Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - Abdulla Qahhor (1907-1968)

29.09.2020 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Uzoq bo‘lsa-da qimmatini borib ol, qari bo‘lsa-da qizni ol.
• Ertak o‘qib olim bo‘lolmaysan.
• Aroq qadahdan boshqa hamma narsani yemiradi.
• Odamning tilidan hatto chaqirtosh titraydi.
• O’limga mahkum sichqon mushukning dumi bilan o‘ynashadi.
Qalmoq maqollari
 
 

Abdulla Qahhor (1907-1968) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - Ozbek ziyolilari

O‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan Abdulla Qahhor 1907 yil 17 sentyabrda Qo‘qon shahrida temirchi oilasida dunyoga keldi. O‘rta ma’lumotni Qo‘qonda olgan Abdulla 1925 yili Toshkentga kelib, «Qizil O‘zbekiston» gazetasida ishlaydi. U O‘rta Osiyo Davlat do-rilfununining pedagogika fakultetida (1930) tahsil oldi. Yozuvchi «Sovet adabiyoti» jurnalida mas’ul kotib, O‘zbekiston Davlat nashriyotida muharrir lavozimlarida ishladi (1954—1956).

Abdulla Qahhorning ijodi 1924 yildan boshlangan. Dastlab «Mushtum» jurnalida, «Yangi Farg‘ona» va «Qizil O‘zbekiston» gazetalarida uning hikoya, feleton, xabarlari bosildi. Yozuvchining «Olam yasharadi» nomli birinchi hikoyalar to‘plami 1938 yilda chop qilindi. 30-yillarda adibning «Hikoyalar» to‘plamlari (1935, 1938, 1939) kitobxonlar qo‘liga tegdi. Bu davrda Abdulla Qahhor kichik hikoyalardan tashqari, «Sarob» (1935) romanini yozdi. Urush yillarida yozuvchining bir qancha feleton, ocherk va hikoyalari e’lon qilindi. «Asror bobo», «Dardaqdan chiqqan qahramon», «Kampirlar sim qoqdi», «Xotinlar» hikoyalari va «Oltin yulduz» kabi qissalarida o‘zbek jangchilarining mardligi, xalqimizning mehnatdagi jonbozligi, yuksak vatanparvarligi ifodalangan.

Yozuvchining urushdan keyingi yillarda yaratgan «Qo‘shchinor chiroqlari» (1951) romani jamoalashtirish mavzuiga bag‘ishlangan. U o‘zining «Shohi so‘zana» (1951), Og‘riq tishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962), «Ayajonlarim» (1967) komediyalari bilan o‘zbek dramaturgiyasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Ayniqsa, «Shohi so‘zana» pesasida dramaturg qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish mavzuini zo‘r mahorat bilan yoritdi. Pesa respublikamiz va qator xorijiy mamlakatlar sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish qilindi.

Yozuvchining «Sinchalak» (1958), «Muhabbat» (1968), «O‘tmishdan ertaklar» (1965) qissalari o‘zbek nasrining taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi. U «O‘tmishdan ertaklar» qissasi uchun Oybek («Bolalik»), N. Safarov («Ko‘rgan-kechirganlarim») kabi adiblarning avtobiografik qissalari qatorida Hamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.

O‘zbek kitobxonlari Abdulla Qahhor tarjimasida M. Gorkiyning «Mening dorilfununlarim», I. V. Gogolning «Revizor», L. N. Tolstoyning «Urush va tinchlik» romani (I — II kitoblari) va boshqa bir qator asarlarni o‘z ona tillarida o‘qishga muvaffaq bo‘lganlar.

Abdulla Qahhor adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoni bilan taqdirlandi (1967). U 1968 yil 25 may kuni Moskvada 61 yoshida vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000).

 
« Oldingi   Keyingi »

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 91480651

Yandex