07.09.2010 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Yangiliklar
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
XX asr matbuoti
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
O'zbek maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Adabiyot
Tazkira
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
O'zbek nasri
Jahon nasri
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
O'zbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Saytlar
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
Saytga kirish





Parol esdan chiqdimi?
Ro'yxatdan o'tish
Statistika
A'zolar : 2934
Yangiliklar : 4606
Veb linklar : 29
Tashrif buyurganlar : 6896109
So‘rovnoma
O'zbekiston tarixida eng muhim iz qoldirgan davlat arboblari sifatida kimlarni e'tirof etasiz?

Mening blogim
 





Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
Kitob – mashg’ullik paytingda o’zi so’z boshlamaydigan, ish vaqtingda chaqirmaydigan suhbatdoshdir. Unga chiroyli ko’rinishing shart emas. Kitob – senga laganbardorlik qilmaydigan o’rtoq, seni aldamaydigan do’st, malol kelmaydigan yo’ldosh va tahqirlamaydigan nasihatgo’ydir.
Ahmad ibn Ismoil
 
 
QALBINGIZNI MA'RIFAT ZIYOSI MUNAVVAR ETSIN!!! Chop etish uchun E-mailga yuborish
Sayt haqida - Biz haqimizda

QALBINGIZNI MA'RIFAT ZIYOSI MUNAVVAR ETSIN!!!

Mehribon va Rahmli Alloh nomi ila. Alloh osmonlar va Yerning "nuri"dir. Nurining misoli xuddi bir tokcha ichidagi chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha go'yo bir durdan yaralgan yulduzga o'xshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na g'arbiy bo'lmagan muborak zaytun daraxti (moyi)dan yoqilur. Uning moyi (musaffoligidan), garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudekdir. (Mazkurlar qo'shilganda esa), nur ustiga nur (bo'lur). Alloh o'zining (bu) nuriga o'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlar (ibrat olishlari) uchun (mana shunday) masallarni keltirur. Alloh barcha narsani biluvchidir. ("Nur" surasi, 35-oyat)

Assalomu alaykum!!!

Ziyo.uz saytini tashkil etishdan maqsad insonlarga haqiqiy ma'noda ziyo ulashishdir. Zero, ziyo deb jismning o`zidan chiqqan yorug`likka aytiladi. Ilm ziyodir, ma'rifat ziyodir, iymon ziyodir, sabr ziyodir. Bekorga xalqimiz ilm-ma'rifatli, iymon-e'tiqodli insonlarni ziyoli deb atamaydi. Ular ilm-ma'rifat orqali insonlarga ziyo ulashadilar va ikki dunyo saodatiga erishadilar. Jamiyatni faqat ma'rifat ziyosigina zalolatdan saqlab qoladi. Haqiqatni anglash, bilish va uni tarqatish bilan inson ziyoga erishadi. Qalbida ziyo bo`lgan zotlar hech nimadan qo`rqishmaydi. Ularning yo`llarini ziyo yoritadi. Ziyo ularni ulug`likka yetaklaydi.

Hozirgi zamonda yoshlarimizning ilm-ma'rifatdan og`ib ketishayotganlari, o`tkinchi orzu-havaslarga berilib, haqiqatni unutayozganlari bor gap. Informatsion dunyoda taraqqiy etgan texnologiya insonni dangasa qilib qo`yayapti. Insoniyat tobora ilm-ma'rifatdan, ziyodan bebahra qolmoqda. Ota-bobolarimiz erishgan ilmiy-ma'rifiy yutuqlarga bugun erishish ertakka aylanib ulgurgan. Bashariyat faqatgina bugungi kuni bilan yashashga o`rganib qolmoqda…

Ilm-ma'rifatning oramizdan ko`tarilishi dahshat emasmi? Nega yoshlar orasida kuchli tafakkur egalari kam? Navoiylar, Ulug`beklar bizning yoshimizda erishgan ilm cho`qqilarining 10 dan biriga biz ham yetdikmi? Nima uchun 10 yoshgacha Qur'oni karimni yodlab mukammal bilish, ming-ming misra she'rni yoddan aytish, ma'lum kashfiyotlarni yosh bo`laturib amalga oshirish, juda ko`p tillarni mukammal bilish va unda bemalol ijod qilish kabi holatlar oddiy hodisa emas? Nega uyimizda kutubxonalarimia yo`q? Nega ilm, kitob talash emas? Nima uchun kutubxonalarimiz gavjum emas, bozorlarimizdek? Olgan kiyimimizni maqtaymizu, nega yangi o`qigan kitobimizdan, olgan bilimimizdan maqtamaymiz? Biz - yoshlar nega dangasa bo`lib qoldik? Turli xil komputer o`yinlari, video bilan hamnafas o`sayotgan kichik yoshlilardan keyin nimani kutish mumkin? Nima uchun ilmga rag`bat so`nib bormoqda? Bu kabi minglab savollar ziyo istagan ko`ngillarni doimo bezovta qilishi aniq. Zero, bizning maqsadimiz ham yoshlarimizni ilmga, ziyoga chorlashdir.

Saytimizning hozirgi - kambag'algina ko`rinishidan ranjimang aslo. Zero, saytni qiziqarli xabarlar, maqolalar, she'ru hikoyalar, boringki ziyo bilan to`ldirib borish bizning endigi vazifamizdir. Bu yerdagi ma'lumotlar kaminaning 7-8 yillik mehnati samarasidir. Yoshligimdan turli xil ajoyibu-g'aroyibotlarga qiziqishim bois, dastavval kichik daftarlar, so`ngra kundalik (yejednevnik)larga ma'lumotlar yig`ib yurardim. Hozirda mana shunday daftarlardan 7 tasi mavjud bo`lib, unda 7 yillik axborotlar yig`ilgan. Ziyo.uz da ham ana shu informatsiyalardan foydalanildi. Berilgan materiallar sizlarda ham qiziqish uyg`otib, ozgina ma'rifiy ziyo ulashgan bo`lsa, o`zimni baxtiyor his etardim.

QALBINGIZNI MA'RIFAT ZIYOSI MUNAVVAR ETSIN!!!

Sizlarga cheksiz hurmat ila,
Davronbek Tojialiyev,
Ziyo-uz muharriri va dizayneri

 
Forum.ziyouz.com yangiliklari
Mashhur kitoblar
File iconErkin A'zam. Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati (qissa, êèðèëë àëèôáîñèäà)
7209
File iconTurkcha-o'zbekcha - o'zbekcha-turkcha lug'at
5596
File iconMuhammad alayhissalom hayotlaridan 10 qissa (bolalar uchun)
2843
File iconAlkimyogar (roman)
2605
File iconShaytanat (to'rtinchi kitob)
2515
File iconOt kishnagan oqshom (qissa)
2073
File iconBu dunyoda o'lib bo'lmaydi (roman)
2030
File iconXXI asrda Islom. Timoti Uinter
2027
File iconQur'oni karim ma'nolari tarjimasi. Alouddin Mansur
1933
File iconAl-Jome' as-sahih. 1-jild
1836
File iconShaytanat (birinchi kitob)
1259
File iconAl-Jome' as-sahih. 2-jild
1095
File iconTarixi Muhammadiy
1027
File iconAl-Jome' as-sahih. 3-jild
998
File iconQur'oni karimdan 33 duo
994
Islom.ziyouz.com yangiliklari
Yangi kitoblar
Sep.02
Downloads
FileQo'chqor Norqobil. Osmon ostidagi sir (qissa)
Sep.02
Downloads
FileFozil Tilovat. Qora Quzg'un (qissa)
Sep.02
Downloads
FileBahodir Abdurazzoq. U (qissa)
Sep.02
Downloads
FileGulnora Rahmon. Sipohiylar xonadoni (tragediya)
Aug.29
Downloads
File4-kitob. 40 - Payg'ambarimiz s.a.v.ning vafotlari
Aug.29
Downloads
File4-kitob. 39 - Vido haji
Aug.29
Downloads
File4-kitob. 38 - Yolg'onchi Musaylama
Aug.29
Downloads
File4-kitob. 37 - Hadya hirqa
Aug.29
Downloads
File4-kitob. 36 - Tabukka qatnashmagan 3 kishi
Aug.28
Downloads
FileXurshid Do'stmuhammad. Kuza... (qissa)
Aug.28
Downloads
FileHabibullo Qodiriy. Eski Toshkantda (qissa)
Aug.28
Downloads
FileJumaniyoz Jabborov. Uyqusiz kecha (2 pardali drama)
Aug.27
Downloads
FileAbdunabi Abdiyev. Muallaq odam (qissa)
Aug.27
Downloads
FileErkin A'zam. Jannat o'zi qaydadir (dramatik qissa)
Aug.27
Downloads
FileErkin A'zam. Suv yoqalab (kinoqissa)
So'nggi kiritilgan
ZiyoUz.com loyihalari
ZiyoUz Islomiy sahifa
ZiyoUz forumi
ZiyoUz Tabriknomalari
ZiyoUz Boshqotirmalari
ZiyoUz Fotogallereyasi
 
NavoiGarden.com
Ayol.uz