Saytimizning yangi versiyasi n.ziyouz.com sahifasida. Barcha yangi maqolalar va kitoblarni n.ziyouz.com dan olishingiz mumkin.
Ziyo istagan qalblar uchun - QALBINGIZNI MA'RIFAT ZIYOSI MUNAVVAR ETSIN!!!

23.11.2017 y.
Asosiy
Bosh sahifa
Siyosat
Fan va ilm
Sara maqolalar
Ozbek matbuoti
Durdona toplamlar
Ma`naviyat
Islom
Hikmatlar
Tarix
Oila va jamiyat
Ozbek maqollari
Jahon maqollari
Ibratli hikoyatlar
Tafakkur gulshani
100 faylasuf hikmati
Suhbatlar
Adabiyot
Ozbek ziyolilari
Kutubxona
O'zbek she'riyati
Jahon she'riyati
Ozbek nasri antologiyasi
Jahon nasri antologiyasi
Barcha kitoblar
Madaniyat
San'at
Kino olami
Sport
Dam olish
Ajoyibotlar
Reytinglar
Kross-shou
Hajviyalar
Topishmoqlar
Ozbek xalq ertaklari
Tahririyat
Muallif haqida
Sayt haqida
Qidirish
Foydali sahifalar
Yangi versiya
Arxiv
Xizmatlar
Tabriknoma/E-cards
Fotogalereya
Fayllar/Downloads
Forum
Mehmonxona
 


Saytdan materiallar olib chop etilganda manzilimiz ko`rsatilishi shart.
 
• Erkak yoshini yashirib, ayol esa yashirmay qo'ygan paytda qarishni boshlaydi.
Peru maqoli
 
 

QALBINGIZNI MA'RIFAT ZIYOSI MUNAVVAR ETSIN!!! Chop etish uchun E-mailga yuborish
Sayt haqida - Biz haqimizda

Assalomu alaykum!

Ziyouz portalini tashkil etishdan maqsad insonlarga haqiqiy ma'noda ziyo ulashishdir. Zero, ziyo deb jismning o`zidan chiqqan yorug`likka aytiladi. Ilm ziyodir, ma'rifat ziyodir, iymon ziyodir, sabr ziyodir. Bekorga xalqimiz ilm-ma'rifatli, iymon-e'tiqodli insonlarni ziyoli deb atamaydi. Ular ilm-ma'rifat orqali insonlarga ziyo ulashadilar va ikki dunyo saodatiga erishadilar. Jamiyatni faqat ma'rifat ziyosigina zalolatdan saqlab qoladi. Haqiqatni anglash, bilish va uni tarqatish bilan inson ziyoga erishadi. Qalbida ziyo bo`lgan zotlar hech nimadan qo`rqishmaydi. Ularning yo`llarini ziyo yoritadi. Ziyo ularni ulug`likka yetaklaydi.

Hozirgi zamonda yoshlarimizning ilm-ma'rifatdan og`ib ketishayotganlari, o`tkinchi orzu-havaslarga berilib, haqiqatni unutayozganlari bor gap. Informatsion dunyoda taraqqiy etgan texnologiya insonni dangasa qilib qo`yayapti. Insoniyat tobora ilm-ma'rifatdan, ziyodan bebahra qolmoqda. Ota-bobolarimiz erishgan ilmiy-ma'rifiy yutuqlarga bugun erishish ertakka aylanib ulgurgan. Bashariyat faqatgina bugungi kuni bilan yashashga o`rganib qolmoqda…

Ilm-ma'rifatning oramizdan ko`tarilishi dahshat emasmi? Nega yoshlar orasida kuchli tafakkur egalari kam? Navoiylar, Ulug`beklar bizning yoshimizda erishgan ilm cho`qqilarining 10 dan biriga biz ham yetdikmi? Nima uchun 10 yoshgacha Qur'oni karimni yodlab mukammal bilish, ming-ming misra she'rni yoddan aytish, ma'lum kashfiyotlarni yosh bo`laturib amalga oshirish, juda ko`p tillarni mukammal bilish va unda bemalol ijod qilish kabi holatlar oddiy hodisa emas? Nega uyimizda kutubxonalarimia yo`q? Nega ilm, kitob talash emas? Nima uchun kutubxonalarimiz gavjum emas, bozorlarimizdek? Olgan kiyimimizni maqtaymizu, nega yangi o`qigan kitobimizdan, olgan bilimimizdan maqtamaymiz? Biz - yoshlar nega dangasa bo`lib qoldik? Turli xil komputer o`yinlari, video bilan hamnafas o`sayotgan kichik yoshlilardan keyin nimani kutish mumkin? Nima uchun ilmga rag`bat so`nib bormoqda? Bu kabi minglab savollar ziyo istagan ko`ngillarni doimo bezovta qilishi aniq. Zero, bizning maqsadimiz ham yoshlarimizni ilmga, ziyoga chorlashdir.

Saytimizning hozirgi - kambag'algina ko`rinishidan ranjimang. Zero, saytni qiziqarli xabarlar, maqolalar, she'ru hikoyalar, kitoblar, boringki ziyo bilan to`ldirib borish bizning vazifamizdir. Berilgan materiallar sizlarda ham qiziqish uyg`otib, ozgina ma'rifiy ziyo ulashgan bo`lsa, o`zimni baxtiyor his etardim.

Qalbingizni ma'rifat ziyosi munavvar etsin!

Sizlarga cheksiz hurmat ila,

Davronbek Tojialiyev,
Ziyouz portali Bosh muharriri

 

SAYTIMIZ TARIXIDAN

Portaldagi ma'lumotlar kaminaning 14-15 yillik mehnati samarasidir. Yoshligimdan turli xil ajoyibu-g'aroyibotlarga qiziqishim bois, dastavval kichik daftarlar, so`ngra kundaliklarga ma'lumotlar yig'ib yurardim. Hozirda mana shunday daftarlardan 7 tasi mavjud bo`lib, unda 7 yillik axborotlar yig`ilgan. Ziyouz da ham ana shu informatsiyalardan foydalanildi.

2004-yil, 9-aprel. Ziyouz portali ilk bor dunyo yuzini ko'rdi. O'shanda saytda 20 ta maqola mavjud edi. Ilk bor ziyouz portali ziyo-uz.land.ru manzili ostida faoliyat olib borgan. Yarim yil ichida saytdagi maqolalar soni 300 taga yetgan.

2004-yil, 8-dekabr. O'zbek tilida ilk bor boshqotirmalar sayti ish boshladi. O'shanda sayt manzili: ziyo.pochta.ru edi. O'sha paytda saytga 100 ga yaqin krossvord, skanvord va boshqotirmalar kiritilgandi.

2005-yil, 14-may. Saytda forum ishlay boshladi. Ziyo istagan qalblarning ilk forumi ziyouz.proboards20.com manzilida edi. Ushbu forum o'zbek tilidagi ilk forumlardan biri edi.

2005-yil, 1-sentabr. Land.rudagi bepul hostingga maqolalar sig'maganligi bois, sayt ziyo-uz.narod.ru manziliga ko'chirildi. O'sha paytda saytdagi "Yangiliklar", "Islom", "Iqtisod", "Siyosat", "Ma'rifat", "Ajoyibotlar" bo'limlarida 500 dan ortiq maqola jamlangandi.

2006-yil, 25-yanvar. "Xalq so'zi" gazetasida chop etilgan "Ayb faqat yoshlardami?" maqolasida ziyo-uz.narod.ru sayti haqida iliq fikrlar bildirildi. Ushbu maqola portalimiz haqida rasmiy ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan ilk xabar edi.

2006-yil, 12-iyun. Ziyouz portali rasman "mustaqillikka erishdi". Turli bepul, lekin xarxashali hostinglardan qochib, mustaqil ravishda www.ziyouz.com nomi ostida yangidan faoliyat boshlandi. Dastlab ruweb.netdan olingan hosting 50 Mb hajmda edi. Oyiga esa 1000 Mb traffik berilardi. Bu traffik esa oyning 10-15 kunida tugab qolar, qolgan kunlari sayt ishlamay turardi. Sayt avval html da yasalgan edi. Yangi hostingga dastlab Joomla platformasi o'rnatildi.

2006-yil, 13-iyun. Portaldagi Islom bo'limi alohida ajratilib, http://islom.ziyouz.com manzilida faoliyat boshladi.

2006-yil, 14-iyun. Ziyouz forumi yangi manzilda ish boshladi: http://forum.ziyouz.com. Avvalgi forum yopilib, undagi mavzular mundarijasi yangi forumga ko'chirildi. Avvalgi forumda 4000 ga yaqin a'zo, 15000 ga yaqin mulohaza mavjud edi.

2006-yil, 15-iyul. Birinchi o'zbekcha krossvord, skanvord va boshqotirmalar sayti yangi manzilda faoliyat boshladi: http://kross.ziyouz.com.

2006-yil, 1-sentabr. O'zbek tilida ilk marta tabriknomalar sayti tashkil etildi: http://cards.ziyouz.com.

2007-yil, 27-mart. O'zbekiston shaharlari fotogalereyasi tashkil etildi: http://photo.ziyouz.com. Ayni paytda ushbu galereyada 730 ta rasm mavjud.

2008-yil, 14-aprel. "O'zbekiston" telekanalining "Assalom, O'zbekiston!" dasturida www.ziyouz.com portali haqida lavha berildi.

2009-yil, 15-yanvar. "Kelajak ovozi" gazetasida 1 sahifalik "www.ziyouz.com: Ziyo istagan qalblar uchun!" maqolasi chop etildi.

2009-yil, 4-fevral. www.ziyouz.com bilan hamkorlikda Xoja Ahmad Yassaviyning yangi topilgan hikmatlari hamda eski hikmatlar yig'ilib, turk tiliga tarjima qilinib, "Divan-i Hikmet" nomi ostida (Dr. Hayati Bice tayyorlagan, 520 sahifa) Anqarada chop etildi. Ayni kitob 2011-yili ham 6-marta bosmadan chiqdi. Shuningdek, portalimiz bilan hamkorlikda Najmiddin Kubro, Abduxoliq G'ijduvoniy, Yusuf Hamadoniy asarlari ham turk tiliga tarjima qilindi.

2009-yil, 15-iyun. "Yoshlar" telekanalining "Davr yoshlari" ko'rsatuvida Ziyouz portali haqida hikoya qilindi. Ayni shu reportaj "Toshkent" telekanalida ham namoyish etildi.

2009-yil, 14-iyul. "Ishonch" gazetasida www.ziyouz.com portali haqida "Taralayotgan ziyo" maqolasi chop etildi.

2009-yil, 20-oktabr. "Jannatmakon" jurnalida "XXI asr yozma og'zaki tili haqida o'ylar" umumiy sarlavhasi ostida Ziyouz.com portali haqida ham 2 betlik maqola chop etildi.

2010-yil, 17-dekabr. "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasida www.ziyouz.com ma'naviy portalida Alisher Navoiyning "Xamsa"si to'liq elektron variantda joylanganligi haqida xabar e'lon qilindi.

2011-yil, 14-aprel. "Jamiyat" gazetasida e'lon qilingan "Internetda ijod istiqboli" maqolasida www.ziyouz.com ning ma'lumotlar bazasi haqida eslab o'tildi.

2011-yil, 27-may. Portalimiz bilan hamkorlikda Janubiy Koreyaning Pusan shahrida "Ona Vatan ertaklari" nomli kitob O'zbek va koreys tillarida chop etildi.

2011-yil, 6-iyun. Ziyouz.com portali uznetda ham o'z nomiga ega bo'ldi: www.ziyouz.uz

2011-yil, 15-avgust. AQShda chop etiladigan "Vatandosh" gazetasining "Foydali sayt" ruknida www.ziyouz.com haqida maqola chop etildi.

2012-yil, 9-fevral. Ulug' bobokalonimiz Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan "O'zbekiston" kanalining "Assalom, O'zbekiston" dasturida Navoiy asarlarining internetda joylanishi mavzusida www.ziyouz.com haqida alohida ta'kidlandi.

2012-yil, 15-fevral. Ayni paytda portalimizdan 6184 ta ilmiy-ommabop, marifiy maqolalar, 1532 ta elektron kitob (PDF, HTM, DJVU, MP3, JAR formatlarida), o'zbek adabiyotidan 675 ta hikoya, 280 ta hajviya, jahon adabiyotidan 197 ta hikoya, 600 dan ortiq ijodkorning faoliyatiga oid ma'lumotlar, o'zbek mumtoz she'riyatidan namunalar (66 ijodkor), zamonaviy o'zbek she'riyati namunalari (168 ijodkor), jahon she'riyati namunalari (206 ijodkor), 10000 dan ortiq o'zbek maqollari, 5000 ga yaqin jahon xalqlari maqollari, 265 ta hikoyat, 30000 ga yaqin hikmatli so'z va aforizmlar, 1500 ta topishmoq, 100 ga yaqin xalq ertaklari, yurtimiz haqida 900 dan ortiq fotosuratlar, 200 ga yaqin rasmli tabriknomalar o'rin olgan.

Portal forumida 130 bo'lim, 5258 mavzuda 336574 ta post qoldirilgan.

Islom.ziyouz.com saytida muqaddasi dinimizga oid 2313 ta maqola va ma'lumotlar mavjud.

Ziyouz.com saytida jami o'qilgan sahifalar soni 19 979 922 tani, forum.ziyouz.comda 48 196 655 tani, islom.ziyouz.comda 4 980 808 tani, kross.ziyouz.comda 1 034 669 tani tashkil etmoqda.

www.uz reytinggiga ko'ra, portalimiz O'zbekiston saytlari orasida 40-o'rinni egallab turibdi (14.02.2012 kuni 2997 ta tashrif (host), 22606 o'qilgan sahifa (xit). Openstat reytinggiga ko'ra esa, 14.02.2012 kuni saytimizga 4817 kishi tashrif buyurgan, 23282 ta sahifa o'qilgan. O'zbekiston forumlari reytingida forum.ziyouz.com 11-o'rinni egallab turibdi.

Ziyouz.com bilan hamkorlikda Sharqiy Turkistonda birqancha o'zbek asarlari tarjima qilindi. Shuningdek, jahon adabiyoti asarlari ham o'zbek tili orqali uyg'urchaga tarjima qilindi. Afg'onistonda ham birqancha o'zbek hikoya va qissalari eski o'zbek tilida, eski yozuvda chop etildi. Shuningdek, jahon adabiyotidan hikoyalar ham o'zbek tili orqali Afg'onistondagi o'zbeklar uchun eski o'zbek tilida tayyorlandi. Turkiyada ilmiy ish o'laroq O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" romani, Xudoyberdi To'xtaboyevning "Jannati odamlar" romani, Oybekning "Qutlug' qon", "Ulug' yo'l" romanlari tarjima qilindi.

 

Kitob qidirish
Qidirish: 
Sarlavhasidan qidirish: 
Nomidan qidirish: 
Statistika
A'zolar : 1
Yangiliklar : 8817
Veb linklar : 44
Tashrif buyurganlar : 65118690

Tavsiya etamiz