi sifatida tasvirlagan. «Dvoryanlar uyasi» Turgenev ijodining barkamol namunalaridan biri bo‘lib, unda 2 oy ichida bo‘lib o‘tgan voqealar Turgenevga xos katta mahorat bilan aks ettirilgan.
    Turgenev «Rudin» va «Dvoryanlar uyasi» romanlari bilan rus realizmining mashxur namoyandalaridan biri sifatida shuhrat qozongan. U 60-yillarning boshlarida, avvalgi romanlaridan farqli o‘laroq, «Arafa» (1860) da zamonaviy mavzuga murojaat etgan va rus jamiyatida boshlangan ruhiy uyg‘onish jarayonini badiiy kuzatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Turgenev «Otalar va bolalar» romani (1862)da bu g‘oyani yanada rivojlantirgan. Bosh qahramon Bazarov obrazida DM.Pisarevga xos xurfikrlilik va yangilik sari intilish kabi fazilatlarni mujassamlantirgan. Mazkur asar rus jamiyatida ilgor sinf hisoblanib kelingan dvoryanlar sinfiga qarshi qaratilgan. Bazarov jamiyatni shunchaki isloh etish emas, balki shu chiriy boshlagan jamiyat poydevorini tagtugi bilan buzish va yangisini barpo etish tarafdoridir. Turgenev Bazarovdagi ana shu nigilizm (barcha narsalarni inkor etish)ni tasvirlash orqali rus inqilobchiligiga xos salbiy jihatlarni, birinchi navbatda, tarixiy jarayon qonuniyatlari bilan hisoblashmaslikni Oktabr tuntarishidan 55 yil muqaddam bashorat qilgan. «Otalar va bolalar» romani rus adabiyotshunosligida Turgenev ijodining cho‘qqisi sifatida talqin etiladi. Mazkur asarda rus voqeligi, Turgenev ning boshqa asarlariga qaraganda, ayniqsa, keng qamrab olingan.
    1861 yilda krespostnoylik islohotining o‘tkazilishi rus jamiyatini ikkiga ajratib yubordi. Chor generallari va aristokratlaridan iborat dvoryanlar guruhi islohotga qarshi chiqib, eski krepostnoylik tartiblarining tiklanishini orzu qildi. Turgenev «Tutun» romani (1867)da zodagonlar muhitida avj olgan ana shu aksilharakatni asarga mavzu qilib olgan.
    Turgenev hayotining so‘nggi 20 yili xorijda o‘tgan: dastlab Baden-Badenda, so‘ngra Parijda yashagan. U shu davrda mashhur fransuz yozuvchilari va san’atkorlari bilan yaqin ijodiy aloqada bo‘lib, hatto 1878 yilda Parijda o‘tkazilgan xalqaro yozuvchilar anjumaniga V. Gyugo bilan birga rahbarlik qilgan. 60-yillarning 2-yarmi — 70-yillarda Turgenev «Brigadir» (1868), «Cho‘l qiroli Lir» (1870), «Bahor toshqinlari» (1871) singari qissalarini, «Qo‘riq» (1877) romani va boshqa bir qancha asarlarini yozgan.
    Naim Karimov
  • Fyodor Dostoevskiy (1821-1881; Rossiya)  ( 6 ta sahifa mavjud )

    Rus yozuvchisi. Ijodiy faoliyati 1844 yilda boshlangan. Birinchi romani — «Bechora odamlar»da (1846) xo‘rlangan, ijtimoiy adolatsizlikka duchor bo‘lgan «kichkina odamlar»ning qismati hikoya qilingan. «Qiyofadosh» (1846), «Oq tunlar» (1848) qissalari ham ijtimoiy mavzuda.
    N. Dobrolyubov, V. Belinskiy kabi demokrat ziyolilarning inqilobiy g‘oyalariga mahliyo bo‘lib qolgan Dostoevskiy 1847 yildan rus inqilobchisi va xayoliy sotsialisti M.V. Petrashevskiy to‘garagiga faol qatnashib, xayoliy sotsializm g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Mazkur to‘garakda qatnashib, mavjud davlat tuzumini kuch ishlatib o‘zgartirishga harakat qilgani uchun Dostoevskiy o‘lim jazosiga hukm qilinadi (1849). Nufuzli davlat va jamoat arboblarining aralashuvidan so‘ng, podsho Aleksandr II o‘lim jazosini 4 yillik katorga surguni bilan almashtiradi. Yozuvchi Omsk katorga qamoqxonasida (1850—54) va Semipalatinskda intizomiy harbiy xizmatda bo‘ldi (1854—59). 1859 yildan Peterburgda Uzoq muddatli tutqunlik va surgun Dostoevskiy ijodida o‘z ifodasini topadi, tushkunlik ustuvor mavzuga aylanadi. «Stepanchikov qishlog‘i va uning aholisi» (1859), «Xo‘rlanganlar va haqoratlanganlar» (1861), «O‘lik xonadondan maktublar» (1861—62) asarlari jaholat botqog‘iga botib, insoniy qiyofasini yo‘qotgan ruslar hayotiga bag‘ishlangan.
    Dostoevskiy M.M. Dostoevskiy (akasi) bilan hamkorlikda «Vremya» (1861—63), «Epoxa» (1864—65) jurnallarini nashr etadi. Bularda Rossiyadagi krepostnoylik tartibi, aslzoda (dvoryan)larning ma’naviy-axloqiy tubanligi, mehnatkashlar shafqatsiz ekspluatatsiya qilinishini fosh etishdan tashqari, millatchilik, buyuk davlatchilik (shovinizm) g‘oyalari, xususan, chor Rossiyasi tomonidan Turkistonning zabt etilishi targ‘ib qilinadi. «Biz Yevropaga bostirib borsak, ular bizni varvarlar sifatida qarshi oladi, Osiyoda esa bizni madaniyatli millat kabi kutib olishadi», deb, Kaufman, Skobelev singari harbiylar Turkistonni bosib olishga da’vat etiladi.
    «Jinoyat va jazo» (1866), «Telba» (1868) romanlarida rus xalqining ma’naviy muammolari badiiy bo‘yoqlarda yaqqol aks ettirilgan. «Jinlar» (1871—72), «O‘smir» (1875) romanlarida esa rus «oqsuyaklari» tabaqasi, amaldorlari orasida ma’naviy qashshoqlik, amalparastlik, ochko‘zlik va xudbinlik kabi illatlar chuqur ildiz otgani ko‘rsatilgan, ichki-milliy muammolarni boshqa bir xalq hisobiga hal etib bo‘lmasligi e’tirof etilgan. «Og‘a-ini Karamazovlar» (1879—80) romanida jamiyat va shaxs o‘rtasidagi chuqur ziddiyat, ruhiy inqiroz va fojia o‘z ifodasini topgan.
    Dostoevskiy ijodi, garchi ziddiyatli bo‘lsada, rus va jahon adabiyotiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Dostoevskiy 19-asrdagi realistik roman janrini yangi o‘ziga xos tomonlar bilan boyitdi. Adib to‘laqonli badiiy obrazlarda nafaqat voqealar oqimini, insonlar taqdirini, qalb kurashini, balki jamiyat ma’naviy hayotidagi fojiaviy konfliktlarni ham bera oldi. O‘zining intellektual romanlarida fikrlarning keskin kurashini, g‘oya va dunyoqarashning fojiaviy to‘qnashuvini mahorat bilan tasvirladi. Dostoevskiy romanlari vazmin tasvir uslubi emas, aksincha, sof dramatik janrlarga xos keskinligi va liro-publitsistik pafosi bilan ajraladi.
    Dostoevskiyning «Jinoyat va jazo», «Telba» va boshqa asarlari Ibrohim G‘afurov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

    Nabijon Boqiy

  • Vilki Kollinz (1824-1889; Angliya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/vilki.jpgUilyam Uilki Kollinz (ingl. William Wilkie Collins, 8 yanvar 1824—23 sentyabr 1889) — ingliz yozuvchisi, 27 roman, 15 pyesa va 50 dan ortiq hikoyalar muallifi. «Oq kiyimli ayol» asari ko‘p marta ekranlashtirilgan.
  • Karlo Kollodi (1826-1890; Italiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Karlo Kollodi (ital. Carlo Collodi, haqiqiy ismi Carlo Lorenzini — Karlo Lorentsini; 1826—1890) — italiyalik yozuvchi va jurnalist.
    Bolalar uchun yozilgan «Pinokkioning sarguzashtlari» asari bilan mashhur. Uning ushbu asari 300 dan ortiq tillarga tarjima qilingan. Asar dastlab «Pinokkioning sarguzashtlari: yog‘och qo‘g‘irchoq ertagi» (ital. «Le avventure di Pinocchio: storia di un burattino») nomi bilan 1881 yili Italiyaning «Bolalar gazetasi»da (Il Giornale dei Bambini) chop etiladi. 1883 yili alohida kitob bo‘lib nashr qilinadi.

  • Mixail Saltikov-Shchedrin (1826-1889; Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/saltikov.jpgSaltikov Mixail Yevgrafovich, Saltikov-Shchedrin (asl familiyasi Saltikov; taxallusi — N.Shchedrin) [1826.15(27).1, — Spas-Ugol qishlogi, Kalyazin tumani 1889.28.4 (10.5), Peterburg] — rus yozuvchisi. Moskvadagi Dvoryanlar institutida (1836—38) va Aleksandr (sobiq Sarskoye selo) litseyida (1838—44) ta’lim olgan. Dastlab she’rlar yozgan. «Lira» she’ri (1841) Pushkin va Derjavinga bag‘ishlangan. 15 she’ri bizgacha yetib kelgan. «Ziddiyatlar» (1847), «Chalkash ish» (1848) asarlari naturalistik xarakterda bo‘lib, chuqur ijtimoiy masalalar aks ettirilgan. Asar xukmron doiralar g‘azabini qo‘zg‘atgan. 1848 yil aprelda qamoqqa olinib, Vyatkaga surgun qilingan. 1855 yil surgundan qaytgach, «Gubernya ocherklari»ni (1856—57) yozgan. Saltikov-Shchedrin ijodiy faoliyatini davlat ishlari bilan birga olib borgan. 1856—58 yillarda Ichki ishlar vazirligining alohida topshirig‘i bilan chinovnik bo‘lib xizmat qilgan, dehqonlar reformasini tayyorlashda qatnashgan. 1858—62 yillarda Ryazan va Tver gubernyalarining vitse-gubernatori. Iste’foga chiqqach, «Sovremennik» jurnalida ishlagan (1862). Nekrasov vafotidan so‘ng (1877) S. «Otechestvenn?e zapiski» jurnaliga rahbarlik qilgan. Ko‘pgina ocherk va ssenariylari «Kichik hikoyalar» va «Nasrdagi hajviya» (1863) kitobiga kiritilgan. «Pazuxinning o‘limi», «Nasrdagi hajviya» pesalarida podsho amaldorlari tanqid qilingan. «Janob Golovlyovlar» (1875—80), «Monrepo boshpanasi» (1878—79), «Yil bo‘yi» (1879—80), «Hayot ikir-chikirlari» (1886—87), «Ertaklar» (1882—86) va boshqa asarlarida reformadan so‘nggi Rossiya hayotidagi ijtimoiy qarama-qarshiliklar aks etgan. «Bir shahar tarixi» (1869—70), «Janob toshkentliklar» (1869—72) asarlari ham bor. Tugallanmay qolgan «Unutilgan gaplar» kitobi muhim hayotiy masalalarga bag‘ishlangan. Hayotni idrok etish, chuqur bilish va xalqqa bo‘lgan mehrli munosabat adibni murosasiz, o‘tkir satirik darajasiga ko‘targan. Saltikov-Shchedrinning satirasi podsho Rossiyasining byurokrat apparatini tanqid qilishga qaratilgan. U o‘z asarlarida kishilardagi byurokratizm va opportunizmni, sotqinlik, mansabparastlikni qattiq tanqid qilgan. Asarlari rus tanqidiy realizmining yorqin namunalaridir. Asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
  • Fitz Jeyms O’Breyn (1828-1862; Irlandiya/AQSh)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Irlandiyada tug'ilgan amerika yozuvchisi. Dublin universitetida o'qigan. 1852-yili AQShga ko'chib kelgan.
    O'z ijodini she'r yozishdan boshlagan. Ijodining so'nggi davrida hikoya, pyesalar yozgan. Uning qisqa hikoyalari mashhur.
    Fitz Jeyms O’Breyn 1861-yili Nyu York Milliy Gvardiyasiga qo'shiladi va Kameron lagerida 6 oy xizmat qiladi. 1862-yil 26-fevralda otishmada qattiq yaralanadi va vafot etadi.
    Fitz Jeyms O’Breynning do'sti Uilyam Vinter tomonidan uning she'r va hikoyalari to'planib, Bostonda chop etiladi (1881).
    Uning asarlari quyidagi to'plamlarda jamlangan: "She'r va hikoyalar" (1881), "Brilliant linza" (1885), "Bu nima edi?" (1889), "Fitz Jeyms O’Breyn hikoyalari to'plami" (1925), "Fitz Jeyms O’Breynning fantastik hikoyalari" (1977).

  • Lev Tolstoy (1828-1910; Rossiya)  ( 11 ta sahifa mavjud )

    Lev Nikolaevich Tolstoy [1828.28.8(9.9), Tula gubernyasi Yasnaya Polyana qishlog‘i — 1910.7(20).11, Lipetsk viloyati, hoz. Lev Tolstoy bekati; Yasnaya Polyanada dafn etilgan] — rus yozuvchisi. Rossiyadagi kadimiy dvoryanlar sulolasidan, graf. Peterburg Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1873), faxriy akademigi. (1900). 1844—47 yillarda Qozon universitetining arab-turk va huquqshunoslik fakultetlarida o‘qigan. 1851—53 yillarda Kavkazda bo‘lib, janglarda ishtirok etgan. 1854 yil Dunay armiyasiga yuborilgan; iltimosiga ko‘ra, qamaldagi Sevastopolga o‘tkazilgan. Qrim urushida qatnashgan. Tolstoy 1855 yilda Peterburgga borib, N. A. Nekrasovnnng «Sovremennik» («Zamondosh») jurnali va jurnal atrofidagi yozuvchilar (I. S. Turgenev, I. A. Goncharov, N. G. Chern?shevskiy va b.) bilan hamkorlik qilgan. Bolalik kezlarida rus va arab xalq ertaklari, A.S.Pushkin she’rlari, shuningdek, Yusuf haqidagi Injil rivoyati ta’sirida she’rlar yozgan. Birinchi yirik asari — «Inson kamolotining to‘rt davri» avtobiografik asari («Bolalik», 1852; «O‘smirlik», 1852-54; «Yoshlik», 1855-57; «Yigitlik», yozilmay qolgan). Urush lavhalari va askarlarning maishiy turmushi Tolstoyning «Sevastopol hikoyalari» (1855) to‘plamiga kirgan hikoya va ocherklarida o‘z ifodasini topgan.
    50-yillar Tolstoy ruhiy hayot lavhalari va maishiy turmush tafsillarini tarixiy voqealarning keng manzarasi, hayotning axloqiy-falsafiy asoslari tasviri bilan uyg‘unlashtirishga harakat qiladi. Tolstoy ijodida shakllana boshlagan bu ijodiy tamoyil «Kazaklar» qissasi (1863)da, ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi. Bu asarda o‘z in’ikosini topgan xalq hayoti mavzui va voqelikning epik tasviri Tolstoyning 60-yillar ijodida yanada teranlashadi.
    Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin olgan «Urush va tinchlik» (1863—69) epopeyasi Tolstoyning 60-yillarda ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. Ayrim sovet adabiyotshunoslari garchand bu asarni Tolstoyning o‘z davri muammolaridan qochishi, deb baholagan bo‘lsalarda, yozuvchi «Urush va tinchlik» romani bilan o‘z davrida ro‘y bergan va o‘zi shaxsan guvoh bo‘lgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u Napoleonning 1805—07 va 1812—14 yillardagi harbiy yurishlari mavzuiga murojaat etib, ko‘plab qahramonlar ishtirok etgan epik voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uyg‘unlashgan tarixiy roman janrini yaratdi. Holbuki, 19-asr o‘rtalarida epik asarlar davri o‘tdi, degan fikrlar keng tarqalgan, 60-yillarda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy ziddiyat va kurashlar esa «Urush va tinchlik»dek epopeyaning maydonga kelishi uchun unumli zamin bo‘la olmas edi. 1812 yilda Rossiyaning Napoleon qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi mumkinligi bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaqa va sinflarni dushmanga qarshi kurash shiori ostida birlashtirdiki, Tolstoyning rus xalqi ongidagi ana shu uyg‘onishga murojaat etishi «Urush va tinchlik» romanining yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin vazifasini o‘tadi.
    Tolstoyning 70-yillar ijodida «Anna Karenina» romani alohida mavqega ega. «Urush va tinchlik»dan bu romanni yozguniga qadar bo‘lgan davrda Tolstoyning rus jamiyatidagi ijtimoiy tenglik va adolat to‘g‘risidagi orzu umidlari ro‘yobga chiqmadi. 60-yillardagi islohot yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda Tolstoyning jamiyat hayotida kechayotgan noxush jarayonlar haqidagi iztirobli o‘ylari aks etdi. Romanda Kareninlar, Oblonskiylar va Levinlardan iborat 3 oilaning bir-biri bilan chatishgan, ammo mustaqil syujet chizig‘iga ega bo‘lgan tarixi tasvir etilgan. Tolstoy, aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy diniga katta e’tiqod qo‘ygan, hayotda ro‘y berayotgan voqealarga va kishilarning xatti-harakatlariga ham shu din nuqtai nazaridan yondashgan. Uning diniy qarashlari jamiyat va shu jamiyatda yashovchi kishilarga, binobarin, u yoki bu qahramoniga bo‘lgan munosabatiga, shak-shubhasiz, ta’sir o‘tkazgan. Tolstoyning oila masalasiga, chunonchi, Kareninlar oilasida sodir bo‘layotgan voqealarga yondashuvida ham diniy qarashlari seziladi. U jamiyat a’zolarida qanday chirkin xislatlar mavjud bo‘lmasin, kishilar diniy qonun-qoidalar doirasida harakat qilishlari lozim, aks holda jamiyat halokat sari boradi, degan fikrdan kelib chiqib, qahramonlar obrazini yaratadi.
    70-yillarda ruhiy iztirob iqlimida yashagan Tolstoy o‘z hayot yo‘lini qayta nazardan o‘tkazdi va shu jarayonda ijtimoiy kelib chiqishi, tarbiyasi va hayot yo‘li bilan bog‘liq jamiyat qatlamining ma’naviy asoslari yolg‘onga asoslangan, degan xulosaga keldi. Uning bunday qarashlari «Iqrornoma» (1880) va «E’tiqodim nimada?» (1884) asarlarida o‘z ifodasini topdi. Tolstoyning shu davrda yozgan asarlari orasida «Ivan Ilichning o‘limi» (1886), «Kreytser sonatasi» (1889) qissalari, ayniqsa, e’tiborga loyiq.
    Tolstoy 80-yillarda dramaturgiya janrlarida ham ijod qilib, «Zulmat hokimiyati» (1886) dramasi va «Ma’rifat mevalari» (1890) komediyasini yozadi. Bu asarlarda qishloq ahlidagi jaholat, shahar madaniyatining qishloqqa ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri katta badiiy kuch bilan tasvirlangan.
    Tolstoy dunyoqarashida tobora kuchayib borayotgan ziddiyatlar uning so‘nggi yirik asarlaridan biri — «Tirilish» romani (1889—99)da o‘z aksini topdi. Xdyotda bo‘lib o‘tgan oddiy voqea — bir sud jarayoni asosida yaratilgan bu asarda Tolstoy ijtimoiy adolatsizlikka asoslangan jamiyatning ichki, ma’naviy asoslarini ochib tashlaydi. Mazkur asardagi kishilar taqdiri bilan voqealarning o‘zaro chambarchas bog‘likligi masalasi «Hojimurod» (1896— 1904) qissasining ham asosini tashkil etgan.
    Tolstoy dindor yozuvchi sifatida kishilar ruhiyatidagi ziddiyatlarni tasvir etibgina qolmay, o‘zi ham jamiyat va kishilar hayotidagi bunday ziddiyat va mayllardan jarohatlanib yashagan. Yozuvchidagi murakkab ruhiy holat uning so‘nggi asarlari («Tirik murda», 1890; «Baldan so‘ng», 1903 va b.) da ham aks etgan. Tolstoy hayotining Yasnaya Polyanadagi so‘nggi kunlari ruhiy iztiroblar po‘rtanasida kechdi. U yaqin kishilari to‘qigan ig‘vo va fasod to‘ridan qochib, 1910 yil Yasnaya Polyanadan bosh olib chiqib ketadi va yo‘lda shamollab, vafot etadi.
    O‘zbekistonda Tolstoy ijodiga qiziqish u hayot paytlardayoq boshlangan. Uning «Odamlar nima bilan tirik?», «Xudo haqiqatni ko‘rsa ham tezda ayta olmaydi» makrlalari 1887—1902 yillarda «Turkiston viloyatining gazeti»da o‘zbek tilida nashr etilgan. Tolstoy haqidagi «Rossiya mamlakatining mashhur yozuvchisi» degan maqola esa 1889 yil shu gazetada tanikli ma’rifatparvar Sattorxon Abdug‘afforov tarjimasida bosilgan. Tolstoyning bolalar uchun yozgan qator hikoyalari Saidrasul Aziziy («Ustodi avval», 1902), Aliasqar Kalinin («Muallimi soniy», 1903), Abdulla Avloniy («Birinchi muallim», 1909; «Ikkinchi muallim», 1912) singari jadid ma’rifatparvarlarining o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarida e’lon qilingan hamda usuli savtiya maktablarida o‘qitilgan.
    Tolstoy nafakat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar va xalqparvar inson sifatida ham o‘zbek jadidlarining e’tiborini o‘ziga jalb etgan. Birinchi o‘zbek advokati Ubaydulla Xo‘jaev 1909 yilda Tolstoyga uning yomonlikka yomonlik bilan javob bermaslik haqidagi ta’limoti yuzasidan xat yozib, o‘sha yilning 5 iyunida undan javob olgan. Islom dinining taniqli arboblaridan biri Abduvohid Qoriev esa 1910 yil Yasnaya Polyanaga maxsus borib, Tolstoy bilan bir necha marta muloqotda bo‘lgan. Ammo o‘zbek xalqining Tolstoy ijodi bilan yaqindan tanishishi 20-asrning 30-yillaridan boshlangan va uning barcha asosiy asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
    Naim Karimov.

  • Jyul Vern (1828-1905; Fransiya)  ( 3 ta sahifa mavjud )

    Jyul Vern (1828.8.2, Nant — 1905.24.3, Amen) — fransuz yozuvchisi. Ilmiy-fantastik roman janri asoschilaridan biri. Ijodini 1849 yildan kichik pesalar yozish bilan boshlagan. 1863 yil birinchi romani — «Havo sharida besh hafta» nashr qilingan. Vern «Yer markaziga sayohat» (1864), «Yerdan Oyga» (1865), «Oy atrofida» (1869), «Kapitan Grant bolalari» (1867-68), «Suv ostida 20000 kilometr» (1869— 70), «O‘n besh yoshli kapitan» (1878), «Suzib yuruvchi orol» (1895) kabi 65 dan ziyod ilmiy-fantastik, sarguzasht va ijtimoiy-tanqidiy roman, qissa va hikoyalar muallifi. O‘rta Osiyoda hech qachon bo‘lmagan Vern «Klodius Bombarnak» romanida uning tarixini, geografik o‘rni va iqlimini, mahalliy xalqlarning urf-odatlarini haqiqatga yaqin qilib tasvirlaydi. Asar qahramoni tilidan Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlari tasviriga to‘xtaladi, Buxoroni «Turkiston Rimi» deya ta’riflaydi, Samarqandning tarixiy obidalarini, ko‘cha va mahallalarini, bog‘u rog‘larini, odamlarini tavsiflaydi.
    Vernning «Sirli orol» (1941), «Kapitan Grant bolalari» (1957), «Antifer tog‘aning ajoyib va g‘aroyib sarguzashtlari» (1969), «Suv ostida 20000 kilometr» (1973) va boshqa asarlari o‘zbek tilida nashr qilingan. Vernning asarlari asosida (masalan, «O‘n besh yoshli kapitan», «Kapitan Grant bolalari» va b.) kinofilmlar yaratilgan, ular o‘zbek tiliga dublyaj qilingan. Oyning orqa tomonidagi bir krater Vern nomi bilan atalgan.

  • Lyuis Kerroll (1832-1898; Angliya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Lyuis Kerroll (Lewis Carroll, haqiqiy ismi Charlz Lyutvij Dojson, Charles Lutwidge Dodgson; 1832—1898) — ingliz yozuvchisi, matematik, mantiqshunos, faylasuf va fotograf.
    Lyuis Kerroll 1832 yilning 27 yanvarida Cheshir grafligida ruhoniy oilasida tug‘ildi. 1851 yili Oksfordga ko‘chib, Oksford universiteti qoshidagi Christ Church kollejiga kirdi.
    Kollejda o‘qib yurgan kezlari ijodni boshlagan Lyuis Kerroll kichik hikoyalar va she’rlar yozib turli nashrlarda chop ettirdi.
    Uning — «Alisa mo‘‘jizalar mamlakatida» (1864), «Alisa oyna ortida» asarlari hamda «Snarkni ovlash» hajviy dostoni, «Brunoning qasosi» (1867), «Evklid» (1881), «Mantiqiy o‘yin» (1887), «Silvi va Bruno»  (1889), «Timsoliy mantiq» (1890) kitoblari mashhurdir.
    U 1898 yil 14 yanvarda Surrey grafligida vafot etdi.
    Lyuis Kerrolning «Alisa mo‘‘jizalar mamlakatida» asari 1951, 1972, 1981, 1982, 1986, 1999 yillari ekranlashtirilgan.

  • Mark Tven (1835-1910; AQSh)  ( 5 ta sahifa mavjud )
    Asl ism-sharifi Semuel Lengxorn Klemens bo‘lgan amerikalik yozuvchi, jahon adabiyotining yirik namoyandasi. O‘spirinlik va yigitlik yillarida darbadarlikda kun kechirgan, turli kasblar bilan shug‘ullanib, tirikchilik o‘tkazgan, keyinchalik gazeta tahririyatlarida ishlagan.
    Folklor syujeti asosida yozilgan «Kalaverasdan chiqqan mashhur sakrovchi qurbaqa» asari (1865)da soddadil amerikaliklarning hazil-mutoyibasi va hayoti tasvirlangan. 1867 yilda Yevropa va Falastin bo‘ylab sayohat qilgan. «Chet ellardagi soddadil kishilar» (1869) yumoristik ocherklar, «Toblanganlar» (1872) ocherklar kitoblariga kirgan asarlar ana shu sayohatlar taassurotlari asosida maydonga kelgan.
    «Zarhal asr» (1873, Ch. Uorner bilan hamkorlikda) romani moliyaviy-siyosiy korrupsiya haqida, «Yaltiroq asr» (1874) satirik romanida esa jamiyat illatlari hajv etiladi. Yumoristik va satirik yo‘sinda yozilgan «Eski va yangi hikoyalar» (1875), «Tennesidagi jurnalistika» (1869), «Meni gubernatorlikka qanday saylashgani» (1870), «Qishloq xo‘jaligi gazetasiga qanday muharrirlik qildim» (1870) singari to‘plamlariga kirgan asarlarida Amerika xayotining turli qirralari tasvirlangan.
    «Geklberri Finning boshidan kechirganlari» (1884) romanida amerikacha hayotning yetuk ijtimoiy tanqidi, muruvvat va iltifotning manfaatparastlik va shafqatsizlik bilan yonmayon mavjudligi ko‘zga tashlansa, «Qirol Artur saroyidagi konnektikutlik yankilar» (1889) qissasida ijtimoiy qarama-qarshilik dunyosi krralanadi. «Missisipidagi eski davrlar» (1875), «Missisipidagi hayot» (1883) kitoblari, «Shahzoda va gado» (1882), «Ovsar Vilson» (1894), «Tom Soyer chet elda» (1894), «Tom Soyer — josus» (1897), «Sirli notanish odam» (1916) kabi roman va qissalar muallifi.
    Yozuvchining 1895 yildagi jahon bo‘ylab sayohati «Ekvator bo‘ylab» (1897) kitobida, shuningdek, pamfletlar turkumi, shu jumladan «Qorong‘ida o‘tirgan odamga» (1901), «Harbiy ibodat» (1923 yilda nashr etilgan) asarlarida aks etgan.
    Bolalarga atab yozilgan asarlari bolalar adabiyotining mumtoz namunalari sanaladi («Tom Soyerning boshidan kechirganlari», 1876 va b.). «Tom Soyerning boshidan kechirganlari» asari (A. Pirnazarov tarjimasi) o‘zbek tilida bir necha bor nashr etilgan. Shuningdek, «Geklberri Finning boshidan kechirganlari», «Hikoya va pamfletlar» (1959), «Shahzoda va gado» (1962) va boshqa asarlari xam o‘zbek tiliga tarjima qilingan, maktab darsliklariga kiritilgan.

    Rahmatulla Inomov

  • Frensis Bret Gart (1836-1902; AQSh/Angliya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Frensis Bret Gart (ingl. Francis Bret Harte, 25 avgust 1836, Olbani, Nyu-York, AQSh — 5 may 1902, Kemberli, Surrey, Angliya) — amerikalik yozuvchi.
    Frensis Bret Gart ilk hikoyalarini 1856 yili «The Californian» jurnalida nashr etadi. 1870-yillarda u Krefeld va Glazno shaharlaridja Amerika konsuli bo‘lib ishlaydi. Umrining so‘nggiga qadar Angliyada yashaydi.
    «Cho‘ldan topilgan bola» («The Waif of the Plains», 1891), «Syuzi» («Susy», 1893) va «Klarens» («Clarence», 1895) qissalari trilogiya bo‘lib, uchala kitob bosh qahramoni Klarens Brantdir.

  • Alfons Dode (1840-1897; Fransiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Alfons Dode (fr. Alphonse Daudet; 1840—1897) — frantsuz romannavisi va dramaturgi. Frantsiyaning Nima shahrida tug‘ilgan. Lionda maktab ta’limini olgan.
    «Tegirmonim maktubi» (1866) nasriy asarlar to‘plami unga katta muvaffaqiyat keltirdi. Dode pesalaridan eng mashhuri — «Arlezianka» dir (L’Arlsienne, 1872).
    Yozuvchi 1897 yili 17 dekabrda Parijda vafot etadi.
    Uning «Kichik Fromon va katta Risler» (Fromont jeune et Risler an, 1874), «Safo» (Sapho, 1884), «Jek» (Jack, 1876), «Nabob» (Le Nabab, 1877), «Surgundagi qirollar» (Les Rois en exil, 1879), «Taraskonlik Tartarenning g‘aroyib sarguzashtalari» (1872), «Tartaren Alp tog‘larida» (1885), «Port Taraskon» (1890) romanlari, «Arlezianka» (1872), «Borliq bilan kurash» (1889) pesalari, «Adabiyotshunos xotiralari» (1888), «Parijda 30 yil» (1888) adabiy xotiralari chop etilgan.

  • Emil Zolya (1840-1902; Fransiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Emil Zolya (1840.2.4 — Parij — 1902.29.9) — fransuz yozuvchisi. Ilk ijodi romantizm ruhida: «Ninon ertaklari» (1864), «Klodning tavbasi» (1865), «Marhumning vasiyati» (1866) va boshqa 60-yillarda naturalistik ruhdagi «O‘liklar vasiyati» (1866), «Tereza Raken» (1867), «Madlen Fera» (1868) kabi romanlar yezdi. «Rugon-Makkarlar» 20 jildli romanlar turkumida (1871-93) Napoleon davridagi siyosiy tuzum qoralangan («Rugonlarning ulg‘ayishi», 1871; «Tor-mor», 1893), jamiyatdagi moliyaviy hiyla-nayranglar fosh etilgan («O‘lja», 1872; «Pul», 1891), kiborlarning axloqsizligi ko‘rsatilgan («Nana», 1880), amalparast, ma’naviy qashshoq kimsalar kalaka qilingan («Parij qurtlari», 1873), nasroniylarning teskarichilik harakatlari fosh etilgan («Plassanning zabt etilishi», 1874).
    3olya bir qator romanlarida oddiy mehnatkashlarning olijanob timsollarini yorqin bo‘yoqlarda tasvirlagan. Xususan, «Qopqon» (1877) romanida kosib va hunarmandlar hayoti, «Hamal» (1885) romanida esa ishchilarning turmush tarzi aks ettirilgan. «Tereza Raken» (1873 yilda sahnalashtirilgan) dramasi va «Rauberden vorislari» komediyasi yozuvchining eng yaxshi sahna asarlaridir. 3olya ijodida ijtimoiy mavzular ustuvor mavqega ega. «Uch shahar» trilogiyasi («Lurd», 1894; «Rim», 1896; «Parij», 1898), tugallanmay qolgan «To‘rt injil» tetrologiyasi («Hosildorlik», 1899; «Mehnat», 1901; «Haqiqat», 1903) bunga misol bo‘ladi.
    3olya ijtimoiy hayotga ham faol aralashgan va 19-asr oxirlarida Fransiyada juda katta shov-shuvga sabab bo‘lgan «Dreyfus ishi» (boshqa millat vakilining soxta ayb bilan qamalishiga qarshi) bo‘yicha Fransiya Respublikasi Prezidentiga «Men qoralayman!» (1898) nomli ochiq xat bilan murojaat qilgan. Respublika hukumati 1898 yil 23 fevralda yozuvchini qamash haqida hukm chiqaradi. 3olya chet elga qochadi (1899 yilda Vataniga qaytadi).
    3olya xalq uchun teatr yaratishni orzu qilgan edi. «Fransiyaning olg‘a yurishi» turkumidagi dramalarida inqilobiy shior ostida mustabidlik ruhini yashirgan Uchinchi respublikaga qarshi kurashni davom ettirishni maqsad qilgan edi. Lekin bu maqsadini amalga oshirolmadi.
    3olya romanlarida garchi qaltis ijtimoiy ziddiyatlar tasvirlangan bo‘lsa ham, u ma’lum siyosiy tuzumga dastyorlik qilishni or deb bilgan. U har doim o‘zi tanlagan tamoyilga — haqqoniyat tamoyiliga sodiq qoladi. Uning romanlarini o‘qib butun bir davr haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin.
    3olyaning «Hikoyalar» (1937), «Tegirmon qamali» (1942) va «Hamal» (1981, tarjimon Xayrulla Ergashev) asarlari o‘zbek tilida nashr etilgan. 

  • Abay Qo‘nanboyev (1845-1904; Qozog'iston)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Qozoq adibi, yirik so‘z san’atkori Abay 1845 yilda Qozog‘istonning Semey viloyatiga qarashli Ayako‘z tumanining Chingaztog‘ yonbag‘rida joylashgan Qorauy ovulida boy xonadonda tug‘ilgan. Otasi Qo‘nonboy Semeyning e’tiborli boylaridan bo‘lgan.
    Shoirning asl ismi Ibrohim bo‘lib, onasi Uljon va otasining onasi Ziyrak momo tomonidan erkalanib, Abay deb chaqirilar edi. Keyinchalik bu nom shoirning taxallusiga aylanib ketdi.
    Abay dastlabki ma’lumotni ovulidagi mulla qo‘lida oldi, 12 yoshida Orenburgdagi madrasada o‘qidi. Shu davrdan boshlab u she’rlar yoza boshlagan, lekin otasidan cho‘chib, she’rlarini hech kimga ko‘rsatmaydi.
    Abay 35 yoshlarida adabiyotga qaytadan kiradi, lekin bu davrda ham she’rlarini do‘stlarining nomidan chop ettirib yurdi. 1886 yilda «Yoz» she’rini birinchi marta o‘z imzosi bilan e’lon qilgan.
    Buyuk shoir o‘z ijodida Yassaviy, Navoiy, Fuzuliy an’analarini davom ettirgan, Pushkin, Lermontov asarlarini qozoq tiliga tarjima qilgan.
    U 1904 yil 6 iyulda vafot etdi.
    Abay insonni komil ko‘rishni istardi, turkiy xalqlar tarixini yaxshi biladigan mutafakkir edi. U Navoiyni o‘zining buyuk ustozi deb bilgan.
    Asarlari: «Iskandar», «Mas’ud» dostonlari, «Qorako‘z» falsafiy didaktik asari, «Qish», «Burgutchi», «Kuz» kabi she’rlari, «Azim kissasi» dostoni, «Naqliya so‘zlar» (44 hikoyatdan iborat) majmuasi va boshq.

  • Kalman Miksat (1847-1910; Vengriya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Kalman Miksat (veng. Kálmán Mikszáth, 1847—1910) — XIX-XX asr venger adabiyotining eng mashhur vakillaridan biri, yozuvchi, bir qancha roman va esselar muallifi.
    Kalman Miksat 1847 yili Avstriya imperiyaga qarashli Vograd shahrida (hozirda Slovakiya) tug‘ilgan. Budapesht universitetining yuridik fakultetini tugatgan.
    Mashhur asarlari: «Slovak birodarlar» (1881, novellalar to‘plami), «Ikki kambag‘al talaba» (1886, qissa), «Avliyo Petrning soyaboni» (1895, roman), «G‘aroyib nikoh» (1900, roman), «Kalman Krudning hiylalari» (1906, qissa), «Qora shahar» (1910, roman).

  • Gi de Mopassan (1850-1893; Fransiya)  ( 6 ta sahifa mavjud )

    Fransuz yozuvchisi. Adabiyotga 1880 yilda she’rlar to‘plami va «Do‘ndiq» novellasi bilan kirib kelgan. U 6 roman, 18 hikoyalar to‘plami, ocherk va pyesalar, ko‘plab maqolalar va boshqa asarlar muallifi.
    Mopassan ma’naviy qashshoq, munofiq kishilar obrazining butun bir silsilasini yaratgan («Javohirot», «Oila bag‘rida», «Vasiyatnoma» «Bochkacha», «Iblis» va b.). Uning «Daydi», «Shkaf», «Gadoy» kabi novellalarida turmush qa’riga uloqtirilgan notavonlar hayoti tasvirlangan. Muhabbatni mol-dunyodan iborat deb biluvchi, shu bois har qadamda o‘zini sotishga tayyor ayollar obrazi «Ivetta», «Haqqoniy tarix» va boshqa asarlarida mahorat bilan chizilgan.
    Mopassan sof muhabbat («Oy yog‘dusi», «Baxt»)ni kuylaydi va ma’naviy yuksak oddiy kishilarni qadrlaydi («Simon ota», «Marten qizalog‘i»), vatanparvar va jasoratli insonlarni tarannum etadi («Do‘ndiq», «Madmuazel Fifi», «Milon amaki»).
    Uning «Hayot» (1883), «Azizim» (1885), «Mont-Oriol» (1886), «Per va Jan» (1887—88) kabi romanlarida umumbashariy mavzular, mansabparastlar qismati, boylik orttirishga xuruj qilish yuksak mahorat bilan tasvirlab berilgan. «O‘limdek kuchli» (1889), «Bizning qalb» (1890) romanlarida esa psixologik ruh kuchli.
    «Hayot», «Azizim» romanlari (Ibrohim G‘afurov tarjimasi) va bir qancha hikoyalari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

  • Ivan Vazov (1850-1921; Bolgariya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Ulug‘ shoir, nosir va dramaturg Ivan Vazov 1850 yilda Bulg‘oristonning Bolqon tog‘i etagidagi Sopote shahrida boy tijoratchi oilasida tug‘ilib, 1921 yilda Sofiyada vafot etgan. Otasi katta savdogar edi. Onasi kitob o‘qishni sevadigan uy bekasi o‘g‘lini ham kitobxon qilib o‘stirdi. Oldin mahalliy maktabda, so‘ng o‘sha paytdagi katta madaniy markaz hisoblangan Plovdiv shahrining gimnaziyasida o‘qidi.
    Birinchi she’rini o‘n olti yoshida yozgan edi. Matbuotda ilk bora «Qarag‘ay» degan she’ri e’lon qilinganida yigirma ikki yoshda edi. Bu she’r darhol keng o‘quvchilar ommasining diqqatini qozondi. Otasi «bunday mayda-chuyda ishlarni qo‘y», deb uni savdo sohasiga boshladi, onasi esa «tinmay yozaver», deb maslahat berdi. U otasi bilan Rum?niya va boshqa mamlakatlarda uncha-muncha savdo bilan shug‘ullanib yursa ham, asosiy vaqtini adabiyotga, ijodga bag‘ishlar edi. Bora-bora butunlay adabiy faoliyatga berildi.
    Tarixdan ma’lumki, bu paytda Bulg‘oriston Usmonli imperiyasining bir qismi edi. 1877-78 yillarda Rossiya-Turkiya urushi yuz berib, Turkiya yengildi, natijada 1879 yilda Turkiyaga tobe Bolgariya knyazligi tashkil topdi. 1908 yilda esa butunlay mustaqil davlatga aylandi.
    Albatta, hamma mustamlakalar kabi, Bolgariya ham mustaqillik uchun kurashgan, undan umidi katta edi. Ammo milliy davlat tepasiga kelgan liberallar boylarning manfaatini himoya qildi. Xalqning hayoti og‘irlashdi.
    Ivan Vazov ham avvaliga milliy ozodlik uchun kurashchilar qatorida edi, ammo xalq turmushining ayanchli ahvolini ko‘rib, o‘zi boylardan bo‘lishiga qaramay, xuddi rus yozuvchilari Pushkin, Lermontov, Gogol, Tolstoy kabi bulg‘or xalqining, ayniqsa, ezilgan dehqonlarning haqlarini himoya qiluvchi asarlar yozdi. O‘zining xalqchil she’r va dostonlari, roman, qissa va hikoyalari, sahna asarlari bilan chin ma’noda xalq yozuvchisiga aylandi.
    Ivan Vazovning ijodiy merosi juda boy. «Bayroq va gusla», «Bolgariya iztiroblari», «Qutilish», «Unutilganlar dostoni», «Dalalar va o‘rmonlar», «Sargardonlar qo‘shig‘i», «Osmonimiz ostida», «Uchta so‘z — uch dara» kabi o‘nlab she’riy to‘plamlari, «Mahobat», «Tepalik ortida» kabi dostonlari, «Yangi yer», «Kazalar yurtining shohinasi», «Zulm» kabi romanlari, «Xo‘rlanganlar», «Mitrofan va Dormidolskiy», «Dali o‘rmon sayohati» singari qissalari va yuzlarcha hikoyalari bosilib chiqqan. Rus tilida uning olti jildli «Asarlar» to‘plami nashr etilgan.

  • Robert Luis Stivenson (1850-1894; Shotlandiya)  ( 4 ta sahifa mavjud )

    Robert Luis Stivenson (ingl. Robert Louis Stevenson, 13 noyabr 1850, Edinburg — 3 dekabr 1894, Upolu, Samoa) — shotlandiyalik yozuvchi va shoir, bir qancha roman va qissalar muallifi.
    Dastlab Edinburg akademiyasida, so‘ng Edinburg universitetining yuridik fakultetida ta’lim olgan.
    Uning birinchi kitobi «Pentlande qo‘zg‘oloni» nomi bilan 1866 yili chop etilgan. Uni dunyoga mashhur qilgan asar esa «Xazinalar oroli» («Treasure Island» 1883) sarguzasht romanidir. Shundan so‘ng yozuvchining «Qirol Otto» («Prince Otto» 1885), «O‘g‘irlangan» («Kidnapped» 1886), «Qora nayza» («The Black Arrow» 1888), «Ballantre sohibi» (The Master of Ballantrae, 1889), «Katriona» («Catriona» 1893), «Merosxo‘r», «Sent-Iv» («St. Ives», Stivenso o‘limidan so‘ng A. Kviller Kuch tomonidan tugatilgan, 1897)  romanlari dunyo yuzini ko‘rdi. Stivensonning so‘nggi romani «Uir Germiston» («Weir of Hermiston» 1896) tugallanmay qolgan.

  • Oskar Uayld (1854-1900; Irlandiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/oskar_uayld.jpgUayld Oskar (1854.16.10, Dublin - 1900.30.11, Parij) — ingliz yozuvchisi, tanqidchi. Hashamdor she’rlari bilan fransuz simvolistlariga yaqin turadi. 1882 yilda AQSh shaharlari bo‘ylab sayohatda bo‘lib, estetika bo‘yicha ma’ruzalar o‘qigan. Bu davrda va keyinroq yaratilgan «E’tiqod yoki Nigilistlar» (1882), «Gersoginya Padunskaya» (1883), «Salomeya» (1893) dramalarida yosh yozuvchining isyonkor kayfiyati ifodalanib, ijtimoiy hayot masalalari muhim o‘rin egallaydi. Londonga qaytib, gazeta va jurnallar bilan hamkorlik qilgan. Axloqsizlikda ayblanib, 2 yil (1895—97) qamoqda yotib chiqqach, Parijga ko‘chib o‘tgan. Qamoqdan so‘ng Uayld hayotida ro‘y bergan ruhiy tushkunlik «Reding qamoqxonasi balladasi» (1898) avtobiografik asari hamda o‘limidan keyin e’lon qilingan «Qamoqxonadagi tavba» (1905)da o‘z aksini topgan. «Uindermir xonimning yelpig‘ichi» (1892), «Benuqson erkak» (1895), «Jiddiy bo‘lish qanday muhim» (1896) komediyalari, «Baxtli shahzoda» va «Yulduzli bola» (1888) adabiy ertaklar to‘plamlarida o‘zi yashagan muhit urfodatlarini tanqidiy aks ettirgan. «Dorian Grey portreti» (1891) — 19-asr oxiridagi intellektual romanning ajoyib namunasi. 80-yillardagi tanqidiy maqolalarida («O‘y-niyatlar» to‘plami, 1891) Uayld hozirgi ingliz adabiyotidagi o‘ziga yaqin voqea-hodisalarni yoritgan. Ayni paytda xalq qo‘shiqchilik ijodini, P. Beranje she’riyatini yuqori baholagan, O. Balzak, L. N. Tolstoy, I. S. Turgenev va F. M. Dostoyevskiylar badiiy mahoratini mehr bilan tasvirlagan. Uayld pesalari asosida filmlar yaratilgan.
  • Artur Konan Doyl (1859-1930; Shotlandiya)  ( 3 ta sahifa mavjud )
    Artur Konan Doyl (1859.22.5, Edinburg — 1930.7.7, Krouboro) — ingliz yozuvchisi. Edinburg universitetini tamomlagan. Shifokor. Ijodini «Sesassa vodiysining siri» (1879) hikoyasi bilan boshlagan. «Badarg‘a qilinganlar» (1893), «Sardor Jerar jasorati» (1894— 95), «Rodney Ston» (1896) tarixiy-sarguzasht romanlar, «Yo‘qolgan dunyo» (1912), «Zaharlangan mintaqa» (1913), «Marakot jarligi» (1929) ilmiy-fantastik asarlar muallifi.
    Doylga bosh qahramoni izquvar Sherlok Xolms bo‘lgan detektiv janrdagi «To‘rtlar belgisi» (1890), «Baskervillar iti» (1901—02), «Dahshatlar vodiysi» (1914—15) sarguzasht qissalari va «Sherlok Xolms sarguzashtlari» (1891—92), «Sherlok Xolms haqida xotiralar» (1892—93) hikoyalar to‘plamlari va boshqalar katta shuhrat keltirdi. Londonda Sherlok Xolms yodgorlik muzeyi tashkil etilgan.
    Doylning «Baskervillar iti» (1971), «Yo‘qolgan dunyo» (1983) va boshqa asarlari o‘zbek tilida nashr qilingan.
  • Knut Hamsun (1859-1952; Norvegiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/knut_hamsun.jpgKnut Hamsun (haqiqiy ismi Knud P?́dersen (norv. Knud Pedersen); 1859—1952) — norveg yozuvchisi, Nobel mukofoti laureati (1920).
  • Anton Chexov (1860-1904; Rossiya)  ( 8 ta sahifa mavjud )

    Rus yozuvchisi. Moskva universitetining tibbiyot fakultetini tugatgan (1884), shifokor bo‘lib ishlagan. 1892—98 yillarda Moskva yaqinidagi Melixovo qishlog‘i (hoz. Chexov sh.)da yashab, mahalliy dehqonlarga tibbiy yordam ko‘rsatgan, ularning bolalari uchun maktablar ochgan. Sil kasali bilan og‘rib, 1898 yili Yaltaga ko‘chgan. Salomatligi yomonlashgach, 1904 yil iyunida Badenveyler (Germaniya)ga borgan va u yerda vafot etgan.
    Chexov 80-yillarning 2-yarmida teatr uchun «Ivanov» (1887—89), «Alvasti» (1889, keyinchalik «Vanya amaki» nomi bilan qayta ishlangan) pyesalari, «To‘y» (1889) bir pardali pyesasi, shuningdek, «Tamakining zarari haqida» (1886), «Ayiq» (1888), «Yubiley» (1891—92) singari vodevillar yozgan.
    90-yillarda Saxalinga sayohatga borib, katorga va surgun qilingan kishilarning fojiali turmushi bilan tanishgan. Ushbu sayohat xotiralari «6-palata» (1892) qissasi va «Saxalin oroli» (1893—94) kitobida o‘z aksini topgan.
    90-yillar oxiriga borib, Chexovning dramaturglik mahorati yuksak cho‘qqiga erishdi. «Chayka», «Vanya amaki» (1896), «Uch opa-singil» (1900—01), «Olchazor» (1903—04) pesalarining 1898 yil Moskva Badiiy teatrida sahnalashtirilishi Chexov ijodida yangi davr boshlanganidan darak berdi.
    Chexov ijodi 3 davrdan iborat: 1) 80-yillarning o‘rtalariga qadar bo‘lgan davr; 2) 80-yillarning o‘rtalaridan 90-yillarning boshlariga qadar bo‘lgan davr; 3) 90-yillarning boshlaridan yozuvchi vafotiga qadar bo‘lgan davr. Chexov ijodining dastlabki davrida turli noshirlarning didi va buyurtmasi bilan asosan hazilmutoyibadan iborat asarlar yozgan bo‘lsada, shu davrdayoq yozuvchi ijodining asosiy mavzulari (inson va amal, go‘zallik va razolat, hayotning serhasham va g‘arib tomonlari va b.) yuzaga chiqa boshladi. Chexov shu davrda yozgan «Semiz va oriq», «Chinovnikning o‘limi» (1893), «Buqalamun», «Niqob» (1884), «Unter Prishibeev» (1885) singari hikoyalarida mavzuni kulgi yordamida yoritish, hajviy obraz yaratish, voqea va hodisalarni lo‘nda tasvirlash san’atini mukammal egallaganini namoyish qiladi.
    Chexov ijodining 2-davrida yozuvchining markaziy mavzusi aniq qirralar kasb etadi. Qahramonning ruhiy olami va hatto voqeahodisalarning rivoji emas, balki ijtimoiy munosabatlar va maishiy to‘qnashuvlarning qahramon xarakteriga ta’siri masalasi Chexovning diqqat markazida bo‘ladi. Bu masala, birinchi navbatda, Chexovning «G‘ilof bandasi» (1898) hikoyasida o‘zining yorqin tajassumini topadi. Bu asarda g‘ilof yolg‘on va zulmga, kimningdir aysh-ishrat qilib, kimningdir azob-uqubat chekib yashashiga asoslangan hayotning timsoliga aylanadi. Chexov ijodining shu bosqichida ko‘zga tashlangan tamoyillar 3davrda yangi badiiy kuch bilan ifodalanadi. Chexovning «Boloxonali uy», «Mening hayotim» (1896) qissalari, «Ionich» (1898), «Laycha yetaklagan xonim» (1899) va boshqa hikoyalarida shu davrdagi rus jamiyatining anatomiyasi shafqatsizlik bilan ochib tashlandi. Bu asarlarda insonning loqaydligi mavzusi fakat ma’naviy-psixologik rejada emas, balki ijtimoiy yo‘nalishda ham badiiy tadqiq etildi. Chexov turli tabaqa va ijtimoiy qatlamlarga nazar tashlab, o‘z qahramonining ruhiy uyg‘onish, muhitga qarshilik ko‘rsatish, hayotini qayta qurish qobiliyatini muttasil ravishda tekshirib turadi.
    Chexovning dramaturgiya sohasidagi ijodi rus teatri taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Yozuvchining nasriy asarlarida o‘z ifodasini topgan kishilar o‘rtasidagi ruhiy aloqalarning yo‘kdigi mavzusi uning sahna asarlarida ham turli shaklda talqin etilgan.
    Chexov nasriy va dramaturgik ijodi bilan jahon adabiyoti taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. O‘zbek adabiyotida realistik hikoya janrining maydonga kelishi va Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Abdulla Qahhor hikoyanavislik ijodining shakllanishida Chexov an’analari ham muayyan omil bo‘lib xizmat qilgan.
    Chexovning eng yaxshi nasriy asarlari va pyesalari o‘zbek tiliga tarjima etilgan. Uning barcha mashhur pyesalari respublikadagi o‘zbek va rus teatrlarida sahnalashtirilgan.

    Naim Karimov

  • Ernest Seton-Tompson (1860-1946; Angliya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Taniqli adib va rassom Ernest Seton-Tompson (Ernest Thompson Seton) 1860 yil 14 avgustda Angliyada tavallud topgan. Uning avlodlari tog‘liklardan bo‘lib, Ernest 6 yoshda ekanligida ularning oilasi Kanadaga ko‘chib keladi. Bo‘lg‘usi adib shu yerda maktabga boradi, juda ko‘p ilmiy-badiiy asarlarni mutolaa qilib tabiat, hayvonlar, inson va tabiat munosabatlarini tasvirlovchi animalist rassom hamda iste’dodli yozuvchi bo‘lib yetishdi. Uning asarlari jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o‘rin egalladi.
    Asarlari: «Men bilgan jonivorlar», «Quvg‘indilar taqdiri», «Hayvonlar - qahramonlar», «Mitti yovvoyilar», «Rolf o‘rmonda», «Jonivorlar haqida hikoyalar», «Shimoliy hayvonlar hayoti» (2 jilddan iborat), «Yovvoyi hayvonlar hayoti» (4 jilddan iborat), «Yovvoyi yo‘rg‘a» va boshq.
    «Yovvoyi yo‘rg‘a» hikoyalar to‘plami Tog‘ay Murod tomonidan 1989 yilda o‘zbek tiliga o‘girilgan bo‘lib, uning asosiy g‘oyasi erkinlik va ozodlikdir.

  • Rabindranat Tagor (1861-1941)  ( 26 ta sahifa mavjud )

    Hind yozuvchisi va jamoat arbobi. Bengal tilida ijod qilgan. Kalkutta va London universitetlarida o‘qigan (1878—80). Angliyada chiqadigan «Gyanankur» va «Bharati» jurnalilarida dastlabki she’r, doston va maqolalari bosilgan (1875 yildan).
    Vataniga qaytgach (1880), «Valmika dahosi» (1881) musiqali dramasini yozgan. Ilk she’riy to‘plami — «Oqshom qo‘shiqlari» (1882) panteistik ruhda. «Tabiat intiqomi» (1883) pyesasi, «Tonggi qo‘shiqlar» (1883), «Suratlar va qo‘shiqlar» (1884) she’riy to‘plamlarida pok muhabbat ulug‘langan.
    «Bibha sohili» (1883) va «Donishmand raja» (1886) tarixiy romanlarida zulm va adolatsizlik qoralangan. Tagor 1884—1911 yillarda «Brahma Samaj» diniy-ma’rifiy jamiyatining kotibi vazifasida ishlagan. Hindiston Milliy Kongressining 2-kongressi (1886) ishlarida faol qatnashgan.
    Uning «Chitra» (1896), «Lahza» (1900) she’riy to‘plamlari, «Raja va Raniy» (1889), «Qurbonlik» (1890), «Chitrangoda» (1892), «Malini» (1895) falsafiy dramalari va «Hisoblar» (1891), «Jazo» (1893), «Nyp va soyalar» (1894) kabi hikoyalarida hind xalqining ingliz mustamlakachilariga qarshi kurashi tasvirlangan.
    «Ko‘zga tushgan cho‘p» (1902), «Halokat» (1905) romanlari va «Buzilgan uya» (1903) qissasi bilan bengal adabiyotida maishiy-psixologik roman janrini boshlab berdi. 1902 yil Tagorning xotini, otasi, o‘g‘li olamdan o‘tadi. Uning bu musibat va iztiroblari «Xotira» (1903), «Farzand» (1903), «Parom» (1906) she’riy to‘plamlarida aks ettirilgan.
    «Gora» romani (1907—10), «Qasos» (1905) dramasi va «Pochta» (1912), «Konservatizm qal’asi» (1912) pyesalarida T. Hindistondagi barcha millat vakillarini, ular qaysi tabaqa va diniy mazhabdan bo‘lishidan qat’i nazar, ozodlik uchun kurashda yagona ittifoqqa birlashishga da’vat etadi.
    Uning «Xalq qalbi» nomli qo‘shig‘i (1911) Hindiston Respublikasining, vatanparvarlik haqidagi «Mening oltin Bengaliyam» qo‘shig‘i (1913) esa Bangladesh Xalq Respublikasining milliy gimniga aylangan. «Gitanjali» («Baxshida qo‘shiqlar», 1910) she’riy to‘plami uchun unga nufuzli mukofot berilgan. «Turnalar parvozi» (1914—16) she’riy turkumi shoirning G‘arb mamlakatlariga qilgan safari, 1-jahon urushi va insoniyat taqtsiri haqidagi o‘ylarini aks ettirgan. «To‘rt hayot» (1916) qissasi, «Xonadon va jahon» (1915—16) romani milliy ozodlik harakati voqealariga bag‘ishlangan.
    30-yillarda Tagorning siyosiy qarashlari yanada o‘sadi, u o‘z ijodida milliy ozodlik harakatiga e’tibor qaratadi. Bu davrda «Intiho haqida doston» (1929), «To‘rt qism» (1934)  romanlari, «Yaproqlar» (1936), «Tungi sham» (1938), «So‘nggi she’rlar» (1941) she’riy to‘plamlari nashr etildi.
    Tagor 30-yillarda badiiy asarlar bilan bir qatorda ko‘plab darsliklar, falsafa va din bo‘yicha ilmiy risolalar yozdi, milliy ozodlik harakati masalalarini adabiyotda yanada kengroq yoritishga katta e’tibor berdi, hind she’riyatida yangi siyosiy janrni yaratdi («Afrika», 1936; «Budda ixlosmandlari», 1937 va b.). Tagor ijodi, hozirgi bengal adabiy tilining shakllanishida, she’riyatning yangi shakl va mazmun bilan boyishida hal qiluvchi rol o‘ynagan. U o‘z she’rlariga musiqa bastalab, ommaviy qo‘shiqpar yaratgan.
    Asarlari jahonning ko‘p tillariga tarjima qilingan. Tagorning «Halokat» romani asosida tayyorlangan «Gang daryosining qizi» dramasi (1956) va «Pochta» pyesasi (1961) hoz. O‘zbek milliy teatrida sahnalashtirilgan. «O‘zbekfilm» kinostudiyasi «Gang daryosining qizi» filmini yaratgan (1961). 8 jildli asarlar to‘plami (1958—65) o‘zbek tilida nashr etilgan. Nobel mukofoti laureati (1913).

    Sa’dulla Yo‘ldoshev, Ulfatxon Muhibova

  • Jo‘rjiy Zaydon (1861-1914; Livan/Misr)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Jo‘rjiy Zaydon (1861.14.12, Bayrut — 1914.21.8, Qohira) — arab yozuvchisi, publitsist va olimi. Bayrutdagi tibbiyot kollejida o‘qigan (1881—82). 19-asr 80-yillarida Misrga ko‘chib kelib, «Al-Hilol» jurnalini (1892) tashkil qilgan. Zaydon yangi arab adabiyotida tarixiy roman janriga asos solgan. U «Islom tarixidan qissalar turkumi»ni tashkil etgan 17 ta tarixiy roman muallifi («G‘assonlik qiz», 1895 — 96; «Horun ar-Rashidning singlisi», 1906; «Farg‘ona kelini», 1907—08 va b.). Mazkur romanlarda 7—13-asrlarda ro‘y bergan tarixiy voqealar bayon qilingan. «Farg‘ona kelini» romanidagi voqealar Markaziy Osiyoda arablar istilosi davri (7-asr oxiri va 8-asr boshlari)da ro‘y bergan. «Mamluklar zulmi» (1893) romani tarixiy mavzuda, «Usmonli turklar davlat to‘ntarishi» (1911) romanida esa muallif o‘zi yashagan davrdagi voqealarni qalamga olgan. Zaydon ko‘pgina ilmiy asarlar muallifi: «Islom madaniyati tarixi» (1902—06); «Arab tili tarixi» (1904); «Arab adabiyoti tarixi» (1911—14) va boshqa asarlari dunyoning ko‘pgina tillariga, jumladan, o‘zbek tiliga tarjima qilingan («Farg‘ona kelini», 1971). 

  • O’Genri (1862-1910; AQSh)  ( 9 ta sahifa mavjud )

    Asl nomi Uilyam Sidni Porter bo’lgan amerikalik yozuvchi. Aptekachi, sotuvchi, kitob bezakchisi, noshir va boshqa kasblarda ishlagan; asar, feletonlar yozishni mashq qilgan (1896 yilgacha), qamoqdaligida (1897—1901) yozgan hikoyalarini O’Genri taxallusi bilan yashirin chop ettirgan.
    1904—10 yillarda 9 novellalar to‘plami («Yonayotgan sham», «G‘arb qalbi», «Yoqimtoy o‘g‘ri» va b.), vafotidan keyin yana 7 tasi bosilib chiqqan. «Qirollar va karam» (1904) romani sarguzasht-yumoristik novellalardan tashkil topgan.
    O’Genri amerika hikoyachiligining o‘ziga xos tipini yaratdi. Yumorning kuchliligi, kinoya, qiyos, parodiya kabi usullarning ko‘p ishlatilganligi, eng muhimi, muallifning oddiy mehnatkash — «kichik inson»ga samimiy muhabbati, olijanoblik va sofdillikni madh etish va boshqa O’Genri hikoyalariga olamshumul shuhrat keltirdi («To‘rt million», 1909).
    Asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. G‘. G‘ulom («Mening o‘g‘rigina bolam»), A. Qahhor («Anor») va boshqa o‘zbek hikoyachiligini O’Genri ijodining ilg‘or tomonlari bilan boyitdilar.

  • Vladimir Obruchev (1863-1956; Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/obruchev.jpgVladimir Afanasevich Obruchev (1863 — 1956) — rus geologi, paleontolog, geograf, fantast-yozuvchi, SSSR Fanlar akademiyasi akademigi (1929).
  • Husayn Rahmi Gurpinar (1864-1944; Turkiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Turk yozuvchisi, turk adabiyotida realizm oqimining yirik vakillaridan. Dastlabki romani «Dabdaba» (1888)da oliy tabaqa vakillarining axloqiy tubanligi fosh etilgan, Istanbul hayotining real manzaralari tasvirlangan. «Ko‘zgu yoxud shukuh» (1888), «Iffat» (1896), «Murabbiya» (1898), «Sevgida tenglik» (1899) romanlarida turk jamiyatining deyarli yarim asrlik xayoti aks etadi.
    Gurpinar «Sevgi izlaridan» (1910) hamda «Dumli yulduz ostidagi uchrashuv» (1918) romanlarida oila, axloq masalalariga murojaat qilgan. 2-jahon urushi davridagi turk jamiyatining chuqur ijtimoiy ziddiyatlari «Eshitilmagan bir voqea» (1919) romanida, turk ayollarining ayanchli ahvoli esa «Billur qalb», «Bog‘langan ko‘ngillar» (1926) romanlarida o‘z ifodasini topgan.
    «Muhabbat tilsimi» (1928), «Uyatsiz odam» (1934) kabi romanlarida kiborlar jamiyatining nuqsonlari ochib tashlangan. Gurpinarning «Xotinlar voizi» (1918), «Nomus va ochlik masalalari» (1933), «Yerosti yo‘lining ikki teshigi» (1934), «Menga farishta bo‘lib ko‘ringan iblis» (1943) kabi hikoyalar to‘plamlari, «Kuz bulbuli» (1912) pyesasi ham bor.

  • Branislav Nushich (1864-1938: Serbiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/nushich.jpgNushich Branislav (1864.8.10 - Belgrad - 1938.19.1) - serb yozuvchisi, dramaturgi. Serbiya Fanlar akademiyasi akademigi. (1933). 1915—18 yillarda muhojirlikda yashagan. O‘tkir hajviy asarlarida Serbiyada siyosiy tuturiqsizliklarni, saylovlarning soxtaligini, politsiya byurokratizmini qattiq qoralagan («Xalq deputati», 1883; «Proteksiya», 1888; «Oddiy kishi», 1899 va b.). «Ramazon oqshomlari» (1898, hikoyalar to‘plami), «Tashula» (1902) qissasi sharq ekzotikasi mavzuiga bag‘ishlangan. Nushich «Bir ming to‘qqiz yuz o‘n beshinchi yil» (1916) asarida vatanparvarlarning 1-jahon urushiga nafratini ifodalagan. «Mister dollar» (1932), «Iztirob chekkan oila» (1935), «Doktor» (1936), «Murda» (1937) komediyalari Nushich satirik iste’dodining yangi parvozi bo‘lgan. Nushich ijodi hajviy va yumoristik pafosining kuchliligi bilan jahon adabiyotida muhim o‘rin tutadi va ko‘plab yozuvchilar ijodiga samarali ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan («Tarjimai holim», 1970; «Kikandon mashmashalari», 1981 va b.).
  • Moris Leblan (1864-1941; Fransiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/moris_leblan.jpgMoris Leblan (fr. Maurice-Marie-Émile Leblanc, 11 noyabr 1864 — 6 noyabr 1941) — fransuz yozuvchisi, Arsen Lyupen haqidagi kitob muallifi. Detektiv ustalaridan biri.
  • Gerbert Jorj Uells (1866-1946; Angliya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Gerbert Jorj Uells (1866.21.9, Bromli - 1946.13.8, London) — ingliz yozuvchisi. London universitetini tugatgan (1888). 1942 yildan biologiya doktori. 1893 yilda biologiya va fiziografiya bo‘yicha darsliklar yozgan. U. 19-asrning 90-yillaridan badiiy ijod bilan shug‘ullangan. «Vaqt mashinasi» (1895) romani bilan 20-asr ilmiy fantastikasiga asos solgan. Uells uchun J. Svift, Volter, Amerika va nemis romantiklarining asarlari adabiy manba bo‘lib xizmat qilgan. «Dunyolar muhorabasi» (1898) romanida Marsdan qilingan hujum natijasida kishilarda o‘z ijtimoiy tuzumining mukammalligiga shubha tugilishi haqida hikoya qilgan. «Ozod etilgan dunyo» (1914) romanida atom energiyasidan urush hamda tinchlik maqsadlarida foydalanish masalasi yoritilgan. «Zamonaviy utopiya» (1905) roman-risolasida esa jamiyatni davlat sotsializmi asosida qayta qurish loyihasini ma’qullagan; ammo Uells bu sotsializmda xususiy korxonalarga keng imkoniyat ochib berilishi tarafdori bo‘lgan. «Vilyam Klissold dunyosi» (1926), «Oshkora fitna» (1928) roman-traktatlarida Uells o‘z nazariyasini marksizmga qaramaqarshi qo‘ygan. 1-jahon urushi yillari (1914—18) da «Ozod dunyo» (1914) kitobini yozgan. 1916 yildan, garchi urushlarga qarshi asar yozgan bo‘lsada («Mister Britling qadahni oxirigacha simirdi»), rasman o‘z mavqeini o‘zgartirmagan.
    Uells 3 marta (1914, 1920, 1934) Rossiyada bo‘lgan va o‘z taassurotlarini «Mudroq Rossiya» (1920) kitobida aks ettirgan. Sovet Rossiyasi istiqboliga ishonmagan, kommunizm haqidagi g‘oyalar shunchaki bir xomxayol deb qaragan. «Ko‘rinmas odam» romani o‘zbek tilida nashr qilingan (1967).

  • Visente Blasko Ibanes (1867-1928; Ispaniya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://ziyouz.com/rasmlar/poets/visente_ibanes.jpgXX asr ispan adabiyotining eng buyuk vakillaridan biri Visente Blasko Ibanes 1867 yili Valensiyada tug'ilgan. Yuridik fakultetni tugatib, Madridga ko'chib kelgan va jurnalistika bilan shug'ullangan. "Apelsin bog'larida" (1900), "Yovvoyi o'rda" (1906), "Qon va qum" (1908), "Bizning dengiz" (1918) kabi romanlari mashhur.
  • Luiji Pirandello (1867-1936; Italiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/pirandello.jpgLuiji Pirandello (1867–1936) – mashhur italyan yozuvchisi, shoir, dramaturg. 1889 yilda birinchi she’riy to‘plami bosilib chiqqan. Gyotening “Rim elegiyalari” asari tarjimasi (1896) unga katta shuhrat keltirgan. “Begona ayol” (1901), “Marhum Mitti Paskal” (1904) romanlari, “Agar shunday bo‘lmasa...” (1915), “Olti personaj muallifni qidiradi” (1921), “Genrix IV” (1922) pesalari va o‘nlab novella to‘plamlari Pirandello ijodining cho‘qqisi hisoblanadi. Adib 1934 yilda Nobel  mukofoti bilan taqdirlangan. Uning asarlari ko‘plab jahon tillariga tarjima qilingan.
  • Maksim Gorkiy (1868-1936; Rossiya)  ( 4 ta sahifa mavjud )

    Maksim Gorkiy (taxallusi; asl ismi Aleksey Maksimovich Peshkov) (1868.16(28).3, Nijniy Novgorod — 1936.18.6, Moskva) — rus yozuvchisi va jamoat arbobi. Sobiq Ittifoq yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi raisi.
    Gorkiy bir qator roman («Foma Gordeev», 1899; «Uchovlon», 1990—01 va b.), hikoya («Konovalov», «Chelkash» va b.) va dramatik asarlar («Meshchanlar», «Tubanlikda», 1902; «Chorbog‘chilar», 1904 va b.) muallifi. «Tubanlikda» pesasida Gorkiy shafqatsiz hayot tubanlikka itqitgan insonlarning azob-uqubatlarini mahorat bilan bergan. «Ona» (1907) romanida birinchi bo‘lib adabiyotda inqilobiy kurashni xayrixoqlik bilan tasvirlagan. «Bolalik» (1913—14), «Odamlar orasida» (1915—16), «Mening dorilfununlarim» (1923) qissalari avtobiografik asarlardir.
    Gorkiy Sharq xalqlari tarixi bilan qiziqib, «Italiya ertaklari» (1911 — 13) asarida Sharq mifologiyasidan o‘z badiiy niyati asosida foydalandi, rus adabiyotida Amir Temur siymosiga ilk bor murojaat etib, uning tarixiy haqiqatdan uzoqlashgan obrazini chizdi. Gorkiy mehnatkash ommaning Lenin rahbarligida 1917 yil oktyabrida mamlakatni ostin-ustun qilish, ko‘plab begunoh kishilarning qonlarini to‘kish hisobiga tarixiy jarayonni o‘zgartirmoqchi bo‘lganini va Favqulodda komissiya qatliomini keskin qoraladi, ko‘pgina yozuvchilarni bolsheviklarning ta’qibidan saqlab qoldi. U o‘sha vaqtdagi vaziyatda Rossiyada sotsialistik inqilob bemavrid va halokatli, deb hisoblaydi. Avval xalqning madaniy saviyasini ko‘tarish, so‘ng inqilob qilish mumkin, deb o‘ylagan («Bemavrid fikrlar» publitsistik asarlar turkumi, 1917—18). Ammo keyinchalik Gorkiy o‘zi qarshi bo‘lgan sotsialistik inqilobiy kurash tomoniga butunlay o‘tib ketadi.
    Gorkiy bir qancha (L. N. Tolstoy, A. P. Chexov, V. G. Korolenko va b. haqidagi) adabiy portretlar muallifi. «Artamonovlar ishi» romani (1925)da yangi tarixiy avlodning g‘alabasi qonuniy ekanligini tasvirlagan. «Jahon adabiyoti» nashriyoti, «Shoir kutubxonasi», «Ajoyib kishilar hayoti» va boshqa kitoblar turkumi uning faol ishtirokida tashkil qilindi. Kiborlar halokati va inqilob g‘alabasi muqarrarligi «Yegor Bulichev va boshqalar», «Dostigaev va boshqalar» (1933), «Vassa Jeleznova» (2-nashri, 1935) pesalarining bosh mavzuidir. «Klim Samginning hayoti» roman-epopeyasida (1927— 36; 4-qism tugallanmagan) rus xalqining 20-asr boshlaridagi g‘oyaviy-ijtimoiy kurashi, hayoti aks etgan.
    Gorkiy chet elda (1921—31) va Rossiyaga kaytganidan keyin zamonaviy adabiyot g‘oyaviy-estetik tamoyillari (shu jumladan, sotsialistik realizm nazariyasi)ning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi va shu yo‘sinda kompartiyaga adabiyotni o‘z monopoliyasidagi g‘oyaviy qurolga aylantirib olishiga ko‘maklashadi. Sovet davlati rahbarlari Gorkiyning katta xalqaro obro‘sidan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalandilar. Ular makri bilan aldangan Gorkiy 30-y.lar boshlaridagi qatag‘on siyosatini tarbiyaviy ahamiyatga molik tadbir, deb tushundi.
    Gorkiy ijodi ta’sirida boshqa milliy adabiyotlar (fransuz, nemis, ingliz, xitoy kabi)da ham sotsialistik realizm metodiga asoslangan asarlar ko‘plab yaratildi. Gorkiy asarlari 30-yillarning boshida dastlab Cho‘lpon, keyinchalik A. Qahhor, Oybek, H. Olimjon, M. Ismoiliy va b. tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Aksariyat pesalari O‘zbekistan teatrlarida sahnalashtirilgan.
    Naim Karimov, Shuhrat Rizaev.

  • Moxandas Karamchand Gandi (1869-1948; Hindiston)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/gandi.jpgGandi Moxandas Karamchand (1869, Gujarot viloyati — 1948.30.1, Dehli) — Hindiston milliy ozodlik harakati rahbarlaridan biri, taniqli mutafakkir. Hind xalqi uni «Mahatma» («Buyuk qalb») deb ataydi. Uning nomi bilan bog‘liq bo‘lgan gandizm ta’limoti Hindistondagi asosiy hukmron partiya — Hindiston Milliy kongressining rasmiy mafkurasi hisoblanadi. 1887—91 yillarda Angliyada hukuqshunoslik bo‘yicha ma’lumot oladi. 1891 yildan advokatlik vazifasida, 1893—1914 yillarda Janubiy Afrikadagi (Angliya mustamlakasi) gujarot savdo firmasida huquqshunos-maslahatchi. Nataldagi olmos, ko‘mir, oltin konlarida, shakarqamish plantatsiyalarida yollanib ishlayotgan hind dehqonlarining insoniy huquqlarini himoya qilib 22 yil kurash olib bordi. Gandi «satyagraxa» («kuch ishlatmasdan kurashish») taktikasini ishlab chiqdi. U 1915 yildan Milliy kongress ishlarida faol qatnasha boshladi. Gandi ingliz mustamlakachilariga qarshi tinch namoyishlar o‘tkazish, chet el tovarlarini boykot qilish, rasmiy mansab va unvonlardan voz kechish, soliq to‘lashdan bosh tortish kabi kurash usullari orqali mehnatkash ommani kurashga jalb etdi. Gandi bir necha marta qamalgan (1922—24, 1930—31,1942—44). Gandi hindular bilan musulmonlarning o‘zaro do‘stligini mustahkamlashga intildi. Kastachilikka qarshi kurashdi. Gandining hinduizmtya e’tiqodi chuqur bo‘lgan; boshqa dinlarga hurmat bilan qaragan. Gandi butun faoliyatida din bilan siyosatni bir-biriga bog‘lashga harakat qilgan. Gandining barcha dinlar hamkorligi va do‘stligi haqidagi g‘oyalari Hindistondagi reaksion unsurlarning g‘azabini keltirgan. Hindularning reakiion shovinistik tashkiloti a’zosi tomonidan otib o‘ldirilgan.
  • Ivan Bunin (1870-1953; Rossiya)  ( 8 ta sahifa mavjud )

    Rus shoiri va yozuvchisi. Peterburg Fanlar Akademiyasi faxriy akademigi (1909). 1920 yildan emigratsiyada. Poeziyada rus mumtoz she’riyati an’analarining davomchisi («Xazonrezgi», to‘plam, 1901).
    Hikoya va povestlarida (ko‘pincha o‘tmishni qo‘msash kayfiyatiga berilgan holda) dvoryanlar xonadonining qashshoqlashuvi («Antonov olmalari», 1900), qishloqning og‘ir qismati («Qishloq», 1910; «Qaqragan vodiy», 1911), turmush ma’naviy asoslarini unutishga mahkumlik fojiasi («Sanfrantsiskolik janob», 1915) yaqqol tasvirlangan.
    Kundalik tarzidagi «Badbaxt kunlar» (1918 y., 1925 y.da nashr etilgan)da Oktabr to‘ntarishi keskin rad etilgan; Rossiyaning o‘tmishini tiklash, adibning o‘z bolalik va yoshligiga qaytish kayfiyatlari aks etgan.
    Sevgi haqidagi hikoyalarida («Mityaning sevgisi», 1925); «Qorong‘i xiyobonlar» (1943) kitobida insoniyat taqairining fojiaviyligi qalamga olingan. B. memuarlar yozgan. G. Longfelloning «Gayavata haqida qo‘shiq» (1896) asarini tarjima qilgan.
    Nobel mukofoti laureati (1933).

  • Teodor Drayzer (1871-1945; AQSh)  ( 6 ta sahifa mavjud )

    Teodor German Albert Drayzer (Dreiser) (1871.27.8, Terre-Xot - 1945.28.12, Gollivud) — Amerika yozuvchisi va jamoat arbobi. «Chikago deyli nyus» («Chicago Daily News») gazetasi muharriri (1892). Birinchi yirik asari «Baxti qaro Kerri» (1900) va «Jenni Gerxardt» (1911) romanlarida oddiy qizlar taqdiridagi ijtimoiy-axloqiy masalalar tasvirlangan. «Istak trilogiyasi» («Moliyachi», 1912; «Titan», 1914; «Matonat» 1947) yulg‘ichlikning foydasizligini tushunib yetgan moliyachi haqida. «Daho» (1915) va «Amerika fojiasi» (1925) romanlarida pulning san’at ustidan fojiali hukmronligi va qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, ijtimoiy «yutuqqa» erishishga intilgan «o‘rta hol» yigitning ma’naviy halokati hikoya qilinadi. «Tayanch» (1946) romani, «Yigirma erkak» (1919), «Katta shahar ranglari» (1923), «Zanjirlar» (1927) «Ayollar galereyasi» (1929) novellalari, «Baraban qoq!» (1920), «Fojiaviy Amerika» (1931) va boshqa publitsistik to‘plamlari nashr etilgan. Drayzer Amsterdamda o‘tkazilgan tinchlik va madaniyatni saqlash bo‘yicha kongress tashkilotchilaridan biri (1932). Drayzer o‘z ijodida realizm bilan naturalizm tamoyillarini birlashtirgan. «Baxti qaro Kerri» (1973), «Amerika fojiasi» (1976), «Jenni Gerxardt» (1982) romanlari o‘zbek tilida nashr qilingan.

  • Vladimir Korolenko (1873-1921; Rossiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Korolenko Vladimir Galaktionovich [1853.15(27).7, Jitomir - 1921.25.12, Poltava] — rus yozuvchisi, publitsist, jamoat arbobi. Peterburg (1900—02) va Rossiya (1918) Fanlar Akademiyasi fahriy a’zosi.
    Ilk hikoyasi — «Izlovchi hayotidan lavhalar» (1879). «Maftunkor» (1880), «Fyodor» (1885), «Ko‘r muzikachi» (1886), «Cherkas» (1888), «Ot dovon» (1892), «Go‘ng» (1895), «Shu’lalar» (1901) singari hikoya va qissalarida zulm, zo‘ravonlikka qarshi chiqqan, istibdod va tuhmat qurboni bo‘lgan mazlumlar qismati aks etgan. «Zamondoshim tarixi» (1922) avtobiografik asari va boshqa asarlarida demokratiya va gumanizm g‘oyalari ilgari surilgan.
    1920 yili Lunacharskiyga yozgan maktublarida [«Nov?y mir» («Yangi dunyo») jur., 1988 y. ?10, Moskva] Rossiyadagi inqilob istiqboliga ishonmasligini bayon etgan va fuqarolar urushida bolsheviklarning beboshliklari haqida g‘azab bilan yozib, sudsiz otishlar va bolalarning o‘ldirilishiga qarshi chiqqan. Asarlari jahondagi ko‘pgina tillarga, jumladan, o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan.

  • Mixail Prishvin (1873-1954; Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    Prishvin Mixail Mixaylovich [1873.23.1(4.2), Lipetsk viloyati Yelets tumani — 1954. 16. 1, Moskva] — rus yozuvchisi. Leyptsig universiteti falsafa fakultetini tugatgan (1902). Qrim va Qozog‘istonga qilgan safari natijasida esa «Odam Ato va Momo Havo» (1909), «Qora arab» (1910) singari ocherklarini yozgan. «Berendey buloqlari» (1923) ocherki, «Kashchey zanjiri» (1923) va «Turnalar o‘lkasi» (1929) romanlari muallifi.
    Prishvin butun umri davomida tabiat, ov va o‘lkashunoslik bilan qiziqqani, o‘z hayoti mazmunini tabiat bilan uyg‘unlikda ko‘rgani uchun tabiatga mexr motivi uning butun ijodi bo‘ylab «kizil ip» yanglig‘ o‘tib turadi. Uning hatto katta epik asarlarida ham tabiatga bo‘lgan mehr, u bilan uyg‘unlikda yashash va tabiatni asrash g‘oyasi yotadi.
    Prishvin 40—50-yillar «Kiyinmagan ko‘klam» qissasi, «Fatseliya» nasriy dostoni (1940), «Quyosh xazinasi» (1945) ertak-rivoyati kabi asarlarini yozgan. Yozuvchi vafotidan keyin uning «Zamin ko‘zlari» kundaliklari, «Osudar yo‘li» (1957) roman-ertagi e’lon qilingan.
  • Somerset Moem (1874-1965; Angliya)  ( 12 ta sahifa mavjud )

    Ingliz yozuvchisi. Fransiyadagi Britaniya elchixonasida xizmat qilgan. Geydelberg universitetida, keyin Londondagi tibbiyot institutida tahsil ko‘rgan. Moemning shu yillarda kechirgan hayoti materiallari asosida yozilgan «Lambetlik Liza» (1897) romani mashhur. Shundan keyin Moem vrachlik ixtisosidan voz kechib, yozuvchilik bilan shug‘ullangan. U asosan Fransiyaning janubiy tomonlarida yashab, 60 yillik adabiy faoliyati davomida ko‘plab roman, hikoya, pyesa, adabiy-tanqidiy etyud va memuar asarlar yozgan.
    Moem 1-jahon urushi yillarida Britaniya razvedkasining xodimi sifatida bir qancha mamlakatlar, shu jumladan, Rossiyada ham bo‘lgan va «Eshenden yoki Britaniya agenti» (1928) hikoyalar to‘plamida shu haqda naql qiladi.
    Moem 1-pyesasi — «Ledi Frederik» (1907) ning katta muvaffaqiyat qozonganidan rag‘batlanib, «Noma’lumlik» (1920), «Sadoqatli xizmati uchun» (1932) va «Sheppi» (1933) pyesalarini yozgan. M. pyesalarida 20-a.ning 1-yarmidagi ingliz jamiyati hayoti manzaralari aks etgan.
    «Oy va choychaqa» (1919), «Shirin kulcha va pivo» (1930), «Teatr» (1937) va boshqa asarlar muallifi.
    Moemning «Insoniy ehtiroslar zalvori» (1915) avtobiografiy romani, ayniqsa, mashhur bo‘lib, unda roman qahramoni — yosh yigit va u bilan to‘qnashgan kishilar talqinidagi nozik psixologizm hayot manzaralarining keng tasviri bilan tutashgan holda asarga o‘zgacha badiiy latofat bag‘ishlagan. «Notanish odam Parijda» romani o‘zbek tiliga tarjima qilingan (2002).

  • Vasiliy Yan (1874-1954; Rossiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/vasiliy_yan.jpgVasíliy Grig?revich Yan (haqiqiy familiyasi — Yanchev?́tskiy) (1874/1875—1954) — rus yozuvchisi. «Chingizxon», «Botu», «So‘nggi dengizgacha» tarixiy romanlari muallifi. Uning asarlari dunyoning ko‘pgina tillariga tarjima kilingan. Sharqshunos zobit XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining Asxobod (hozirgi Ashgabat) istehkomiga xizmatga yuborilgan. Osiyo bo‘ylab bir necha ekspeditsiyalarda qatnashgan.
  • Tomas Mann (1875-1955; Germaniya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Germaniyalik yozuvchi, romannavist, Nobel mukofoti sohibi Paul Tomas Mann 1875 yili  Lyubekda tug‘ilgan. Gimnaziyada o‘qib yurgan kezlariyoq Tomas «Bahorgi  momaqaldiroq» deb nomlangan adabiy, falsafiy jurnalga asos solgan.
    Uning birinchi hikoyalar to‘plami 1898 yili «Kichkina xo‘jayin Fridemann» nomi bilan chop etilgan.
    1929 yili Tomas Mann «Buddenbroklar» romani uchun adabiyot sohasida Nobel mukofotini qo‘lga kiritadi.
    Asarlari: «Buddenbroklar» («Buddenbrooks — Verfall einer Familie», roman, 1901), «Tonio Kreger» («Tonio Kröger», novella, 1903), «Tristan» («Tristan», novella, 1903), «Qirol hazratlari» («Königliche Hoheit», 1909), «Venetsiyada o‘lim» («Der Tod in Venedig», hikoya, 1912), «Sehrli tog‘» («Der Zauberberg», roman, 1924), «Mario va sehrgar» («Mario und der Zauberer», hikoya, 1930), «Iosif va aka-ukalari» («Joseph und seine Brüder», roman-tetralogiya, 1933—1943), «Yosh Iosif» («Der junge Joseph», 1934), «Iosif Misrda» («Joseph in Ägypten», 1936), «Iosif-boquvchi» («Joseph der Ernährer», 1943), «Ozodlik muammosi» («Das Problem der Freiheit», esse, 1937), «Lotta Veymarda» («Lotte in Weimar», roman, 1939), «Almashilgan boshlar. Hind afsonasi» («Die vertauschten Köpfe — Eine indische Legende», 1940), «Doktor Faustus» («Doktor Faustus», roman, 1947),  «Mahbub» («Der Erwählte», roman, 1951), «Qora oqqush» («Die Betrogene: Erzählung», 1954), «Avantyurist Feliks Krulning e’tirofi» («Bekenntnisse des Hochstaplers Felix Krull. Der Memoiren erster Teil», 1922/1954).

  • Jek London (1876-1916; AQSh)  ( 4 ta sahifa mavjud )

    Amerika yozuvchisi. Yoshligida juda ko‘p kasblar bilan shug‘ullangan. 1893 yilda ilk bor u Yaponiya sohillariga dengiz safariga oddiy matros bo‘lib borgan. 1894 yilda ishsizlarning Vashingtonga ko‘chishida qatnashgan, daydilarcha hayot tarzi uchun qamoqqa olingan, siyosiy harakatlarga qo‘shilgan. 1895 yilda AQSh ishchi partiyasi, 1901 yil Sotsalistik partiyaga a’zo bo‘lgan. Keyinroq Kaliforniya universitetiga o‘qishga kiradi va ko‘p o‘tmay o‘qishni tashlab ketadi.
    Adabiy faoliyati 1893 y.dan boshlangan. Yozuvchining ko‘pgina hikoya to‘plamlari, qator qissa va romanlari shimol mavzuida yozilgan («Bo‘ri bolasi», 1900; «Izg‘irin bolalari», 1902 va b.). «Qor qizi» (1902), «Hayot uchquni» (1907), «Shimoliy Odisseya» (1910), «Insonga ishonch» (1914), «Qadim dengizchilardek» (1917), «Chandiqli odam» (1900), «Oltin dara» (1905) va b. sarguzasht asarlar muallifi. «Olis o‘lkada» (1899), «Ayol mardligi» (1900), «Gulxan yoqish» (1910), «Qish haqida qissa» (1904) asarlarida tabiat bilan uyg‘unlashib ketgan mehnatsevar indeyslarning o‘ziga xos hayotini tasvirlagan. «Yovvoyi kuch» (1905), «Oqso‘yloqtish» (1906) asarlari hayvonot olami haqida.
    «Dengiz bo‘risi» (1904) «Martin Iden» (1909), «Uch qalb» (1920) romanlari mashhur. Londonning ijodida G. Spenser, F. Nitshe falsafiy ta’limotlarining ta’siri seziladi. «Martin Iden» roman-biografiyasida bosh qahramonning paymonasi to‘lgan chog‘da ham «yashashga ishtiyoqi»ni aks ettirgan. Uning individualizm ta’sirida yozilgan mazkur romanida g‘arbcha «barkamol inson», ya’ni «supermen» nazariyasi ham ilgari surilgan.
    London 16 yillik ijodiy faoliyati mobaynida 19 roman, 18 to‘plam (152 hikoya), 3 pesa, 8 avtobiografik va publitsistik xarakterdagi kitob yaratgan.
    «Hayotga muhabbat» (1961), «Qish haqida» (1962), «Martin Iden» (1968) va b. asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

  • Mustafo Lutfiy Manfalutiy (1876-1924; Misr)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/mustafa_manfaluti.pngMashhur arab yozuvchisi Mustafo Lutfiy Manfalutiy (1876–1924) XX asr Misr adabiyotining yetuk vakillaridan biridir. Uning ijodida Sharq va G‘arb adabiy an’analarining o‘ziga xos mushtarakligi aks etgan. Yuqori Misrda tug‘ilgan yozuvchi o‘sha davrda an’anaviy bo‘lgan diniy bilimlarni Qohiradagi al-Azhar universitetida oldi. O‘sha davrning ko‘zga ko‘ringan ma’rifatchilaridan biri bo‘lgan, al-Azhar universitetining rektori Muhammad Abduning qarashlarini o‘ziga singdirgan Manfalutiy arab romantizmi janriga poydevor qo‘ydi. U ko‘proq Sharq adabiyoti targ‘ibotchisi bo‘lsa-da, ammo G‘arb adabiyoti namunalariga ham qiziqish bilan qarar edi. Ayniqsa, fransuz ma’rifatparvarlari asarlariga muhabbati katta edi. O‘zi g‘arb tillarini yaxshi bilmasa-da, o‘z do‘stlari yordamida ko‘pgina asarlar tarjimasini tayyorladi. Fransuz adiblari Bernarden de Sen-Perning “Pol va Virjiniya”, E.Rostanning “Sirano de Berjerak” asarlarini tarjima qildi.
  • Meri Roberts Raynxart (1876-1958; AQSh)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Meri Roberts Raynxart (Rinehart, Mary Roberts; 1876-1958) – amerikalik yozuvchi. U ellikdan ortiq kitob yozgan: 8 pesa, 100 dan ortiq hikoyalar, she’rlar, uni mashhur qilgan asarlari – detektiv hikoyalar. Raynxartning birinchi romani «Vintli zina» (1908) uni dunyoga tanitdi.
    Raynxart hamshira diplomini qo‘lga kiritgan. Uning ko‘pgina detektivlarida («Miss Pinkerton», 1932),  «Tibbiyot pichog‘i epizodi» («Episode of the Wandering Knife», 1950) Xilda Adams (laqabi Miss Pinkerton) obrazida hamshiralik hayoti ochib berilgan.

  • Hermann Hesse (1877-1962; Germaniya)  ( 5 ta sahifa mavjud )

    Nemis adabiyotining ulug‘ namoyandalaridan biri, Nobel mukofoti sohibi Hermann Hesse eng ko‘p mutolaa qilinadigan olmon adiblaridan biridir.
    Uning ko‘plab roman, qissa, hikoyalari, she’rlari, siyosiy, adabiy-tanqidiy ruhdagi asarlari chop etilgan. Ular orasida, ayniqsa, «Cho‘l bo‘risi», «Marjonlar o‘yini», «o‘ildiraklar ostida», «Demian» kabi asarlari alohida dovrug‘ qozongan.
    Adib, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda ham ko‘plab asarlar yozgan. Yuqorida tilga olingan «G‘ildiraklar ostida» romani, shuningdek, «Nyurnbergga sayohat» safarnomasi va boshqa ko‘pgina asarlar shular jumlasidandir.

  • Takeo Arisima (1878-1923; Yaponiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/arisima.jpgTakeo Arisima (4 mart 1878 — 9 iyun 1923) — yapon yozuvchisi. «Sirakaba» («Oq qayin») adabiy guruhining ko‘zga ko‘ringan namoyondalaridan biri. L. N. Tolstoy g‘oyalarini hurmat qilgan. Asosiy asarlari: «Ayol» romani va «Kain avlodi» qissasi.
  • Aleksandr Grin (1880-1932; Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Rus yozuvchisi. Aleksandr Grinning hikoya, qissa va romanlari katta yoshdagi bolalar va yoshlarning eng sevimli asarlaridan bo‘lib qoldi. Ajoyib tabiat tasvirchisi, yoshlar ruhining nozik bilimdoni, dunyoni romantik ruh bilan idrok qila olgan bu ulug‘ yozuvchining asarlari hozir ham kitobxonlarning qo‘ldan qo‘ymay o‘qiladigan noyob san’at namunalaridir.
    Uning «Alvon yelkanlar» qissasi va bir qator hikoyalari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

  • Arkadiy Averchenko (1881-1925; Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Arkadiy Averchenko (15 (27) mart 1881, Sevastopol, — 12.3.1925, Praga) – rus yozuvchisi. 1908 yildan «Satirikon» hajviy jurnali xodimi, keyinchalik muharriri, 1913 yildan «Yangi satirikon» jurnali muharriri.
    Hajviy hikoya va feletonlarida o‘sha davr holatini ayovsiz fosh qilgan. 1917 yildan  muhojirlikda yashagan.
    Kitoblari: «Hajviy hikoyalar. 1-2-jild» (1910,1911), «Qabrtoshlar: Hikoyalar» (1911), «Quvnoq ustritsalar» (1911), «Davolovchi hikoyalar» (1912), «Suvdagi aylanalar» (1912), «Qoraga oq bilan» (1913), «Begona o‘tlar» (1914), «Panjaradagi mo‘‘jiza» (1915), «Bo‘ri o‘rasi» (1915), «Shumtakalar» (1915), «Tovonbaliq va cho‘rtanbaliqlar» (1917), «Inqilob beliga pichoqlar» (1920), «Iflos kuch» (1920), «Bolalar» (1922), «Qaynayotgan qozon» (1922), «Rossiyaning eng mashhur kishilarining 20 portreti» (1923), «Chayongulda hordiq», (1924),  «Hayosizning hikoyalari» (1925).

  • Stefan Sveyg (1881-1942; Avstriya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    ?Buyuk adib Stefan Sveyg (Stefan Zweig) 1881 yilning 28 noyarida Vena shahridagi badavlat xonadonda, to‘qimachi korxona egasi Morits Sveyg oilasida dunyoga keldi. 1900 yilda gimnaziyani tamomlab,Vena universitetining falsafa fakultetiga tahsil ola boshladi.Talabalik chog‘idayoq “Kumush torlar” deb nomlangan ilk she’riy kitobchasini nashr ettirdi va uni pochta orqali taniqli shoir Rayner Mariya Rilkega yubordi. Mana shu ilk kitobchadan boshlab Stefvn Sveyg bilan Rayner Mariya Rilke o‘rtasida juda uzoq davom etgan do‘stlik rishtalari bog‘landi.
    Universitetni tamomlagan Stefan Sveyg dunyo bo‘ylab sayohatga otlandi. Dastlab Yevropa shaharlarini, keyinchalik Osiyo va Amerika qit’asidagi ko‘plab shaharlarni tomosha qildi. Birinchi jahon urushi oxirlab qolgan 1917 yildan boshlab u Shveytsariyada istiqomat qiladi. Ayni shu paytlari u buyuk fransuz adibi Romen Rollan bilan do‘stlashadi.
    1922 yildan boshlab Stefan Sveyg nomini mashhur qilgan kitoblar birin-ketin nashr etildi. Ayniqsa, adibning tarixiy-biografik yo‘nalishda yozilgan “Erazm Rotterdamusning shukuhi va fojiasi” (1934), «Mariya Styuart» (1935) asarlari yangilanayotgan Yevropa adabiyotida katta o‘zgarish yasadi.
    Ikkinchi jahon urushining boshlanishi Stefan Sveygni Yevropadan Amerika qit’asiga bosh olib ketishga majbur qildi. Fashizmning ashaddiy dushmani bo‘lgan adib natsistlarning Yevropa bo‘ylab g‘olibona yurishlariga toqat qilolmadi va ruhiy tushkunlik natijasida 1942 yilning 22 fevralida o‘z joniga qasd qilib, hayotdan ko‘z yumdi. Stefan Sveygning fojiali o‘limi haqida Erix Mariya Remark o‘zining “Jannatdagi soyalar” romanida shunday satrlarni bitgan edi: “Agar olis Braziliyada o‘z jonlariga qasd qilgan Stefan Sveyg va uning xotini o‘sha fojiali oqshom biror bir kishiga o‘z his-tuyg‘ularini to‘kib solish imkoniga ega bo‘lganlarida edi, bu dahshatli o‘lim yuz bermagan bo‘lardi. Afsuski Sveyg begona yurtda va begona odamlar orasida yashayotgan edi”.

  • Jeyms Joys (1882-1941; Irlandiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Irlandiyalik buyuk yozuvchi Jeyms Joys ijodi XX asr jahon adabiyoti tarixida muhim o‘rin tutadi. Uning hozirgi zamon adabiyotlariga ko‘rsatgan ta'siri g‘oyatda ulkan. E.Xeminguey, U.Folkner, T.Vulf kabi dunyoga mashhur adiblar uning shogirdlari bo‘lishgani, ular o‘z asarlari haqida Joysning e'tirofini ilhaq bo‘lib kutishgani ham fikrimizni tasdiqlaydi. 1982 yili YUNESKO qarori bilan irland realistik adabiyotining klassigi Jeyms Joys tavalludining 100 yilligi butun dunyoda keng nishonlandi. Adibning “Dublinliklar” nomli hikoyalar to‘plami, “Musavvirning yoshlikdagi shamoyili” va “Uliss” romanlari allaqachon yuzlab xalqlar tillariga tarjima qilingan, jahondagi barcha nufuzli oliy o‘quv yurtlari, o‘rta ta'lim adabiyot dasturlari va majmualaridan o‘rin olgan.
    O‘zbek o‘quvchisi bu ulug‘ yozuvchi ijodi bilan Istiqlol sharofati tufayli bahramand bo‘la boshladi. Hozircha uning “Dublinliklar” to‘plamidan bir necha hikoyalar, “Jakomo Joys” nomli nasriy asari gazeta va jurnallarda e'lon qilindi. 1993 yili filologiya fanlari nomzodi Tilavoldi Jo‘raevning oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Jeyms Joys” nomli risolasi chop etildi.
    J.Joysning “Musavvirning yoshlikdagi shamoyili” romani bir qarashda atoqli o‘zbek adiblari Oybek, Abdulla Qahhor va G‘afur G‘ulomning avtobiografik asarlarini yodga soladi. Yosh bolaning, o‘smirning ongi atrof-muhitni qay tarzda qabul qiladi, u ta'lim-tarbiya olayotgan maskandagi o‘zaro munosabatlar, oiladagi, jamiyatdagi vaziyat bola ongining shakllanishida nechog‘li ahamiyat kasb etadi, muayyan muhitda shakllangan bu ong o‘z-o‘zini anglash jarayonlarini qanday kechiradi — bular barchasi J.Joys romanida nozik psixologik tahlillar orqali juda chuqur ochib berilgan. Muallif asar qahramonining fikrlarini, o‘y-xayollarini, kechinmalari va his-tuyg‘ularini asosan uning ichki monologlari orqali ko‘rsatib beradi.

    Ahmad Otaboyev

  • Virginiya Vulf (1882-1941; Angliya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Virginiya Vulf (ingl. Virginia Woolf, 1882—1941) (qizlik ismi Adelina Virginiya Stiven (Adeline Virginia Stephen)) — britaniyalik mashhur yozuvchi, adabiy tanqidchi. XX asr birinchi yarmining eng ko‘zga ko‘ringan modern yozuvchilaridan biri.
    Uning «Kun va tun» (Night and Day, 1919), «Jeykobning xonasi» (Jacob’s Room, 1922), «Missis Dellouey» (Mrs. Dalloway, 1925), «Mayoqda» (To the Lighthouse, 1927), «Orlando. Biografiya» (Orlando: A Biography, 1928), «To‘lqinlar» (The Waves, 1931), «Flash. Biografiya» (Flush: A Biography, 1933), «Yillar» (The Years, 1937), «Aktlar aro» (Mejdu aktov, 1941) kitoblari mashhur.

  • Aleksey Tolstoy (1882-1945; Rossiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Aleksey Nikolaevich Tolstoy [1882.29.12(1883.10.1), hoz. Saratov viloyati, RF — 1945.23.2, Moskva] — rus yozuvchisi, jamoat arbobi. SSSR Fanlar Akademiyasi akademigi (1939). Peterburg Texnologiya institutida o‘qigan (1901—07). 1918—23 yillarda Parijda yashagan. Ilk to‘plami — «Lirika» (1907). «G‘alati odamlar» nasriy to‘plami (1911) va «Oqsoq boy» (1912) romanida zodagonlar hayoti aks etgan. «Aelita» (1922—23) va «Injener Garinning mo‘‘jizasi» (1925—27) ilmiy-fantastik romanlari bor. «Sarsonlik — sargardonlikda» trilogiyasi («Opa-singillar», 1922; «O‘n sakkizinchi yil», 1927—28; «Bulutli tong», 1924—41) rus ziyolilari haqida. «Ulug‘ Pyotr» tarixiy romani (1-kitob, 1929-30; 2-kitob, 1933-34; 3-kitob tugallanmagan)da Pyotr I zamonining ijtimoiy-tarixiy voqealari aks etgan. Tolstoy shu mavzuda pesa (1934— 1938) va kinostsenariylar ham yozgan. Italyan folklori motivlari asosida «Oltin kalit yoki Buratinoning boshidan kechirganlari» kitobi (1936) bolalarga bag‘ishlangan. 2-jahon urushining boshlanishi bilan aksar rus, ukrain va belorus yozuvchilari qatori, Tolstoy ham 1941 yil noyabrda Toshkentga kelgan. U shu yerda «Ivan Grozniy» dilogiyasining 1-qismini tugatib, ushbu dilogiyaning 2-qismi «Mashaqqatli yillar» (1942)ni va «Yovuz kuch» pesasini yozgan. «Buyuk Pyotr» romani va «Sarsonlik — sargardonlikda» trilogiyasiga esa sayqal bergan. Shuningdek, sovet axborot agentligining muxbiri sifatida markaziy va respublika gazetalari uchun, jumladan, o‘zbek xalqining urush yillaridagi hayotiga bag‘ishlangan publitsistik maqolalar yozgan. Shu yillarda O‘zbekistondagi adabiy hayotda faol ishtirok etgan. Oybek, Hamid Olimjon, Shayxzoda, Izzat Sulton, Yashin va boshqa bilan ijodiy aloqada bo‘lgan.

  • Yaroslav Gashek (1883-1323; Chexiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Mashhur chex yozuvchisi Yaroslav Gashek 1883 yili Pragada tug‘ilgan. Uning ijodida ijtimoiy satira asosiy o‘rinni egallaydi. U o‘zidan 1500 dan ortiq hikoya, felyeton va boshqa asarlarni qoldirgan.
    «Qotil sud oldida» (1907), «Shaxtadagi falokat» (1908) hajviy asarlari mashhur.
    Birinchi jahon urushi arafasida «Shovvoz askar Shveyk va boshqa ajoyib voqealar» (1911) hikoyalar to‘plami unga katta shuhrat keltiradi. «Shovvoz askar Shveykning jahon urushidagi sarguzashtlari» hajviy-realistik romani (1921—23, asar tugallanmay qolgan) urushga va milliy zulmga qarshi yozilgan. Unda xalqning og‘ir turmushi yorqin obrazlarda aks ettirilgan.
    Bu asar ko‘plab xorijiy tillarga, shuningdek «Shovvoz Shveykning boshidan kechirganlari» nomi bilan o‘zbek tiliga tarjima qilingan (1971).
    Yaroslav Gashek 1323 yili Lipnitseda vafot etgan.

  • Frans Kafka (1883-1924; Chexiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/kafka.jpgFrans Kafka 1883 yilning 3 iyulida Praga shahrida tug‘ilgan. Otasi o‘z mehnati tufayli shaharda kichikroq bir fabrikaning egasi bo‘lgan. Kafka Pragadagi nemis gimnaziyasini tugatib, 1901 - 1905 yillarda Praga universitetida huquqshunoslikni o‘rgandi, san’at tarixi va olmonshunoslik bo‘yicha ma’ruzalar tingladi. 1906 - 1907 yillarda Praga shahar sudining advokatlar idorasida amaliyot o‘tadi. 1907 yilning oktyabridan boshlab xususiy sug‘urta jamiyatiga xizmatga kirdi. 1908 yilda Praga tijorat akademiyasida shu ixtisoslik bo‘yicha malakasini oshirdi. Shundan so‘ng u turli kam ish to‘lanadigan tashkilotlarda ishlagan. 1917 yilda Kafka sil kasaliga duchor bo‘ladi, 1922 yilda nafaqaga chiqadi. 1923 yili Berlinga ketadi, lekin sog‘ligining yomonlashuvi sababli Pragaga qaytishga majbur bo‘ladi. Frans Kafka 1924 yilning 3 iyunida Vena shahri atrofidagi Kirling sanatoriyasida vafot etadi.
    Asarlari: «Bir kurash tarixi» (1902-1903, birinchi asari), «Qurilish» (1923, oxirgi asari), «Amerika» (1911-1916, birinchi romani), «Jarayon» (1915-1918, ikkinchi romani), «Qo‘rg‘on» (1921-1922, oxirgi romani), «Evrilish», «Hukm», «Jazo koloniyasida», «Ochlik ustasi», «Otamga xat» va boshqalar.
  • Umar Sayfiddin (1884-1920; Turkiya)  ( 11 ta sahifa mavjud )

    Turk hikoyachiligining mumtoz vakili, jurnalist va zobit Umar Sayfiddin 1884 yili Turkiyaning Belikesir shahrida dunyoga keldi. Avval Usmoniya maktabida, so‘ngra harbiy bilim yurtlarida o‘qigan Umarning ilk ijod mahsuli 1900 yili “Majmuai adabiyya”da chop etildi. 1906 yili Izmirdagi jandarm maktabiga o‘qituvchi bo‘lib ishga kirdi. Shu yillarda Izmirda chop etiladigan “Sebat”, “Xizmat”, “Sarbast” kabi gazetalarga maqolalar yozdi.
    Umar Sayfiddin harbiy harakatlarda ishtirok etarkan, ijodni ham tark etmadi. 1911 yili “Yosh qalamkashlar” jurnalida uning “Yangi lison” nomli maqolasi imzosiz chop etildi. Maqolada milliy tilni asrab qolish, boshqa tillardan so‘z olgandan ko‘ra, uning milliy muqobillarini topish, adabiyotni xalq tiliga yaqinlashtirish kabi jiddiy masalalar ko‘tarilgan edi. Uning “Bahor va qaldirg‘ochlar”, “Qo‘zg‘olish xabari”, “Primo Turk bolasi”, “Ont” va “Ishq to‘lqini” kabi hikoyalari ham ayni shu jurnalda bosildi.
    Leytenant Umar Sayfiddin 1912 yilda Bolqon urushida qatnashdi va Yanya yaqinida yunon armiyasiga asirga tushdi. “Pastkash”, “Mahdiy”, “Hurriyat Bayroqlari” nomlı hikoyalarida asirlikdagi hayotini qalamga oldi. Bu hikoyalar “Xalqqa to‘g‘ri”, “Turk yurti” va “Zako” kabi jurnallarda nashr etildi.
    Bir yillik asirlikdan so‘ng, 1913 yili Istanbulga qaytdi va harbiylikni tashlab, “Turk So‘zi” jurnaliga muharrirlik qila boshladi. 1914 yildan umrining oxirigacha Kabatash maktabida adabiyotdan dars berdi.
    Umar Sayfiddin 1920 yili 36 yoshida qand kasalidan vafot etdi.
    Umar Sayfiddinning “Tarix azaliy takrordir” (1910), “Haram” (1918), “Efruz Bey” (1919), “Qahramonlar”, “Bomba”, “Haram”, “Uzun poshnalar”, “Halollik”, “Yolg‘iz bahodir”, “Iskanja”, “Ishq to‘lqini”, “Oq Lola”, “Sirli amaliyot”, “Forsa”, “Badal” (“Yoshlik” jurnalida chop etilgan), “Pushti durli yoqa” kabi asarlari mashhur.

  • Aleksandr Belyayev (1884-1942; Rossiya)  ( 3 ta sahifa mavjud )

    Aleksandr Romanovich Belyayev (4 (16) mart 1884, Smolensk — 6 yanvar 1942, Pushkin) — rus fantast-yozuvchisi, rus fantastik adabiyotining asoschilaridan biri. «Professor Douelning boshi», «Odam-amfibiya», «Ariel», «KES yulduzi» (KES — Konstantin Eduardovich Siolkovskiy) va boshqa (jami 70 ta ilmiy-fantastik asar, jumladan 13 roman) asarlari mashhur. Uni «Rus Jyul Verni» deb ham atashadi.
    Roman va qissalari: «Professor Douelning boshi» (1925), «Atlantidaning so‘nggi odami» (1926), «Dunyo hukmdori» (1926), «Halok bo‘lgan kemalar oroli» (1926), «Odam-amfibiya» (1928), «Efirdagi jang» (1928), «Mangu non» (1928), «Oltin tog‘» (1929), «Havo sotuvchisi» (1929), «Yuzini yo‘qotgan odam» (1929), «Suv osti dehqonlari» (1930), «Yer yonmoqda» (1931), «Havo kemasi» (1934), «Mo‘‘jizaviy ko‘z» (1935), «KES yulduzi» (1936), «Osmondan kelgan mehmon» (1937—1938), «Dublve laboratoriyasi» (1938), «Arktika osmoni ostida» (1938), «Yalmog‘iz qulfi» (1939), «Ariel» (1941).

  • Deymon Ranon (1884-1946; AQSh)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Deymon Ranon (Damon Runyon) – amerikalik hikoyanavis, stsenarist, aktyor, prodyuser, 20-30-yillarning eng mashhur gazetachisi. Uning ko‘pgina asarlari ekranlashtirilgan.
    Uning "Bir ko‘zli Jonni", "Yumor hisi", "Palm Bichlik Santa Klaus" kabi asarlari mashhur.

  • Fridesh Karinti (1885-1938; Vengriya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Fridesh Ernyo Karinti (veng. Karinthy Frigyes Ernő; 25 iyun 1887, Budapesht — 29 avgust 1938, Shiofok) — venger yozuvchisi, Vengriyaning eng ko‘zga ko‘ringan yozuvchilaridan biri.
    1902 yili Jyul Vernga o‘xshatma tarzda yozilgan «Yer markaziga to‘y sayohati» asarini ilk marta taqdim etgan. Vengriya modernistlarining «Nyugat» (G‘arb) jurnali bilan hamkorlik qilgan.
    Fridesh Karinti birqancha she’rlar, parodiyalar, hikoyalar, fantastik-hajviy qissa va romanlar, dramalar yozgan.  Alan Miln, Jonatan Svift asarlarini venger tiliga tarjima qilgan.
    Asarlari: «Qiyshiq oyna» (1912, hikoyalar), «Siz shunday yozasiz» (1912, parodiyalar), «Yosh yigit bilan uchrashuv» (1913, hikoyalar), «Fa-re-mi-doga sayohat» (1915, parodiya), «Kechiring, hurmatli ustoz» (1916, hajviy roman), «Sehrli kreslo» (1918, pesa), «Xristos va Varrava (1918, feletonlar), «Kapillariya» (1921, ««Fa-re-mi-doga sayohat»ning davomi), «Sim ustida raqs» (1923, roman), «Buni hech kimga ayta olmayman» (1930, she’rlar), «Jannatdan xabar» (1937, hajviy roman), «Bosh suyagim uzra sayohat» (1937, roman-grotesk), «Idishdagi maktub» (1938, tamomlanmagan she’rlar).

  • Andre Morua (1885-1967; Fransiya)  ( 7 ta sahifa mavjud )

    Andre Morua (André Maurois) (taxallusi; asl nomi Emil Erzog; 1885.26.7, El-byor — 1967.9.10, Parij) — fransuz yozuvchisi. Fransiya akademiyasi a’zosi (1938 yildan). «Kamsuxan polkovnik Braml» (1918) va «Sergap doktor O’Tredi» (1922) romanlarida o‘zi ishtirok etgan 1-jahon urushidan olgan taassurotlarini aks ettirgan. «Bernar Kene» (1926), «Taqdir o‘yinlari» (1928), «Oilaviy davra» (1932), «Ona zamin» (1945) romanlari fransuz xalqi oliy tabaqasi hayoti haqida.
    Morua adabiy-tanqidiy esselari, tarixiy shaxslar haqidagi kitob va xotiralari bilan mashhur. U «Ariel yoki Shelli hayoti» (1923), «Bayron» (1930), «Turgenev» (1931), «Leliya yoki Jorj Sand hayoti» (1952), «Olimpio yoki Viktor Gyugo hayoti» (1954), «Uch Dyuma» (1957), «Prometey yoki Balzak hayoti» (1965) singari asarlari bilan xorijiy adabiyotda biografik roman janriga tamal toshini qo‘ygan. Morua bu asarlarida mashhur kishilar hayoti va ijtimoiy faoliyati faktlaridan chetga chiqmagan holda ular haqida badiiylashtirilgan hujjatli roman yozish mumkinligini isbotlab berdi. Morua o‘z qahramonlariga bo‘lgan mehrli munosabatini ifodalash orqali adabiyotning insonsevarlik mohiyatining teranlashishiga qissa qo‘shdi.
    Moruaning «Chorshanba binafshalari» turkumidagi hikoyalari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

  • Fransua Moriak (1885-1970; Fransiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Fransua Moriak (1885.11.10, Bordo — 1970.1.9, Parij) — fransuz yozuvchisi. Fransiya Fanlar Akademiyasi a’zosi. Ijodiy faoliyatini shoirlikdan boshlagan. Birinchi romani «Zanjir jafosini tortgan bola» (1913)da qishloklik yigitning Parijdagi sarguzashtlari tasvirlangan. «Moxovga hadya etilgan bo‘sa» (1922), «Volida» (1923), «Tereza Deskeyru» (1927), «Ilonlar o‘rami» (1939), «Boshi berk ko‘cha» (1939) kabi romanlari mashhur. 1943 yilda Fransiya Qarshilik harakatiga qo‘shilib, Forez taxallusi bilan fashizmga qarshi maqolalar yozgan («Qora daftar»). Uning urushdan keyin yozilgan asarlaridan «Maymun» (1951), «Xudoyiga atalgan qo‘zichoq» (1954), «O‘tmish o‘spirini» (1969) kabi romanlari mashhur.
    Moriak 1952—70 yillarda Fransiyada chiqadigan «Ekspress» va «Figaro» gazetalarida o‘zining siyosiy, axloqiy va estetik mavzularda yozilgan «Yon daftarlar» ini e’lon qildi. Uning ijodi uchun illatlarni ruhiy taxlil qilish va tabiiy detallashtirish xos. «Roman» (1928), «Romannavis va uning personajlari» (1938), «Ruhiyat xotiralari» (1956) kabi asarlarida yozuvchining badiiy-estetik karashlari o‘z ifodasini topgan. So‘z san’atidagi har qanday modernizmga qarshi turgan Moriak hayotni qanday bo‘lsa, shundayligicha tasvirlashga intilgan. Nobel mukofoti laureati (1952).

  • Nikolay Gumilyov (1886-1921; Rossiya)  ( 3 ta sahifa mavjud )
    Gumilyov Nikolay Stepanovich [1886.3(15).4, Kronshtad, - 1921.24.8, Petrograd] — rus shoiri. Anna Axmatovanint umr yo‘ldoshi.
    Asosiy asarlari: «Istilochilar yo‘li» (1905), «Romantik gullar» (1908), «Marvarid» (1910), «Begona osmon» (1912), «O‘qdon» (1916), «Gulxan» (1918), «Chodir» (1921), «Olovli ustun» (1921) she’riy to‘plamlari, «Palma soyasi» (1922) hikoyalar to‘plami, «Rus she’riyati haqida maktublar» (1923) tanqidiy maqolalar to‘plami. Volter, T. Gote, S. Kolrij, G. Geyne va boshqa adiblarning asarlarini rus tiliga tarjima qilgan. Petrogradda «Vsemirnaya literatura» («Jahon adabiyoti») nashriyotining ishida qatnashgan. Ritmlarning ravonligi, yorqinligi, ohangining mag‘rur va ko‘tarinkiligi Gumilyov she’riyatining o‘ziga xos tomonidir.
    Gumilyov 1917 yil oktyabrdagi davlat to‘ntarishini qabul qilmadi va aksilinqilobiy fitna ishtirokchisi sifatida qatl etildi. 1991 yili Gumilyov ishi tarkibida jinoyat yo‘qligi sababli to‘xtatilgan.
  • Mushfiq Kozimiy (1887-?; Eron)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    Murtazo Mushfiq Kozimiy (1887 — ?) — Eron yozuvchisi. Zamonaviy fors nasrining asoschilaridan biri. «Erane javan» («Yosh Eron») jurnalida bosh muharrir bo‘lib ishlagan (1926). Ijodiy faoliyati 20-asrning 20-yillaridan boshlangan. Kozimiyning birinchi yirik asari «Qo‘rqinchli Tehron» (1922) romani hisoblanadi. Romanda Erondagi ijtimoiy hayot, xalq boshiga tushgan qiyinchiliklar, adolatsizliklar, ayollarning og‘ir qismati aks ettirilgan. Romanning 1-qismi «Mahuf» (1921) Tehronda, 2-qismi «Bir kecha xotirasi» (1924) Berlinda nashr etilgan. Kozimiy «So‘ligan gul», «Qimmatga tushgan rashk» va boshqa romanlar muallifi. Publitsistik asarlari, tarjimalari Eron adabiyotida o‘ziga xos o‘rin tutadi. «Ko‘rqinchli Tehron»ning 1-qismi Fafur G‘ulom, 2-qismi Sotiboldi Yo‘ldoshev tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
  • Yusuf Vazir Chamanzaminli (1887-1943; Ozarbayjon)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Yusuf Vazir Chamanzaminli Ozarbayjon madaniyatida o‘chmas iz qoldirgan adiblardan. U 1887 yili Shusha shahrida tug‘ilgan. 1915 yili Kievdagi Imperator universitetining huquqshunoslik fakultetini tugatgan. Shundan so‘ng u turli siyosiy va diplomatik lavozimlarda ishladi.
    Chamanzaminli bir qator hikoyalari, "Studentlar" (1919), "O‘tmish sahifalari" (1926), «Qon ichra», "Zulmatdan ziyoga" (1933), "Qizlar bulog‘i" (1934), "1917 yil" (1939) romanlari bilan shuhrat qozondi. "Qizlar bulog‘i" romani adib ijodida alohida o‘rin tutadi.

  • Ketrin Mensfild (1888-1923; Yangi Zedandiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/ketrin_mensfild.jpgKetrin Ménsfild (ingl. Katherine Mansfield, xususan Ketlin Boshan, ingl. Kathleen Beauchamp, 14 oktyabr 1888, Vellington, Yangi Zelandiya — 9 yanvar 1923, Fontenblo, Fransiya) — yangi zelandiyalik ingliz adibasi. Yangi Zelandiyaning eng mashhur yozuvchisi.
  • Erl Stenli Gardner (1889-1970; AQSh)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Erl Stenli Gardner 1889 yili AQShning Massachusets shtatida tug‘ilgan. Yuridik oliy ma’lumotni Valparasodagi Huquq maktabida oladi. U adabiy faolyaitini yuridik faoliyat bilan birga olib boradi.
    1933 yili chop etilgan birinchi detektiv romani «Baxmal changali ishi» unga katta muvaffaqiyat keltiradi. 1937 yili Gardner Temekula shahriga ko‘chib o‘tadi va umrining ozxirigacha shu yerda yashaydi.
    Gardner bir seriyali romanlar muallifi. Advokat Perri Meyson bosh qahramon bo‘lgan roman seriyasi juda ham mashhur. Perri Meyson – Gardnerning 84 romani qahramonidir.
    A.A.Feyr taxallusi ostida Gardner izquvar Donald Lem haqida ham seriyali romanlar yozgan.

  • Karel Chapek (1890-1938; Chexiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Chex yozuvchisi. Praga universitetining falsafa fakultetini tugatgan (1915). 1921 — 22 yillarda Praga teatrida rejissyor, keyinchalik butunlay yozuvchilik va jurnalistika bilan shug‘ullangan.
    «Krakonot bog‘i» (1918) hamda «Shu’lavor tubsizliklar» (1916) to‘plamlariga kirgan dastlabki hikoyalarini akasi Iosif Chapek (1887-1945) bilan hamkorlikda yozgan. «Chormixga tortish» (1917) va «G‘amgin hikoyalar» (1921) to‘plamlaridan joy olgan hikoyalarida urush yillarining sertashvish muhiti, kishilararo munosabatlardagi ziddiyatli manzaralar aks ettirilgan. «Qaroqchi» lirik komediyasi (1920) da o‘zi e’tiqod qo‘ygan «har kim o‘zicha haq» falsafasini badiiy yoritishga harakat qilgan.
    Chapek nomini, asosan, ijtimoiy-fantastik mazmundagi asarlari dunyoga yoygan. Temirtan (robot; «robot» so‘zini Chapek o‘ylab topgan)lar qo‘zg‘olonidan hikoya qiluvchi «R. V. R.» (1920), «Mikropulosning quroli» (1922) dramalari, «Absolyut fabrikasi» (1922) va «Krakatit» (1924) romanlarida yuksak insonparvarlik borasidagi o‘y-mushohadalarini bayon etgan.
    «Adamsavdogar» pyesasi (1927; akasi bilan hamkorlikda), «Cho‘ntakdagi hikoyalar», «Boshqa cho‘ntakdagi hikoyalar» (1929) o‘tmishdagi adabiy va diniy syujetlar asosida yozilgan. «Apokriflar»da ana shu holat seziladi. «Gordubal», «Meter», «Oddiy hayot» (1933—34) romanlarini qamrab olgan trilogiyasi noinsoniy urf-odatlar, fashizm reaktsiyasiga qarshi kurash g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan.
    «Salamandrlar bilan jang» (1916) romani Chapek ijodining cho‘qqisi hisoblanadi. Unda umuminsoniy qadriyatlar fashizmning irqiy nazariyasi va siyosatiga, g‘ayriinsoniy munosabatlarga qaramaqarshi qo‘yilgan. Ayni shu g‘oyalar «Oq kasallik» (1937), «Qutqaruvchi» (1937), «Ona» (1938) kabi qissa va dramalarida ham davom ettirilgan.
    Chapek hozirgi zamon ijtimoiy fantastikasiga samarali ta’sir ko‘rsatgan, uning badiiy olamini boyitgan.

  • Muhammad Ali Jamolzoda (1890-1992; Eron)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Said Muhammad Ali Jamolzoda (1890, Isfahon sh., Eron, — 1992, Jeneva, Shveytsariya) — yozuvchi. Isfahon, Tehron va Fransiyada o‘qigan. Huquqshunoslik doktori. Adabiy faoliyati 20-yillardan boshlangan. Birinchi hajviy hikoyalar to‘plami — «Bir bor ekan, bir yo‘q ekan» (1921) bilan hozirgi Eron hajviy prozasini boshlab bergan. Hikoyalarida Erondagi turli tabaqa vakillari qiyofasi tasvirlangan. Jamolzoda «Husayn Ali amaki» (1942), «Achchiq va shirin» (1955) kabi hikoyalar to‘plamlari va «Jinnixona» (1942), «Mahshar sahrosi» (1944), «Kultashandevon» (1945), «Suv yo‘li» (1947), «O‘ngi-chapi bir xil mato» (1955) kabi qissalar, shuningdek, qator pesalar va maqolalar muallifi. U Shiller, Moler va boshqa yozuvchilarning asarlarini forschaga tarjima qilgan. Jamolzodaning bir qancha asarlari o‘zbek tilida nashr qilingan.

  • Agata Kristi (1891-1976; Angliya)  ( 4 ta sahifa mavjud )

    Ingliz yozuvchisi. Detektiv janr ustasi. 85 roman, 20 pyesa va ko‘plab hikoyalar muallifi.
    Kristi eng yaxshi asarlarida («Puaro tergov qiladi», 1924; «Kaminlar siri», 1925; «Rojer Ekroydning qatl etilishi», 1926; «N yoki M?» 1941; «Qopqon», 1954; «Ayblov guvohi», 1954 va b.) jinoyat nafaqat dalillar asosida, balki qahramonlarning, chunonchi, belgiyalik izquvar Erkyul Puaroning botiniy tuyg‘usi va sezgirligi tufayli ochiladi.
    Kristi asarlarining katta muvaffaqiyati syujetning qiziqarliligi, yechimning kutilmaganligi, personajlarning yorqinligi bilan izohlanadi. Asarlari 103 tilga tarjima qilingan.

  • Mixail Bulgakov (1891-1940; Ukraina/Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Mixail Afanasevich Bulgakov (1891.3(15). 5, Kiev - 1940.10.3, Moskva) — rus yozuvchisi. Kiev universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan (1916). Ilk to‘plami «Iblisnoma»da (1925) jamlangan hajviyoti o‘sha davr matbuotida katta shov-shuvga sabab bo‘ladi. «Oq gvardiya» (1925— 27) tugallanmagan romani mavzui asosida «Turbinlar kuni» pesasini yozadi (1926 yilda sahnalashtirilgan). Bu asarlarida «Qochish» (1926-28; 1957 yilda sahnalashtirilgan) pesasidagi kabi eski rus ziyolilari kayfiyatidagi keskin o‘zgarish, «oqlar» harakati g‘oyasi, muhojirlik yo‘lining samarasizligi aks etgan. «Zoykaning uyi» (1926 yilda sahnalashtirilgan), «Baxmal orol» (1928 yilda sahnalashtirilgan) komediyalarida Bulgakov yangi iqtisodiy siyosat tarafdorlarining turmush va axloqini mazax qiladi, biqiq teatr muhitidagi urf-odatlar ustidan kuladi. 20-yillar oxirida rus adabiy tanqidi Bulgakov ijodini salbiy baholaydi, uning asarlari nashr etilmaydi, pesalari teatr sahnalaridan olib tashlanadi. 30-yillar boshlaridan Bulgakov teatrda rejissyor yordamchisi bo‘lib ishlaydi, Gogolning «O‘lik jonlar» (1932) asarini sahnalashtiradi. «Janob de Moler hayoti» biografik povestida (1932—33 yillarda yozilib, 1962 yilda nashr etilgan) Bulgakov haqiqiy san’at bilan mustabid tuzum bir-biriga zidligini tasvirlaydi. 30-yillardan umrining oxirigacha Bulgakov «Usta va Margarita» romani ustida ishlaydi (1966— 67 yillarda nashr etilgan). «Ityurak» asari (1987) asosida kinofilm yaratilgan. «Usta va Margarita» Qodir Mirmuhamedov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan (1987).

  • Akutagava Ryunoske (1892-1927; Yaponiya)  ( 5 ta sahifa mavjud )

    1892 yilda dunyoga kelgan Ryunoske oilada kenja farzand edi va ota-onasi uni farzandsiz xolasiga berib yuborishadi.
    1910 yilda Tokiodagi o’rta maktabni a’loga bitirgan Ryunoske kollejning adabiyot bo’limiga, so’ngra Tokio universitetining ingliz tili bo’limiga kiradi. Yozuvchining ijodi boshlangan davr 1915 yilga to’g’ri keladi, o’shanda u «Rasemon darvozasi» va «Burun» hikoyalarini yozadi.
    1916 yilda Akutagava universitetni tamomlaydi va harbiy-dengiz maktabida ingliz tili muallimi sifatida ish boshlaydi. Shu davrda u Yasukiti ismli o’qituvchi timsolida o’zining hayoti tasvirlangan turkum hikoyalar yozadi.
    Akutagava 1927 yilda tushkunlikka berilgan holda o’ta ko’p miqdorda dori ichib o’z joniga qasd qiladi. Uning o’limi adabiyot olamida shov-shuvga sabab bo’ladi. U o’limidan ancha ilgari o’z joniga suiqsd qilish haqida ko’p gapirar va yozar, hamma uning bu so’zlariga ko’nikib qolgandi.
    Aytishlaricha, o’limidan ilgari 35 yoshli Akutagava shunday degan ekan: «Tabiat menga juda jozibali tuyulyapti, chunki men dunyoga so’nggi marta qarayapman!».

  • Rashod Nuri Guntekin (1892-1956; Turkiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Rashod Nuri Guntekin (1892, Istanbul — 1956, London) — turk yozuvchisi, dramaturg, tarjimon, adabiyotshunos. Istanbul universitetini tugatgan (1912). Dastlabki asarlari («Eski oshna», 1917; «Xanjar», 1918; «Sirli qo‘l», 1921 va b.)da kiborlar jamiyatiga xos illatlar fosh etilgan. Yozuvchining mashhur asarlaridan biri «Choliqushi» (1922) romanida turk qishloqlarining yorqin manzarasi chizilgan, asar qahramonlari hayoti, sarguzashtlari tasvirlangan. «Tamg‘a» (1925), «Shafqat qiling», «Yashil tun» (1928), «Xazonrezgi» (1930) romanlarida zamonasining o‘tkir ijtimoiy masalalari, inson va jamiyat, yashashning ma’nosi kabi muammolarni ko‘tarib chiqadi. Guntekin 24 roman, 7 hikoyalar to‘plami, qator pesalar yozgan, 24 jildli asarlar to‘plami nashr etilgan (1958 — 61). U «Lev Tolstoy» monografiyasi (1933) muallifi. Guntekin asarlari ko‘p tillarga tarjima qilingan. «Choliqushi» (1959, 1965, 1968, 1988, 1999, Mirzakalon Ismoiliy tarjimasi) va boshqa romanlari o‘zbek tilida nashr etilgan.

  • Marina Svetaeva (1892-1941; Rossiya)  ( 4 ta sahifa mavjud )
    Svetaeva Marina Ivanovna (1892.26.11, Moskva - 1941.31.8, Yelabuga, Tatariston) rus shoirasi. Moskva universiteti professori. Lozanna va Freyfurgdagi musiqa maktabi va katolik pansionda, Yaltadagi kizlar gimnaziyasida o‘qigan. Oktyabr to‘ntarishini qabul qilmay, 1922 yilda Pragaga, 1925 yilda esa Parijga ko‘chib borgan. Muhojirlikda muhtojlik va vatansizlik azobini boshidan kechirgan. Svetaeva 2-jahon urushi boshlanishi bilan SSSRga qaytib kelgan (1939). Ammo ko‘p o‘tmay, ruhiy iztiroblar orqasida o‘z joniga qasd qilgan.
    Dastlabki she’riy to‘plamlari — «Oqshom albomi» (1910) va «Sehrli fonar» (1912). 1916 yilga kelib, Svetaeva ijodining asosiy mavzui — muhabbat, Rossiya, she’riyat mavzui uzil-kesil shakllanadi. Svetaevaning 20-yillar avvaliga oid she’rlari oq gvardiyachilarning muhojirlikda nashr etilgan jurnallarida e’lon qilinadi. Shu davrda uning «Blokka atalgan she’rlar», «Hijron»(1922), «Psixeya, Romantika», «Hunar» (1923) she’riy kitoblari va «Barakalla» (1924) doston-ertagi nashr etilgan. Svetaevaning «Rossiyadan keyin. 1922— 25» so‘nggi to‘plami 1928 yili Parijda bosilgan.
    Svetaeva she’riyati musiqiyligi, tovushning she’r musiqiy qurilmasidagi katta o‘rni va ahamiyati bilan ajraladi. Tashki dunyo bilan murosa qila olmagan va shu dunyodagi hayotida ro‘shnolik ko‘rmagan shoiraning asarlari, jumladan, «Tog‘lar dostoni», «Intiho dostoni» (1926), «Krisolov» lirik satirasi (1925), hatto antik davr syujetlari asosida yozilgan «Tezey» (1927) va «Fedra» (1928) tragediyalari uzun hamda keskin monologlardan tarkib topgan. Svetaeva nasrda ham qalam tebratib, M. Voloshin, O. Mandelshtam, A. Beliy va boshqalar haqida falsafiy o‘ylar va xotiralardan iborat o‘ziga xos adabiy portretlarni yaratgan.
  • Konstantin Paustovskiy (1892-1968; Rossiya)  ( 5 ta sahifa mavjud )

    Rus yozuvchisi. Dastlab Kiev universitetining tabiiy-tarix fakulteti (1911—13), keyin Moskva universitetining yuridik fakultetida o‘qigan.
    «Romantiklar» ilk romani 1916—23 yillarda yozilgan. 1935 yilda nashr etilgan bu romanda, «Tovlangan bulutlar» (1929) romanida bo‘lganidek, Paustovskiy nasriningo‘ziga xos xususiyaglari — kishilardagi ez-gulik tuyg‘ulariga, mardlik, dustlik, olijanoblik singari fazilatlarga e’tibor sezilib turadi.
    «Jazava» (1925), «Mustamlaka mollari uchun yorliqlar» (1928), «Qora dengiz» singari dastlabki hikoya va qissalarida olis yurtlar haqidagi orzu-armon tuyg‘ulari, bu yurtlarga qilingan sayoxat taassurotlari, uchrashish za vidolashuv mavzulari ustuvorlik qiladi.
    Romantik ruhdagi «Qorabo‘g‘oz» (1932), «Kolxida» (1934) va «Shimol qissasi» (1938) qissalari hamda ko‘plab hikoyalarida rus tarixiga murojaat etib, kishilardagi yuksak insoniy xislatlarni tasvirlashga alohida e’tibor bergan.
    Paustovskiy 30-yillarning 2-yarmidan boshlab san’atkorlar hayoti va ijodiy mehnatiga bag‘ishlangan asarlar («Orest Kiprenskiy», «Isaak Levitan», 1937; «Taras Shevchenko», 1939; «O‘rmonlar qissasi», 1949; «Oltin gul», 1956) yozishga kirishdi. Yozuvchi urushdan keyingi davrda o‘z hayoti voqea va hodisalari bilan to‘yingan «Hayot haqida qissa» epopeyasini yaratdi (1-qism — «Yiroq yillar», 1945; 2-qism —«Sertashvish yoshlik», 1955; 3-qism — «Notanish asrning muqaddimasi», 1957; 4-qism — «Katta umidlar davri», 1959; 5-qism — «Janubga intilish», 1960; 6-qism — «Darbadarlik kitobi», 1963). Paustovskiy bu so‘nggi asarida 20-asrning dolg‘ali yillaridagi Rossiya hayotini badiiy mujassamlantirib bergan.
    Paustovskiyning nozik tuyg‘u va kechinmalar bilan yo‘g‘rilgan asarlari o‘zbek adabiyotida lirik nasrning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan. «Yiroq yo‘llar» va «Oltin gul» qissalari hamda bir qancha hikoyalari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

  • Boris Pilnyak (1894-1937; Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Rus yozuvchisi. “Yalang‘och yil” (1921), “Bo‘ron” (1922), “Uchinchi poytaxt” (1923), “Qizil daraxt” (1929) “Volga Kaspiy dengiziga quyiladi” (1930) kabi asarlari bilan shuhrat qozongan.
    Ijodida rus mumtoz adabiyoti va g‘arbdagi turli adabiy oqimlarning ta’siri ochiq seziladi.
    “So‘nmagan oy qissasi” yozuvchining eng yaxshi asarlaridan biri. U real hayotiy voqealar asosida yozilgan. Ma’lumki, 1925 yilda mashhur qo‘mondon Mixail Frunze Stalinning ko‘rsatmasiga muvofiq majburan operatsiyaga yotqizilgan va ko‘p miqdorda yuborilgan xloroformdan zaharlanib, olamdan o‘tgan edi. Oldindan rejalashtirilgan bu qotillik haqida ana shu yillarda hatto gapirish ham mumkin emas edi. Yozuvchi B.Pilnyak “So‘nmagan oy qissasi”da mazkur voqeaga doir o‘z nuqtai nazarini dadil ilgari suradi. Asar nashr etilishi bilanoq yig‘ishtirib olinadi va yo‘q qilinadi.
    Yozuvchi 1937 yilda soxta ayblar bilan qamalib otib tashlanadi. Vafotidan keyin 1956 yilda oqlangan. Asarlari ko‘p tillarga tarjima qilingan.

  • Mixail Zoshchenko (1894-1958; Rossiya)  ( 8 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/zoshenko.jpgMixail Mixaylovich Zoshchenko (28 iyul (9 avgust) 1894, Sankt-Peterburg — 22 iyul 1958, Sestroretsk) — rus yozuvchisi. 1- va 2-jahon urushi qatnashchisi. Bir qancha asarlari ekranlashtirilgan.
  • Alvaro Korrado (1895-1956; Italiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Alvaro Korrado (15.4.1895, San-Luka, ‒ 11.6.1956, Rim) – italyan yozuvchisi va stsenaristi.
    1-jahon urushi qatnashchisi Alvaro Korradoning birinchi kitobi -  «Xaki she’riyati» she’riy to‘plamidir (1917). Alvaroning eng yaxshi asari ‒ « Aspromontdagi odamlar» qissasi (1930) bo‘lib, asarda Kalabriyadagi dehqonlarning fashizm yillaridagi hayoti tasvirlangan. «Qisqa yoshlik» (1946) romani ruhiyat manzaralaridan iborat. «Deyarli butun umr» kitobi (1954) yozuvchining 1927‒47 yillardagi kundaliklari asosida yozilgan.

  • Vladimir Bragin (1896-1972; Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Vladimir Grigorevich Bragin (1896, Krasnopole — 1972) — yozuvchi va dramaturg, bolalar uchun bir qancha roman, hikoya va qissalar muallifi.
    Uning eng mashhur asari «Qalin o‘tlar mamlakatida» (o‘zbek tiliga «Doktor Dumchevning kashfiyotlari» nomi bilan tarjima qilingan) ertak-romanidir (1948). Uning «Yo‘qotilgan mingyillikni qidiruvchi» fantastik qissasi ham mashhur.

  • Ilf va Petrov (1897-1937; 1903-1942; Ukraina/Rossiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Ilf va Petrov — rus hammuallif yozuvchilari Ilya Ilf (haqiqiy ismi — Iexiel-Leyb Arevich Faynzilberg; 1897—1937) va Yevgeniy Petrov (haqiqiy ismi — Yevgeniy Petrovich Kataev; 1903—1942). Ikkisi ham Ukrainaning Odessa shahrida tug‘ilgan. Birgalikda «O‘n ikki stul» (1928) va «Oltin buzoq» (1931) kabi mashhur romanlarni yozishgan. Ixtirochi firibgar Ostap Bender haqida ulardan so‘ng boshqa yozuvchilar ham ko‘plab asarlar yaratishgan.
    Ilf va Petrov birgalikda yozgan asarlari: «O‘n ikki stul» (roman, 1928), «Oltin buzoq» (roman, 1931), «Kolokolamsk shahrining g‘ayritabiiy tarixi va hayoti» (novellalar, 1928), «Yorug‘ shaxs» (fantastik qissa), «Ming bir kun yoki yangi Shahrizoda» (novellalar, 1929), «Bir safar yozda» (film stsenariysi, 1936), «Bir qavatli Amerika» (qissa, 1937).

  • Erix Mariya Remark (1898-1970; Shveytariya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Erix Mariya Remark (1898.22.6, Osnabryuk — 1970.25.9, Lokarno, Shveytsariya) — nemis yozuvchisi. G‘arbda «Yo‘qotilgan avlod» deb atalgan adabiyotning yirik vakili. 1-jahon urushi qatnashchisi. Asarlarida urush dahshatlari, 2-jahon urushi yillari va undan keyingi davrdagi hayotni, fashizmning mudhish qiyofasi, ma’naviy ezilgan, o‘zini jamiyatdan begonalashgan deb his qiluvchi kishilar qismati aks etgan: «G‘arbiy frontda hech qanday o‘zgarish yo‘q» (1929) asari uchun gitlerchilar Remarkni nemis fuqaroligidan mahrum etgan. 1932 yildan muhojirlikda.
    Urushda ma’naviy shikastlangan avlodning ayanchli hayoti «Qaytish» (1931) romanining asosiy mazmunini tashkil etadi. «Uch do‘st» (1938), «Zafar darvozasi» (1946), «Hayot alangasi» (1952), «Hayot-mamot pallasi» (1954), «Qora haykal» (1956), «Osmon hech qanday seviklini bilmaydi» (1961), «Lissabondagi tun» (1963), «Jannatdagi soyalar» (1971) va boshqa asarlar muallifi. «G‘arbiy frontda hech qanday o‘zgarish yo‘q» va boshqa asarlaridan parchalar o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

  • Tadeush Dolenga-Mostovich (1898-1939; Polsha)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Tadeush Dolenga-Mostovich (polyakcha Tadeusz Dołęga-Mostowicz, 10 avgust 1898, Okunevo  — 20 sentyabr 1939) — polyak yozuvchisi, jurnalist, stsenarist.
    Kiev universitetida ta’lim olgan. 1922 yildan Varshavada yashagan, 1922—1926 «Rzecz Pospolita» gazetasida muharrir bo‘lib ishlagan. 1925 yildan T. M. taxallusi bilan hikoya va feletonlar yoza boshlagan.
    Uni mashhur qilgan asar «Nikodim Dizmaning martabasi» (o‘zbek tiliga «Muttahamning parvozi nomi bilan tarjima qilingan») romanidir. Asarda oddiy muttaham, yalqov va kaltabin Nikodim Dizma Varshavaga ish qidirib kelishi va tasodif tufayli yirik davlat arbobi bo‘lib qolishi voqealari tasvirlanadi.
    1932 yili uning «Kivonlar», «To‘lanmagan cheklar», «Alitsiya prokurori Gorn» qissalari chop etiladi. Mostovichning «Aka-uka Dalch va Ko» (1933), «Malinovskaya xonimning dunyosi» (1934), «Tabib» (1937), «Professor Vilchur» va «Pan Gankaning kundaligi» (1939) asarlari ham mashhur.

  • Ernest Xeminguey (1899-1961; AQSh)  ( 5 ta sahifa mavjud )

    Amerikalik yozuvchi. 1917 yildan Kanzas-Sitida journalist-reportyor sifatida ish boshlagan. 1-jahon urushi qatnashchisi (1914-18). Xeminguey 1928 yilgacha Parijda, 1939-60 yillarda Kubada yashadi. Dastlabki hikoyalar kitobi — «Bizning zamonda» (1924). «Quyosh chiqadi» (1926, inglizcha nashrlarda «Fiesta» nomi bilan chop etilgan),
    «Alvido, qurol!» (1929) romanlarida urushning bemisl mantiqsizliklari, inson haqhuquqlari, erkiga tajovuz, ayni paytda, insoniy mardlik, qadrqimmat va muxabbatning har qanday yovuz kuchlardan ustunligi yorqin ifodalangan.
    1930-yillarning 1-yarmida Xeminguey ijodida tushkunlikni kuzatish mumkin. Shu davrda yozuvchi hayot yo‘lini qayta mulohaza qilib ko‘rishga, o‘z ijodining muayyan yo‘nalishlarini aniqlashga intiladi. Natijada «Peshindan keyingi o‘lim» (1932), «Afrikaning yashil tepaliklari» (1935), «G‘olibga bayroq berilmaydi» (1933) hikoyalar to‘plami dunyo yuzini ko‘radi. «Ho‘kizning shoxi», «Frensis Makomberning baxti», «Kilimanjaro qorlari» (1936) hikoyalari, «To‘qchilik va yo‘qchilik» (1937) romanida Xeminguey ijodiy yuksalishi ko‘zga tashlanadi. Xeminguey asarlarida dastlabki jurnalistik kuzatuv o‘rnini tahliliy, qiyosiy mulohaza va mushohadalar egallaydi. U har qanday urushni qoralaydi, shu tufayli insoniyat aziyat chekayotganiga e’tibor qaratadi. Inson huquqlari yo‘lida, ozodlik kurashida yolg‘iz maydonga tushishning halokatli oqibatlarga olib kelishini oddiy kishilar obrazi orqali ifodalaydi.
    Xeminguey 1931—39 -yillari ispan xalqining milliy ozodlik kurashida harbiy muxbir sifatida qatnashadi. Shu yillarda uning bir necha ocherk va reportajlari, «Motam qo‘ng‘irog‘i» (1940) romani chop etiladi. Bu asarlardagi qahramonlar xalq ozodligi yo‘lida fashizmga qarshi kurashadilar, insoniyat taqdiri uchun o‘zlarining mas’ul ekanliklarini qalban his etadilar, kishilar bilan birga iztirobga tushadilar, xavf-xatardan qutulish choralarini izlaydilar.
    2-jahon urushidan keyin Xeminguey ijodida yangi davr boshlangan. Biroq bu davrda yuzaga kelgan «Xavfli yoz» va «Okeandagi orollar» romanlari avvalgilariga qaraganda badiiy jihatdan ancha bo‘sh asarlar sanaladi. Lekin ma’lum muddat o‘tib, Xeminguey insonning ruhiy holatini tadqiq etish bilan jamiyatdagi mavjud vaziyatni ochib berishga qodir asarlarni yaratdi. Badiiy jihatdan ancha yuksak bo‘lgan «Daryoning naryog‘ida, daraxtlar soyasida» (1950) romani, «Chol va dengiz» (1952) qissasi Xemingueyga katta shuhrat keltirdi. Xeminguey 20-asrda o‘zigagina xos bo‘lgan qatiy xolislikka asoslangan xarakterli uslubni yaratdiki, keyinchalik Amerika qit’asidan yetishib chiqqan yozuvchilar bu uslubga teztez murojaat qiladigan bo‘lishdi.
    «Chol va dengiz», «Alvido, qurol!» va boshqa asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1954).

    Norali Ochilov

  • Lao She (1899-1966; Xitoy)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/laoshe.jpgLao She (haqiqiy ismi Shu Sinchun; 3 fevral 1899 — 24 avgust 1966) — mashhur xitoy yozuvchisi, dramaturg, publitsist. Realistik va hajviy nasri mashhur.
  • Xorxe Luis Borxes (1899-1986; Argentina)  ( 6 ta sahifa mavjud )

    Xorxe Luis Borxes (Jorge Luis Borges) – argentinalik mashhur yozuvchi, shoir, ajabiy tanqidchi. O‘zining ruhiy va falsafiy novellarai bilan mashhur. Lotin Amerikasining eng mashhur yozuvchilaridan biri.
    Xorxe Luis Borxes Buenos-Ayresda tug‘ilgan, o‘smirligi Yevropada o‘tgan, shu yerda ta’lim olgan. 1920-yillarda o‘z yurtiga qaytgan adib dastlab shoir sifatida mashhur bo‘ladi. 1955 yildan milliy kutubxona direktori bo‘lib ishlaydi. Ko‘zi ko‘rmay qolgach, 1973 yili ishdan bo‘shaydi. Bir qancha milliy adabiy mukofotlar sohibi; Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniyaning oliy mukofotlari sovrindori; Sorbonna, Oksford, Kolumbiya (Nyu-York) universitetlarining faxriy doktori.
    Kitoblari: «Buenos-Ayres jaziramasi» (Fervor de Buenos Aires, 1923), «Qarshi tomondagi oy» (Luna de enfrente, 1925), «Tekshiruv» (Inquisiciones, 1925), «Mening umidimdagi hajmlar» (El tamaño de mi esperanza, 1926), «Argentinaliklar tili» (El idioma de los argentines, 1928), «San-Martin maydoni daftari» (Cuaderno San Martín, 1929), «Evaristo Karrego» (Evaristo Carriego (1930), «Muhokama» (Discusión, 1932), «Sharmandalikning umumiy tarixi» (Historia universal de la infamia, 1935), «Mangulik tarixi» (Historia de la eternidad, 1936), «To‘qimalar» (Ficciones, 1944), «Kashfiyot» (Artificios, 1944), «Alef» (El Aleph, 1949), «Yangi tekshiruvlar» (Otras inquisiciones, 1952), «Bajaruvchi» (El Hacedor, 1960), «Boshqa, xuddi o‘zi» (El otro, el mismo, 1964), «Soya maqtovi» (Elogio de la sombra, 1969), «Broudining xabari» (El informe de Brodie, 1970), «Yo‘lbarslar oltini» (El oro de los tigres, 1972), «Qum kitobi» (El libro de arena, 1975), «Ko‘ngildagi atirgul» (La rosa profunda, 1975), «Temir tanga» (La moneda de hierro, 1976), «Tun ertagi» (Historia de la noche, 1977), «Yetti kecha» (Siete noches, 1980), «Sirli xat» (La cifra, 1981), «Dante haqida to‘qqiz esse» (Nueve ensayos dantescos, 1982), «Shekspir xotirasi» (La memoria de Shakespeare, 1983), «Atlas» (Atlas, 1984), «Fitnachilar» (Los conjurados, 1985).

  • Yasunari Kavabata (1899-1972; Yaponiya)  ( 3 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/yasunari.jpgKavabata Yasunari (1899.11.6, Osaka sh. — 1972.16.4, Dzusi) — yapon yozuvchisi. Yapon san’at akademiyasi a’zosi (1953). 20-yillarda yangi sensualistlarning modernistik guruhiga yaqinlashgan. Birinchi asari — «Idzunlik o‘yinchi» (1926)da bolalik xotiralari lirik hikoya qilingan. Kavabataning o‘ziga xos badiiy uslubi shoirona his-tuyg‘ulardan iborat «Qorli o‘lka» (1937) qissasida namoyon bo‘lgan. San’at darajasiga ko‘tarilgan qadimiy urf-odatlar — choy bilan bog‘liq udum «Ming qanotli turna» (1951) qissasining asosiy mavzuini tashkil etadi. «Tog‘lar nolasi» (1953), «Eski poytaxt» (1961) romanlari ichki lirizm bilan sug‘orilgan, «Uyqudagi nozaninlar» (1961) qissasi yolg‘iz qolgan keksa inson hayoti haqida. Kavabata bir qator esselar («Go‘zallikning yaratilishi va mavjudligi» va b.) muallifi. «Uyqudagi nozaninlar» qissasi o‘zbek tiliga tarjima qilingan (2001 yil, tarjimon Uchqun Nazarov). Nobel mukofoti laureati (1968).
  • Anna Zegers (1900-1983; Germaniya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Anna Zegers (nem. Anna Seghers, haqiqiy ismi Netti Radvani (Netty Radvanyi), 19 noyabr 1900, Maynts — 3 iyun 1983, Berlin) — nemis yozuvchisi. Kyoln va Geydelberg universitetlarida ta’lim olgan.
    1933 yili Zegers oz muddat gestapo tomonidan hibsda ushlangan, kitoblari taqiqlangan. Shundan so‘ng u Frantsiyaga ketadi. 1940 yili gitlerchilar qo‘shini Frantsiyani bosib olgach, Anna Zegers Parijdan Marselga qochadi. 1941 yili u Mexikoga ketadi va u yerda antifashistik «Genrix Geyne klubi»ni va «Ozod Germaniya» jurnalini tashkil etadi. Urushdan so‘ng u Berlinga qaytadi.
    Zegers Butundunyo Tinchlik sho‘rosi a’zosi, Germaniya yozuvchilar uyushmasi raisi (1958—1978); Nemis san’at akademiyasi a’zosi bo‘lgan.
    Uning eng mashhur asarlari: «Uning boshi uchun to‘lov» (1933),  «Yettinchi xoch» (1942), «Tranzit vizasi» (1944), «O‘lik qizlar sayri» (1946), «Barhayot o‘liklar» (1949), «Gaitidagi to‘y» (1949), «Karib lavhalari» (1962), «Gaitilik uch ayol» (1980).

  • Erni Kursten (1900-1984; Estoniya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/erni_kursten.jpgEstoniya xalq yozuvchisi (1972). «Peksax haqida kitob» (1946), «Yoshlar qalbi» (1—2-kitoblar, 1954—56), «Dengiz tomchisi kabi» (1962) roman va qissalari, hikoya va memuarlari, she’riy kitoblari chop etilgan.
  • Lidiya Bat (1900-1985; Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Lidiya Grigorevna Bat (1900—1985) — rus yozuvchisi va tanqidchisi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1970). Ijodini hikoya, ocherk va taqrizlar yozishdan boshlagan, keyinroq qissalar yozgan. A. I. Deych bilan xamkorlikda yozgan ikki qissasi: «Fritof Nansen» (1936), «Taras Shevchenko» (1939) dan so‘ng «Buyuk iste’dod» (1958), «Haqiqat uchun rahmat» (1961), «Dengiz hayqiradi» (1967), «Unutilmas uchrashuvlar» (1970) kabi asarlarni yaratdi. Uning o‘zbek xalqi hayoti va adabiyoti bilan yaqin aloqasi Toshkentda (1942—44) yashagan yillarida boshlangan. Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan «Hayot bo‘stoni» (1948) qissasi Bat adabiy faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Hamza, G‘. G‘ulom, H. Olimjon, A. Qaxhor, Zulfiya, A. Muxtor va boshqa ijodi haqida maqolalar, ocherklar, taqrizlar yozgan. M. Qo‘shjonov bilan hamkorliqda yaratgan «Oybek» (1966) tanqidiy-biografik ocherki o‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shilgan. I. Sultonov bilan hamkorliqtsa Hamzaning «Maysaraning ishi», «Paranji sirlari» (1951), V. Smirnova bilan hamkorlikda Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» (1958), «Mehrobdan chayon» (1961) asarlarini rus tiliga tarjima qilgan.

  • Antuan de Sent-Ekzyuperi (1900-1944; Fransiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Antuan 1900 yilda Fransiyaning Lion shahrida, qadimiy aristokrat oilasida dunyoga kelgan. U yoshlik chog‘larida juda sho‘x, o‘ta qiziquvchan bo‘lib, o‘choqdagi yonib turgan olovga qarab soatlab xayol surishni sevgan. Tonio (ota-onasi uni shunday atashgan) 10 yoshida Man shahrida kollejda, keyin Shveytsariyada va Parijda o‘qigan. 12 yoshida mashhur fransuz uchuvchisining samolyotida osmonga chiqib, uchuvchi bo‘lishni orzu qiladi. 1919 yilda Antuan Parijdagi San’at maktabining arxitektura bo‘limiga o‘qishga kirib, ikki yildan so‘ng, 1921 yilda armiya safiga chaqiriladi (bu vaqtda birinchi jahon urushi bormoqda edi). 1926 yilda Antuan de Sent-Ekzyuperi «Latekaer» aviakompaniyasiga ishga qabul qilinadi. U ikkinchi jahon urushi yillarida 1944 yil 31 iyunda bazaga qaytib kelmaydi. Uning qachon va qaerda halok bo‘lganligi so‘nggi kunlargacha sir bo‘lib keldi. 2004 yilning bahorida Atlantika okeanining Ispaniya qirg‘oqlariga yaqin joyda «Layting - 38»ning ayrim parchalari topildi. Demak, samolyot Sardiniyadagi harbiy havo bazasiga qaytishda urib tushirilgan yoki halokatga uchragan ekan.
    Uchuvchi yozuvchidan «Janubiy pochtachi» (1928), «Kichkina shahzoda» (1942), «Tungi uchish» (1931), «Bashar sayyorasi» (1939), «Harbiy uchuvchi» (1942) va tugallanmay qolgan «Qal’a» kabi asarlar qolgan.

  • Lev Brandt (1901-1949; Rossiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Lev Vladimirovich Brandt 1901 yil 5 martda Belorussiyaning Rechitsa shahrida (boshqa manbaga ko‘ra Peterburgda) tug‘ilgan. Petrograd universitetining yuridik fakultetini tugatgan (1924). 1925 yili Sahna san’ati institutining rejisserlik fakultetiga kirgan.
    1930 yili birinchi pesasini yozgan, 1936 yili "Leningradskiy sovremennik" jurnalida uning "Bilaguzuk 2" (dastlabki nomi "Dekret 2") qissasi chop etiladi. 1937 yili yozuvchi hibsga olinadi. Urush arafasida u ozod etiladi. 1941 yili uning "Oq kaptar" kitobi chop etiladi.
    Ikkinchi jahon urushida qatnashgan Lev Brandt yarador bo‘ladi.
    Lev Brandt 1949 yili 48 yoshida vafot etadi.

  • Mixail Lakerbay (1901-1965; Abxaziya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/lakerbay.jpgLakerbay Mixail Aleksandrovich (Lakerbaya) (6 yanvar / 19 yanvar 1901, Merxeuli, Abxaziya, — 15 oktyabr 1965, Moskva) — abxaz yozuvchisi, dramaturg, teatrshunos, Abxaziyada xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1961). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.
  • Jon Steynbek (1902-1968; AQSh)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Jon Ernst Steynbek (1902.27.2, Salinas, Kaliforniya shtati — 1968.20.12, Nyu-York) — amerika yozuvchisi. Ilk romani — «Oltin kosa» (1929). «Tortil-Flet kvartali» (1935) romani epizodlardan iborat bo‘lib, unda materializmning gumanizmga salbiy ta’sirini ko‘rsatishga harakat qilgan. «Va jangni boy berdilar» (1936) romani hamda «Sichqonlar va odamlar haqida» (1937) qissasi bilan tanilgan. «Nafrat uchquni» (1939) romani amerika adabietining mumtoz namunasi hisoblanadi. «G‘azab shingillari» (1939), «Konservalar rastasi» (1945), «Adashgan avtobus» (1947), «Jannatdan sharqda» (1954), «Xavotirli qish» (1961) romani, «Amerikani izlash yo‘lida Charli bilan sayohat» (1962) ocherklar kitobi va boshqa asarlar muallifi. «Haybatli tog‘lar» hikoyalar to‘plami o‘zbek tiliga tarjima qilingan (1963). Nobel mukofoti laureati (1962).

  • Sodiq Hidoyat (1903-1951; Eron)  ( 4 ta sahifa mavjud )

    Sodiq Hidoyat (17 fevral 1903, Tehron — 9 aprel 1951, Parij) — eron yozuvchisi, filolog va jamoat arbobi.
    Tehrondagi o‘quv yurtida, Belgiya va Frantsiyada (1926—1930) ta’lim olgan. Xorij adabiyoti, Eron tarixi va folklorini o‘rgangan. E.Po, Gogol, Mopassan, Chexov, Rilke, Kafka ijodini mukammal o‘rgangan. O‘rta asrlar fors xalq og‘zaki ijodi namunalarini zamonaviy tilga tarjima qilgan, frantsuz tilidagi asarlarni forschaga tarjima qilgan.
    1950 yili Parijga ketgan. Qatag‘on paytida qo‘lyozma asarlarini yo‘q qilgan va o‘z joniga qasd qilgan.
    Sodiq Hidoyatning asarlari dunyoning ko‘pgina tillariga tarjima qilingan.
    «Tirik ko‘milganlar» (1930), «Uch qatra qon» (1932), «Yorug‘lik soyasi» (1933) «Alaviyya xonim» (1933), «Ko‘r boyqush» (1937), «Boshpanasiz it» (1942), «G‘iybatlar» (1944), «Hoji og‘a» (1945), «Ertaga» (1946) hikoyalar to‘plami va qissalari, «Sosonning qizi Parvin», «Olamning yaralishi afsonasi» pesalari, «Umar Xayyom ruboiyoti» (1923), «Inson va hayvon» (1924), «O‘lim» (1927), «Eron she’riyatida yangi oqimlar» (1941), «Kafka nomasi» (1948), «Yevropada Islom missiyasi» esselari mashhur.

  • Jorj Simenon (1903-1989; Fransiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Jorj Simenon (1903.13.2, Lej — 1989) — fransuz yozuvchisi. Belgiya qirollik akademiyasi a’zosi (1952 yildan). 1921 yilda Jorj Sim taxallusi bilan «Arkali ko‘prik» dastlabki romanini e’lon qilgan. 1931 yilda «Piterlatish» romani bosilgan. Politsiya komissari Megrening sarguzashtlari haqidagi «Megrening yozishmalari» (1950), «Megre sayohat qiladi» (1958), «Megre va daydi» (1963), «Megre ikkilanmoqda» (1968), «Megre va Sharl» (1972) turkum romanlari chop etila boshlagan. Mazkur romanlar detektiv syujeti bilangina emas, balki, birinchi navbatda, inson xarakterining badiiy tadqiqi, jinoyatni keltirib chiqaruvchi sabablarni ochishi bilan ahamiyatlidir. Simenon bu romanlari bilan jahon detektiv-sarguzasht adabiyotining mashhur vakillari qatoridan o‘rin olgan. Simenon komissar Megre haqidagi romanlaridan tashqari, «Bir qashshoq hayotining to‘rt kuni» (1949), «Prezident» (1958), «Qamoqxona» (1968) singari ijtimoiy-psixologik, mustamlakachilik siyosati va fashizm mafkurasini qoralovchi «Oy zarbasi» (1933), «Habashlar mahallasi» (1935), «Qor ustida g‘ubor» (1948), «Akauka Rikolar» (1952) romanlarini yozgan. Simenon shuningdek, avtobiografik «Xotirlayman» (1945), «Ibtido» (1948), «Onamga xat» (1974) va boshqa kitoblar muallifi. Simenon asarlari jahondagi ko‘plab tillarga tarjima qilingan.

  • Yashpal (1903-1976; Hindiston)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    XX asr hind adabiyotining ko‘zga ko‘ringan namoyandasi Yashpal zamonaviy hindiy tilida eng ko‘p va xo‘b asarlar ijod etgan so‘z ustasidir.
    Yashpal 1903 yili Sharqiy Panjobning Shirozpur shahrida tug‘ilgan. Lahordagi Panjob milliy kollejini tugatgan. Milliy-ozodlik harakati qatnashchisi. 1932 yili siyosiy faoliyati uchun qamoqqa olingan. 1938 yilgacha hibsda qolgan.
    "Yolg‘on haqiqat" (2 qismli), "Amita", "O‘rtoq dada", "O‘rtoq firqa", "Raqqosa" kabi o‘nlab yirik romanlar, pesalar, hikoyalar to‘plamlari muallifi. Bir necha marta Hindiston hukumatining oliy darajadagi mukofotlariga sazovor bo‘lgan.

  • Yulius Fuchik (1903-1943; Chexiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Yulius Fuchik (1903.23.2, Praga - 1943.8.9, Berlin) — chex yozuvchisi, tanqidchi va jurnalist. ChSSR Milliy qahramoni. Plzendagi real gimnaziyani tugatgach (1921), Praga universitetining falsafa fakultetida o‘qigan. 1922 yildan adabiyot va teatr masalalariga oid maqolalar chop eta boshlagan. «Kmen» («Stvol», 1927—29) va «Tvorba» («Ijod», 1927—28) jurnallariga muharrirlik qilgan paytida barcha ilg‘or kuchlarni yagona front atrofida birlashtirishga uringan. 1930 va 1934—36 yillarda SSSRda bo‘lib, safar taassurotlari asosida «Ertangi kunimiz kechagi kun bo‘lib qolgan mamlakatda» (1932) kitobini yozgan. SSSRga qilgan 2-safari vaqtida O‘zbekistonda birmuncha vaqt yashab, mamlakatimizda ro‘y bergan o‘zgarishlarni kuzatgan va o‘zbek xotin-qizlari hayotiga bag‘ishlangan «Tojixon Shodieva tarixi», «Roziyaxon Mirsoatova» singari ocherklar yozgan. Fuchik O‘rta Osiyo xalqlari hayotiga doir 24 ta ocherk va maqola e’lon qilgan. Fuchikning 30-yillar so‘ngidagi adabiy-tanqidiy faoliyatida umuminsoniy qadriyatlarni fashizm xavfidan saklab qolish g‘oyalari ustuvorlik kiladi. 1942 yil aprelda Chexoslovakiya kompartiyasining yashirin nashrlariga rahbarlik qilgani uchun gestapo tomonidan hibsga olingan va 1943 yilning yozida Germaniyaga olib ketilib, qatl etilgan. Fuchik Pragadagi Pankrats qamoqxonasida «Dor ostidagi so‘z» (1942) kitobini yozgan. Ko‘pgina tillarga tarjima etilgan ushbu kitob fashizmga qarshi mardona kurash olib borgan kishilar, shu jumladan, Fuchikning o‘zi haqidagi, ularning matonati va jasorati haqidagi hujjatli qissadir.
    Fuchik Tinchlik tarafdorlarining 2-butunjahon kongressida Xalqaro tinchlik mukofoti bilan takdirlangan (1950). Asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

  • Hans Kristian Branner (1903-1966; Daniya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Hans Kristian Branner (Hans Christian Branner) (1903 – 1966) – XX asr Daniya adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri. Shuhrati tirikligidayoq o‘z mamlakati sarhadlaridan oshib o‘tgan bu yozuvchi ijodiga dunyoning manaman degan tanqidchilari juda yuksak baho bergan.
    H. Branner butun ongli hayoti davomida tinchlik uchun kurashchilar safida bo‘ldi. Uning barcha asarlari urush va zo‘ravonlikka qarshi isyon, insonga hamdardlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan.
    Asarlari: «O‘yinchoqlar» (antifashistik roman, 1936), «Chavandoz» (ruhiy roman, 1949), «Chavandoz» (pesa, 1952), «Aka-singillar» (pesa, 1952), «Hech kim tunni bilmaydi» (realistik roman, 1955), «Fermopillar» (pesa, 1958).

  • Jorj Oruell (1903-1950; Angliya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Jorj Oruell (ingl. George Orwell), haqiqiy ismi — Erik Artur Bler (ingl. Eric Arthur Blair; 1903—1950) — ingliz yozuvchisi va publitsisti. «Hayvonlar xo‘jaligi haqida g‘aroyib qissa» va «1984» asarlari bilan mashhur.
    Jorj Oruellning «Hayvonlar xo‘jaligi haqida g‘aroyib qissa” asarida mantiqiy obrazlar orqali “Manel ferma”sida ro‘y bergan voqealar tasvirlanadi. Sobiq Sovet Ittifoqi mustabid tuzumining g‘aroyib “o‘yinlari” asar mazmuniga singdirib yuborilgan. Hayvonlar mustaqillik, erk, ozodlik, baxt, farovon hayot uchun kurashadilar. Lekin ularning maqsadlari sarobga aylanaveradi. Asarda qatog‘onlik davrining xalq boshiga solgan fojealariga alohida e’tibor berilgan.
    Jorj Oruellning “Qil ovi”, “Birma kunlari” romanlari ham mashhur.

  • Rudolf Sirge (1904-1970; Estoniya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/rudolf_sirge.jpgSirge Rudolf [17(30). 12.1904, Tartu, ‒ 24.8.1970, Tallin], eston yozuvchisi, Estoniyada xizat ko‘rsatgan yozuvchi (1957). Ilk ijodi 1924 yili chop etilgan.  «Zamin va xalq» (1956) romani mashhur.
  • Jan Pol Sartr (1905-1980; Fransiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Fransuz yozuvchisi, faylasuf va publitsist. Fransuz ekzistentsializmi namoyandasi.
    1941—44 yillarda Fransiya Qarshilik ko‘rsatish harakatida qatnashgan. Sartrning siyosiy-mafkuraviy qarashlaridagi ziddiyat va o‘zgarishlar uning «Holatlar» nomli 9 ta kitobida ko‘rsatilgan.
    1952 yil tinchlik tarafdorlarining harakatiga qo‘shilib, kolonial tuzum va irqchilikka qarshi ma’ruzalar o‘qigan. Sotsialistik mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlagan. 1952 yil Vengriya voqealaridan so‘ng Sartrning Sovet davlati va umuman sotsialistik mamlakatlarga bo‘lgan munosabati keskin o‘zgargan.
    O‘zining nafosat va adabiyotga bag‘ishlangan «Adabiyot nima» (1947), «Bodler» (1947), «Avliyo Jene, masxaraboz va jafokash» (1952) kabi asarlarida Sartr oz-moz bo‘rttirib bo‘lsa ham, yozuvchining hozirgi zamon tarixida ro‘y berayotgan barcha hodisalar uchun javobgar ekanligini qat’iy ta’kidlab o‘tgan.
    «Ko‘ngil aynash» (1938), «Devor» (1939), «Ozodlik yo‘llari» (1945—49), «Yopiq eshik ortida» (1945), «Iblis va Xudo» (1951), «Altona mahbuslari» (1960) kabi asarlarida falsafiy fikrlarini hayotiy tajriba bilan, afsonani jurnalistlarga xos bo‘lgan realistik qarashlar bilan birlashtirishga harakat qilgan.
    Sartrning ijodi Fransiya va boshqa mamlakatlarning ma’naviy hayotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Nobel mukofoti laureati (1964).

  • Mixail Sholoxov (1905-1984; Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Rus yozuvchisi. Akademik (1939), Mehnat Qahramoni (1967). Fuqarolar urushida ishtirok etgan. 1922 yilda Moskvaga kelib, «qora» mehnat orqasida kun kechirgan. So‘ng «Yosh gvardiya» adabiy guruhiga qatnashib, dastlab «Yunosheskaya pravda», «Komsomoliya» gazetalari, «Projektor», «Smena», «Ogonyok» va boshqalar jurnallarda dastlabki hikoyalarini e’lon qilgan (1924—26).
    Keyinchalik bu asarlar Sholoxovning «Don hikoyalari» va «Lojuvard biyobon» (1926) to‘plamlariga kirgan. Don daryosi bo‘ylarida shafqatsiz to‘qnashuv va kurashlar bilan kechgan fuqarolar urushi — Sholoxov ijodining bosh mavzui («Tirrancha», «Cho‘pon», 1925; «Xundor dushman», 1926 va boshqalar).
    Sholoxov 1928 yilda Donga, Vyoshenskaya stanitsaga ko‘chib borib, fuqarolar urushi mavzuiga bag‘ishlangan «Tinch oqar Don» (1—4-kitoblar, 1928—40) romanini yozgan va unda ikki olam o‘rtasidagi shafqatsiz kurashni barcha tafsilotlari bilan tasvirlagan. Asarda ayrim kishilar yoki guruhlarning manfaatlari taqozosi bilan boshlangan urush va inqiloblar xalq hayotini izdan chiqaradi, unga faqat jabrsitam keltiradi, degan g‘oya ilgari surilgan.
    «Ochilgan qo‘riq» (1—2-kitoblar, 1932—60) romanida rus qishlog‘ining 30-yillardagi hayoti o‘zining barcha ziddiyatli tomonlari bilan tasvir etilgan. Romanning 1-kitobida Gremyachiy qishlog‘ida jamoa xo‘jaligining tashkil topish tarixi Davidov — Nagulnov, Davidov — Ostrovnov, Nagulnov — Razmetnyov va boshqalar asosiy qahramonlarning o‘zaro munosabatlari, ikkinchi tomondan, Don kazaklarining sovet davlati olib borayotgan jamoalashtirish siyosatiga munosabatini tasvirlash orqali haqqoniy yoritilgan.
    Sholoxov «Tinch oqar Don» da ham, bu asarda ham Don kazaklarining sovet davrida kechgan mashaqqatli hayotini, davrning o‘ta murakkab va ziddiyatli tomonlarini, shuningdek, qahramonlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik va keskin kurashni, ular ruhiyatida ro‘y bergan o‘zgarishlarni ro‘yrost tasvirlagan. Romanning rus adabiyotida sotsialistik realizm uzil-kesil qaror topgan davrda yozilgan 2-kitobida Sholoxov jamoa xo‘jaligidagi ijtimoiy masalalardan ko‘ra, ma’naviy va ruhiy masalalar tasviriga ko‘proq e’tibor bergan.
    Sholoxov 2-jahon urushi yillarida «Pravda» gazetasining harbiy muxbiri bo‘lgan. Xalq va armiyaning urush yillarida chekkan uqubatlari, matonati va jasoratini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan. Sholoxov so‘nggi yirik asari — «Ular Vatan uchun jang qildilar» romanini yoza boshladi. Dastlabki sahifalari 1943—44 yillarda «Pravda» va «Krasnaya zvezda» gazetalarida bosila boshlagan bu romanini Sholoxov 1960 yilda tugatgan. Mazkur roman (K.Simonovning «Tiriklar va o‘liklar» epopeyasi bilan birga) urush haqidagi haqiqat ilk bor to‘la yuzaga chiqqan asardir. Sholoxovning so‘nggi asarlaridan biri — «Inson taqdiri» (1957) hikoyasida urush dahshatlarini boshidan kechirgan kishining boy va go‘zal ruhiy olami katta mahorat bilan ifodalangan.
    Sholoxov ijodi qardosh xalqlar, shu jumladan, o‘zbek adabiyotida realistik tasvir metodining qaror topishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Sholoxovning roman va hikoyalari asosida ko‘plab teatr va kino asarlari yaratilgan. Sholoxovning qariyb barcha asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
    Nobel mukofoti laureati (1965).

    Naim Karimov

  • Dino Butssati (1906-1972; Italiya)  ( 9 ta sahifa mavjud )

    XX asr jahon hikoyachiligining betakror namoyandalaridan biri italyan adibi Dino Butssatidir. U 1906 yilda Italiyaning Belluno viloyatida tug‘ilib, 1972 yilda Milanda vafot etgan.
    Ko‘p yillar Milandagi “Korrera della Sera” gazetasida ishlagan. Yozuvchining “Tog‘li Barnabbo” (1933), “Eski o‘rmon siri” (1935), “Tatar cho‘li” (1940), “Muhabbat” (1963) romanlari, “Yiriklashtirilgan qiyofa” (1960), “Ayiqlarning Sitsiliyaga g‘aroyib bosqini” (1945) va boshqa qissalari, ko‘pgina hikoya va dramalari mashhur. Chunonchi, “Tatar cho‘li” romani bilan “Qiziq voqea” dramasini frantsuz tiliga Alber Kamyu tarjima qilgan.
    “Tatar cho‘li” romani Borxesning shaxsiy kutubxonasidagi eng ardoqli asarlardan biri hisoblangan. Yozuvchining 1958 yilda chop etilgan “Oltmish hikoya” to‘plami Italiyaning eng obro‘li “Strega” adabiy mukofoti bilan taqdirlangan.“La Skala”dagi shov-shuv” hikoyasini esa, Andre Morua ikkinchi jahon urushidan keyingi butun Yevropa adabiyotida dunyoga kelgan eng haqqoniy asar sifatida baholagan.
    Jahon adabiyotini puxta biladigan yozuvchilarimizdan biri, filologiya fanlari doktori Xurshid Do‘stmuhammad bir hikoyasini Dino Butstsatining “Yetti qavat” hikoyasiga tatabbu tarzida yozgani adabiy jamoatchilikka yaxshi ma’lum...
    Dino Butstsatining sevimli yozuvchilaridan biri Edgar Po bo‘lgani, albatta, bejiz emasdir. Yozuvchi Mopassan, Tagor, Chexov, O. Genri, Stefan Sveyg, Edgar Po, Sabohiddin Ali, Aziz Nesin, Muhammad Ali Jamolzoda kabi jahonning mashhur hikoyanavislari qatorida haqli ravishda tura oladi.
    Adib qalamiga mansub jami ikki yuzga yaqin hikoyaning aksariyati ko‘pgina tillarga tarjima qilingan. Bu hikoyalarning eng muhim fazilatlari yorqin chizib ko‘rsatilgan lavha – mumtoz tasviriy aniqligi, qisqaligi, sharqona mubolag‘a, majoz va asotirlarga boyligida deyish mumkin.

  • Jeyms Xedli Cheyz (1906-1985; Angliya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Jeyms Xedli Cheyz (James Hadley Chase, haqiqiy ismi - Rene Brabazon Raymond (Rene Lodge Brabazon Raymond), taxalluslari - Raymond Marshall, James L.Dochery, Ambrose Grant, Rene Raymond) – mashhur detektiv yozuvchilaridan. Jeyms Xedli Cheyz Londonda tug‘ilgan. Rochesterdagi Qirollik maktabida ta’lim olgan.
    1939 yili "Miss Blendishga hech qanday orxideya" deya nomlangan ilk romanini yozgan. Roman tez orada bestsellerga aylangan. Jeyms Xedli Cheyz 80 ga yaqin kitob yozgan. Uning asarlari voqealari asosan AQShda bo‘lib o‘tadi.
    Cheyzning romanlari qahramonlari: zo‘ravon Korrigan; kaliforniyalik izquvar Vik Melloy; MRB agenti Mark Girland; millionery Don Miklem; Xelga Rolf va boshqalar.

  • Jim Tompson (1906-1977; AQSh)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    Jim Tompson (ing. Jim Thompson, to‘liq ismi - James Meyers Thompson) – amerikalik yozuvchi, jurnalist, stsenarist. Nebraska universitetini tamomlagan.
    1941 yili "Hozir va Yerda" nomli ilk romani e’lon qilinadi. 40-yillarda Tompson "New York daily news" va "Los Angeles Times Mirror" gazetalarida ishlaydi. Shu yillarda uning "Yomon bola" (1953) avtobiografik asari, "Alkogoliklar" (1953) romani chop etiladi.
    20-asr oxirida Tompsonning asarlariga qiziqish ortadi. E. Gorman, G. Kiting, Stiven King kabi yozuvchilar uning ijodidan ilhomlanadi.
    Jim Tompsonning bir qarcha asarlari ekranlashtirilgan.
  • Alberto Moravia (1907-1990; Italiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Alberto Moravia adabiy taxallusi bilan zamonaviy italyan adabiyotida nom qozongan yozuvchi Alberto Pinkerle 1907 yilning 28 noyabrida Rimda tavallud topdi. Uning 1929 yil yozgan “Ishtiyoqsiz” asari oradan bir necha yil o‘tib adibga shuhrat keltirdi.
    Moravia asarlarida zamonaviy shahar – sevimli joylar tasviri beqaror tabiatli, hayotini instinktlar: shahvoniy nafs, ochko‘zlik, izzattalablik boshqaradigan shaharliklar tipidagi personajlar yordamida tasvirlanadi.
    Moravia ijodining xarakterli jihati, muxbirlikka xos sodda uslub va mahzun kinoyadadir. Bu yo‘lda adib hayotning turli jabhalariga, personajlarning ruhiyatida, kayfiyatida yuz berayotgan turlanishlarga yondashuvini muttasil o‘zgartirib turadi.
    Uning asarlari jahonning ko‘plab tillariga tarjima qilingan.
    O’zbek kitobxonlari orasida esa “Rimlik ayol” (1947) va “Nafrat” (1954) romanlari mashhur.
    Moravianing hikoyalari ham roman va qissalaridan kam ahamiyatga ega emas. Uning “Rim hikoyalari” (1954) va “Yangi Rim hikoyalari” (1959) to‘plamida Rim hayoti ixcham tasvirlarda o‘z ifodasini topgan.

  • Yasusi Inoue (1907-1991; Yaponiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/yasusi_inaue.jpgYasusi Inoue (6 may 1907 — 29 yanvar 1991) — yapon yozuvchisi, Ryunoske Akutagava nomidagi mukofot laureati. Uning ijodidan tarixiy romanlar, bir qancha she’r va hikoyalar o‘rin olgan.
    Yasuci Inoue harbiy shifokor oilasida tavallud topgan bo‘lib, olti yoshidan so‘ng Sidzuok viloyatida istiqomat qiluvchi buvisi qo‘lida tarbiya topgan. Voyaga yetgach, Kanadzav shahriga ko‘chib kelgan va shu yerda ijod bilan jiddiy shug‘ullangan. U Kyusyu va Kioto universitetlarida tahsil olgan. Keyingi yillarda uning asarlari, ayniqsa ommalashib ketgan. 1949 yilda Ryunoske Akutagava nomidagi mukofotga, 1976 yilda «Millatimiz faxri» nufuzli mukofotiga sazovor bo‘lgan. 1964 yilda u Yaponiya San’at Akademiyasining a’zoligiga saylangan. 1984 yilda «PEN-Klub»ning yapon bo‘limi rahbari Yasunari Kavabatadan so‘ng prezidentlik lavozimini egallagan.
  • Andrey Nekrasov (1907-1987; Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/andrey_nekrasov.jpgAndrey Sergeyevich Nekrasov (10 iyun (22 iyun) 1907, Moskva — 15 fevral 1987) — rus yozuvchisi. «Dengiz etiklari» hikoyalar to‘plami, «Kapitan Vrungelning sarguzashtlari», «Havas qilgulik tarjimai hol», «Kemaning taqdiri» kitoblari muallifi.
  • Astrid Lindgren (1907-2002; Shvetsiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Astrid Lindgren (shved. Astrid Anna Emilia Lindgren) (1907.14.11, Vimmerbyu – 2002.28.01, Stokgolm) — shved yozuvchisi. Lindgrenning birinchi kitoblari — «Britt-Mari yurakka taskinlik baxsh etadi» (1944) va «Peppi — Uzun Paypoq» (1945—52). Shvetsiya bolalar adabiyotidagi didaktik sentimental an’analarni o‘zgartirdi. Bolalar uchun atalgan «Mio, mening Miom!» (1954), «Kichkintoy va tomda yashaydigan Karlson» (1955), «Tomda yashaydigan Karlson yana uchib keldi» (1962), «Tomda yashaydigan Karlson yana paydo bo‘ldi» (1968) kabi kitoblari bor.
     «Mashhur izquvar Kalle Blyumkvist» (1946), «Daydi Rasmus» (1956) kitoblarida bolalar qarovsizligi bilan bog‘liq muammolarni ko‘targan. Lindgrenning «Lyonneberglik Emil» (1963—72), «Qaroqchining qizi Ronya» (1981) kitoblari ham mashhur. Lindgren insonparvarlik ruhidagi ijodi uchun X.K.Andersen nomidagi Xalqaro oltin medal bilan taqdirlangan (1958). Nobel mukofoti laureati (1994).

  • Albert Malts (1908-1985; AQSh)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Amerikalik yozuvchi va ssenarist. U 1908 yilda Nyu-Yorkda kambag’al oilada tug’ildi. Kolumbiya Universitetini tugatgach, Yel Drama maktabida o’qidi va tez orada o’zining bir qator pyesalarini e’lon qildi. Asarlari ko’proq ekspluatatsiyaga, ishsizlikka va irqiy kamsitishga qarshi ruhda sug’orilgan.
    1938-yili “Yerdagi eng baxtli odam” hikoyasi uchun O’Genri nomidagi mukofotni qo‘lga kiritdi. 1940-yili “Xoch va nayza” romani chop etildi.

  • Tommazo Landolfi (1908-1979; Italiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Tommazo Landolfi (9 avgust 1908, Piko, Kazerta — 8 iyul 1979, Ronchilone, Italiya) — italyan yozuvchisi va tarjimoni.
    Rim va Florensiyada o‘qigan. Anna Axmatova ijodidan diplom ishi yoqlagan (1932). 1929 yildan ijodga kirib kelgan. Florentsiya i Rimdagi jurnallarda o‘z ijod namunalari bilan qatnashgan. Fashizm rejimiga qarshi chiqqani uchun bir oy qamoqda o‘tirgan (1943). Urushdan so‘ng qizg‘in ijod bilan shug‘ullangan.
    Ruscha, frantsuzcha va nemischadan tarjimalar qilgan (Pushkin, Lermontov, Gogol, Dostoevskiy, Tyutchev, Turgenev, Dostoevskiy, Leskov, Chexov, Bunin, Node, Merime, aka-uka Grimmlar, Gofman, Gofmanstal, Kafka).
    Tomazzo Landolfi Strega, Kampello, Viaredjo, Bagutta kabi Italiyaning mashhur adabiy mukofotlari sovrindoridir.
    Uning «Imkonsiz hikoyalar» (1966) fantastik novellalar to‘plami, «Kuz ertagi» (1947), «Zamonamiz sevgisi» (1965) kabi asarlari mashhur.

  • Nikolay Nosov (1908-1976; Ukraina/Rossiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Nikolay Nikolaevich Nosov (1908—1976) — rus bolalar yozuvchisi, dramaturg, kinostsenarist. Bilmasvoy haqidagi bir qancha asarlari bilan tanilgan. Nikolay Nosov rodilsya Kievda tug‘ilgan. Moskva kinematografiya institutini tamomlagan.
    1938 yildan bolalar uchun asarlar yoza boshlaydi. Uning birinchi hikoyasi 1938 yili «Ermakchi» nomi bilan nashr etiladi. Uni mashhur qilgan kitob «Quvnoq oila» deb nomlanib, 1949 yili chop etilgan.
    «Bilmasvoy va do‘stlarining sarguzashtlari» (1953—1954) trilogiyasiga yana «Bilmasvoy Quyosh shahrida» (1958) va «Bilmasvoy Oyda» (1964—1965) ertak-romanlari kiradi.

  • Jorj Bredshou (1909-1973; AQSh)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Jorj Bredshou (George Wetzel Bradshaw) – amerikalik yozuvchi, kinostsenarist. 1909 yili AQShning G‘arbiy Virginiya shtatida tug‘ilgan.
    «Qanday qilib millionni o‘g‘irlash mumkin» (How to Steal a Million, 1966), «Yovuz va chiroyli» (The Bad and the Beautiful, 1952), «Ikkinchi skripka» (Second Fiddle, 1939), «Xonim va olomon» (The Lady and the Mob, 1939), «1937 yilning yangi nomlari» (New Faces of 1937, 1937) hikoyalari ekranlashtirilgan.

  • Martti Larni (1909-1993; Finlandiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/martti_larni.jpgMartti Yoxannes Larni (fin. Martti Johannes Larni; haqiqiy ismi (1942 yilgacha) — Layne (Laine); 22 sentyabr 1909, Pakila, Xelsinki — 7 mart 1993, Xelsinki) — fin yozuvchisi va jurnalisti. Finlandiya yozuvchilar uyushmasi raisi bo‘lgan.
    Martti Layne, Martti Larni, ismlari bilan, Aslak Nuorti (fin. Aslak Nuorti) va Dan Aster (angl. Dan Aster) taxalluslari bilan ijod qilgan. 1948—1949 va 1951—1954 yillarda AQShda yashagan.
  • Xuan Karlos Onetti (1909-1994; Urugvay)  ( 3 ta sahifa mavjud )

    Xuan Karlos Onetti (isp. Juan Carlos Onetti, 1 iyul 1909, Montevideo – 30 may 1994, Madrid) – urugvay yozuvchisi. 1930-1955 yillarda Buenos-Ayresda yashagan. So‘ng Montevideoga qaytgan. 1974 yili hibsga olingan, jahon hamjamiyatining aralashuvi bilan ozod etilgan. 1975 yili Ispaniyaga ko‘chib, umrining oxirigacha shu yerda yashagan.
    Urugvay adabiy mukofoti laureati (1962), «Migel de Servantes» mukofoti (1980) sohibi. Shu yili Nobel mukofotiga nomzodi ko‘rsatilgan. 1985 yili Urugvayning eng katta adabiy mukofotini olgan. Lekin o‘z yurtiga borishni istamagan.
    «Tubsiz jar», «Nomsiz bir qabr uchun», «Qisqa hayot», «Kemasozlik korxonasi» kabi roman va qissalari mashhur.

  • Jo‘lmurza Oymurzayev (1910-1996; Qoraqalpog‘iston)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/jolmurza.pngOymurzayev Jo‘lmurza (1910, Chimboy tumani —1996, Nukus) — shoir va dramaturg, O‘zbekiston (1981) va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi (1974). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1957). Mehnat faoliyatini maktabda o‘qituvchilikdan boshlagan, so‘ng gazeta va jurnallar tahririyatlarida ishlagan, bir necha yil davomida Qoraqalpog‘iston yozuvchilari uyushmasini boshqargan (1944—51; 1958—62). «O‘zbekxronikalfilm» studiyasining Qoraqalpog‘iston filialida rahbar, katta muharrir (1968—84). Ijodiy faoliyati 1927 yildan boshlangan. «Kurash» (1935), «Biz kurashda g‘olib chiqdik» (1938) dostonlari yangi qoraqalpoq she’riyatining shakllanishi va rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Oymurzayev «Qahramonona kurash» (1942), «Mening pahlavonlarim» (1943), «Taskin» (1946), «Shoir so‘zi» (1949), «Yosh avlodga» (1951), «Shonli do‘stlar» (1954), «Nurli yo‘ldan» (1955), «Amudaryo bo‘yida» (1958), «Odamlar, men sizlarni sevaman» (1978) va boshqa she’riy va nasriy kitoblar muallifi.
    Oymurzayev dramaturg sifatida «Byurokratlar», «Leytenant Yeshmuratov» (1943), «Oygul va Obot» (1946—62), «Berdaq» (1958—77), «Ravshan» (1959), «Sevikli doktor» (1960), «Hayot bulog‘i» (1967) singari pesalar yaratgan. «Ko‘mekboyning nayranglari» (1958) birinchi qoraqalpoq hajviy romani va «Yetim qalbi» (1961—67) memuar qissasi mashhur. Oymurzayev rus, yevropa va o‘zbek adabiyotining namunalarini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat mukofoti laureata (1968).
  • Najib Mahfuz (1911-2006; Misr)  ( 5 ta sahifa mavjud )

    Arab yozuvchisi (Misr). Qohira universitetining adabiyot fakultetini tugatgan (1934). «Bema’ni shivirshivir» (1936) novellalar to‘plami jamiyatdagi boylik va qashshoqlik o‘rtasidagi ziddiyat haqida.
    Romantik-tarixiy romanlarini («Taqdir o‘yini», 1939; «Radobis», 1943; «Fiv kurashi», 1944) yozgach,  Najib Mahfuz yana ijtimoiy mavzuga murojaat qilgan. «Yangi Qohira» (1945) romanida 2-jahon urushidan avvalgi Misr yoshlarining hayoti aks ettirilgan. «Xon al-Xaliliy» (1946), «Midak tor ko‘chasi» (1947), «Avvali va nihoyasi» (1949) romanlarida 1919 yildagi inglizlarga qarshi qo‘zg‘olondan 2-jahon urushi tugaguncha bo‘lgan davrdagi Misr jamiyati turli tabaqalari hayoti panoramasi chizilgan.
    Najib Mahfuzning 1956—57 yillarda nashr etilgan, eski Qohiraning dahalari nomi bilan atalgan mashhur romanlari — «Bayn alkasrayn», «Kasr ash-Shouk» va «as-Sukkariya» 20-asrning 1-yarmidagi Misr oilalari hayoti haqida.
    «Nil ustidagi safsata» va «Miramor pansionat» (1966), «Yomg‘ir ostidagi sevgi» (1975) romanlarida Misrdagi 1952 yildagi inqilob va undan keyin yuzaga kelgan muammolar tasvirlangan.
    «O‘g‘ri va it» (1961) romani hamda «Ilohiy dunyo» (1963), «Badnom xonadon» (1965), «Qora mushuk qovoqxonasi» (1968), «Shiypon ostida» (1969) novellalar to‘plamlari muallifi.
    Najib Mahfuzning ko‘pgina asarlari ekranlashtirilgan yoki sahnalashtirilgan. Asarlaridan parchalar o‘zbek tilida e’lon qilingan.
    Nobel mukofoti laureati (1988).

  • Maks Frish (1911-1991; Shveysariya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    Shveysariyalik mashhur adib Maks Frish (Max Frisch) ning nomi adabiyot ixlosmandlariga yaxshi tanish. U 1911 yilning 15 mayida Syurixda tug‘ilib, roppa rosa 80 yildan keyin 1991 yilning 4 aprelida ayni shu shaharda vafot etgan. Mana shu ikki sana orasida kechgan vaqt mobaynida adibning o‘nlab roman va pesalari dunyoga keldi. Ayniqsa, uning qalamiga mansub 3 roman: «Shtiller» (1954), «Homo Faber» (1957) va «O‘zimni Gantenbayn atayman» (1964) Maks Frish nomini dunyoga mashhur qildi.
  • Agniya Kuznetsova (1911-1996; Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/kuznetsova.jpgAgniya Aleksandrovna Markova (adabiy taxallusi Agniya Kuznetsova) - rus adibasi. «Poyezdda», «Ilya Davidov va uning do‘stlari», «Sening uying», «O‘n yetti yoshlilar» kabi asarlar muallifi.
  • Robert Fish (1912-1981; AQSh)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    Robert Lloyd Fish (21 avgust 1912 - 23 fevral 1981) - amerikalik yozuvchi, detektiv asarlar muallifi. Robert L. Payk (Robert L. Pike), Lourens Roberts (Lawrence Roberts) taxalluslaridan foydalangan.
    Muallifning birinchi romani "Qochoq" (The Fugitive) 1962 yili Amerikaning Edgar Allan Po nomidagi mukofotiga sazovor bo‘lgan. Fish "Oy yog‘dusidagi bog‘bon" ("Moonlight Gardener") kitobi uchun esa 1972 yili Edgar Allan Po mukofotini qo‘lga kiritgan.
    "Soqov guvoh" (Mute Witness, 1963) romani asosida 1968 yili "Bullit" (Bullitt) nomli film ishlangan. Bosh rol ijrochisi Stiv Makkuin Oskar mukofotiga loyiq ko‘rilgan.
  • Brayan Lourens (1913-2008; Angliya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Brayan Lourens Bertt (igl. Brian Laurence Burtt yoki Bill Burtt, 27 avgust 1913 — 30 may 2008) — britaniyalik botanik, yozuvchi. 20-asrning eng ko‘zga ko‘ringan botaniklaridan biri.
    Brayan Lourens Bertt Surrey grafligida 1913 yili tug‘ilgan. U Edinburgdagi Qirollik botanika bog‘ining ilmiy-tadqiqot markazida ko‘p yillar faoliyat ko‘rsatdi. Fanga yangi o‘simliklar haqidagi ma’lumotlarni kiritdi.

  • Irvin Shou (1913-1984; AQSh)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Irvin Shou (ingl. Irwin Shaw; haqiqiy ismi — Irvin Gilbert Shamforoff; 27 fevral 1913, Nyu-York — 16 may 1984, Davos) — amerikalik yozuvchi va kinostsenarist. «Yosh sherlar» romani uni mashhur qilgan.
    Shou Nyu-Yorkda Rossiyadan kelgan yahudiy emigrantlar oilasida tug‘ilgan. 1934 yili Bruklin kollejini bitirgan. Shou 1935 yildan yozishni boshlagan. Dastlab radio va kino uchun stsenariylar yozgan.
    Uning birinchi romani «Yosh sherlar» 1949 yili nashr etilgan. Roman 1958 yili ekranlashtirilgan.
    1951 yili Shou Yevropaga ketadi va so‘nggi 25 yilni Parij va Shveytsariyada o‘tkazadi.
    Irvin Shouning «Qamal» (pesa, 1937), «Bremenlik dengizchi» (hikoyalar to‘plami, 1939), «Shahrimizga xush kelibsiz» (hikoyalar to‘plami, 1941), «Qotillar» (pesa, 1944), «Ishon, lekin tekshir» (hikoyalar to‘plami, 1950), «Lyusi Kraun» (roman, 1956), «Boshqa shaharda ikki hafta» (roman, 1960), «Vizantiya oqshomi» (roman, 1973), «Tungi darbon» (roman,1975), «Tepalik cho‘qqisi» (roman, 1979) asarlari mashhur.

  • Alber Kamyu (1913-1960; Fransiya)  ( 7 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.uz/images/stories/jahon_adab/alber_kamu.jpgAlber Kamyu 1913 yil 7 noyabrda Jazoir shahrining qashshoq kanarosida dunyoga kelgan. U bir yoshda ekanligida otasi gospitalda vafot etgan. Oilani boqish uchun onasi boy xonadonlarda uy xizmatchisi bo‘lib ishlaydi. Alber Jazoir universitetida o‘qiydi, 1935 yilda teatr tashkil etadi, 1937 va 1939 yillarda uning dastlabki ikkita lirik essesi bosib chiqarilgan. 1940 yil bahorda Kamyu Parijga keladi va yirik gazetalardan birida ishlay boshlaydi, fashistlarga qarshi harakatlarda ham faol qatnashadi. 1957 yil yozuvchiga Nobel mukofoti berilgan. Alber Kamyu 1960 yil 4 yanvarda rojdestvo kunlaridan keyin Parijga kelayotib yo‘lda avtomobil halokatidan vafot etadi.
    Asarlari: «Begona», «Vabo», «Baxtli o‘lim», «Inqiroz», «Kaligula», «Qamal holati», «Anglashilmovchilik», «Sizif haqida isotir», «Astar va qiyofa», «Nemis do‘stsh maktub», «Isyon qilayotgan odam», «Nikoh», «Yoz», «Ijod va erkinlik», «Quvg‘inlik va saltanat» va boshq.
  • Krishan Chandar (1913-1977; Hindiston)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Krishan Chandar (19.11.1913, Vazirobod — 7.3.1977, Bombey), hind yozuvchisi. Urdu tilida ijod qilgan. Lahordagi xristian kollejini tamomlagan (1934). Hindiston yozuvchilar asotsiatsiyasi bosh kotibi bo‘lgan.
    Chandarning  «Mag‘lubiyat» romani, "Eshakning boshdan kechirganlari" hajviy trilogiyasi (1958-65), "Dala uyg‘onganda" (1951), "Xotiramdagi chinorlar" (1968), «Sotqin», «Musaffo osmon», «Dadar ko‘prigidagi bolalar» qissalari, «Biz yovvoyilarmiz» novellalar to‘plami (1949) mashhur.

  • Xulio Kortasar (1914-1984; Argentina)  ( 4 ta sahifa mavjud )

    «Argentinaning birinchi raqamli adibi» — XX asrning 60-70 yillari jahonning nufuzli tanqidchilari mashhur yozuvchi Xulio Kortasarga shunday ta’rif bergan edilar. Bu baho hozir ham o‘z qimmatini yo‘qotgani yo‘q. Yozuvchining «Imtihon», «Yutuq» kabi romanlari, «Ta’qibchi», «Manuelning kitobi» kabi qissalari, «Boshqa bir osmon», «Janubiy shosse», «Avtobus», «Iblis so‘lagi», «Istilo qilingan uy» kabi hikoyalari jahon adabiyotiga munosib ulush bo‘lib qo‘shildi.
    Xulio Kortasar (1914-1984) nasrning barcha janrlarida barakali ijod qildi. Aytish mumkinki, mohir hikoyanavis Kortasar hikoya janrida kashfiyot yasay oldi.
    «Mixlab tashlangan eshik» hikoyasida usta ishbilarmon Petronening kechinmalari orqali insoniy muloqot ehtiyoji his qilinadi. Kortasar tilga olgan eshik ortida eshitilgan yig‘i, go‘dak ham, uni allayotgan ona ovozi ham – bularning bari boshqa bir inson, Petronening tungi «men»i, uning shaxsan yolg‘izligidir; o‘zi yop-yorug‘ kunduz kuni tan olmagan, anglab yetmagan beg‘araz, toza insoniy muloqotga, inson taftiga kuchli ehtiyoj sezishidir.
    Xulio Kortasarning boshqa hikoyalari kabi «Mixlab tashlangan eshik» hikoyasi ham bizning hikoya janri haqidagi tasavvurimizni boyitadi, olam va odam haqida chuqurroq o‘ylashga, fikrlashga undaydi.

  • O‘rxon Kamol (1914-1970; Turkiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/orhan_kamal.jpgMahmud Rashid O‘g‘utchi (tur. Mehmet Raşit Öğütçü), taxallusi O‘rxon Kamol (tur. Orhan Kemal; 15.9.1914, Jayxon, Usmoniylar sulolasi  — 2.6.1970, Sofiya, Bolgariya) — turk yozuvchisi.
  • Beki Saytaqov (1914-1979; Turkmaniston)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/beki_seytakov.jpgBeki Saytaqov (1914–1979) Toshovuz viloyatining Taxta tumanidagi Badirkent qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi. U adabiyot maydonidagi ilk qadamini she’r yozish bilan boshladi. Shoir nazmiy asarlarini 1938 yilda “Yoshlik” nomli to‘plamida e’lon qildiradi. U “Mudom tayyor” gazetasi muharriri, so‘ngra Yozuvchilar uyushmasining mas’ul kotibi, “Sovet adabiyoti” (hozirgi “Qoraqum”) jurnali mas’ul kotibi, markaziy gazetalarda ishlaydi. Shu davrda u ilk nasriy asarlari – “Kurash”, “Aqjagul” hikoyalarini e’lon qilib, nasrda ham yaxshi ijodkor ekanini namoyon etadi.
    Uning “Tug‘ishganlar” asari yozuvchiga shuhrat keltirdi. Yozuvchi so‘ngra bu trilogiyasini qayta ishlab “Badirkent” romani sifatida e’lon qildi. Shuningdek, uning “Bekmurod Durdiyev”, “Birinchi kun”, “Suxanning uylanishi”, “Qora ilon”, “Chuval baxshi”, “Bola baxshi”, “Takabbur qiz”, “Eng so‘nggi kurash” singari hikoya, qissa va romanlari turkman o‘quvchilari tomonidan iliq kutib olindi.
    B.Saytaqov faqat shoir, yozuvchigina emas, balki u mohir tarjimon sifatida ham turkman adabiyotida o‘z o‘rniga ega. Turkman kitobxonlari V.Panovaning “Yo‘lovchilar”, O.Goncharning “Bayroq ko‘taruvchilar” romanlarini, T.Shevchenkoning “Kambag‘al ayol”, Yu.Petrovning “Mehribon ona” dostonlarini, Alisher Navoiyning o‘nlab g‘azallarini B.Saytaqov tarjimasida o‘z ona tillarida o‘qishga muyassar bo‘ldilar.
  • Villi Maynk (1914-1993; Germaniya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/villi_maynk.jpgVilli Maynk (nem. Willi Meinck, 1 aprel 1914, Dessau, Germaniya — 7 aprelya 1993, Sittau, Germaniya) — nemis yozuvchisi. Bolalar uchun asarlar yozgan. Aleks Vedding, Iohann Robert Bexer nomidagi mukofotlar sohibi.
  • Bogumil Grabal (1914-1997; Chexiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Chex adibi Bogumil Grabalning XX asr adabiyotida o‘ziga xos o‘rni bor. 1914 yilda tug‘ilgan yozuvchi o‘tgan asrning oltmishinchi yillariga kelib katta shuhrat qozondi.
    Frantsiya, Italiya, Germaniya, Vengriya, Polsha, Skandinaviya, AQSh, Kanadaning nufuzli adabiy jurnallari uning qissa va hikoyalarini bosib chiqardi.
    "Ka’rdagi mitti dur", "Maxsus vazifali poezdlar" kabi yigirmadan ortiq kitoblar muallifi bo‘lgan bu yozuvchining qahramonlari asosan murakkab taqdirli, hayotda qiynalgan va lekin qat’iyatli kishilardir.
    U eng jirkanch va fojeali holatlar zamiridan ham go‘zallik ilg‘aydi, nafislik, latiflik va ezgulikni oddiy va hatto g‘arib kishilar orasidan qidiradi va topadi.
    U 1994-yili Nobel mukofotiga nomzod, 1967-yili ssenariysi uchun “Oskar” mukofoti laureati bo’lgan.

  • Aziz Nesin (1915-1995; Turkiya)  ( 11 ta sahifa mavjud )

    Asl ismi Mahmud Nusrat bo’lgan turk hajviy yozuvchisi, dramaturg. Nafis san’at akademiyasi (Istanbulda o‘qigan (harbiy ma’lumotga ham ega). «Marko posho» (1946) taraqqiyparvar hajviy gazeta va boshqa matbuot organlarida ishlagan.
    «Nuh kemasi» (1949) hajviy jurnalini nashr etgan. Ko‘plab hajviy hikoya, poema va romanlar muallifi, siyosiy va ijtimoiy hajv ustasi. «Jinnilar ozod bo‘ldi», «Ishbilarmon odam», «Noziq va nafis», «Xudoga shukur» va boshqa asarlari siyosiy o‘tkir va dolzarb. Ularda yozuvchi jamiyat illatlarini fosh qiladi, kulgili vaziyat, xususiyat va holatlar orqali kishilarni beixtiyor o‘z nuqsonlaridan kulishga majbur etadi.
    Aziz Nesin asarlarining qahramonlari — ish axtaraverib bezor bo‘lgan mayda amaldor, omadsiz ziyoli va qashshoq ishchi («Yashasin kambag‘allik», «Maydon soatlari», «Xotin kishi bo‘lganimda-yu...» va b.).
    «Shunday bo‘ldi, bunday bo‘lmaydi» avtobiografik qissasi, «Aziznoma» hajviy she’rlar va «Mamlakatlardan birida» hajviy hikoyalar to‘plamlari mavjud.
    Hajvchi yozuvchilar xalqaro tanlovlarida «Dafna chambari» olgan (1956, 1957). O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Osiyo va Afrika mamlakatlari yozuvchilarining Toshkent anjumanlari ishtirokchisi.
    Asarlari o‘zbek («Musht ketdi», 1966; «Xushtak afandim», 1969; «Futbol qiroli», 1978 va h.k.) va boshqa tillarda nashr qilingan.

  • Konstantin Simonov (1915-1979; Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/simonov.jpgSimonov Konstantin (Kirill) Mixaylovich [1915.15(28).11, Peterburg — 1979.28.8, Moskva] — rus yozuvchisi va jamoat arbobi. Mehnat Qahramoni (1974). M. Gorkiy nomidagi Adabiyot institutini tugatgan (1938). SSSR Yozuvchilar uyushmasi bosh kotibi o‘rinbosari (1946—54), kotibi (1954—59; 1967—79), «Nov?y mir» («Yangi dunyo») jurnali (1946 — 50; 1954—58) va «Literaturnaya gazeta», 1938; 1950-54) ning bosh muharriri. 2-jahon urushiga qadar N. Ostrovskiyga bag‘ishlangan «G‘olib» (1937), «Pavel Chyorniy», «Muz ustidagi jang» (1938), «Suvorov» (1939) dostonlari, «Chin insonlar» (1938), «Yo‘lda yozilgan she’rlar» (1939) she’riy to‘plamlari nashr etilgan. 1939 yildan urush mavzusi S. ijodining ustuvor yo‘nalishiga aylangan («Bir sevgi tarixi», 1940; «Shahrimizdan chiqqan yigit», 1941, pesalar). Urush mavzusi, ayniqsa, lirikasida katta mahorat bilan aks ettirilgan («Lirik kundalik»; «Sen bilan va sensiz»; «Front she’rlari», 1942, to‘plamlari). Simonov lirik she’rlardan tashqari, «Rus kishilari» (1942) va «Shunday bo‘lajak» (1944) pesalari, «Kunlar va tunlar» (1944) qissasini yozgan. Urushdan keyingi yillarda xalqaro munosabatlarning keskinlashishi Simonovning «Praga kashtanlari tagida», «Rus masalasi» (1946) pesalari hamda «Do‘stlar va dushmanlar» (1948) she’rlar kitobida o‘z ifodasini topgan.
    Simonov nazdida urush nafakat kishilarning insoniy fazilatlari, ruhiy kuchi va irodasi uchun, balki davlat va siyosiy tuzum uchun ham dahshatli bir sinov bo‘ldi. Ammo, agar davlat ham, siyosiy tuzum ham tug‘ilish va o‘lishga mahkum etilgan ekan, yer yuzidagi birdan-bir abadiy qadriyat inson bo‘lib qoladi. Simonov ana shu aqidadan kelib chiqib, umrining so‘nggi nafasiga qadar urush va inson mavzusiga sodiq qoldi hamda «Quroldosh do‘stlar» (1952), «Tiriklar va o‘liklar» (1959), «Soldat bo‘lib tug‘ilmaydilar» (1964) va «So‘nggi yoz» (1971) roman-trilogiyasini yaratdi. Simonov shuningdek, «Begona soya» (1949), «To‘rtinchi» (1961, p’esa], «Vatan uzra dud» (1947), «Lopatinning yozishmalaridan» (1957), «Urushdan keyingi yigirma kun» (1972), «Biz sen bilan uchrashmaymiz», «Shaxsiy hayot, degin» (1978) va boshqa ko‘plab qissa, ocherk, publitsistik maqolalar to‘plamlari muallifi. Uning asarlari asosida filmlar suratga olingan. Simonov urush qatnashchilarining xotiralaridan iborat 2-jahon urushining ko‘p seriyali kinoyilnomasini yaratgan. 1958—61 yillarda Toshkentda yashagan. Oybek, Abdulla Qahhor va boshqa o‘zbek yozuvchilarining asarlarini rus tiliga tarjima qilgan, Mirzacho‘l haqidagi hujjatli film ssenariysini yozgan. Simonovning ko‘pgina asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
  • Richard Deming (1915-1983; AQSh)  ( 3 ta sahifa mavjud )

    Amerikalik detektiv yozuvchi, kinossenarist Richard Deming 1915 yili Ayova shtatida tug‘ilgan. Missurida ta’lim olgan. AQSh armiyasida, Qizil Xochda, Amerika Yozuvchilar uyushmasida xizmat qilgan. Bir qancha hikoyalar, romanlar, stsenariylar yozgan.
    U Maks Franklin (Max Franklin), Xelsi Klark (Halsey Clark) va Nik Morino (Nick Morino) taxalluslari bilan ijod qilgan. 70 dan ortiq kitob yozgan.

  • Roald Dal (1916-1990; Angliya)  ( 3 ta sahifa mavjud )

    Roald Dal eng omadli ingliz yozuvchilaridan hisoblanadi. Omadliligi shu ma’nodaki, uning birorta ham kitobi, birorta ham hikoyasi tanqidchilar va kitobxonlar nazaridan chetda qolmagan.
    Uning bir jihatdan «omadi yurishmagan» - o‘zbek kitobxonlari uning ijodi bilan tanish emaslar.
    Roald Dal norveg oilasiga mansub bo‘lib, 1916 yilda Angliyada tug‘ilgan. Maktabni tamomlagach, u «Shell» neft kompaniyasiga ishga kirdi va to‘rt yildan so‘ng Dor-us-Salomga yuborildi. Ikkinchi jahon urushida u uchuvchi sifatida ishtirok etadi.
    Dal yozuvchilikni 1942 yilda boshlaydi. «Qabulga o‘taman» nomli ilk kitobiyoq unga omad keltirdi.
    Uning keyingi kitoblari Dalni qiziqarli, kutilmagan yakunlar, shu bilan birga mantiqiy, bir oz kulgili hikoyalar yozuvchi adib sifatida mashhur qildi.
    Roald Dal, shuningdek, ajoyib ertaklar ham yozgan bo‘lib, bu ertaklarni bolalar ham, kattalar ham birdek qiziqib o‘qishadi.

  • Paul Kuusberg (1916-2003; Estoniya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Paul Augustovich Kuusberg (est. Paul Kuusberg; 30 aprel 1916, Revel – 21 yanvar 2003) — eston yozuvchisi. Ikkinchi jahon urushida jurnalist bo‘lib xizmat qilgan. Urushdan so‘ng «Raxva Xyael» («Xalq ovozi») gazetasida ishlagan. 1976-1983 yillarda Estoniya yozuvchilar uyushmasini boshqargan.
     Kitoblari: «Ikki „ya“ Enna Kalma» (roman, 1960), «Ayni yoz paytida» (roman, 1966), «Bir kecha» (roman, 1972), «Andres fojiasi» (roman, 1963), «Yomg‘ir tomchilari» (roman, 1976), «Oh, bizning isqirt mushugimiz...» (1980; hikoyalar to‘plami).

  • Genrix Bell (1917-1985; Germaniya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Genrix Teodor Bell (21 dekabr 1917 – 16 iyul 1985) – nemis yozuvchisi va romannavisi. Kelnda tug‘ilgan. Maktabni tugatgandan so‘ng gitleryugend tarkibiga qo‘shiladi. 1939 yili xizmatga chaqirilgan yosh Bell Sharqiy va G‘arbiy frontda kapral lavozimida xizmat qiladi. 1945 yili amerikaliklar tomonidan asirga olinadi.
    Urushdan so‘ng Keln universitetida o‘qiydi. 1949 yili ilk qissasi «Poezd o‘z vaqtida keldi» («Der Zug war punktlich») nomi bilan chop etiladi.
    U 1972 yili u adabiyotdagi xizmatlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ladi.
    Uning «Pichoqli odam» (Der Mann mit den Messern, 1948), «Mening aziz oyog‘im» (Mein teures Bein, 1950), «Qinchang‘i qo‘ylar» (Die schwarzen Schafe, 1951), «Qaerda eding Adam» (Wo warst du, Adam?, 1951), «Baleklar tarozisi» (Die Waage der Baleks, 1952), «Bir askar qopchasining tarixi» (Abenteuer eines Brotbeutels, 1953), «Pochta otkritkasi» (Die Postkarte, 1953), «Xo‘jasiz uy» (Haus ohne Hüter, 1954), «Yomon romanlardagidek» (Wie in schlechten Romanen, 1956), «Irland kundaligi» (Irisches Tagebuch, 1957), «Tutqich bermaslar» (Die Spurlosen, 1957), «Doktor Murkening sukuti» (Doktor Murkes gesammeltes Schweigen, 1955), «Katarina Blyumning yo‘qotilgan obro‘si» (Die verlorene Ehre der Katharina Blum, 1974), «Minalashtirilgan hudud» (Vermintes Gelände, 1982) kabi asarlari mashhur.

  • Artur Klark (1917-2008; Angliya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/artur_klark.jpgSer ?́rtur Charlz Klark (angl. Sir Arthur Charles Clarke, 16 dekabr 1917, Maynxed, Buyuk Britaniya — 19 mart 2008, Kolombo, Shri-Lanka) — ingliz yozuvchisi, olim va ixtirochi. Uning Stenli Kubrik bilan birga yozgan «Kosmik odisseya 2001» (1968) ilmiy-fantastik filmi mashhur. V 1999 yili Klark ritsarlik unvonini qo‘lga kiritdi.
    Artur Klark, Ayzek Azimov va Robert Xaynlaynni ilmiy fantastikaning «katta uchligi» deb atashadi.
  • Eva-Lis Vorio (1918; Finlandiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    Eva-Lis Vorio Finlandiyaning qadimiy shahri Viipurida 1918 yili tug‘ilgan. Kanadaga ko‘chib, o‘sha yerda yashagan va ta’lim olgan.
    Eva-Lis Vorio Torontoda yashab, o‘sha yerdagi gazetalarda muxbir, jurnallarda muharrir lavozimlarida ishlagan.
    Eva-Lis Vorio bir paytning o‘zida bolalar va o‘smirlar uchun yozadi.
    Uning «Vikinglarga qaytish» (1955), «Kanada egizaklari» (1956), «Baliqlar va daraxtlar oroli» (1962), «Portugal savatchali ayol» (1963), «Qo‘rqinch faktori» (1965), «Oktyabr xazinasi» (1966), «Yo‘qotilgan sayohat» (1967), «Kali va oltin ko‘zgu» (1967), «Alisani asrang» (1968), «Kuylovchi kanoe» (1969) kabi kitobari mashhur.
  • Jeyms Oldrij (1918; Avstraliya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    Jeyms Oldrij (1918.10.7, Uayt-Xils, Viktoriya shtati, Avstraliya) — ingliz yozuvchisi va jamoat arbobi. London universitetida o‘qigan. 2-jahon urushi davrida jangovar reportaj va ocherklar yaratgan. «Dengiz burguti» (1944), «Diplomat» (1949) kabi romanlari va «O‘zga vatan o‘g‘loni» (1962), «Xavfli o‘yin» (1966) romanlaridan iborat dilogiya muallifi. «Cho‘l ufqi qahramonlari» (1954), «Uning o‘limini istamayman» (1957), «So‘nggi quvg‘in» (1961) romanlarini Sharq mavzuiga bag‘ishlagan. «Yangi Misr» (1967) ocherkida uyg‘onayotgan mamlakat hayotini realistik manzaralarda ifodalagan. Oldrijning siyosiy ruhdagi publitsistik maqolalari ham bor. Bir qancha asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan: «Alvido, Antiamerika» (1973), «Farzandlarga saboq» (1966) va b. U 1979 yilda O‘zbekistonda bo‘lgan.
  • Xuan Rulfo (1918-1986; Meksika)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Lotin Amerikasi adabiyotining buyuk namoyandalaridan biri Xuan Rulfo 1917 yili Meksikaning Xalisko shtatida tug‘ilgan.
    U ko‘p yillar fotografiya va kino bilan shug‘ullandi.
    Uning «Olov tekisligi» novellalar to‘plami (1953) va «Pedro Paramo» romani (1955) adabiyot olamida katta hodisa bo‘ldi.
    Pedro Paramoning «Pedro Paramo» (1967, 1978, 2010) «Oltin xo‘roz» (1980) asarlari ekranlashtirilgan.
    Yozuvchi o‘zini qiynagan dardlarni bir qator hikoya va qissalarda aks ettiradi. Bu narsa, ayniqsa, "Pedro Paramo" qissasida o‘zining yorqin ifodasini topgan.
    Menippiya janri jahon adabiyotining eng qadimiy va, afsuski, kamdan-kam san’atkor qo‘l urishga jur’at etadigan mashaqqatli janrlaridan biridir.
    Xuan Rulfo menippiya janri talablaridan kelib chiqqan holda o‘lim orqali hayotiy voqealarni tahlil qiladi: soflik nima-yu, yolg‘on nima, bu olamda qay bir ishimiz boqiy qoladi-yu, qay biri bargi xazondek to‘zib ketadi, degan masalalar haqida fikr yuritadi.

  • Mustay Karim (1919-2005; Boshqirdiston)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Mustay Karim (taxallusi; asl ism-sharifi Karimov Mustafo Safig) (1919.20.10, Boshqirdiston, Chishmin tumani Klyashevo qishlog‘i – 2005.21.09, Ufa) — boshqird yozuvchisi. Boshqirdiston xalq shoiri (1963). Boshqirdiston pedagogika institutining adabiyot fakultetini tugatgan (1941). 2-jahon urushi qatnashchisi. «Bahor sadolari» (1940), «Mening tulporim» (1943), «She’rlar» (1944), «Qaytish» (1947), «Tanlangan asarlar», «Yevropa— Osiyo» (1954) va boshqa she’riy to‘plamlar muallifi. Mustay Karimning «To‘y davom etadi» (1947), «Yolg‘iz qayin» (1950), «Qiz o‘g‘irlash» (1959), «Aytilmagan qo‘shiq» (1961), «Oy tutilgan tunda» (1964), «Oygul Vatani» (1969) kabi pesalari zamonaviy va tarixiy mavzularda yozilgan bo‘lib, ularda boshqird xalqining turmush tarzi uz ifodasini topgan. «Uzundan-uzoq bolalik» (1974—78) avtobiografik qissasi va «Olovni tashlama, Prometey» (1976) tragediyasi bor. Alisher Navoiy, Oybek, H. Olimjon, Zulfiya haqida bir qancha maqolalar yozgan. «Oy tutilgan tunda» asari Zulfiya tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilinib (1972), O‘zbek milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilgan.

  • Mehmed Seyda (1919-1986; Turkiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/mehmetsevda.jpgMehmed Seyda (turk. Mehmet Seyda, 1919, Istambul - 1986) - turk yozuvchisi.
  • Lev Belov (1919-1996; O‘zbekiston/Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/lev_belov.jpgLev Grigorevich Belov (haqiqiy familiyasi Pevzner; 23 dekabr 1919, Toshkent — 1 avgust 1996 yil, Vladimir) — rus yozuvchisi va jurnalisti. Hajviy nasr va bolalar fantastikasiga oid asarlari mashhur. 1950 yili Toshkent pedagogika istitutini tamomlagan. 1990 yilgacha Toshkentda yashagan. 350 dan ortiq feleton va hikoyalari chop etilgan.
  • Amrita Pritam (1919-2005; Hindiston)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/amrita_pritam.jpgPritam Amrita (1919.31.8, Panjob, Gujranvala sh., - 2005.31.10) — hind shoirasi, adibasi. Panjobi, hind tillarida ijod qilgan. Ijodining dastlabki davrida R. Tagor shaxsiyati va ijodining ta’siri kuchli bo‘lgan. Dastlabki she’riy to‘plamlari — «Sovuq nurlar» (1935) va «Amrita to‘lqinlari» (1936). Hozirgi hind adabiyotining eng nomdor vakillaridan bo‘lgan. Pritam 100 dan ortiq asar (jumladan, 20 dan ortiq she’r, doston va qo‘shiklar to‘plami 30 dan optiq roman va qissalar), 200 dan ortiq hikoya va ocherklar muallifi. Adibaning asarlari 30 dan ortiq tillarga tarjima qilingan va nashr etilgan. Pritam she’rlari rus tilida 1957 yildan beri nashr etiladi: «Qora gul» (1971, Toshkent), «Qalblar asrori» (1977, Olma-ota) va boshqa Pritam butun ijodiy faoliyati davomida «ayollar mavzui» bilan qiziqqan va hoz. insonning ma’naviy holatini ifodalay olgan yaxlit ayol xarakterini yaratgan. She’rlari Zulfiya tarjimasida uzbek matbuotida chop etilgan. U G‘afur G‘ulom, Oybek, Zulfiya, Asqad Muxtorning ba’zi asarlarini panjobi tiliga tarjima qilgan. Hindiston Adabiyot akademiyasining mukofotini olgan (1956), «Qog‘oz va yelkan» she’rlar to‘plami uchun Gyanpitx mukofotiga sazovor bo‘lgan (1982).
  • Ayzek Azimov (1920-1992; Belorussiya/AQSh)  ( 3 ta sahifa mavjud )

    Amerikalik fantast yozuvchi, fan targ‘ibotchisi. Belorussiyaning Petrovichi qishlog‘ida tug‘ilgan. 1923 yilda ota-onasi bilan Nyu-York shahriga ko‘chib ketgan. O‘sha yerda Kolumbiya universitetini tugatgan. Mutaxassisligi bioximik. Ilmiy tadqiqotlari uchun falsafa doktori unvonini olgan.
    Birinchi qissasi 1939 yili e’lon qilingan. Shundan so‘ng «Poydevor va Imperiya» (1952), «Men robotman», «Mangulik intihosi» (1955), «Neytrino», «Darbadar» (1966), «Koinot oqimlari» (1972), «Poydevor qirralari» (1982), «Poydevor va Yer» (1986) asarlarini e’lon qildi. Azimov fantastikaga intellektual nasr unsurlarini kiritdi va uni badiiy nasrga yaqinlashtirdi. Bundan tashkari asarlaridan ijtimoiy muammolar ham o‘rin olgan. Azimov ilmiy fantastika asoschilaridan biri.
    Azimov ning bir qancha hikoyalari va «Koinot oqimlari» romani o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

  • Sabohiddin Qudrat Oqsol (1920-1993; Turkiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/sabahittin.jpgSabohiddin Qudrat Oqsol (turk. Sabahattin Kudret Aksal, 1920, Istambul - 1993, Istambul) - turk shoiri va yozuvchisi.
  • Rey Bredberi (1920-2012; AQSh)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    XX asrning eng buyuk fantast-yozuvchilaridan biri – Rey Bredberi (Ray Bradbury) 1920 yili Illinoys shtatidagi Uokigan shahrida tavallud topgan. Bo‘lajak yozuvchi faqat o‘rta ta’lim bilan cheklanib, hech qachon oliy ma’lumotli bo‘lmagan.
    Bredberi 12 yoshida yozuvchi bo‘lishga qaror qilgan. O‘zining dastlabki ishlarida u viktorian prozasi vakili – Edgar Poning uslubiga taqlid qilgan. Bredberining hikoyalari, odatda, arzon jurnallarda chop etilgan va faqatgina “Mars xronikalari” hikoyalar to‘plami unga dastlabki tijoriy muvaffaqiyatni taqdim etgan (1950 yil).
    1953 yili Bredberining “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” roman-antiutopiyasi chop etilganidan so‘ng, uning shuhrati butun dunyoga yoyildi. Shundan keyin, yozuvchining har bir yangi kitobi katta bir voqelikka aylandi.
    U to‘qqizta roman, jumladan, “Falokat yaqinlashmoqda” (1962), “O‘lim – yolg‘iz qilinadigan ish” (1985), “Aqlsizlar uchun qabriston” (1990) romanlari, shuningdek, ko‘plab qissa (ular orasida qisman avtobiografik bo‘lgan “Momaqaymoq vinosi” (1957) alohida ajralib turadi) va hikoyalar muallifidir. Yozuvchining o‘zi 400 dan ortiq hikoya yozganini, ularning ba’zilari nisbatan katta asarlarning yozilishi uchun asos bo‘lganini qayd etgan.
    Rey Bredberining bir qator asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan (“Marsga hujum”, “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” (“Jahon adabiyoti” jurnalining 2010-yil sonlarida) va boshqalar).

  • Annabxau Satxe (1920-1969; Hindiston)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    Annabxau Satxe (1 avgust 1920 – 18 iyul 1969) - hind yozuvchisi.
  • Abdurahmon ash-Sharqoviy (1921-1987; Misr)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Abdurahmon ash-Sharqoviy – misrlik arab yozuvchisi. Qohira universitetining yuridik fakultetini tamomlagan (1943). «Al-Kotib» jurnali asoschisi (1951-1953). «Yer» romani unga katta shuhrat keltirgan (1954).
    «Muhammad – ozodlik elchisi» romani (1962), Xalifa Husayn haqidagi pesasi (1969), «Bo‘sh yuraklar» (1957), "Chekkadagi ko‘chalar" (1958), "Falloh" (1968) romanlari mashhur.

  • Fridrix Dyurrenmatt (1921-1990; Shveysariya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/fridrix_durren.jpgFridrix Raynxold Dyurrenmatt (nem. Friedrich Reinhold Dürrenmatt; 5 yanvar 1921, Konolfingen — 14 dekabr 1990, Nevshatel) — shveysariyalik nemis adibi, publitsist, dramaturg. Psixologik detektiv janri ustalaridan biri.
  • Najoti Jumali (1921-2001; Turkiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/cumali.jpgNajoti Jumali (turk. Necati Cumalı, 1921, Florina – 2001, Istambul) - turk shoiri va yozuvchisi.
  • Chabua Amirajibi (1921; Gruziya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/amirajibi.jpgMzechabuk (Chabua) Irakliyevich Amirajibi (18 noyabr 1921, Tbilisi) — knyaz, XX asr mumtoz gruzin adabiyoti vakili, «Data Tutashxia» romani (1973—1975) va boshqa asarlar muallifi.
  • Jek Ritchi (1922-1983; AQSh)  ( 4 ta sahifa mavjud )

    Jek Ritchi (Jon Jorj Ritchi) 1922 yili AQShning Viskonsin shtatida tug‘ilgan. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Ritchi yozuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanishga kirishadi. Uning birinchi hikoyasi "Har doim mavsum"ni u 1953 yili «Nyu-York deyli nyus» gazetasiga sotadi. Jek Ritchi 1983 yili 61 yoshida vafot etadi. Undan 300 dan ortiq hikoya va qissalar qolgan.
    O‘limidan so‘ng 1987 yili «Yo‘lbars oroli» romani chop etilgan.

  • Ziyod Salim o‘g‘li (1922-2000; Turkiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/zeyyat.jpgZiyod Salim o‘g‘li (turk. Zeyyat Selimoğlu, 1922-2000 Istambul) - turk yozuvchisi.
  • Rasul Hamzatov (1923-2003; Dog'iston)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Dog‘istondagi kichkinagina avar elining farzandi, XX asr jahon she’riyatning yirik vakili Rasul Hamzatov 1923 yilda tug‘ilib, 13-14 yoshlaridan boshlab she’r yoza boshlagan. 16 yoshida shoir sifatida tanilgan. Otasi - Dog‘istonning mashhur shoiri Hamzat Sadasa unga ijod ishida hamisha haqiqatni kuylashga o‘rgatdi. 18 yoshidan boshlab Rasul o‘qituvchi, artist va muxbir sifatida mexnat qildi, uning buyuk iste’dodi olamga mashhur qildi.
    Shoirning birinchi kitobi 1943 yilda chop etilgan. 1945 yilda Moskvadagi Jahon adabiyoti institutida tahsil olishga kirishdi.
    Rasul Hamzatovga og‘ir xasta ayol maktub yo‘llab: «Meni shifokorlardan, ularning muolajalaridan ko‘ra Siz yozgan asarlar ko‘proq davoladi», - degan edi.
    Asarlari: «Tog‘ qo‘shig‘i», «Tog‘ qizi», «Mening qalbim tog‘larOa», «Dog‘istonim», «Yuksak yulduzlar», «Tug‘ilgan kunim», «Tog‘likning vatani», «Ovuldan xat» singari she’riy kitoblar, «Ona tilim», «Shu ham erkakm?,», «Do‘stlik haqida qissa» kabi she’rlari va boshq.

  • Lesli Uoller (1923-2007; AQSh)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Lesli Uoller (Leslie Elson Waller, 1 aprel 1923 - 29 mart 2007) – amerikalik mashhur yozuvchi. Ukrainalik emigrantlar xonadonida tug‘ilgan. Kolumbiya universitetida ta’lim olgan.
    Uni mashhur qilgan asari - «Bankir» romanidir. «Bankir» – «Bankir haqida afsona» trilogiyasining birinchi asaridir. Trilogiyaga «Oila» va «Amerikalik» romanlari ham kirgan.

  • O‘ktoy Oqbol (1923; Turkiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/oktay.jpgO‘ktoy Oqbol (turk. Oktay Akbal, 1923, Istambul) - Turk jurnalisti va yozuvchisi.
  • Yashar Kamol (1923; Turkiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Mashhur turk yozuvchisi Yashar Kamol (Yaşar Kemal) (taxallusi; asl ismi Kamol Sodiq Go‘kcheli (Kemal Sadık Göğceli) 1923 yili Turkiyaning Adana viloyatida tug‘ilgan. Ijodni 1939 yildan she’r yozish bilan boshladi. 1951 yili Istambulga ko‘chib kelib, Jumhuriyat gazetasida ishladi.
    Ilk romani «Ozg‘in Memed»da (1955) usmoniylar saltanatining fojiaviy kunlarini tasvirlaydi. «Tayanch» (1960), «Yer — temir, osmon — mis» (1963), «Chakirjalik Efe» (1972) romanlari ham mashhur.
    1955-1984 yillar orasida Yashar Kamol hikoya, roman, maqolalardan iborat 33 ta kitob chiqardi.
    Kitoblari dunyoning 29 tiliga tarjima qilingan.

  • Yuriy Bondarev (1924; Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Rus yozuvchisi. Oddiy askarlarning qahramonligi, insonning urushdagi ruhiyati Bondarev ijodining bosh mavzuidir («Batalonlar o‘t ochishni so‘raydi» povesti, 1957; «Issiq qor» romani, 1969 va b.).
    «Sukunat» romani (1962) tinch hayotga qaytish haqida, «Sohil» (1975), «Saylov» (1980), «O‘yin» (1985) kabi romanlarida insonning o‘z davri, vatani bilan aloqalari haqidagi axloqiy-falsafiy mulohazalari aks etgan.

  • Kobo Abe (1924-1993; Yaponiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/koboabe.jpgKobo Abe (haqiqiy ismi — Abe Kimifusa; 7 mart 1924, Kita, Tokio — 22 yanvar 1993, Tokio, Yaponiya) — mashhur yapon yozuvchisi, dramaturg va ssenarist. Ijodining asosiy mavzusi — zamonaviy dunyoda komil insonni qidirish. Uning «Qumdagi xotin», «Begonaning yuzi» va «Yoqilgan karta» asarlari asosida 1960-yillardayoq rejissyor Xirosi Tesigaxara filmlar suratga olgan.
  • Boris Vasilev (1924-2013; Rossiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/vasilev.jpgBoris Lvovich Vasilev (21 may 1924, Smolensk — 11 mart 2013, Moskva) — rus yozuvchisi. SSSR davlat mukofoti laureati (1975).
  • Pramudya Ananta Tur (1925-2006; Indoneziya)  ( 3 ta sahifa mavjud )

    Indoneziyaning zamonaviy yirik yozuvchisi Pramudya Ananta Tur 1925 yilda tug‘ilgan. Yoshlik yillarida qo‘lida qurol bilan mamlakat mustaqilligi uchun kurashgan.
    1947-1949 hamda 1965-1979-yillarda qamoqda o’tiradi. O’sha yerda ham o’z ijodini davom ettiradi.
    Milliy adabiyot rivojiga qo‘shgan katta xizmatlari uchun Indoneziyaning bir qator adabiy mukofotlariga sazovor bo‘lgan.
    L.Tolstoy, A.Kuprin, M.Gorkiy, M.Sholoxov asarlarini indonez tiliga tarjima qilgan. Ko‘plab hikoyalar (“Blor haqida hikoyalar”, “Jakarta haqida hikoyalar”, “Bu bozor emas”), qissalar (“Bu Janubiy Bentenda yuz bergan edi”), romanlar (“Bekasi nahri sohilida”, “Korrupsiya”,  “Ta’qib”, “Partizanlar oilasi”, )romani muallifidir.

  • Marchello Venturi (1925-2008; Italiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Marchello Venturi (21 aprel 1925, Seravezza - 21 aprel 2008, Grind) – italyan yozuvchisi.
    Venturi adabiyotga 40-yillari o‘zining fashizm va urushga qarshi hikoyalari bilan kirib keldi. 1950 yili yosh yozuvchiga "Qaytishning uzoq yo‘li" qissasi uchun "Potstsale" mukofoti, qissalar to‘plami uchun 1952 yili Italiyaning eng katta adabiy mukofoti "Viaredjo" topshirildi.
    Venturining " Kefalliniyada oq bayroq" romani gitlerchilarning mash’um jinoyatlari haqida hikoya qiladi. 1965 yili chop etilgan "Yillar va yolg‘onlar" to‘plamida Venturi o‘zi boshidan o‘tkazgan qonli yillar, qiyinchiliklar, Italiyaning oyoqqa turishi va jahonga yuz tutishi haqida yozadi. Ushbu asari uchun Venturi "Puchchini-Sinigalliya" adabiy mukofotiga loyiq ko‘riladi.

  • Evan Xanter (1926-2005; AQSh)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Evan Xanter (ing. Evan Hunter, asl ismi — Salvatore Albert Lombino, 15 oktyabr 1926, Nyu-York — 6 iyul 2005, Ueston) – amerikalik yozuvchi, stsenarist. Ed Makbeyn (Ed McBain) taxallusi bilan mashhur.
    1951 yildan adabiyot agenti  va muharrir sifatida  Artur Klark, Pol Uilyam Anderson, Pelem Grenvil Vudxauz kabi yozuvchilar bilan ishladi. Shu yili «Marsliklar, xush kelibsiz» deb nomlangan birinchi ilmiy-fantastik hikoyasi chop etiladi. Hikoyaga u «S. A. Lombino» deb imzo chekadi. Shundan so‘ng yozuvchi Evan Xanter va Xant Kollinz taxalluslari bilan ijod qiladi.  U o‘zining detektiv romanlarini Kurt Kennon, Richard Marsten taxalluslari bilan taqdim etadi.
    Evan Xanter o‘zining eng mashhur taxallusi Ed Makbeynni ilk bor 1956 yili «Nafratli politsiyachi» romanida qo‘llaydi
    Uning asarlari asosida 41 ta film ishlangan.

  • Komron Shipal (1926; Turkiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    Komron Shipal (turk. Kâmuran Şipal, 1926, Adana) -turk romannavisi, zuvchi va tarjimon.
  • Morio Kita (1927; Yaponiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Morio Kita – mashhur yapon yozuvchisi. Meditsina yo‘nalishida ta’lim olgan. 1960 yili "Tungi yog'du" hikoyasi chop etilgan. Hikoya voqealari Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Germaniyadagi ruhiy kasalxonalardan birida bo‘lib o‘tadi. Urushga qarshi ushbu asari uchun Morio Kita Akutagava nomidagi mukofotga sazovor bo‘lgan.
    Uning "Nire oilasi" (1964) romani mashhur. Ko‘p jildli romanda Yaponiyadagi burjua inqilobidan keyingi vaziyat, insonlarning hayoti tasvirlanadi.

  • Yuriy Kazakov (1927-1982; Rossiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Kazakov Yuriy Pavlovich (1927–1982), rus yozuvchisi. 1927 yil 8 avgustda Moskvada tug‘ilgan. 1946-1951 yillarda Gnesin nomidagi musiqa bilim yurtida ta’lim olgan.
    1940-yillar oxirida Kazakov she’r yozishni boshlaydi, hikoya, pesalar mashq qiladi. 1953 yili A.M.Gorkiy nomidagi Adabiyot institiga kirgan yozuvchi 1956 yili «Moviy va yashil», «Xunuk» (1956) hikoyalar to‘plamini nashr ettiradi. Uning ilk asarlaridan «Teddi» (1956) va «Arktur – tozi it» (1957) qissalari mashhur.
    Instituni tugatgandan so‘ng (1958), Kazakov Pechora, Tarus va boshqa joylarga sayohat qiladi. Sayohat ilhomi o‘laroq «Yo‘lda» (1960), «Yig‘layman va ho‘ngrayman» (1963), «La’nati Shimol» (1964) hikoyalari yaraladi. Aksakovning «Shimol kundaligi» (1977) «Nestor va Kir» (1961), «Qor o‘radagi bola» (1972–1976), «Eman o‘rmonlarida» (1969) kabi asarlari mashhur.
    Kazakov qozoq yozuvchisi A.Nurpeisovning asrlarini rus tiliga tarjima qilgan.

  • Chingiz Aytmatov (1928-2008; Qirg'iziston)  ( 18 ta sahifa mavjud )
    Qirg‘iz yozuvchisi, davlat, jamoat arbobi, diplomat. Qirg‘iziston xalq yozuvchisi (1968). Qirg‘iziston Fanlar Akademiyasi akademigi (1974). Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan (1953). 1956-58 yillari Moskvadagi yozuvchilar uyushmasi Oliy adabiyot kursi tinglovchisi. Asarlarini qirg‘iz va rus tilida yozgan.
    Ilk hikoyalari 1950 yillarda bosilgan. "Baydamtol sohillarida" (1955), "Yuzma-yuz" (1957) asarlari o‘tkir syujet, kuchli ichki ruhiy ziddiyatlarga boy. "Jamila" (1958), "Sarvqomat dilbarim" (1961), "Bo‘tako‘z", "Birinchi muallim" (1962), "Momo yer", "Somon yo‘li" (1963), "Alvido, ey Gulsari" (1966) kabi qissalarida muhabbat mavzui katta ehtiros bilan tarannum etilgan.
    Aytmatovning "Tog‘ va cho‘l qissalari" turkumiga kirgan asarlari yuksak baholandi. Aytmatovning "Oqkema" (1970) qissasida insoniy go‘zallik, ezgulik va hayot ziddiyatlari, ekologiya muammolari teran tadqiq etiladi. "Oq kema" kinofilmi ham asar kabi shuhrat qozondi. "Dengiz yoqalab chopayotgan olapar" (1977) qissasida muhim ma’naviy masalalar, sho‘ro davridagi hayotning mash’um manzaralari o‘z ifodasini topgan.
    "Asrga tatigulik kun" (1980), "Qiyomat" (1986), "Kassandra tamg‘asi" (1990) romanlarida zamonamizning umuminsoniy tomonlari, ona Sayyoramizning taqdiri, kuchli falsafiy, axloqiy va ijtimoiy muammolar ko‘tarilgan. O‘tmishini unutgan, hissiz, hamma narsaga loqayd, itoat-u, buyruqni bajarishdan boshqa narsani bilmaydigan, tuyg‘u, noziq hissiyotlari so‘ngan manqurt obrazi tasviri Aytmatov ijodining muhim qirralaridan biri bo‘ldi.
    Aytmatovning «Cho‘qqida qolgan ovchining ohi zori» (M. Shoxonov bilan hamkorlikda) asari ma’naviyatga bag‘ishlangan. Aytmatov prozasida ruhiyat tahlili an’anaviy folklor, mifologiya, obrazlilik bilan uyg‘unlashib ketadi. Unda masal, ramziylikka moyillik sezilarli darajadadir.
    Aytmatov "Inostrannaya literatura" (Moskva) jurnaliga muharrir (1980 — 90), 1990 yildan sobiq SSSRning, so‘ng Rossiya Federatsiyasining, 1991 yildan Qirg‘iziston Respublikasining Lyuksemburg, Belgiyadagi elchisi. Aytmatov tashkil etgan "Issiqko‘l forumi" xalqaro tinchlik harakati, muhim ijtimoiy masalalarni hal etishda samarali ta’sir o‘tkazmoqda. Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasi Prezidenti (1995-2008).
    Aytmatovning asarlari jahonning 154 tiliga tarjima qilinib, 20 mln.dan ortiq nusxada chop etilgan (1999). "Sarvqomat dilbarim" ("Dovon"), "Bo‘tako‘z" ("Jazirama"), "Birinchi muallim", "Jamila", "Alvido, ey Gulsari" va boshqa ekranlashtirilgan, o‘zbek va chet el teatrlarida sahnalashtirilgan. «Momo yer» asariga I. Akbarov musiqa yozgan. Aytmatovning qariyb hamma asarlari o‘zbek tilida nashr etilgan.
    Aytmatov o‘zbek adabiyoti, umuman, o‘zbek madaniyati tarixini yuksak baholab, "Qadim-qadim o‘zbek madaniyatining O‘rta Osiyoga ko‘rsatgan ta’sirini ko‘hna Vizantiyaning Qadim Rusga ko‘rsatgan ta’siri bilan qiyoslash mumkin", deb hisoblaydi. Aytmatov O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» (1995), «Buyuk xizmatlari uchun» (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. Qirg‘iziston Respublikasida Xalqaro Chingiz Aytmatov nomidagi «Oltin medal» mukofoti ta’sis etilgan (1999).
  • Ion Drutse (1928; Moldova)  ( 2 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/drutse.jpgIon Drutse (rum. Ion Druţă, Ivan Panteleyevich Drutsa; 3 sentyabr 1928, Gorodishe qishlog‘i, Sorok uyezdi, Bessarabiya) — moldovan yozuvchisi va dramaturgi.
  • Muzaffar Buyruqchi (1928-2006; Turkiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/buyrukcu.jpgMuzaffar Buyruqchi (turk. Muzaffer Buyrukçu, 1928, Nig‘de - 2006, Istambul) - turk yozuvchisi.
  • Gabriel Garsia Markes (1928; Kolumbiya)  ( 5 ta sahifa mavjud )

    Gabriel Garsia Markes (1928, Arakataka) — kolumbiyalik yozuvchi. «El Espektador» gazetasining Bogota va Yevropadagi reportyori. 1959—60 yillarda Kuba «Prensa Latina» agentligining muxbiri. Dastlab stsenariylar yozgan. «To‘kilgan yaproqlar» (1955), «Polkovnikka hech kim yozmaydi» (1958), «G‘arazli soat» (1962) povestlari realistik ruhda yozilgan, «Grande-Ona dafn marosimi» (1962) to‘plamiga kirgan hikoyalari fantastikaga boy. «Yuz yil tanholikda» (1967—70) roman epopeyasi Kolumbiya tarixiga bag‘ishlangan. «Vabo va muhabbat» (1985)  romanida folklor va mifologiyadan foydalanib, o‘ziga xos milliy ongni tiklashga harakat qilgan. Gabriel  Markesning «Yuz yil tanholikda» (1986)   romani   o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Nobel mukofoti laureati (1982).

  • Robert Shekli (1928-2005; AQSh)  ( 3 ta sahifa mavjud )

    Robert Shekli (Robert Sheckley) Nyu-Yorkda tug‘ilgan. Nyu-York universitetini bitirgan. 1951 yildan professional yozuvchilik faoliyatini boshlagan. Birinchi asari 1952 yili "So‘nggi tekshiruv" nomi bilan chop etilgan. 70-yillar oxirida «Omni» jurnalining nasr bo‘limi muharriri bo‘lib ishlagan.
    Uning asarlari asosan hajviy va fantastik hikoyalardan iborat. "Inson qo‘li bilan ushlanmagan" (1952), "Fikr hidi" (1953), "Mutaxassis" (1953), "Forma" (1953) "Qayiqlar qo‘zg‘oloni" (1955), "Mening o‘xshashim - robot" (1973), "Robot Reks", "Qush-qorovul" (1953) "Vaqt o‘g‘risi" (1952), "Jang" (1954) "Shayton" (1953), "Buxgalter" (1953), "Ideal ayol" (1954), "Yer ziyorati" (1956), "Sevgi tili" (1957) kabi asarlari mashhur.

  • Nodar Dumbadze (1928-1984; Gruziya)  ( 8 ta sahifa mavjud )

    Gruzin yozuvchisi. Ilk hikoyalar to‘plami — «Qishloq bolalari» (1958). Dastlabki yirik asarlari — «Men, buvim, Iliko va Illarion» (1960) qissasi va «Quyoshni ko‘ryapman» (1962) romanida 2-jahon urushi yillaridagi gruzin qishloqlarining og‘ir hayoti aks etgan.
    «Quyosh kechasi» (1967), «Oq bayroqlar» (1972) romanlarida zamonaviy muhim ijtimoiy-axloqiy masalalar ko‘tarilgan.
    «Abadiyat qonuni» (1978)da insonning jamiyatdagi o‘rni, yashashning ma’nosi mavjud hayotiy lavhalar, shaxslar orqali aks ettirilgan. Dumbadze asarlari chuqur lirizm bilan sug‘orilgan, ularda dramatizm yumor bilan uyg‘unlashib ketgan.
    Asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan («Quyoshni ko‘ryapman», 1969; «Qo‘rqmang onaginam», 1982; «Abadiyat qonuni», 1983 va b.). «Abadiyat qonuni» asari asosida o‘zbek tilida telespektakl yaratilgan (1985).

  • Vasiliy Shukshin (1929-1974; Rossiya)  ( 3 ta sahifa mavjud )

    Rus yozuvchisi, kinorejissyor, ssenarist. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1969).
    Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Qishloq odamlari» (1963). 1964 yilda Shukshin ssenariysi asosida «Shunday yigit yashaydi» filmi suratga olingan va ushbu kartina Venetsiyada bo‘lib o‘tgan 16-Xalqaro kinoforumda «Oltin sher» mukofotiga sazovor bo‘lgan.
    Shukshinning «Lyubavinlar» (1965) romani, shu roman asosida ishlangan «Lyubavinlarning tugatilishi» (1972) filmida, Stepan Razin hayoti va uning kurashiga oid «Sizga erkinlik bergani keldim» kinoromanida (1971), «Xarakterlar», «Sizning o‘g‘lingiz va akangiz» (1966), «G‘aroyib kishilar» kabi kartinalarida insonning teran ichki kechinmalari, orzu va umid sari talpinishlari, ba’zi bir kimsalarda uchraydigan meshchanlik falsafasining fojiaga olib kelishi mahorat bilan tasvirlangan.
    Shukshinning adabiyot va kino sohasidagi faoliyatida turli toifa kishilarining yorqin obrazlari yaratilgan. Shukshinning badiiy adabiyot va kinodagi uslubi ishontirish san’atining kuchi bilan chuqur hayotiylik kasb eta olgan.
    Shukshin S. Gerasimovning «Ko‘l bo‘yida» filmidagi Chernix rolining ijrosi uchun Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan (1971). «Ular Vatan uchun jang qildilar» filmini suratga olish chog‘ida to‘satdan vafot etgan.
    Ayrim asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

  • Milorad Pavich (1929-2009; Serbiya)  ( 6 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/milorad_pavich.jpgSerb yozuvchisi Milorad Pavich dunyoning eng ko‘p o‘qilayotgan yozuvchilaridandir. Yozuvchining “Xazar lug‘ati” roman-lug‘ati unga mislsiz shon-shuhrat keltirdi. “Choy bilan chizilgan manzara”1988), “Shamolning ichki qiyofasi” 1991), “Konstantinopoldagi so‘nggi muhabbat”, “Bashorat qo‘llanmasi” (1994) romanlari adabiyot olamida ko‘p shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.
    Sirlilik, aniqlik va afsungarlik o‘rtasiga qurilgan ko‘prik, tubsizlik ustida qad rostlagan “aql va ruh binolari” o‘quvchini o‘ziga tortadi. Har bir predmet yoki voqelikni, umuman boshqa, teskari, ming-minglab bo‘laklarga bo‘lib ko‘rishga, his qilishga o‘rgatadi. Adibning nasriy asarlaridagi o‘lchamsizlik, tilining fantaziya va yumorga boyligi, qochirimli “o‘yinlar” tuyg‘ularingizga ta’sir o‘tkazmasdan qolmaydi.
    Milorad Pavich serb adabiyoti tarixi bo‘yicha mutaxassis. Bayron va Pushkin asarlarini serb tiliga tarjima qilgan. Parij, Vena, Frayburg, Regensburg, Belgrad kabi Yevropaning nufuzli universitetlarida dars bergan. Asarlari dunyoning 80 dan ortiq tiliga tarjima qilingan.
  • To‘lepbergen Qaipbergenov (1929-2010; Qoraqalpog‘iston)  ( 5 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/kaipbergenov.jpgTo‘lepbergen Qaipbergenov 1929 yili Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli tumanida tug‘ildi. Mehnat faoliyatini 1947 yili maktab o‘qituvchisi sifatida boshladi. Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini tamomlaganidan so‘ng ko‘p yillik ijodiy va tashkilotchilik faoliyatini qoraqalpoq milliy matbuoti rivojiga bag‘ishlab, “Qaraqalpaqstan jaslar?” gazetasi muharriri, “Qaraqalpaqstan” nashriyoti direktori, “Sovet Qaraqalpaqstan?” gazetasi muharriri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Radioeshittirishlar va televideniye qo‘mitasi raisi, Matbuot, poligrafiya va kitob savdosi bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari kabi mas’ul vazifalarda sidqidildan mehnat qildi.
    U 1980 yildan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasining raisi lavozimida samarali faoliyat olib borib, qoraqalpoq adabiyoti va san’atini rivojlantirish, yosh shoir va adiblarni tarbiyalash ishiga katta hissa qo‘shdi.
    T.Qaipbergenov jamoat ishlarida ham faol ishtirok etib, bir necha bor Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi va Nukus shahar kengashi deputatligiga saylandi.
    To‘lepbergen Qaipbergenov o‘zining yarim asrdan ziyod davom etgan yozuvchilik faoliyati davomida katta va sermazmun ijod yo‘lini bosib o‘tdi. O‘z asarlarida qoraqalpoq xalqining tarixi, bugungi hayoti, milliy qadriyat va an’analarini yuksak mahorat bilan tarannum etdi. Uning qalamiga mansub “Rahmat, muallim”, “Sovuq bir tomchi”, “Kotib”, “Qoraqalpoq qizi”, “Mamanbiy afsonasi”, “Baxtsizlar”, “Gumrohlar” singari qissa va romanlar,“Qoraqalpoq dostoni” trilogiyasi adabiyotimiz xazinasidan munosib o‘rin egalladi. Bu asarlarning aksariyati jahondagi ko‘plab tillarga tarjima qilinib, bir qator nufuzli adabiy mukofotlarga sazovor bo‘lgan edi.
    Jonkuyar adibning keyingi yillarda e’lon qilingan publitsistik chiqishlarida mustaqilligimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, qoraqalpoq zaminida amalga oshirilayotgan ulkan o‘zgarish va yangilanishlar jarayonini aks ettirish, bag‘rikeng xalqimizning bunyodkorlik mehnatini ulug‘lash, Orol muammosiga jamoatchilik e’tiborini qaratish mavzulari alohida o‘rin egalladi.
    Atoqli yozuvchining adabiyotimizni rivojlantirishdagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi”, “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” faxriy unvonlari, “Shuhrat” medali, “Do‘stlik” va “El-yurt hurmati” ordenlari hamda Vatanimizning oliy mukofoti — “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan.
  • Fozil Iskandar (1929; Abxaziya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Asli abxaz millatiga mansub Fozil Iskandar rus adabiyotining dunyoga mashhur namoyandalaridan hisoblanadi. U 1929 yili Suxumi shahrida tug‘ilgan. Gorkiy nomidagi adabiyot institutini tugatgan (1954). 1954-1956 yillarda Kursk va Bryanskda jurnalistlik qilgan, 1956 yildan 90-yillar boshigacha Gosizdatning abxaz bo‘limi boshlig‘i lavozimida meg‘nat qilgan. 90-yillar boshidan Moskvada yashaydi.
    Ilk ijodini she’riyatdan boshlab, “Duragay takaning shuhrati” degan quvnoq qissasi bilan dong taratgan edi. “Inson manzili”, “Maktab valsi yoxud Nomus kuchi”, “Chegemlik Sandro”, “Shoir” singari yirik asarlari, uncha-muncha romanga bergusiz hikoyalari ko‘plab jahon tillariga tarjima qilingan.

  • Chingiz Husaynov (1929; Ozarbayjon)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/guseinov.jpgChingiz Hasan o‘g‘li Husaynov (20 aprel 1929, Baku) — ozarbayjon va rus yozuvchisi, adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori, professor, Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Moskva davlat universiteti filologiya fakulteti professori. «Mening singlim», «O‘zini tanitmadi», «Shahar ustidagi shamol», «Muyulishdagi uy», «Muhammad, Mamad, Mamish», «Sharq syujetlari», «Fatalining qismati» kabi kitoblar muallifi.
  • Axiyor Hakimov (1929-2003; Boshqirdiston)  ( 3 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/axiyor.jpgAxiyor Hasanovich Hakimov (boshq. ?ә????? Ә??ә? ?ә?ә? ???) (1929-2003) — boshqird yozuvchisi, tarjimon, munaqqid, adabiyotshunos; filologiya fanlari nomzodi (1967).
  • Berislav Kosier (1930-2002; Yugoslaviya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Berislav Kosier (Berislav Kosier, 31.03.1930, Belgrad — 30.05.2002, Belgrad) – yugoslaviyalik yozuvchi, shoir va publitsist.  
    O‘z yurtida yigitlik yillarida siyosiy mahbus, keyinchalik doimiy dissident sifatida qoralangan. 20 dan ortiq xalqaro mukofotlar sohibi, lekin Yugosloviyada hech qanday mukofot olmagan. Asarlari 12 xalqaro tilga tarjima qilingan.
    «Daraxt va burgut changali», «Qaysar chol qissasi», «Yashil daryo – qizil daryo» romanlari mashhur.

  • Tariq Dursun Kakinch (1930; Turkiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/tarikdursun.jpgTariq Dursun Kakinch (turk. Tarık Dursun Kakınç; 1931, Izmir) - turk yozuvchisi.
  • Bilge Karasu (1930-1995; Turkiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/bilgekarasu.jpgBilge Karasu (turk. Bilge Karas, 1930, Istambul - 1995) - turk yozuvchisi.
  • Xisrav Shoxoniy (1930; Eron)  ( 2 ta sahifa mavjud )
    Eron adabiyotining yorqin namoyandalaridan hisoblangan Xisrav Shoxoniy 1930 yilda Mashhadda tug‘ilgan. 1958 yildan boshlab Tehronda chop etiladigan “Ravshan fikr”, “Qahqaha”, “Oqu qora” jurnallarida hikoyalari bosila boshlagan. “Qahqaha”ning har bir sonida Namatmol (kigiz bosuvchi) taxallusi bilan feletonlari e’lon qilingan. U ijtimoiy-siyosiy, odob-axloq, madaniyat masalalariga ko‘proq e’tiborini qaratgan va barcha zamonlarda hajvchilar uchun dasturilamal bo‘lgan qarama-qarshilik, mubolag‘a, sharj, karikatura, parodiya singari usullardan unumli foydalangan.
  • Vsevolod Nestayko (1930; Ukraina)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Vsevolod Zinovevich Nestayko (30 yanvar 1930, Berdichev) — ukrain bolalar yozuvchisi. Taras Shevchenko nomidagi Kiev universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. «Dnepr», «Barvinok» gazetalarida, «Molod», «Veselka» nashriyotlarida ishlagan.
     «O‘rmon maktabidagi g‘aroyib sarguzasht» ertak-qissasi uchun 1982 yili Lesya Ukrainka mukofotini qo‘lga kiritgan. Uning asarlari dunyoning turli tillariga, jumladan o‘zbek tiliga ham («Robinzon kukuruzoning sarguzashtlari») tarjima qilingan.

  • Jeyms Grem Ballard (1930-2009; Angliya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Jeyms Grem Ballard (James Graham Ballard) – 1930 yilning 15 noyabrida Xitoyning Shanxay shahrida ingliz diplomati oilasida dunyoga kelgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida ota-onasi bilan birga Xitoyga hujum qilgan yapon bosqinchilari tomonidan tashkil etilgan kontslagerga tashlangan. Urushdan keyin vataniga qaytib maktabni tamomlagan Jeyms Angliya harbiy havo kuchlarida xizmat qiladi. 1957 yilda syurrealizm oqimi ta’sirida yaratilgan fantastik mavzudagi ilk hikoyalarini o‘quvchiga taqdim etadi.
    2009 yili vafot etgan va butun ijodi davomida 11 roman va 18 hikoyalar to‘plamini o‘quvchilarga taqdim etgan adibni ko‘pchilik adabiyotshunoslar Jozef Konrad va Kurt Vonnegutga o‘xshatadilar.
    Uning «Quyosh saltanati» va «Avtohalokat» romanlari ekranlashtirilgan.

  • Yulian Semyonov (1931-1993; Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Yulian Semyonov (haqiqiy ismi Yulian Semyonovich Lyandres; 8 oktyabr 1931, Moskva — 5 sentyabr 1993, Moskva) — rus yozuvchisi, stsenarist, jurnalist. Sovet Ittifoqi paytidayoq jurnalist tekshiruvlari o‘tkazgan eng dastlabki mualliflardan biri.
    1953 yili Sharqshunoslik institutini tugatgan. 1955 yildan jurnalist sifatida «Ogonyok», «Pravda», «Literaturnaya gazeta», «Komsomolskaya pravda» gazetalarida maqolalar e’lon qilgan.
    Yulian Semenovning «Petrovka, 38», «Ogareva, 6», «Qarama-qarshilik», «TASS ma’lum qiladiki» detektiv asarlari mashhur. Uning Shtirlits haqidagi  «Bahorning o‘n yetti lahzasi» qissasi ekranlashtirilgan.

  • Li Xo Chul (1932; Shimoliy Koreya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Li Xo Chul 1932 yili hozirgi Shimoliy Koreyaning Veonsan shahrida dunyoga keldi. Hibsga olinguniga qadar Koreya jangida, Shimoliy Koreya Armiyasida xizmat qildi.
    1950 yilda suv yo‘li orqali janubga yo‘l oldi va 50-yillarning o‘rtalariga qadar Qo‘shma Shtatlar Armiyasi zahirasida soqchi bo‘lib ishlay boshladi.
    U 1955 yili “Uydan yiroqda” nomli kichik hikoyasi bilan adabiyot maydoniga kirib keldi. Mazkur asar yozuvchining haqiqiy badiiy iste’dod egasi ekanligini isbotlab berdi va kitobxonlarda katta taassurot qoldirdi.
    Li Xo Chul Korea Respublikasi Milliy Madaniyat Akademiyasining a’zosi, bir qancha mukofotlar sovrindori. U eng nufuzli “Zamonaviy adabiyot” (“Panmunjon” asari uchun) “Dongin” (“Horg‘inlik” asari uchun) mukofotlari sovrindori.
    Li Xo Chul qariyb 50 yildan beri yaqinlaridan yiroqda, Janubiy Koreyada yashab kelmoqda. Yozuvchining “Shimolliklar va janubliklar” deb nomlangan mashhur romani uning boshidan kechirgan og‘ir o‘tmishi, iztiroblari, Shimol va janub o‘rtasidagi ziddiyatlar, shuningdek umumbashariy muammolar haqida hikoya qiladi. Roman bir necha tillarga tarjima qilingan.

  • Fazu Aliyeva (1932; Dog‘iston)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/fazu_alieva.jpgFazu Hamzatovna Aliyeva (5 dekabr 1932, Ginichutl qishlog‘i, Xunzax tumani, Dog‘iston) — avar shoirasi, Dog‘iston xalq shoirasi (1969). «Vatan oldidagi xizmatlari uchun», «Xalqlar do‘stligi», «Hurmat belgisi» ordenlari sohibi.
  • Donald Edvin Uestleyk (1933-2008; AQSh)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Donald Edvin Uestleyk (Donald Edwin Westlake, 12 iyul 1933, Bruklin (Nyu-York) - 31 dekabr 2008, Meksika) - amerikalik yozuvchi va kinostsenarist, detektiv, fantastika va hajviy janrlarda ijod qilgan.
    Uning bir qancha taxalluslari mavjud: Richard Stark (Richard Stark) – 30 ga yaqin roman, 2 ta seriya: gangstera Parker va akter Grifeld haqida detektiv romanlar hamda o‘g‘ri Jona Dortmunder va uning to‘dasi haqida detektiv roman; Taker Kou (Tucker Coe) - 5 "ruhiy" detektiv, politsiyachi Tobins haqida romanlar; Kurt Klark (Curt Clark) - 1 roman va bir qancha hikoyalar, ilmiy-fantastik asarlar; Allan Marshall (Allan Marshall), Edvin Uest (Edwin West)  – ishqiy romanlar, 28 kitob;  Djon B. Allen (John B. Allen) - Elizabet Teylor tarjimai holi;  Semyuel Xolt (Samuel Holt) - 4 roman; yana - Morgan Dj. Kanningem (Morgan J. Cunningham), Timoti Dj. Kalver (Timothy J. Culver), Sheldon Lord (Sheldon Lord).

  • Bakir Yulduz (1933-1998; Turkiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/bekiryildiz.jpgBakir Yulduz (turk. Bekir Yıldız, 1933, Urfa - 1998) - turk yozuvchisi.
  • Tahsin Yujel (1933; Turkiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/tahsinyucel.jpgTahsin Yujel (turk. Tahsin Yücel, 1933, Kaxramanmarash) - turk yozuvchisi va tarjimoni.
  • Temirtosh Jayhun (1934-2009; Turkiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/demirtas.jpgTemirtosh Jayhun (turk. Demirtaş Ceyhun, 1934, Adan, - 2009, Istambul) - turk yozuvchisi.
  • Adnan O‘zyalchinor (1934; Turkiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/adnan.jpgAdnan O‘zyalchinor (turk. Adnan Özyalçıner, 1934, Istambul) - turk yozuvchisi.
  • Olga Larionova (1935; Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/larionova.jpgOlga Nikolayevna Larionova (haqiqiy familiyasi Tideman) (16 mart 1935) — rus adibasi, ilmiy fantastikaning yorqin namoyondalaridan biri.
  • Piter Lovsi (1936; Angliya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Piter Lovsi (ingl. Peter (Harmer) Lovesey, 1936, Uitton) — ingliz yozuvchisi, bir qancha detektiv roman va hikoyalar muallifi. Unga asarlaridagi ikki qahramon: londonlik izquvar serjant Kribb va politsiyachi Piter Daymond mashhurlik keltirgan.
    Uning birinchi romani «O‘lim tebranishi» 1969 yili The Times gazetasi tanlovi uchun yozilgan va yozuvchiga 1000 funtov mukofot keltirgan.
    Piter Lovsi yana Piter Lir (Peter Lear) taxallusi bilan ham ijod qiladi. Piter Lovsi Chichesterda yashaydi. Uning o‘g‘li Fil Lovsi ham detektivlar yozadi.
    Piter Lovsi Gold i Silver Daggers, Cartier Diamond Dagger mukofotlarini qo‘lga kiritgan. Uning 4 ta asari ekranlashtirilgan.

  • Ahmad Lutfiy Qozonchi (1936; Turkiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Ahmad Lutfiy Qozonchi 1936 yili Turkiyaning Churum tumanida tug‘ilgan. Boshlang‘ich maktabni va imom-xatib litseyini shu tumanda bitirgan. 1964 yili Istanbul Oliy Islom institutini muvaffaqiyatli tamomlab, Churum, Siirt, Isparta shahar va tumanlarida din xizmatlarida ishlagan. 1977 yili Bursa Oliy Islom institutiga arab tili va adabiyoti bo‘yicha asistent bo‘lib ishga kirgan.
    Hozir Bursadagi Uludog‘ universitetining Ilohiyot fakultetida Islom tarixi bo‘limida xizmat qilayotir. Professor. Din tarixiga, diniy masalalarga, hazrati Payg‘ambar (s.a.v.) va sahobalarining hayotlariga bag‘shlangan yigirmadan ortiq nomdagi (30 jildga yaqin) kitoblarning muallifidir. Bulardan tashqari yana to‘rtta roman ham yozgan.
    Uning «Saodat asri qissalari», «Abu Bakr Siddiq r.a.», «Hazrati Umar ibn Hattob r.a.», «O‘gay ona», «Qaynona» asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan.

  • Shavkat Bulut (1936-1996; Turkiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.uz/images/stories/jahon_adab/shavkat_bulut.jpgShavkat Bulut 1936 yil 31 iyulda Kilisning Musabeyli nohiyasiga qarashli qishloqda dunyoga keldi. Boshlang‘ich ta’limni Kilisda oldi (1951). 1952 yilda Davlat bepul internati sinovidan o‘tib kirgan Adana Yapi institutini 1957 yilda,  Erzrum Gunduzler texnika bilim yurtini 1959 yilda tugatdi. Davlat bo‘limida texnik bo‘lib ishladi. 1986 yilda o‘z istagi bilan nafaqaga chiqqan Shavkat Bulut erkin faoliyat yurita boshladi. Ijod olamiga 1954 yilda “Gench Kilis” gazetasida bosilgan she’rlari bilan kirib kelgan Shavkat Bulut 1996 yilning 17 sentyabrida Qahramonmarashda olamdan o‘tdi.
    Hikoya kitoblari: “Alvasti” (1971), “Sariq mashinalar” (1974), “Tilak chinori” (1975), “Kafansiz o‘liklar” (1984), “Chegaradagi dala” (1996), “Vayron minora” (1996), “Bahorni ko‘rmagan bolalar” (1996), “Chuqur quduq” (nashr qilinmagan).
    Yozuvchining “Alvasti” nomli dastlabki kitobida eng oldin yozilgan hikoyasi “Ko‘zlari yoshli Maryam” 1966 yilda nashr etilgan. Shavkat Bulut hikoyachiligining boshlang‘ichini “Ko‘zlari yoshli Maryam” hikoyasi yozilgan 1966 yil deb belgilaydigan bo‘lsak, yozuvchi hikoya yozish uchun o‘ttiz yil mehnat qilganini ko‘ramiz. O‘ttiz yilda, “Chuqur quduq” kitobi bilan birga yuzdan ortiq hikoya, 1250 sahifaga yaqin sakkizta kitob: haqiqatan ham yozuvchilikni o‘zi uchun burch deb bilgan, iste’dodli, zo‘r ishtiyoq bilan ijod qilgan yozuvchiga  ro‘baro‘ bo‘lganimizni ko‘ramiz.
  • Richard Bax (1936; AQSh)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Richard Bax (ingl. Richard David Bach, 23 iyun 1936) — amerikalik yozuvchi, faylasuf va publitsist. Richard mashhur bastakor Iogann Sebastyan Baxning avlodi hisoblanadi. U 1936 yili Illinoys shtatida tug‘ilgan. Kaliforniyadagi Long-Bich universitetida o‘qigan.
    Unga 1970 yilda yozilgan «Oqcharloq Djonatan Livingston» qissasi katta mashhurlik keltirdi.
    Kitoblari: «Yerdagi begona» (Stranger to the Ground, 1963), «Biplan» (Biplane, 1966), «Hech narsa tasodifan emas» (Nothing by Chance, 1969), «Oqcharloq Djonatan Livingston» (Jonathan Livingston Seagull, 1970), «Qanotlar in’omi» (A Gift of Wings, 1974), «Uzoq bo‘lgan yer yo‘q» (There’s No Such Place As Far Away, 1976), «Mangulik ko‘prigi» (The Bridge Across Forever, 1984), «Yagona» (One, 1988), «Xavfsizlikdan qochish» (Running from Safety, 1994), «Aqlimdan tashqarida» (Out of My Mind, 1999), «Parvoz» (Flying, 2003). 

  • Murza G‘aparov (1936; Qirg‘iziston)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/murza_gapparov.jpgQirg‘iziston xalq yozuvchisi Murza G‘aparov – qirg‘iz kitobxonlarining ardoqli adiblaridan biri. U o‘zining zamondoshlari Ashim Jaqipbekov, Mar Bayjiyev, Kengash Jusupovlar bilan bir safda turgan holda, qardosh qirg‘iz adabiyotida hikoyachilik janrini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shgan. M. G‘aparov 1936 yilda O‘sh viloyatining Novqat tumanidagi Nuyg‘ut qishlog‘ida tug‘ilgan. Mirza og‘a atoqli yozuvchi Chingiz Aytmatov bilan birgalikda ko‘p yillar «Qirg‘izfilm» kinostudiyasida ishlab, qator kinofilmlar ham yaratgan.
    Murza G‘aparovning «Mehmon» deb nomlangan birinchi kitobi 1963 yilda nashr etilgan. Adibning «Bir shingil uzum», «Arslonbob tomonlarda», «Qorako‘lning g‘ozlari», «G‘aroyib Orol», «Qizil beda», «Yovvoyi o‘rdaklar» singari qator kitoblari qirg‘iz, rus va qardosh tillarda bosilib chiqqan.
    «Jahon adabiyoti» jurnali muxlislari e’tiboriga havola etilayotgan mazkur qissa olis va sirli Badaxshondagi qirg‘iz elatining turmush tarzi Murza G‘aparovga xos uslubda bayon etiladi.
  • Valentin Rasputin (1937; Rossiya)  ( 3 ta sahifa mavjud )

    Valentin Grigorevich Rasputin (1937.15.3, Irkutsk viloyati Ust-Uda qishlog‘i) — rus yozuvchisi. Irkutsk universitetining tarix-filologiya fakultetini tugatgan (1959). Dastlabki hikoyalar to‘plami — «Leshkadan so‘rashni unitibman» (1961). «Narigi dunyoning odami» (1965), «Ayiq terisi sotiladi», «Osmonga yaqin o‘lka», «Yangi shaharlardagi gulxanlar» (1966), «Vasiliy va Vasilisa» (1967) singari hikoya va ocherklar to‘plamlari muallifi. «Mariya uchun pullar» (1967), «So‘nggi muddat» (1970), ayniqsa, «Yasha va yodda tut» (1974) qissalari rus adabiyotida o‘ziga xos o‘rin tutgan. U ijodining dastlabki davrida taygada yashovchi kishilarga xos romantikani tasvirlashga, ular irodasini va tabiat bilan uyg‘unligini ko‘rsatishga ko‘proq moyil bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik kuchli kishilar xarakterini yaratish, ularning murakkab ruhiy olamini, ular bilan jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlarni ochish, ularning jamiyat va tabiat bilan kurashdagi matonatini ko‘rsatishga intilgan. Rasputinning «Matyora bilan vidolashuv» (1976) va «Yong‘in» (1985) asarlari yangi rus nasri taraqqiyotida muhim voqea bo‘ldi. Rasputinning so‘nggi asarlari o‘zbek tiliga tarjima etilgan.

  • Faridun Tonkaboniy (1937; Eron)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    Eron nasrining peshqadam yozuvchisi Faridun Tonkaboniy 1937 yilda Tehronda tug‘ilgan. Otasi maktab direktori, onasi esa o‘qituvchi edi. Bo‘lajak adib 1955 yilda Tehron universitetining adabiyot fakultetiga o‘qishga kirgan va o‘qish bilan birga o‘rta maktabda o‘qituvchilik qilgan. Uning ilk hikoyalar to‘plami “Yer asiri” nomi bilan 1962 yilda chop etilgan bo‘lsa, keyin birin-ketin “Piyoda” (1965), “Tungi yulduzlar” (1968), “Shovqinli shahar xotiralari” (1969) kitoblari nashr etilgan.
  • Viktoriya Tokareva (1937; Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Mashhur rus adibasi Viktoriya Tokareva 1937 yili Leningradda tug‘ilgan. Bolaligida u shifokor bo‘lishni orzu qilgan bo‘lsa-da, maktabni tamomlagach, fikri o‘zgarib, Leningrad konservatoriyasiga hujjat topshiradi. To‘rt yil davomida musiqiy ta’lim olgan Viktoriya bir muddat Moskva yaqinidagi qishloq maktablarining birida musiqadan dars beradi. 1963 yili u aktrisalikka havas qilib, VGIKka o‘qishga kiradi. Aynan shu davrda Viktoriya Tokarevada ijodkorlik qobiliyati yuz ko‘rsatib, ikkinchi kursdaligida “Yolg‘onsiz kun” degan dastlabki hikoyasi chop etilgan. Adibaning “Xeppi end”, “Mening o‘rnimga”, “Qanotli otlar” kabi asarlari kitobxonlarga ayniqsa ma’qul bo‘lgan.
    V.Tokareva asarlari ko‘pincha A.P.Chexov ijodiga qiyos etiladi. Adibaning o‘zi ham bu buyuk yozuvchi ijodidan barakali saboq olganini e’tirof etadi. Shuningdek, u Sergey Davlatov ijodiga alohida hurmat bilan qarashini ta’kidlaydi.
    V.Tokareva kino sohasida ham salmoqli faoliyat yuritgan. Bugungi kungacha uning stsenariylari hamda hammuallifligida o‘n to‘rtta film suratga olingan. Ular orasida “Dadil bo‘lmoq uchun yuz gramm”, “Tumor”, “Mimino” va “Omadli jentlmenlar” kino shinavandalari o‘rtasida juda mashhur.

  • Lourens Blok (1938; AQSh)  ( 3 ta sahifa mavjud )

    Detektiv janri ustalaridan biri Lourens Blok (Lawrence Block) 1938 yili AQShning Nyu-York shahrida tug‘ilgan. Kollejdayoq yozishni boshlagan. Ilk hikoyasi 1957 yili Manhunt jurnalida chop etilgan.
    Hozirga qadar Lourens Blok 50 dan ortiq roman yozdi, hikoya va maqolalari soni 100 dan ortadi. Detektiv hikoyalarini o‘z nomidan va Pol Keveneg taxallusi orqali e’lon qiladi. Detektiv janridan boshqa asarlarida Endryu Shou, Sheldon Lord va Djill Emerson taxalluslaridan foydalanadi. Blokning detektiv ijodi bir necha seriyali romanlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu seriyali romanlar qahramonlari – koreya urushi veterani Iven Tanner, o‘spirin Chip Xarrison, qulfbuzar Berni Rodenbarr, mustaqil detektiv Mett Skadder va advokat Martin Erengraf.
    Lorens Blok uch marta Edgar Po mukofoti laureati, to‘rt marta Shamus, Niro Vulf mukofotlari sovrindori bo‘lgan.

  • Vladimir Shcherbakov (1938-2004; Rossiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Vladimir Ivanovich Shcherbakov (1938—2004) — rus fantast yozuvchisi, jurnalist, tarixchi-tadqiqotchi. Moskva energetika institutining radiotexnika fakultetini tamomlagan (1961). Texnika fanlari nomzodi.
    1964 yili ilk ikki hikoyasi: «Krater» va «Suxarevning qaytishi» chop etiladi. Jami 40 ta hikoya, bir qancha qissalar va ikki roman yozgan.
    Uning 1980 yilda yozilgan «Yetti unsur» (Sem stixiy) romani o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

  • Anor (1938; Ozarbayjon)  ( 5 ta sahifa mavjud )
    Atoqli ozar adibi Anor (Anar Rəsul oğlu Rzayev) 1938 yili Boku shahrida mashhur shoirlar Rasul Rizo va Nigor Rafibeyli xonadonida tavallud topgan. 1960 yili Ozarboyjon Davlat universitetining filologiya fakultetini, 1964 yili esa Moskvadagi Oliy stsenariynavislik kursini tugatgan.
    U “Dantening yubileyi”, “Oq ko‘rfaz”, “Besh qavatli uyning oltinchi qavati”, “Muloqot”, “Sizsiz”, kabi asarlarida zamondoshlar obrazini yaratishga intiladi, an’anaviy tushuncha va urf-odatlarning ular hayotiga ta’sirini tadqiq qiladi.
    Anor «Har oqshom o‘n birda» (1969), «Kun keldi» (1971),  «Taxmina» (1993) filmlari uchun stsenariy ham yozgan.
  • Peter Nazaret (1940; Uganda/AQSh)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Peter Nazaret Ugandada tug‘ilgan. Ayni paytda AQShdagi Ayova Universitetida ingliz tili va Afrika-Amerikashunoslikdan saboq beradi, shu bilan birga, u Universitet qoshidagi Xalqaro Yozuvchilar Dasturida maslahatchi sifatida faoliyat olib boradi.
    Peter Nazaretning ikki romani va adabiy tanqidchilikka oid to‘rt kitobi nashr etilgan. U dilkash turmush o‘rtog‘i Meri bilan AQShda, Ayova shahrida istiqomat qiladi.

  • Rene Aviles Fabila (1940; Meksika)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Meksikalik yozuvchi. 1940-yilda Mexiko shahrida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro huquqshunos.
    O’tgan asrning 60-yillaridan boshlab asarlari e’lon qilina boshlagan. Uni dunyoga mashhur qilgan asarlari: “O’yinlar” (1967), “Qiyomat sari” (1969), “Yomg‘ir gullarni o‘ldirolmaydi” (1970), “Saroydan chiqqan buyuk darvesh” (1971), “Gollivudning yo‘qolishi” (1973). Shuningdek “Uyga qaytish”, “Bo‘ri odam”, “Miriam” singari qissalari jahonnning ko‘plab tillariga tarjima qilingan.

  • Mehmon Baxtiy (1940; Tojikiston)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    Mehmon Baxtiy 1940 yilning 25 martida Tojikistonda, G‘arm (hozirgi Rasht) tumanining Shul qishlog‘ida dunyoga kelgan. 1963 yilda Tojikiston Davlat pedagogika oliy o‘quv yurtining tarix-filologiya kulliyotini bitirgan. 1973-1975 yillarda Moskvadagi Adabiyot oliy o‘quv yurtida ta’lim olgan.
    U «Tojikfilm»da muharrir, bosh muharrir muovini, Tojikiston televidenie-sida bo‘lim mudiri, Lohutiy nomli Davlat teatrida adabiy bo‘lim mudiri, Mirzo Tursunzoda nomli adabiyot uyida mudir, yosh ijodkorlar bilan ishlash kengashi raisi, Tojikiston Yozuvchilar Ittifoqi adabiyotni targ‘ib etish kengashi raisi vazifalarida ishladi.
    Hozirda Tojikiston Yozuvchilari Ittifoqining raisi. Ittifoq a’zolari uni ikkinchi marta shu vazifaga saylashdi.
    Mehmon Baxtiy sermahsul ijodkor sifatida tanilgan. U adabiyotning turli janrlarida mahorat bilan ijod qiladi. «Eh,yoshlik!» dramasi umumittifoq ko‘rigida qatnashib, SSSR Yozuvchilar Uyushmasi va Madaniyat vazirligining mukofotiga sazovor bo‘lgan. Mazkur asar va ijodkor qalamiga mansub «Qaroqchi va ko‘za yasovchi» dramasi Tojikiston, Ӯzbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya teatrlarida sahnalashtirilgan.
    Ayni paytda ijodkorning «Ko‘klam hidi», «Shirin xayol» she’riy kitoblari nashr etilgan.
     Mehmon Baxtiy nasrda ham barakali ijod qilib kelayotir. Uning «Yengil oh», «Xubon», «Qariya» kabi qissalari kitobxonlarga yaxshi tanish. Ayniqsa, «Xubon» qissasi muvaffaqiyat qozongan va dunyoning bir necha tiliga o‘girilgan.
    Ijodkor sobiq Sho‘rolar paytida Tojikiston komsomoli mukofoti (1986 yil), Tojikiston mustaqilligi davrida esa, Rudakiy nomli Davlat mukofotiga (1998 yil) sazovor bo‘ldi.
     Mehmon Baxtiy adabiyotdagi katta xizmatlari uchun Tojikiston Xalq Yozuvchisi unvoniga musharraf bo‘ldi.
  • Muxtor Mag‘avin (1940; Qozog‘iston)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Muxtor Mag‘avin (1940, Chubartau tumani, Semipalatinsk viloyati) — qozoq yozuvchisi, qozoq xalq og‘zaki ijodi tadqiqotchisi, publitsist. Qozog‘iston xalq yozuvchisi.
    1962 yili Al-Forobiy nomidagi Qozog‘iston davlat universitetini tamolmlagan. «Qozoq adabiyoti» gazetasi adabiy tanqid bo‘limi rahbari bo‘lgan.
    1997 yili Turkiya san’atchi va yozuvchilari fondining «Turk dunyosidagi ulkan xizmatlari uchun» xalqaro mukofotini olgan. Unga mukofotni 1998 yili Turkiya prezidenti Sulaymon Demirel topshirgan.
    Muxtor Mag‘avin Somerset Moem hikoyalari (1968), Genri Xaggardning «Shoh Sulaymon konlari» (1975) romanini, Nikolay Pogodinning pesalarini qozoq tiliga tarjima qilgan.
    Kitoblari: "Oq qor, momiq qor" (1969), «Moviy sarob» (1972), "Aka-singillar" (1974), "Tozi itning o‘limi" (1978), «Chopqir otning halokati» (1978), "Ilon yozi" (1984), "Lirik chekinish" (1986), «Bahorgi qor» (1990), «Qozoq tarixi alifbosi», «Qo‘biz ohanglari», «Qo‘biz va nayza», «Notinch vaqt», «Shaxan-Sher — inson — yo‘lbars», "Bir otaning farzandlari", «Qozoq o‘rdasi».

  • Ismoil Bo‘zqurt (1940; Kipr/Turkiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Ismoil Bo‘zqurt 1940 yili Kiprning Larnaka shahrida tug‘ilgan. Namiq Kamol litseyi hamda Anqara universitetining siyosat fakultetini tamomlagan.
    Kiprdagi fuqarolar urushidan so‘ng 1967 yili u siyosatga kirdi va Turk-Kipr jamoa palatasi a’zosi va keyinchalik prezidenti bo‘ldi. 1974 yildan so‘ng u Turk-Kipr parlamentida uch muddat ishladi. Prezidentlik saylovida ikkinchi bo‘lgach, siyosatdan ketdi va ijod bilan jiddiy shug‘ullanishni boshladi. Shuningdek u Sharqiy O‘rta Yer dengizi universitetining Kipr tadqiqotlari instituti direktori lavozimida ishladi va o‘sha yerda chiqadigan jurnalga muharrirlik qildi.
    Ismoil Bo‘zqurtning "Qizil maydonda bir uchoq", "Yusufchilar o‘ldimi?" romani (1991), "Managal" romani (1995), «Bir kechada» asarlari mashhur.

  • Devid Zeltser (1940; AQSh)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Devid Zeltser (David Seltzer) — amerikalik yozuvchi, stsenarist, prodyuser va rejisser. Shimoli-g‘arbiy universitetning Kino va televideniya maktabini tamomlagan.
    Devid asosan qo‘rqinchli kinolar olish bilan shug‘ullanadi. «Omen» (1976) filmi uni juda mashhur qilgan. Ushbu film stsenariysini qayta ishlab, «Omen» haqidagi asarlar seriyasining birinchi kitobi «Ishora» romanini yozdi. Keyinchalik seriyani Jozef Xovard va Gordon Makgil davom ettirdi.

  • Sergey Dovlatov (1941-1990; Rossiya/AQSh)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Sergey Dovlatov 1941 yili Ufa shahrida tug‘ilgan. Leningrad universitetida o‘qigan, jurnalistlik qilgan. Yozuvchilik faoliyatini oltmishinchi yillar o‘rtasida boshlagan.
    1978 yilda chet elga chiqib ketgan. Uning g‘arbda «Ko‘rinmas kitob», «Zona», «Qo‘riqxona», «Chemodan» va boshqa kitoblari chop etilgan (jami 12 ta). 1990 yil avgustda Nyu Yorkda vafot etgan.

  • Monika Maron (1941; Germaniya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/monika_maron.jpgMonika Maron – yozuvchi, jurnalist. Bir necha mukofotlarning sovrindori. “Chegaradan qochib o‘tgan ayol”, “Pavelning xatlari” romanlari, “Tushunmovchilik” hikoyalar to‘plami, “Mening anglashimcha” nomli esselar to‘plami va boshqa kitoblarning muallifidir.
  • Bill Pronzini (1943; AQSh)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Bill Pronzini (Bill Pronzini, haqiqiy ismi - William John Pronzini) 1943 yili Kaliforniyada tug‘ilgan. Taxalluslari – Robert Xart Devis (Robert Hart Davis), Jek Foks (Jack Foxx), Uilyam Jeffri (William Jeffrey), Aleks Sakson (Alex Saxon), Jon Berri Uilyams (John Barry Williams), Bret Xolidey (Brett Halliday).
    1969 yildan yozuvchilik faoliyatini boshlagan Bill Pronzini 50 dan ortiq romanlar yozdi. Yozuvchi ilmiy-fantastika, detektiv, triller, sarguzasht, klassika, tarixiy janrlarda ijod qiladi. Uni mashhur qilgan seriya «Nomsiz detektiv» deb nomlanadi. Bu seriyaga kirgan bir qancha kitobni Pronzini turmush o‘rtog‘i Marsiya Myuller bilan hamkorlikda yozgan.
    Bill Pronzini – 4 ta hujjatli kitob, birqancha esse, maqola vav adabiy tadqiqotlar muallifi. Hozirda San-Fransiskoda istiqomat qiladi.

  • Mixael Kryuger (1943; Germaniya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/mixael_kruger.jpgNosir, shoir, adabiyotshunos tanqidchi, bir necha akademiyalarning, shu jumladan olmon tili va adabiyoti akademiyasining a’zosi. “Hanzer” nashriyotining bosh muharriri. “Aksentlar” nomidagi adabiy-badiiy jurnalning noshiri. Ko‘plab romanlar, she’riy kitoblar muallifi.
  • Edith Shrayber-Vike (1943; Avstriya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Bolalar yozuvchisi Edith Shrayber-Vike (Edith Schreiber-Wicke) 1943 yili Avstriyada tug‘ilgan. “Anton bu yerda bo‘lmagan kun”, “G‘oyat xursandman, mening ismim Mulp”, “Mushuklar karnavali” nomli kitoblari nashr qilingan.
    Uning “Mushuklar karnavali”, «Anton bo‘rini uchratgan kecha» asarlari o‘zbek tilga tarjima qilingan (Odiljon Safarov o‘girgan).
    Edith Shrayber-Vike xonim adabiyot sohasidagi muvaffaqiyatlari uchun Yanusts-Korstsak medali hamda Avstriya bolalar kitobi mukofoti bilan, shuningdek ikki marta Vena shahri mukofoti bilan taqdirlangan.

  • Frans Hooler (1943; Shveysariya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/frans_hooler.jpgShveysariyalik yozuvchi va aktyor. Nemis tilida ijod qiladi. U hikoya va romanlar bilan bir qatorda teatr va kino uchun ham asarlar yozgan. Shveysariya Mualliflar assotsiatsiyasi va xalqaro PEN-klub a’zosi. Bir qancha mukofotlar sohibi.
  • Elke Handenrayh (1943; Germaniya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Elke Handenrayh (Elke Heidenreich, 15 fevral, 1943) – nemis yozuvchisi, jurnalist va stsenarist. Myunxen, Gamburg, Berlin universitetlarida ta’lim olgan. Hozirda Kyolnda istiqomat qiladi.
    30 dan ortiq kitoblar, 6 ta kinoasar muallifi. «Oltin kamera» (1981), «Oltin Yevropa» (1984), «Adolf Grimm» (1985, 2006) kinomukofotlari sohibi.

  • Tinimboy Nurmag‘ambetov (1945; Qozog‘iston)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Tinimboy Nurmag‘ambetov (10.6.1945, Qizilo‘rda viloyati) – qozoq yozuvchisi. Qizilo‘rda pedagogik institutini (1968), Moskvadagi M.Gorkiy nomidagi oliy adabiyot kursini bitirgan (1981).
    Qizilo‘rda viloyati radio komitetida, “Yozuvchi” nashriyotida muharrir, “Qazaqfilm” kinostudiyasi stsenariylar kollegiyasida turli xizmatlarda ishlagan. 1996 yildan “Qozoq eli” gazetasi muharririning o‘rinbosari.
    Birinchi hikoyalar to‘plami 1971 yili “Qovun hidi” nomi bilan chop etilgan.
    U “Yo‘qolgan ko‘l”, “Kampirlar hukmi” pesalari, “Turnalar uchib boradi” telefilmi stsenariysi muallifi.
    Kitoblari: «Xayr, ota». Qissa va hikoyalar (1972); «Qaldirg‘och uyasi». Qissa va hikoyalar (1975); «Ota hovlisi». Hikoyalar (1980); «Daryoning narigi tomoni». Qissa va hikoyalar (1981); «Boyteraklar». Qissa va hikoyalar (1986); «Ovul tutuni». Roman. (1989); «Tanlangan asarlar» (1997); Ikki jildlik saylanma (2005–2006); «Afg‘on qushlari» (2009).

  • Mustafo Qutlu (1945; Turkiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Mustafo Qutlu (6 mart 1945, Erzinjon, Turkiya) – turk yozuvchisi. Erzinjon litseyi (1964) va Erzurum universiteti adabiyot fakulteti turk tili va adabiyoti bo‘limini (1968) bitirgan. 1974 yildan Dergah nashriyotida ishlagan. Turk tili va adabiyoti entsiklopediyasini tayyorlashda qatnashgan. Shundan so‘ng turli nashriyotlarda, gazeta va jurnallarda,  televidenieda ishlagan.  
    Ilk hikoyasi 1968 yili «U» nomi bilan chiqdi.
    Kitoblari: «O‘rtadagi odam» (Ortadaki Adam, 1970), «Ko‘ngil ishi» (Gönül İşi, 1974), «Tepalikka oqqan suvlar» (Yokuşa Akan Sular, 1979), «Yo‘qsillik ichimizda» (Yoksulluk İçimizde, 1981), «Yo tahammul, yo safar» (Ya Tahammül Ya Sefer, 1983), «Bu shundaydir» (Bu Böyledir, 1987), «Sir» (Sır, 1990), «Arkakapak hikoyalari» (Arkakapak Yazıları, 1995), «Huzun va tasodif» (Hüzün ve Tesadüf, 1995), «Uzun hikoya» (Uzun Hikaye, 2000), «Behuda umrim» (Beyhude Ömrüm, 2001), «Moviy qush» (Mavi Kuş, 2002), «To‘fondan oldin» (Tufandan Önce, 2003), «Shamolli yakshanba» (Rüzgarlı Pazar, 2004), «Shef» (Chef, 2005), «Gunafshali maktub» (Menekşeli Mektup, 2006), «Eshiklarni ochish» (Kapıları Açmak, 2007), «Huzursiz oyoq» (Huzursuz Bacak, 2008), «Tohir Sami beyning shaxsiy hayoti» (Tahir Sami Bey'in Özel Hayatı, 2009), «Zafar yoxud hech» (Zafer yahut Hiç, 2010), «Hayot go‘zaldir» (Hayat Güzeldir, 2011), «Onado‘lu tarafda» (Anadolu Yakası, 2012).

  • Olga Ipatova (1945; Belorussiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/ipatova.jpgOlga Mixaylovna Ipatova (belor. ?????? ?????????? ???????, 1 yanvar 1945) — belorus adibasi, tarjimon, jamoat arbobi.
  • Farhod Jiylon (1945; Uyg‘uriston)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Farhod Jiylon 1945 yili Xitoyning Shinjon-uyg‘ur viloyati G‘ulja shahrida ma’rifatparvar oilada tug‘ulgan. 1954-1969 yillarda G‘ulja va Urumchidagi rus maktablarida o‘qigan. Madaniy inqilob paytida o‘qishni davom ettirolmagan. So‘ngra boshlang‘ich maktabda o‘qituvchi, Shinjon xalq nashriyotida tarjimon bo‘lib ishlagan. Farhod Jiylon 1979-2005 yillarda Shinjon ijtimoiy fanlar akademiyasi tadqiqot institutida mehnat qilgan.
    Farhod Jiylon adabiy ijodiyotga 1960 yillarning boshida yozgan «Pul» nomli hikoyasi bilan kirib kelgan. Uning «Oltin qondagi to‘y» turkum hikoyalari, «O‘rxun shajarasi», «Mahmud Koshg‘ariy» , «Iduqut yulduzi» romanlari chop etilgan.
    Farhod Jiylon til tadqiqoti bilan shug‘ullanib, uyg‘ur tili va tilshunosligiga oid maqolalar yozgan. U Baskakovning «Turkiy tillar», Aleksandr Dyumaning «Graf Monte Kristo» asarlarini ruschadan uyg‘urchaga tarjima qilgan.

  • Laylo Usmon (1945; Kuvayt)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Laylo Usmon 1945 yilda Kuvaytda taniqli shoir Abdulloh Abdullatif al-Usmon oilasida tug‘ilgan. 1965 yildan boshlab matbuotda adabiyot va san’at sohasida maqolalar e’lon qilgan.
    Kuvayt televideniyasida hozirgi madaniyat masalalari dasturini olib borgan. "Shivir" she’rlar to‘plami, "Shisha ichidagi ayol" hikoyalar kitobi, "Ko‘zlar tunda to‘qnashadilar", "Sevgi jozibasi", "Ayol va mushuk" qissalari va boshqa asarlari arab dunyosida mashhur.

  • Emina O‘zdamar (1946; Turkiya/Germaniya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/emina_ozdamar.jpgEmina O‘zdamar kelib chiqishi turklardan bo‘lgan olmon yozuvchisi, aktrisa hamda dramaturg. “Hayot – karvonsaroydir” (1991), “Oltin shoh qo‘ltig‘i ustidagi ko‘prik” (1998), “Yerga g‘alati yulduzlar boqadi” (2003) romanlari, boshqa hikoya,badialarning muallifidir.
  • Paulo Koelo (1947; Braziliya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Paulo Koelo bugungi jahon adabiyotining eng mashhur yozuvchilaridan. U Braziliyada yashaydi, portugal tilida ijod qiladi. Uning romanlari jahonning deyarli barcha tillariga tarjima qilingan. XX asrning 90-yillarida yaratilgan «Alximik» va «Beshinchi tog’» romanlari, ayniqsa, katta shuhrat qozondi.
    «Alximik»ni ajoyib ibratli ertak, deb ham atashadi. Adibning o’zi yozganidek, romanda hikoya qilingan yosh cho’pon yigit Santyagoning sayohati bilan bogiiq voqealar asosida yotgan tub ma'no-mazmun — bu «o’z Taqdiring» tushunchasidir.
    Asar qahramoni Santyago o’z orzu-niyati yo'lida vatani Andaluziya (Ispaniya)dan Misrga safarga otlanar ekan, bu yolda turli-tuman sarguzashtlarni boshidan kechiradi, xilma-xil odamlarga duch keladi, ulardan g’aroyib pand-nasihatlar, rivoyatlar eshitadi.
    Koeloning roman, antalogiya, hikoya, ertak-hikoyalardan iborat 16 ta kitobi mavjud. Uning dunyoning ko’pgina tillarida chop etilgan kitoblari umumiy tiraji 300 milliondan oshadi. Uning “Alximik” asari o‘zbek tiliga birato’la uch ijodkor – Ozod Sharafiddinov, Ahmad Otaboyev, Aziz Saidlar tomonidan tarjima qilingan.
    Asarlari: "Ziyorat" yoki "Sehrgarlar kitobi" (1987), "Alximik" (1988), "Brida" (1990), "Valkiriyalar" (1992), "Maktub" (1994), "Riyo Pedro qirg'og'ida..." (1994), "Beshinchi tog'" (1996), "Dunyolar jangi kitobi" (1997), "Payg'ambarning ishqiy maktubi" (1997), "Veronika o'lishga qaror qildi" (1998), "Shayton va Prim xonim" (2000), "Otalar, bolalar va bobolar" (2001), "O'n bir daqiqa" (2003), "Zohir" (2005), "Portobellolik jodugar" (2007), "G'olib bir o'zi qoladi" (2008), "Alif" (2011), "Daryo kabi" (2012)

  • Roziya Tujjor (1947; Eron)  ( 6 ta sahifa mavjud )
    Roziya Tujjor 1947 yilda Tehron shahrida dunyoga kelgan. Uning bolalik davri Tehron shahrining mahallalaridan birida o‘tdi. O‘rta maktabni tugatgach, universitetning psixologiya fakultetida tahsil oladi. 1985 yildan boshlab hikoyanavislik bilan shug‘ullana boshlaydi. Uning ilk hikoyalar to‘plami “Hikoya taqvimi to‘g‘risida sura” nomi bilan bosilib chiqqan. Bugungacha adibaning bir nechta asari kitobxonlar hukmiga havola etilgan. Jumladan, «Oynali ayol», «Yetti tugun», «Nargislar», «Ildizlarga sayohat», «Ishqdagi shu’la», «Sabr toshi», «Akatsiya ko‘chasi», «Xayrli tun», «Shu’la va tun» kabi badiiy asarlar yozuvchining ijodida alohida o‘rin tutadi. Adibaning hikoyalari insonning ichki dunyosiga qilingan safarning bayonidan iboratdir.
    Roziya Tujjor bir necha yillardan buyon uch oylik “Nasriy adabiyot” jurnali tahrir hay’atining a’zosi. Shuningdek, u Eron “Qalam” jamiyatining ta’sischilaridan va boshqaruv kengashining a’zolaridan biri ham hisoblanadi.
  • Stiven King (1947; AQSh)  ( 5 ta sahifa mavjud )

    Stiven Edvin King 1947 yilning 21 sentyabrida Men shtatining Portlend shahrida tug’ilgan. Otasi uni ikki yoshligida tashlab ketgan. Stiven va uning akasi Devidni onasi tarbiyalaydi.
    Stiven yozishni boshlaganida yetti yoshda edi. 1959 yilda u akasi bilan gazeta chiqara boshlaydi. Dave's Rag deb nomlangan bu gazetani ular 5 sentdan sotishadi.
    1963 yilda u do’sti Kris Chesli bilan «Odamlar, joylar va maxluqlar» deb nomlangan 18 ta hikoyadan iborat kitobni nashr etishadi. Bir yildan so’ng kitobning ikkinchi qismi chop etiladi.
    1971 yilda u Kerri ismli qiz haqida roman yozishni boshlaydi. Bir necha sahifa yozgach, u roman yaxshi chiqmadi degan o’yda sahifalarni axlat qutisiga uloqtiradi. Kingning xotini Tabita bu sahifalarni o’qib ko’radi va eriga romanni davom ettirishni aytadi. U rozi bo’ladi va 1973 yilda «Kerri»ni nashriyotga jo’natadi.1974 yilda kitob chop etiladi va King 200 ming dollar gonorar oladi.
    Stiven Kingning quyidagi kitoblari ekranlashtirilgan: «Kerri», «O’lik hudud», «Nur», «Kristina», «Kujo», «Uy hayvonlari qabristoni», «Uyquda yuruvchilar», «Bo’ri-odam davri».
    Triller janrida ijod qiluvchi Stiven Kingni Dahshatlar qiroli deb atashadi. Kingning boyligi 40 million dollarni tashkil etadi va u dunyoning eng boy yozuvchilari qatoriga kiradi.

  • Amina Shenliko‘g‘lu (1950; Turkiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Amina Shenliko‘g‘lu (Emine Şenlikoğlu) 1950 yil 1 yanvarda Turkiyaning Adapazari shahrida tug‘ilgan. Asl ismi Emine O‘zjan Shenliko‘g‘lu (Emine Özkan Şenlikoğlu) dir. Oz muddat Qohiradagi Al-Azhar Universitetida o‘qigan. 1984 yildan «Maktub» (Mektup) jurnalini chiqarishni boshlagan.
    «Yoshlikning iymonini so‘roqlar bilan o‘g‘irladilar» (Gençliğin İmanını Sorularla Çaldılar) kitobi uchun 8 yilu 3 oy hibsda o‘tirgan.
    «Mahkum tuyg‘ular» (Mahkûm Duygular, 1985), «Ruhim oynasi» (Ruhumun Penceresi, 1991) she’riy to‘plamlari, «Mariya» (Maria, 1993), «Men kimning qurboniman» (Ben Kimin Kurbanıyım, 1993), «So‘nggi pushmon foyda etar» (Son Pişmanlık Fayda Eder, 1997) romanlari, «Yig‘latgan yillar» (Ağlatan Yıllar, 1991) xotira-kitobi, «Vijdon azobi» (Vicdan Azabı, 1992) to‘plamlari mashhur.

  • Orxan Pamuk (1952; Turkiya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    O‘rxan Pamuq 1952 yil 7 iyunda Istanbul shahrining Nishontoshi tumanida o‘ziga to‘q oilaning kenja farzandi sifatida dunyoga keldi. Bobosi va amakisi ham, otasi Gunduz Pamuq ham oliy ma'lumotli va yuksak malakali muhandis edi. Ota avlodi oppoq lo‘ppi yuzli bo‘lganlari uchun odamlar ularga "Pamuqlar" deb laqab qo‘yishgan ("pamuq"- "paxta" degani), keyin ular bu laqabni o‘zlariga familiya qilib olishgandi.
    O‘rxon Pamuq Istanbulda ulg‘aydi. Rassom bo‘lish orzusida Robert kollejida o‘qidi. Keyin Istanbul texnika universitetining me'morlik kulliyotida ham uch yil tahsil oldi. Ammo rassom ham, me'mor ham bo‘lolmasligiga ishonch hosil qilgach, o‘qishni tashlab ketdi. Vaqti ko‘pligidan yozuvchilikda o‘z kuchini sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi va malakasini mustahkamlashga ehtiyoj sezib, Istanbul universitetining Jurnalistika institutiga kirdi va shu yerda o‘qishning oxirgi yili diplom olish uchun ta'tilga chiqarildi. Diplom ishini yarmida qoldirdi. Faqat "Qor" romanini yozdiyu, ortiq malaka ixtisosi olganligi to‘g‘risidagi diplom uchun kuch sarflamadi.
    U 1985-1988 yillarda Yava universitetida dunyo yozuvchilarining AQSh hayotini o‘rganishlari va kitob yoza oladigan bir holga erishishlariga imkon beradigan kursni bitirdi va o‘zi aytganiday, "hayoti o‘zgardi". Ilk kitobidan e'tiboran Turkiya va chet ellarda mukofotlar oldi. Kitoblari ham ko‘p sotildi hamda adabiy jihatdan ko‘p tanqidlarga uchradi.
    O‘rxon Pamuq yozuvchilikni 1974 yilda boshladi. Ilk bor Mehmet Ero‘g‘li bilan hamkorlikda yozgan va 1979 yilda "Qorong‘ilik va nur" nomi bilan bosilib chiqqan romani "Milliy romanlar" tanlovida birinchi o‘rinni oldi. Ammo 1982 yilda bu romanni kengaytirib va to‘g‘rilab, "Javdat Bey va o‘g‘illari" nomi bilan qayta chop qildirdi. Asar jahon adabiyotida ko‘p uchragan oila hayotini aks ettiruvchi romanlar tipida bo‘lib, tijoratchilar oilasida yuz bergan yuksalishlar va inqirozlarni hikoya qilardi. Bu safar kitob O‘rxon Kamol mukofotiga loyiq deb topildi. Pamuqning bundan keyingi kitoblari ham ketma-ket mukofotlar olishda davom etdi. 1984 yilda nashr etilgan ikkinchi romani "Sassiz uy" "Modern roman" mukofotini oldi. Bu romanning frantsuzcha tarjimasi esa 1991 yilda Frantsiyaning "Ovrupoda kashf" mukofotiga sazovor bo‘ldi. 1985 yilda nashr etilgan "Oq qal'a" nomli tarixiy romani 1990 yilda AQShda "Independent Award for Foreign Fiction" mukofotini qo‘lga kiritdi va chet ellarda yanada kengroq dong taratdi. O‘rxon Pamuq 2002 yilda nashr qildirgan "Qor" kitobini "Turkiyaning etnik va siyosiy masalalarini tadqiq etuvchi siyosiy roman" sifatida ta'riflamoqda. Bu kitobi 2004 yilda inglizchaga tarjima qilinib, chop etilganda "Yilning eng yaxshi 10 kitobidan biri" sifatida ko‘rsatildi.
    Yillar o‘tgan sayin O‘rxon Pamuqning chet ellardagi shuhrati ortishda davom etdi. 1998 yilda nashr etilgan "Mening otim qirmizi" asari 24 tilga tarjima qilindi va 2003 yilda Irlandiyaning eng katta hisoblanuvchi "International IMPAC Dublin Literary Award" nomli xalqaro mukofotini oldi.
    Pamuqning romanlaridan tashqari, maqolalar va suhbatlar saylanmasi hamda bir hikoyadan tashkil topgan "Boshqacha ranglar" (1999) kitobi ham bor. Ayni chog‘da u "Niqobli yuz" nomli kinoqissa muallifi hamdir, uning stsenariysi asosida rejissyor Umar Qovur shu nomli kinofilmni suvratga olgan. Yozuvchining bu stsenariysi uchun 1990 yilda chop qildirgan "Qora kitob" romanidagi bir bo‘lim asos bo‘lgandi. 1991 yili Antaliya "Oltin po‘rtaxol film" festivalida "Niqobli yuz" "Eng yaxshi ssenariy" nominatsiyasi bo‘yicha mukofot oldi.
    O‘rxon Pamuq hozir 10 ta kitob muallifi bo‘lsa, 11 marta mukofotga sazovor bo‘lgan, 30 tilga tarjima qilingan va Turkiya hamda butun dunyoda tanilgan muallifdir, kitoblarining 2 millionga yaqin nusxasi sotilgan.

  • Saylovboy Jumag‘ulov (1952; Qoraqalpog‘iston)  ( 2 ta sahifa mavjud )
    Saylovboy Jumag‘ulov 1952 yili Nukus shahrida tug‘ilgan. Nukus davlat universitetini bitirgan. Ilk to‘plami "Sirim ham chinim ham shu" nomi bilan chop etilgan.
  • Irene Dishe (1952; AQSh/Germaniya)  ( 2 ta sahifa mavjud )

    Irene Dishe (Irene Dische, 13 fevral, 1952) – amerikalik yozuvchi va jurnalist, bir necha xalqaro bestseller asarlar muallifi. Garvard universitetida adabiyot va antropologiya yo‘nalishida ta’lim olgan. The New Yorker va The Nation nashrlarida jurnalistik faoliyat olib borgan. 1980-yillar boshida Dishe Berlinga ko‘chib keladi.
    1989 yili Dishe birinchi romani «Diniy sirlar» (Pious Secrets) ni chop ettiradi. Kitob Yevropada bestsellerga aylanadi va 15 ta tilga tarjima qilinadi. 1993 yildan boshlab u bolalar uchun ham yoza boshlaydi.  Dishening so‘nggi romani «Vixouken qirolichasi» (The Empress of Weehawken, 2005) ham tez orada mashhur bo‘lib ketdi. Ushbu kitob birgina Germaniyada yarim milliondan ortiq sotildi. 2007 yili Dishening sevgi haqidagi hikoyalar to‘plami chop etildi.

  • Herta Myuller (1953; Ruminiya/Germaniya)  ( 2 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/herta_muller.jpgRuminiyalik nemis adibasi va jamoat arbobi. Nobel mukofoti sohibi (2009). Nemis til va she’riyat akademiyasi a’zosi. Uning she’r, roman, hikoya va esselari bir qancha tillarga tarjima qilingan. U Dublin adabiyot mukofoti va Avstriyaning Frans Kafka nomidagi mukofoti sohibasi.
  • Goderdzi Choxeli (1954-2007; Gruziya)  ( 3 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/choxeli.jpgMashhur kinorejissyor va yozuvchi Goderdzi Choxeli (1954–2007) Gurjistonning Dusheti tumanidagi Choxe qishlog‘ida tug‘ilgan. Kinorejissyor sifatida o‘nlab ajoyib filmlar yaratgan. Ko‘plab hikoya hamda “archalarga maktublar” va “tumanli dara” kitoblari muallifidir.
  • Doris Dyorri (1955; Germaniya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/doris_dorri.jpgDoris Dyorrining quyidagi kitoblari chiqqan “Sevgi iztiroblari va shunga o‘xshagan la’nati ishlar”, “Hikoyalar” to‘plami (1989), “Sizga mendan ne kerak?” Hikoyalar, (1990) “Orzuimdagi erkak” (1992) Hikoyalar; “Germaniyani sevaman” (1982). Esse. “Samsara” (1996) Hikoyalar. 1999 yilda nashr qilingan “Endi nima qilamiz” nomli romani o‘quvchilar tomonidan juda yaxshi kutib olingan.
  • Svetlana Vasilenko (1956; Rossiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Rus shoiri, yozuvchisi va dramaturgi Vasilenko Svetlana Vladimirovna Astraxan oblastining Kapustin Yar qishlog‘ida tug‘ilgan. Gorkiy nomli Oliy adabiyot instituti va Oliy ssenaristlar kursini bitirgan.
    "Jarangdor ism" (1991), "Shamara" (1991), "Hikoyalar" (1997), "Urushdan so'ng" (A.Yaxnis bilan hammualliflikda, 1998), "Tentak qiz" (2000), "Telba hikoyalar" (2005) kabi kitoblar muallifi.
    Asarlari ingliz, nemis, italyan, fransuz, island, golland, fin va boshqa tillarga tarjima qilingan.
    1996 yildan Rossiya Yozuvchilar uyushmasi birinchi kotibi.
    1998-yili "Tentak qiz" romani uchun "Noviy mir" jurnalining mukofotini olgan.
    Moskvada yashaydi.

  • Burkxard Shpinnen (1956; Germaniya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/shpinnen.jpgAdib, nemis PEN klubining a’zosi. “Nuqtai nazarlar” mukofotining (1991), shuningdek, Konrad Adenauer jamg‘armasi mukofotining (1999) sovrindori. “Uzun shanba kuni”, “Ovunish va tiyinish” kichik nasriy asarlar to‘plami va boshqa kitoblar muallifi.
  • Xolid Erto‘g‘rul (1956; Turkiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Doktor Xolid Erto‘g‘rul (Dr.Halit Ertuğrul) – zamonaviy turk yozuvchisi. Kirshexir muallimlar maktabi (1977), Nigde pedagogika institutini (1979) bitirgan. Maqolalari Türk Edebiyatı, Düşünce, Yeni Asya, Yeni Nesil, Türkiye, Diyanet Çocuk, Köprü, Sur kabi gazeta va jurnallarda chop etilgan. Xolid Erto‘g‘rul romanlari bilan mashhur.
    Jumhuriyat universitetida nomzodlik, Sakarya universitetida doktorlik ilmiy ishini yoqlagan.
    Kitoblari: «Bolamni menga bering» (Çocuğumu Bana Verin, hikoyalar, 2002), «Yolg‘iz muallim» (Yalnız Öğretmen, roman, 1988), «O‘zini qidirgan odam» (Kendini Arayan Adam, roman, 1999), «Aysel» (Aysel, roman, 2002), «Selim va Xande» (Selim ve Hande, roman, 2002), «Yoshlik maktublari» (Gençlik Mektupları, 2002).

  • Faridun Amuzoda Xaliliy (1959; Eron)  ( 2 ta sahifa mavjud )
    Hozirgi zamon Eron bolalar adabiyotining taniqli vakillaridan biri Faridun Amuzoda Xaliliy 1959 yili Semnon viloyatida tug‘ildi. 1979 yili Tehron universitetining Matematika va kompyuter texnologiyalari yo‘nalishida o‘qishga kiradi. 1980 yildan boshlab badiiy adabiyot bilan shug‘ullana boshlaydi.
    Faridun Amuzoda Xaliliyning hikoyalardan iborat  «Tog‘ faryodi» nomli birinchi kitobi 1981 yili dunyo yuzini ko‘radi. Shundan so‘ng uning bolalarga atab yozilgan «O‘tin», «Imtihon kunlari», «Uch oy kanikul», «Buvim biznikida mehmon bo‘lgan kecha», «Dadamning velosipedi», «Buloqchaning safari», «Sulaymon shahriga safar», «Ikki dona pishmagan xurmo», «Qarag‘ayzorlardan narida» va katta yoshdagilar uchun yozilgan «Eski qilich» to‘plamlari yosh hikoyanavisga shuhrat keltiradi. Faridun Amuzoda Xaliliy turli mukofotlar sohibi. Jumladan, uning «Buloqchaning safari» nomli hikoyalar to‘plami «Surushi javonon» hamda «Kayhoni bachagon» jurnallari tomonidan «Yil kitobi» hamda «Inqilobdan keyingi birinchi o‘n yillikning eng yaxshi o‘n kitobi» dan biri sifatida tan olingan. Bundan tashqari, Faridun Amuzoda Xaliliy «O‘tin» hikoyalar to‘plami uchun YuNISYeF tashkilotining maxsus sovriniga, turli tashkilotlarning «Oltin oy», «Inqilobdan keyingi yigirma yilning eng yaxshi yigirmata yozuvchisi», «Oltin lavha» mukofotlariga sazovor bo‘ldi.
    Faridun Amuzoda Xaliliy 2008 yili adabiy va madaniy sohalardagi faoliyati uchun Eron Islom Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan «Birinchi darajali san’at ordeni» bilan mukofotlandi.
  • Shimada Masahiko (1961; Yaponiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Yapon yozuvchisi. Bugungi kunda Yaponiyadagi ko‘zga ko‘ringan yozuvchi va sharhlovchilardan biri.
    Tokio chet tillar Universitetida rus va sharqiy Ovro‘pa tillaridan saboq olgan paytlardayoq uning asarlari adabiyot sohasidagi mukofotlarga loyiq ko‘rilgan.
    Masahikoning bir necha romanlari va hikoyalar to‘plami nashr etilgan. Asarlari ko‘plab xorijiy tillarga, jumladan, inglizchaga ko‘p bor tarjima qilingan.
    U 90-yillarda mo‘jazgina teatr tashkil etib, unda rejisserlik qilgan. Ayni paytda Shimada Masahiko Hosey Universitetida dars beradi.

  • Chong Yong Cheol (1962; Janubiy Koreya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    Chong Yong Cheol hozirgi koreys adabiyotining proza janri yetakchi namoyondalaridan biridir. U 1962 yilda tug’ilgan. Bir qancha hikoyalar va prozaik asarlardan iborat kitoblari nashrdan chiqqan. So’nggi paytlarda uning “Yaroqsiz buyum” (“Bullyangpum”) nomli kitobi qo’lma qo’l bo’lmoqda. Kitob hayotiy mulohazalar, ibratli hikoya va luqmalardan tuzilgan bo’lib, zamonaviy Koreya hayotini aks ettiradi. Chong Yong Cheol  hozirda “Ezgu xayol” adabiy jurnalida faoliyat olib bormoqda.
  • Choi Xi Su (1962; Janubiy Koreya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Choi Xi Su 1962 yili Janubiy Koreyaning Paju shahrida tug’ilgan. U  Seul Universitetining badiiy peyzaj fakultetini tamomlagan bo’lib, shu vaqtga qadar 9 ta kitobi nashr etilgan. Choi Xi Su Koreyada anchagina nufuzga ega bo’lgan “Joun chek ilkki” (“Yaxshi kitoblar mutolaasi”) nomli  ilmiy-adabiy jurnalining “Oila” bo’limi mudiri lavozimida faoliyat ko’rsatgan va aynan shu jurnal orqali uning bir qancha asarlari koreyalik kitobxonlarga yetib borgan. Uning “Dadam bilan kitob”, “Chuqur muhabbat  baxtni yaratadi” nomli kitoblari mashhur. 

  • Ollanazar Abdiyev (1963; Qoraqalpog'iston)  ( 2 ta sahifa mavjud )
    http://ziyouz.com/rasmlar/poets/ollonazar_abdiyev.jpgOllanazar Abdiyev 1963 yilda tug‘ilgan. Nukus Davlat universiteti filologiya fakultetini bitirgan. Filologiya fanlari nomzodi. 2001 yilda Shuhrat medalini olgan. 2011 yil O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining “Vatan uchun yashaylik” tanlovining uchinchi darajali diplomini olgan. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining a’zosi. “Amudaryo” jurnalida bosh muharrir bo‘lib ishlagan. Hozirgi kunda “Madaniyat va sport” gazetasining bosh muharriri. “Biz baxtli bo‘lamiz” (1992), “Qizil Qoshantoy” (1995), “Oltin baliq” (2006), “Elzaxonim” (2008), “Oqqushlar” (2011) va boshqa hikoya va romanlari kitob holida chop etilgan.
  • Li Mi Ye (1964; Janubiy Koreya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Li Mi Ye koreys bolalar adabiyotining yirik namoyondalaridan biridir.  U 1964 yil 7 dekabrda Janubiy Koreyaning Tegu shahrida tug’ilgan.  Uning  179 ga yaqin kitoblari nashr etilgan bo’lib, ko’proq bolalar hayotiga oid ertak va hikoyalardan tashkil topgan. Uning “Nima nimaga o’xshaydi?”, “Kuzga yetdik”, “Sahro qirolligi”, “Maqsad sari bir qadam”, “Biz seni sevamiz”, “Buvimning sovg’asi” kabi kitoblari koreys bolalari orasida qo’lma-qo’l bo’lgan. Li Mi Ye Koreyaning Chung-Ang universiteti adabiyotshunoslik fakultetini tamomlagan bo’lib,  1994 yili “Eng e’tiborga loyiq asar uchun” va “Yangi do’st” adabiyot sovrinlarini qo’lga kiritgan bo’lib, 2000 yili eng yaxshi hikoya uchun “Samsung” mukofotiga loyiq ko’rilgan.

  • Chon Myong Kvan (1964; Janubiy Koreya)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    http://www.ziyouz.uz/images/stories/jahon_adab/chon_myon_kvan.jpgYozuvchi Chon Myong Kvan koreys nasrining kenja avlod namoyondalaridan biri hisoblanadi. U 1964 yili Koreyaning Kyongido viloyati Yong-in shahrida tug’ilgan.
    U dastlab kinostsenariychi sifatida faoliyat yuritgan bo’lsa, 2003 yili “Frenk” nomli hikoyasi bilan adabiyotga kirib keldi. Shu yili Koreyadagi nufuzli “Munhak dongne” nashriyotining “Eng yaxshi nasriy debyut” yo’nalishi sohibi bo’ldi. 2004 yili esa ushbu mukofotning “Adabiyot yuzi” yo’nalishida g’olib bo’ldi.
    2004 yili koreys kitobxonlarining sevimli romaniga aylangan “Dengiz kiti” asari nashr qilingan bo’lsa, 2010 yili Chon Myong Kvan stsenariysi asosida “Qo’shni uydagi erkak” filmi ekranga chiqdi.
    2010 yili ham Chon Myong Kvan ijodida barakali bo’ldi: uning “Qarigan oila” qissasi ham qo’lma-qo’l bo’ldi. 2012 yil mart oyida esa uning “Bryus Li –mening tog’am” nomli qissasi nashrdan chiqdi.
  • Xolida Isroil (1965; Shinjon)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    Xolida Isroil 1965 yili Shinjongning G‘ulja viloyatida tavallud topgan. Shinjong universitetining til-adabiyot kulliyotida tahsil olgan. 1985 yilga qadar asosan nazmda ijod boshlagan uyg‘ur adibasi keyinchalik nasriy asarlarga qo‘l urgan va bu borada o‘zining iste’dodini namoyon etishga muyassar bo‘lgan. Uning hozirgacha bir qancha badiiy asarlari keng kitobxonlarga yaxshi tanish. Jumladan, “Eh, hayot”, “Xongit ko‘li”, “Shayton ko‘zgusi”, “Sokin shahar”, “Qor ko‘p yoqqan qish”, “Arbita”, “Armon” kabi qator hikoya va qissalari chop etilgan. Mazkur asarlar Xitoy hamda Yevropada va boshqa ko‘pgina xorijiy mamlakat tillarda, shuningdek, O‘zbekistonda ham tarjima qilinib, o‘zbek kitobxonlariga yaxshi ma’lum va manzur bo‘lgani fikrimizning yaqqol dalilidir. Uning “Sokin shahar” (uyg‘ur tilida “Timtos shahar”) deb nomlangan saylanma asari “Shinjon Yoshlar-o‘smirlar” nashriyotida chop etilgan.
  • Yoqub Umar o‘g‘li (1966; Turkiya)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Yoqub Umar o‘g‘li (Yakup Deliömeroğlu) 1966 yili Turkiyaning Chankiri shahrida tug‘ilgan. Anqara universitetini bitirgan. Anqara universiteti sog‘lik bilimlari institutila doktoranturani tamomlagan.
    2004-2006 yillarda Turkiya yozuvchilar uyushmasi raisi. 2006 yili do‘stlari bilan birga turk dunyosi shoir va yozuvchilarini birlashtiradigan Yevrosiyo Yozuvchilar uyushmasini tuzdi va birinchi raisi bo‘ldi.
    Yoqub Umar o‘g‘li o‘zbek, ingliz, rus, qozoq, boshqird, qirg‘iz tillarini biladi.
    Kitoblari: «Tatarlar va Tatariston» (Tatarlar ve Tataristan, 1997), «Turk dunyosi haqida fikrlar va siyosatlar» (Türk Dünyası Üzerine Görüşler ve Politikalar, 1998), «Turkiston. Yassaviyning shahri – Yassi haqida» (Türkistan Yesevi'nin Şehri- Yesi'ye Dair, 2003).
    Yoqub Umar o‘g‘li hozirda G‘oziy universitetida o‘qituvchi, Yevrosiyo Yozuvchilar uyushmasi raisi hamda markazi Ozarbayjonda bo‘lgan Mahmud Qoshg‘ariy vaqfi boshqaruvchisidir.

  • Jenni Erpenbek (1967, Germaniya)  ( 2 ta sahifa mavjud )
    http://ziyouz.com/images/stories/jenni_erpenbek.jpgJenni Erpenbek 1967 yilda Berlin shahrida tug‘ilgan. U Berlindagi Gumboldt universitetida teatrshunoslik, Gans Aysler nomidagi san’at institutida musiqiy drama rejissyorligi yo‘nalishida tahsil olgan.
    1999 yilda chop etilgan ilk asari “Chol bolaning hikoyasi” unga katta muvaffaqiyat keltirdi. 2000 yilda kitobxonlar e’tiboriga havola etilgan “Mushuklarning yetti hayoti” nomli asari Berlin teatrlaridan birida sahnalashtirildi.
    Bundan tashqari uning “Arzimagan gaplar”, “Lug‘at”,”Izsiz ketganlar” asarlari kitobxonlar o‘rtasida ancha shov-shuvga sabab bo‘ldi. Asalari dunyoning o‘n to‘rt tiliga tarjima qilingan.
    Jenni Erpenbek bir qancha mukofotlar sohibasi hamdir.
    Uning “Makon istab ”romani ham o‘n olti tilga tarjima qilingan.
  • Nimesh Patel (1968, Hindiston)  ( 1 ta sahifa mavjud )

    Nimesh Patel 1968 yil 22 iyunda Hindistonning Gujarati viloyatida tug‘ilgan. Jurnalist, adib, tarjimon. Gujarati tilida ijod qiladi. Tarjimalari Katha madaniy tashkiloti mukofotiga sazovor bo‘lgan.
    O‘zbek adiblarining asarlarini gujarati tiliga tarjima qilib, Hindistonda nashr etgan.
    Tarjimalari gazeta va jurnallarda, kitob holida bosilgan. "Labdan o‘quvchilar" nomli hajviyasi o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

  • Xurshed Atovullo (1973; Tojikiston)  ( 1 ta sahifa mavjud )
    Xurshed Atovullo (Xurshedjon Niyozov) 1973 yilning 10 sentyabrida Tojikistonning Panjakent tumanidagi Dashti Qozi qishlog‘ida dunyoga kelgan.
    1991-1996 yillarda Tojikiston Davlat dorulfununining jurnalistika kulliyotida tahsil olgan. Hozirda Tojikistonda nashr etiladigan mustaqil «Faraj» gazetasining bosh muharriri.
    Adibning «Tirikchilik zindoni», «Xotira shamchirog‘i», «Jurnalistning o‘limi», «Qonni qon bilan yuvadilar», «Layli qabriga tosh» kabi kitoblari nashr etilgan.
  • Hakima al-Harbiy (Saudiya Arabistoni)  ( 2 ta sahifa mavjud )
    Hakima al-Harbiy – Madinai munavvarada tug‘ilgan. Jiddadagi Abdul-Aziz universitetining filologiya fakultetini bitirgan. “Lamis Mansur” taxallusi bilan ijod qilgan.
    Uning “Mag‘lubiyat girdobidagi orzu” (1998), “Hayrat og‘ushidagi savol” (2002), “Qahraton ayoz dalasidagi o‘simlik” (2002), “Qochqinlik g‘ami” (2004), “To‘siqlar osha soyalar” hikoyalar to‘plami, “Bolalik tongi” bolalar uchun hikoyalar to‘plami va “Umr zindoni” romani nashr qilingan.
  • Hiyam Hasun Ali al-Muflih (Saudiya Arabistoni)  ( 2 ta sahifa mavjud )
    Hiyam Hasun Ali al-Muflih – saudiyalik adiba. “Ar-Riyoz” gazetasida ishlaydi. “Unutilgan xotira sahifalari” va “O‘g‘irlangan harflar bilan yozish” nomli hikoyalar to‘plami bilan nashr qilingan. 1998 yili arab dunyosi miqyosida o‘tkazilgan xotin-qizlar adabiyot klublari mukofotiga sazovor bo‘lgan. Ba’zi hikoyalari shved tiliga tarjima qilingan.
  • Tarjimai hollari kiritilmagan adiblar  ( 67 ta sahifa mavjud )

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 85892335

Yandex