OʼZ  ЎЗ  РУ  EN

Материалы

http://www.ziyouz.com/images/stories/jahon_adab/edgarpo.jpgPo Edgar Allan (1809.19.1, Boston — 1849.7.10, Baltimor) — amerika romantik yozuvchisi va adabiy tanqidchisi. Simvolizm boshlovchisi. Aktyorlar oilasida tutilgan. 1815—20 yillarda Buyuk Britaniyada yashagan. 1825 yil Virginiya universitetiga kirgan, Uest-Poynt harbiy akademiyasi (1830—33)da o‘qigan. Asosan, fojiali, «dahshatli» («Qora mushuk», 1943 va b.), fantastik («Voron va boshqa she’rlar», 1845) yoki yumoristik novellalar («Grotesklar va arabeskalar» to‘plami, 1840) klassigi. Po detektiv adabiyotning asoschilaridan («Morg ko‘chasidagi qotillik», 1841; «Mari Roje siri», 1842; «Tilla qo‘ng‘iz», 1843; «O‘g‘irlangan maktub», 1845). Uning yetuk lirikasida mahbubasidan judo bo‘lgan kishining jafolari mavzui o‘z ifodasini topgan («Annabel Li», 1849 va b.). Shafqatsizlik, sadizm Po hikoyalarida inson tabiatidagi hayvoniy hirslarning tantanasi tarzida talqin etilgan. Po jamiyat hayoti, kishilar tabiati va ruhiyatidagi yemirilish hollarini tasvirlar ekan, hajviy va ijtimoiy-tanqidiy pafosdan xam samarali foydalangan. «Ijod falsafasi» (1845), «Poetik prinsip» (1850) falsafiy asarlari bilan amerika estetikasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan. Poning detektiv hikoya janrida orttirgan tajribalari A. K. Doyl, R. L. Stivenson, G. Chesterson singari yozuvchilar ijodida an’ana sifatida foydalanildi; she’riy ijodi fransuz va rus simvolistlariga ta’sir ko‘rsatgan. Asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilingan («Tilla qo‘ng‘iz», 1962).

Saytimiz rivojiga hissa

Uzcard: 8600 5504 8563 9786

© 2004-2020 - Ziyo istagan qalblar uchun! Saytda taqdim etilgan elektron manbalardan faqatgina shaxsiy mutolaa maqsadida foydalanish mumkin. Tijoriy maqsadlarda foydalanish (sotish, chop etish, ko‘paytirish, tarqatish) qonunan taqiqlanadi. Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz koʻrsatilishi shart.