Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Elbek (1898-1939)

16.12.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
“Hazrati Muhammad (alayhissalom) haqida gapirganlarimiz bir nuqtada to‘planadi. U ham bo‘lsa, bu zotning xulq-atvori yuksakligi, axloqining pokizaligidir. Bular shundayin ulug‘ fazilatlarki, u zamondagi makkaliklar orasida juda nodir edi”.
Vilyam Muir, Ovrupa sharqshunos olimi
 
 

Elbek (1898-1939) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari

http://ziyouz.com/images/stories/elbek.jpgQatag‘onlik davri o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Elbek (Mashriq Yusupov)dir. U 1898 yilda Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanining Xumson qishlog‘ida tavallud topgan. «Men,— deydi shoir o‘z tarjimai holida,— 1905 yilda eski qishloq maktabiga kirib o‘qidim. Bu maktabda to‘rt yil o‘qib, o‘quv, yozuvni o‘rgandim... 1910—1911 yillarda juda qiynaldik va shuning natijasida boshqa aka-ukalarim qatori men ham uyni tashlab ketishga majbur bo‘ldim».

Nihoyat, o‘sha 1911 yili u Toshkentga kelib, bir boyga qarol bo‘lib yollanadi. Ayni paytda Toshkentning Eski shahar mavzesidagi Devonbegi mahallasida joylashgan «Xoniy» maktabida, keyinroq 1914 yili esa Shayxontohur mahallasidagi «Namuna» nomli maktabda o‘qishni davom ettiradi. Shu bilan birga bosmaxonada ishlab, gazetalar sotish bilan kun ko‘radi.

Elbek 1919 yili sakkiz oylik muallimlar kursini bitirib, o‘qituvchilik qiladi. 1921 yildan boshlab Turkiston Xalq maorifi komissarligi qoshidagi ilmiy muassasalarda faoliyat ko‘rsatadi. O‘sha davrda nashr etilgan «Maorif va o‘qituvchi», «Inqilob», «Bilim o‘chog‘i» kabi jurnallar bilan hamkorlik qiladi.

Elbekning dastlabki she’rlari «El bayrog‘i», «Turon», «Turk so‘zi», «Ulug‘ Turkiston» kabi gazetalarda bosilib chiqqan. 1922 yilga kelib, uning «Bir so‘roq», «O‘ksizning o‘limi», «Qarg‘a», «Bibixonim madrasasi», «Turkiston» kabi she’rlari «O‘zbek yosh shoirlari» to‘plamida Fitrat va Cho‘lpon she’rlari bilan birga e’lon qilingan.

Shoirning ilk to‘plami «Armug‘on» 1921 yili nashr etilgan bo‘lib, u asosan masallardan iborat edi. Uning dastlabki she’rlarida ko‘zga tashlangan mavhumlik bu to‘plamdagi «Qaysi biri bo‘ri» masalida ham sezilib turadi. Ammo «Kuchsizlar dunyosi» masalida shoirning niyat va maqsadi xiyla yorqinlik kasb etganki, bu hol muallif ijodi shakllanib borayotganidan darak beradi. Mazkur masalda tasvirlanishicha, endi azob chekkan el qonxo‘rlikdan o‘ch olish uchun kurashga kirishadi. Shunday qilib, shoir bosqichma-bosqich mahorat sari ko‘tarila bordi.

O‘z ijodining tetapoya holatida ekanini sezgan Elbek «Mening hikoyam» she’rida «Men hali bitta ham she’r aytmadim, faqat she’r yo‘lidan qaytmadim»,— deb bejiz aytmagan.

Elbekning keyinchalik yaratgan «Mehnat kuylari», «G‘unchalar», «Chirchiq bo‘ylarida» (1935), «Ashulalar to‘plami», «Bolalar ko‘shig‘i», «She’rlar to‘plami» (1936) kabi kitoblaridagi she’rlarida shoir dunyoqarashidagi, badiiy mahoratidagi takomil «manaman» deb turadi. Ayniqsa, shoirning «Sezgilar» to‘plamiga kirgan qator she’rlari o‘zining da’vatkorligi bilan ajraladi.

Elbek qator she’riy to‘plamlar yaratibgina qolmay, o‘nlab dostonlar ham ijod etgan. Uning «Go‘zal qiz» (1927), «Bizniki», «Paxta» (1929), «O‘tmishim» (1929), «Chirchiq» (1929), «Batrak kolxozi» (1930), «Tozagul» (1934), «O‘zbekiston» (1934), «Bog‘bon» (1935), «Etik» (1935), «Mergan» (1935) asarlari shular jumlasidandir.

Elbek — bolalar shoiri sifatida ham ancha barakali ijod qildi. Uning o‘sha «Armug‘on» to‘plamidagi bir qator she’rlari qatori «G‘unchalar», «Chirchiq bo‘ylarida» hamda «Kambag‘al yigit va pardasturxon», «Omonat», «Erksiz polchi», «Ona», «Bolalar qo‘shig‘i» kabi bir qator she’rlari, dostonlari, ballada va ertaklari fikrimizning dalilidir. Ayni chog‘da adib «Yozuv yo‘llari», «O‘rnak», «Boshlang‘ich maktab ona tili», «Go‘zal yozg‘ichlar» (1934) kabi qator darslik va qo‘llanmalar muallifi sifatida ham ma’lumdir.

Elbek hikoyanavis sifatida ham adabiyotimiz tarixida iz qoldirgan. Uning «Dadamat» (1936) to‘plamiga kirgan «Chirchiq», «Men kim bo‘laman», «Ana», «Anorgul», «Qahhorxo‘ja», «Dadamat» kabi hikoyalari adibning durustgina nosir bo‘lganligidan ham dalolat beradi.

Elbek bor-yo‘g‘i qirq yil yashadi. U ham 1937 yilda «xalq dushmani» sifatida qamoqqa olingan va Magadandagi lagerlarning birida 1939 yil 11 fevralda vafot etgan.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 84116398

Yandex