Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Botu (1904-1938)

20.09.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• "Dada, bu yetishmovchilikka yana qancha chidashimiz kerak?" ― "Qirq kun" ― "Keyin-chi?" ― "Ko‘nikib ketamiz".
• Ehsonni shunday qilki, hatto ko‘ylaging bilmasin.
• Odamlar yalaydigan darajada shirin bo‘lma, odamlar tupuradigan darajada achchiq ham bo‘lma.
• Men ro‘mol o‘rashni o‘rgangunimcha erim mendan ketib qoldi.
Arman maqollari
 
 

Botu (1904-1938) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari

Botu iste’dodli shoir va jamoat arbobi edi. U o‘zining tarjimai holida: «Men Botu— Mahmud Maqsudovich Hodiev 1904 yil 14 mayda Toshkentning Qaldirg‘och mahallasida mahsido‘z — kambag‘al oilasida tug‘ilganman...» deb yozadi. Boshlang‘ich ta’limni eski usuldagi maktabda olgan Botu dastlab Moskvadagi Pokrovskiy nomli institut qoshidagi ishchilar fakultetida (1921), so‘ngra Moskva Davlat dorilfununining iqtisod fakultetida o‘qib (1921 —1927), oliy ma’lumotli bo‘lib yetishadi. Shundan keyin u o‘sha yillarda Respublika poytaxti Samarqandga qaytib, adabiy va ijtimoiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladi: partiya va davlat muassasalarida faollik ko‘rsatib, yoshlarning «Alanga» jurnaliga muharrirlik qiladi.

Shu davrdan boshlab uning she’r va hikoyalari, publitsistik maqola va ocherklari «Bilim o‘chog‘i», «Inqilob», «Alanga», «Maorif va o‘qituvchi» singari jurnallarda chop etiladi. Uning «Hayit harom bo‘ldi» (1929), «Tursun» (1930) kabi hikoyalarida eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi kurash, ziddiyat o‘z ifodasini topgan.

Uning «Umid uchqunlari» (1925), «To‘lqinlarim» (1929) kabi to‘plamlaridagi she’rlarida yosh shoirning samimiy va hayajonli tuyg‘ulari ifoda etilgan. Eng muhimi, uning she’rlarida porloq, ozod kelajak uchun kurash bosh motiv darajasiga ko‘tarilgan. Shu jihatdan uning «Qo‘zg‘olish», «Isyon», «Bizning tovush», «U kun», «Yosh yurak to‘lqinlari» kabi o‘nlab she’rlari e’tiborga sazovor.

Botu jamoat arbobi sifatida respublikamizda maktab-maorif, fan va madaniyatni rivojlantirishda jonbozlik ko‘rsatgan. Biroq, Botu ayni paytda mustabid tuzumga sadoqat bilan xizmat qilib, Fitrat va Cho‘lpon singari ustozlariga qarshi mafkuraviy kurashlarda ishtirok etgan. Ammo shunga qaramay, u 1929 yili qamoqqa olinib, Soloveik orollariga surgun qilingan. 1938 yil 8 mayda Moskvada xalq dushmani sifatida otib tashlangan.

Botudan ikki farzand qolgan bo‘lib, ularning har ikkisi — o‘g‘li Erkli Xodiev ham, qizi Naima Mahmudova ham tibbiyot fanlari doktori, professordir.

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 91240771

Yandex