19.06.2013 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
XX asr matbuoti
Durdona to‘plamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
O'zbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Tazkira
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
O‘zbek nasri
Jahon nasri
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
O'zbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Saytlar
Mobil versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Obuna RSS
Statistika
A'zolar : 4065
Yangiliklar : 8281
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 31249707
So‘rovnoma
Kutubxonalar bilan qanchalik bog'liqligingiz bor?

So'nggi mulohazalar
Amerikada o’qish uchun imkoniyat!
Salom Men yaqinda inyazni ingliz filalogiza fakultetini bitirdim,gramm...
To'liq...

Tush ko’rasizmi?
Tushimda oq salla o\'ragan katta bir mullo o\'qib yotibdi, o\'s...
To'liq...

Lobar Azizxo‘jayeva (1991-yili tug'ilgan)
ajoyib sherlar ijodingizga omad
To'liq...

Nuriddin Ismoilov. Kechir meni, Ra’no (hikoya)
Nuruddin akani Asarlarini diyartli hammasini ùýéøè chiqanmam va u asar...
To'liq...

Jek London. Hayotga muhabbat (hikoya)
Kiritganlarga kattokon rahmat, o`qib mazza qildim. Sog`lik-salomatlik,...
To'liq...

Stiven King. Bo'ri-odam yili (hikoya)
Ushbu kitob boyicha kino ishlanganmi yoki yoqmi? Sms ga javob yozingla...
To'liq...

O'tkir Hoshimov (1941-2013)
O'zbekiston xalq yozuvchisi O'TKIR HOSHIMOV vafotini eshitib o'ylanib ...
To'liq...

Vahobjon Rahimov
Salom sog'-salomat yuribsizmi xikoyangizni o'qib chiqdim rahmat sizni ...
To'liq...

O‘tkir Hoshimov. O‘zbeklar (hikoya)
Ota-nasi tirik insonlar, bu dunyoda har bir kun o'tkinchi, har bir kun...
To'liq...

O'tkir Hoshimov (1941-2013)
o'tkir xoshimov the best writer
To'liq...

O‘tkir Hoshimov. O‘zbeklar (hikoya)
ONA-bu yorug' olamdagi eng ulug', eng mo'tabar zot! U kishi tug'ulgan...
To'liq...

Tush ko’rasizmi?
Øó òóí òóøóìäà áóíäàí 50êóí÷à èëãàðè êàçî êèëãàí àìàêèì êèðèáäè ó êèø...
To'liq...

Daniel Defo (1660 - 1731)
Ko'proq ma'lumotlar bo'lsa yaxshi bo'lardi,ayniqsa asarlari to'g'risid...
To'liq...

Pirmat Shermuhamedov. Chingizxonni ulug‘lashdan maqsad nima?
xa tarix biz yowlar uchun muxim rol 0'ynaydi.qolaversa bizdan keyingi ...
To'liq...

Zamburug’lar
shu mavzu bo'yicha kasallamgan bemorlarni savollariga kim javob beradi...
To'liq...

 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Adabiyot har bir millatning hisli ko’ngil tarixining eng qorong’u xonalarida maishat (tirikchilik) har xil tusda va rangda bitishgan, fayzli til birga taqdir etula olmaydirg’on bir guldur. Ushbu yashadigimiz muhit doirasinda oning to’lquni odamning har xil maishatiga qarab o’zgaradur...
Cho’lpon
 
 
Abdulla Qahhor (1907-1968) Chop etish uchun E-mailga yuborish
Adabiyot - XX asr o'zbek adabiyoti
ABDULLA QAHHOR
(1907—1968)


« Kuydirish uchun kuyish, ardoqlash uchun ardoqlanish shart »
Abdulla Qahhor.

Mohir hikoyanavis, yozuvchi va o‘zbek adabiyotning atoqli namoyandasi Abdulda Qahhor 1907 yil 17 sentyabrda Qo‘qonning Ko‘mir bozori mahallasida temirchi oilasida tug‘ildi. Yozuvchi bu haqda o‘z tarjimai holida shunday yozgan: «Men 1907 yil kuzda, chorshanba kuni -17 sentyabrda Qo‘qonning Ko‘mir bozori mahallasida tug‘ilganman. Otam temirchi edi».

Uning bolaligi Qo‘qon atrofidagi Yaypan, Kudash, Buvayda, Olqor, Oqqo‘rg‘on singari qishloqlarda o‘tadi. Abdulla dastlab Buvaydadagi eski maktabda o‘qiydi, keyin Oqqo‘rg‘ondagi jadid maktabida, Qo‘qondagi internatda, 1922-24 yillar mobaynida esa Qo‘qonda ochilgan o‘qituvchilar tayyorlaydigan texnikumda tahsil oladi. U 1926, yilda SamDU ning tayyorlov fakultetini bitiradi va 1930 yilga qadar O’rta Osiyo Davlat universitetining pedagogika fakultetida o‘qnydi. Umri davomida barakali ijod qildi, «Qizil O’zbekiston», «Mushtum», xotin-qizlar gazetasi «Yangi yo‘l» da «Nish», «Norin Shilpiq», «Mavlono Kufur», «Guluyor», «Erkaboy», «E-boy» imzolari bilan qatnashib turgan. Chexovni o‘ziga ustoz deb bilgan. Abdulla Qahhor 1968 yil 25 mayda Moskvada vafot etdi.

Abdulla Qahhor Pushkinning «Kapitan qizi» qissasini, Gogolning «Uylanish» va «Revizor» komediyalarini, rafiqasi Kibriyo Qahharova bilan birga Tolstoyning «Urush va Tinchlik» asarini o‘zbek tiliga o‘girgan.

Yozuvchi o‘z tarjimai holida: «...Ba’zan bularning oyog‘i ostida o‘ralatib, ko‘nglimizni xira qilgan kimsalarga ham ko‘z tashlab «Xalal berma, chetga chiq!» - deganman» - deb yozgan.

Asarlari; «Qishloq hukm ostida» (1932, ilk kitobi), «Sarob» romani, «Hikoyalar» to‘plami, «Kampirlar sim qoqdi», «Xotinlar», «O’g‘ri», «Bemor», «Anor», «Sinchalak», «Qo‘shchinor chiroqlari» (1951, dastlab «Qo‘shchinor» deb nomlangan. Bu asarda O’zbekistonda jamoa xo‘jaligini tashkil qilish (kollektivlashtirish) jarayoni, bu jarayondagi murakkabliklar, kurash va qiyinchiliklar aks etgan. Asar haqida A. Qahhor shunday yozadi: «Men o‘z to‘pidan ayrilib, keyinda qolgan batrak-so‘nggi batrakning o‘sha yangi yo‘lga chiqib olguncha boshdan kechirganlarini tasvir qilmoqchi bo‘ldim. Biroq o‘zimga bog‘liq bo‘lmagan sabablar bilan maqsadimga yetolmadim... romanni tanqid xush qabul qabul qilgan bo‘lsa ham, ta’bimdagi kitob emas»), «Shohi so‘zana» (1950, qahramonlari: Dehqonboy, Hafiza, Xolbuvi, Saltanat va boshq. Bu asarni yozishda adib dramaturgiya janrida o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lib, Mirzacho‘ldagi bir jamoa xo‘jaligiga ko‘chib borgan), «Og‘riq tishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962, keyingi nomi «So‘nggi nusxalar», poraxo‘rlik illati fosh qilingan), «Ayajonlarim» (1966), «O’tmishdan ertaklar» (1964), «Muhabbat» (1966), «Mahalla», «Tomoshabog‘», «Millatchilar», «Adabiyot muallimi», «Zilzila» (tugallanmay qolib, uning vafotidai so‘ng nashr etilgan) va boshq.

Abdulla Qahhor hikoyalari haqida

Adib hikoyalarini shartli ravishda uch yo‘nalishga ajratish mumkin: tarixiy hikoyalar, hajviy hikoyalar, zamonaviy hikoyalar. Abdulla Qahhor «Xotinlar», «Asror bobo», «Ming bir jon», «Mahalla» hikoyalarida zamondoshlarining ma’naviy dunyosini, insoniy xislatlarini, axloqiy pokligini, ruhiy go‘zalligini ko‘rsatishga alohida e’tibor bergan. U hikoyalarida xalq maqollari va matallaridan o‘rinli foydalangan.

«O’g‘ri» hikoyasida o‘zgalar baxtsizligini tirikchilik manbaiga aylantirib olgan amaldorlar obrazi berilgan. Unga «Otning o‘limi itning bayrami» maqoli epigraf qilib olingan. «Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi» - kabi misralar shu hikoyadan olingan. «O’g‘ri» hikoyasida «Begim deguncha belim sinadi», «Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi», «Berganga bitta ham ko‘p, olganga o‘nta ham oz», «Kuruq qoshiq og‘iz yirtadi», «O’ynashmagil arbob bilan - seni urar har bob bilan» kabi maqollar qo‘llangan.

«Bemor» hikoyasida qattiq og‘rib, vafot etgan ayol taqdiri va unga biror yordam berishdan batamom ojiz, qo‘li kalta Sotiboldining ahvoli, uyquga to‘ymagan, hali aniq shakl olmagan jujuq tilda onaizoriga tuni bilan xudodan shifo tilab chiquvchi «begunoh go‘dak» - qizcha holati bayon etilgan. Ona esa har qanday vaziyatda ham o‘z bolasini o‘ylaydi. Bu hikoyaga «Osmon yiroq, yer qattiq» maqoli epigraf qilib olingan.

«Dahshat» hikoyasida Unsinning «O’g‘ri» dagi Qobil bobo, «Anor» dagi Turobjon, «Bemor» dagi Sotiboldidan farqi shuki, u o‘z salaflariga o‘xshab mute’lik asirasi va jaholat qurboni bo‘lib yashashni istamaydi. Olimbek dodxoning sakkiz xotini ichida eng kichigi - bu dargohga tushganiga besh oygina bo‘lgan kelinchak - Unsin agar eri butunlay javobini bersa, Ganjiravonga - o‘z uyiga ketmoqchi bo‘ladi. Dodxoning katta xotini Nodirmohbegim bir voqeani aytib berayotganda «- Bola edim. Raxmatli dadam gap yer edilar. Bir mexmonxona yigit.. . Mana shunaqa shamol kechasi ekan. «Xozir kim go‘ristonga borib, Asqarponsotning go‘riga pichoq sanchib keladi?» - degan gap bo‘libdi» - deydi. Unsin Dodxo bergan topshiriqni bajaraman deb borganda o‘tinni unutadi va hikoya so‘ngida qo‘rqinchdan jon beradi.

«Ming bir jon» hikoyasi 1956 yilda yozilgan. Asar qahramonlari quyidagilar: jikkakkina kishi, o‘ziga juda ham katta ko‘k xalatga burkanib olgan, «bu xotinning joni bitta emas, ming bitta» degan Mirrahimov, sakkiz oydan beri palatadan chiqmay yotgan, o‘n yildan beri xasta ayol Mastura Alieva, Masturaning eri Akromjon, Hoji aka.

«Asror bobo» hikoyasida Usta Mo‘min kitob ko‘rib, Asrorqulning o‘g‘liga qochoq bo‘lib yurgan kunlardan yodgor bo‘lsin deb, «Yodgor» ismini qo‘yadi. Hikoyada «Soxta tabassum» birikmasi salbiy emas, balki qahramonning matonati, irodasi, bardoshi belgisi bo‘lib yuzaga chiqqan. Hikoya qahramoni Asror bobo Nikolay davrida tegirmonchi bo‘lgan.

«Mayiz yemagan xotin» hikoyasida yozuvchi yangi zamondagi o‘zgarishlarni ko‘rolmaydigan, paranjini tashlagan qizaloqdan tortib har bir keksa ayolgacha - barchaga gumonsirab qaraydigan, ular haqida kurakda turmaydigan g‘iybat gaplarni tarqatishdan or qilmaydigan mulla Norqo‘zining hajviy qiyofasini yarattan.

«Sinchalak» qissasi haqida

Bu qissa 1958 yilda yozilgan, 1959 yilda alohida kitob holida nashr etilgan. Asarning asosiy qahramonlari quyidagilar: «Xotin kishi rahbarlik qilsa kalavasi uchini yo‘qotib qo‘yadigan», «toshqin suv: tegirmonni buzishi ham, yurgizishi ham mumkin» bo‘lgan Arslonbek Qalandarov, «Ishlab chiqarishda, jamoat ishida erkaklardan qolishmagan holda yana bola tug‘ib o‘stiradigan ayollarga jamiyat va davlat alohida g‘amxo‘rlik qilishi kerak, degan gapni hali ko‘p odamlar yaxshi tushunib yetgan emas» deb hisoblovchi Saida Alieva, «gapga kelganda burganing yo‘talidan bo‘ron qo‘porishga qodir» bo‘lgan Eshon va boshq.

«Sarob» romani haqida

Bu asar 1934 yilda yozilgan bo‘lib, adib unda 20-yillar oxiri, 30-yillarning boshlaridagi «millatchilar» deb atalgan ijtimoiy kuchning mahv etilishi, o‘z g‘oya va orzularini amalga oshirolmay, inqirozga goz tutishi jarayonini badiiy gavdalantargan. Asarda bosh qahramon - Rahimjon Saidiy, Uning hammaslaklari Salimxon, Abbosxon, Murodxo‘ja singari obrazlar orqali sho‘rolarga qarshi olib borilgan maxfiy kurashlarni badiiy gavdalantirgan. Saidiylar yo‘li halokatli yo‘ldir, bu orzular hech qachon amalga oshmaydigan ro‘yo va sarobdir, degan badiiy xulosa chiqarilgan.

Asar qahramonlari quyidagilar: Saidiy, Munisxon (o‘zigi-o‘zi otib o‘ldirgan), Murodxo‘ja domla, Soraxon va boshq.


Linklar:

O’zbek adabiyotiyotiga katta hissa qo’shgan Abdulla Qahhor 1907 yili Qo’qon shahrida temirchi oilasida dunyoga keldi.
Anor (hikoya). Abdulla Qahhor        
Dumli odamlar (hikoya). Abdulla Qahhor     
Nutq (fel'eton), Abdulla Qahhor
Tashriflar: 12691

  Mulohaza kiriting
RSS comments

Mulohaza kiritish
Ismingiz:
E-mailingiz
BBCode:Web AddressEmail AddressLoad Image from WebBold TextItalic TextUnderlined TextQuoteCodeOpen ListList ItemClose List
Mulohazangiz:

Kodni kiriting:* Code

Powered by AkoComment Tweaked Special Edition v.1.4.3

 
« Oldingi   Keyingi »
Forum.ziyouz.com yangiliklari
Mening blogim
Yangi kitoblar
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2003, ¹ 4
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2003, ¹ 3
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2003, ¹ 2
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2003, ¹ 1
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2002, ¹ 4
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2002, ¹ 3
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2002, ¹ 2
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2002, ¹ 1
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2001, ¹ 4
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2001, ¹ 3
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2001, ¹ 2
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2001, ¹ 1
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2000, ¹ 5-6
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2000, ¹ 3-4
May.26
Downloads
FileSharq yulduzi - 2000, ¹ 2

So'nggi kiritmalar
Islom.ziyouz.com

Do‘stlarimiz
"Yoshlik" jurnaliga obuna bo'ling!
Ayol.uz
 
Sayt rivojiga hissa