Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Poshshoxoja (1480-1547)

16.09.2019 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Faqatgina ahmoq o‘z fikrini o‘zgartirmaydi.
• Shoirlar qishloqda tug‘ilib, Parijda vafot etadilar.
• Xudo uch toifaga yordam beradi: bolalarga, jinnilarga va mastlarga.
• Bandasidan emas, Xudodan tila.
• Bir gunohga ikki marta tavba qilinmaydi.
Fransuz xalq maqollari
 
 

Poshshoxoja (1480-1547) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek mumtoz adabiyoti

Poshshoxoja, Poshshoxo‘ja Abdulvahobxoja o‘g‘li, Xoja (1480, Niso — 1547, Buxoro) — shoir, davlat arbobi va yirik ulamo. Otasi — Abdulvahobxoja Sulaymonxoja o‘g‘li o‘z davrining yirik tasavvuf shayxi va shoiri bo‘lgan. Poshshoxoja Niso va Marv madrasalarida tahsil olgan.

Muhammad Shayboniyxon qozoq xonlari ustiga qilingan harbiy yurishdan qaytayotganda Nisoda to‘xtab, Poshshoxojani Durun viloyatiga hokim qilib tayinlaydi (1508 yil). 1510 yili Poshshoxoja Nisoning yangi hokimi Muhammad Solih bilan birgalikda Marv jangiga yetib kelgan. Shayboniyxon o‘limidan so‘ng dastlab Samarqand, so‘ngra Buxoroga kelib yashagan. Shayboniylardan Muhammad Temur Sulton va Ko‘chkunchixon xizmatlarida bo‘lib (1511—14), Karmana hokimi Jonibek Sulton hukumatida jumlat ul-mulk, sadrlik lavozimlarida ishlagan (1515—16). Buxoro xoni Ubaydullaxon Hirotni fath etgach (1529 yil), u sadrlikdan shayxulislomlik darajasiga ko‘tarilgan. Keyinchalik Balx hokimi Kistan Qaro Sulton (1544 yili vafot etgan) huzurida sadrlik va shayxulislom vazifasida faoliyat ko‘rsatgan (1534—43). Poshshoxoja 1543 yilda o‘z vazifasidan voz kechib, Buxoroga qaytadi va badiiy ijod bilan shug‘ullanadi.

Poshshoxoja nasr va nazmda adabiy asarlar yaratgan. Muhammad «Xoja» taxallusi bilan ijod qilgan. U Shayboniyxonning o‘g‘li Temur Sultonga atab «Miftoh ul-adl» («Adolat kaliti», 1508—10), Kistan Qaro Sultonga bag‘ishlab «Gulzor» (1538) kabi asarlar yozgan. Bu asarlarda axloqiy-didaktik xususiyatga ega bo‘lgan fikrlarni sharhlash uchun mashhur podshohlar haqidagi turli hikoyat va masallar keltirilgan. Ularda davlatni boshqarish, raiyat bilan munosabat masalalari, insofli va adolatli podshoh obrazi tasvirlangan.

Poshshoxoja ruboiy, g‘azal, qita janrlarida ham ijod qilgan. Jonibek Sultonga atab «Maqsad ul-atvor» (1516—20) dostonini yozgan. O‘zbek va fors tillarida tartib bergan devoni bizgacha yetib kelmagan. Poshshoxojaning o‘g‘li Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» («Do‘stlar yodnomasi») tazkirasida yozilishicha, Poshshoxojaning turkiy gazallariga Bobur yuqori baho bergan.

Poshshoxoja Bahouddin Naqshband maqbarasi yonida dafn etilgan. Uning «Gulzor» va «Miftoh ul-adl» asarlari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti va Sankt-Peterburg Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanadi. Asarlari o‘zbek tilida nashr qilingan.

Manzura Davlatova.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 81705719

Yandex